Eskrou tizimining joriy etilishi uy-joylar narxini oshishiga sabab boʻladimi?
Endilikda, hali bitmagan uydan kvartira sotib olmoqchi boʻlgan fuqaro, oʻsha uyga oʻz mablagʻlarini tikish orqali ulushdorga aylanadi.
Iqtisodiyot
05.07.2025, 14:20
Ulashish:

yuz.uz
2025 yilning 1 iyul sanasidan Oʻzbekistonda uy-joy qurilishida eskrou-hisoblar tizimi ishga tushdi. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov yangi uy-joylar xarid qilishda "Eskrou" tizimining ahamiyati haqida maʼlumot berdi.
Endilikda uy-joy sotib oluvchilarning pullari kafolatli himoyalanadi. Gap shundaki, joriy yilning 27 yanvar kuni qabul qilingan “Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy obʼektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni turar va noturar joy obʼektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini yanada tartibga solishga qaratilgan aniq mexanizmlarni belgilab berdi.
Bunda avvalo, ulushli qurilish ishtirokchilari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini himoya qilish, uy-joylarni va boshqa koʻchmas mulk obʼektlarini hamda ipoteka krediti asosida sotib olishning ishonchli va samarali imkoniyatlari yaratilmoqda.
Endi, qurilishga ulush kiritish faqat notarial tasdiqlangan va kadastr organlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Eʼtibor bering, joriy yilning 1 iyulidan boshlab quruvchilar va mijozlar oʻrtasidagi ulush kiritish shartnomalari majburiy tartibda notariusda tasdiqlanishi va kadastr roʻyxatidan oʻtkazilishi shart. Bunda shartnoma kadastr organlarida roʻyxatdan oʻtkazilganda, ulushdorda, yaʼni sotib oluvchida talab qilish huquqi vujudga keladi.
Shu sanadan eʼtiboran yangi mexanizm — “eskrou” tizimi joriy etiladi. Bu tizim ulushdor, yaʼni uy-joy sotib olish istagidagi xaridorning huquqlarini toʻliq himoyalab, toʻlov pullari ishonchli saqlanishini kafolatlaydi.
Xoʻsh, tizim qanday ishlaydi? Eskrou tizimi — bu quruvchi va xaridor oʻrtasidagi oldi-sotdining yangicha shakli. Endilikda, hali bitmagan uydan kvartira sotib olmoqchi boʻlgan fuqaro, oʻsha uyga oʻz mablagʻlarini tikish orqali ulushdorga aylanadi. Buning uchun quruvchi, yaʼni developerning oʻziga emas, bankka toʻlov qiladi. Ulushdorning toʻlagan pullari alohida eskrou hisobvaragʻida yigʻilib boriladi. Uy bitmaguncha quruvchi kompaniya bu pullardan foydalana olmaydi. Turar joyni esa oʻz mablagʻlari yoki bank krediti asosida qurib bitkazadi.
Ulushli shartnoma orqali developer koʻrsatilgan uyni qurib, oʻz vaqtida topshirish majburiyatini oladi. Bank esa ulushdorning pul mablagʻlari eskrou hisobvaragʻida yigʻilishi, xavfsiz saqlanishi, shuningdek, uy-joy qurilishini loyihaviy moliyalashtirishni amalga oshiradi va bu bilan uy-joyni oʻz vaqtida sifatli qurib, egasiga yetkazib berishni kafolatlaydi.
Eskrou tizimi doirasida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida uy-joylar qurilishi boʻyicha yagona shaffof elektron platforma yaratildi va ushbu tizim 2025 yil 1 iyuldan ishga tushiriladi. Developerlar uy-joyni shu platformada roʻyxatga qoʻymasdan, aholi mablagʻlarini ulush kiritish asosida jalb qila olmaydi.
Mazkur tizim maksimal darajada inson omilidan cheklanib, barchasi integratsiya asosida ishlab chiqilyapti. Developer obʼektni platformaga kiritgach, bank tomonidan uyni oʻz vaqtida qura olish imkoniyatlari oʻrganiladi. Qurilish jarayonida ishning bajarilish grafigi nazorat qilib boriladi. Loyihaviy moliyalashtirishdan koʻzlangan maqsad ham shu.
Elektron platformada kuruvchi kompaniya va obʼekt haqidagi barcha maʼlumotlar, xususan, obʼektning loyiha boʻyicha joylashgan aniq manzili, qavatlari, kirish yoʻlaklari, qolaversa, kompaniyaning loyihaviy hujjatlari, ijobiy ekspertiza xulosasi, kurilish boshlanadigan sana va foydalanishga topshirish muddati kabi maʼlumotlar jamlab boriladi. Bu axborotlarni xaridorlar ham platformada kuzatib borishlari mumkin. Yaʼni, quruvchi ruxsatnomasining mavjudligi, reytingi va oldingi loyihalari haqida bilib olishlari mumkin boʻladi. Qurilish jarayonlarining platforma orqali shaffof kuzatib borilishi oʻz navbatida, uy-joy qurilishi bozoridagi investitsiyalar xavfsizligi va ishonchli developerlar bozorining shakllanishiga xizmat qiladi.
Eʼtibor bering, shu asosda mamlakatimizda developer-quruvchilarning yangi shaffof reyting tizimi shakllanadi.
«Eskrou» hisobvaragʻida jamlangan mablagʻlar koʻpayishi natijasida developer tashkilotlariga loyihaviy moliyalashtirish doirasida amaldagi stavkalarga nisbatan ancha pastroq stavkada mablagʻlar ajratiladi. Bu esa eskrou tizimi joriy etilgach yangi uy-joylarning narxi keskin oshib ketadi degan maʼlumotlarni inkor etadi.
Qurilish bitib, xaridor xonadonni qabul qilgach, uning bank hisobvaragʻidagi pullari developer tashkilotga yoʻnaltiriladi. Quruvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bu pul fuqaroga toʻliq miqdorda qaytarib beriladi. Yaʼni, uy bitmay qolsa, xaridor kuyib qolmaydi, bankka qoʻygan pullarini muammosiz qaytarib oladi.
Fuqarolarning uy-joy uchun toʻlagan pullari har tomonlama himoyalanadi. Xususan, yuqoridagi farmon bilan eskrou hisobvaragʻiga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlarini toʻxtatib qoʻyish yoki hisobdan chiqarish hamda majburiy ijroga qaratish taʼqiqlanadi.
Eʼtibor bering, haridor shartnomani belgilangan tartibda rasmiylashtirib, kadastr organlarida ruyxatga olinganidan soʻng, fuqaro mazkur ulushni hali uy bitmay turib, mulk sifatida hadya qilishi, sotishi yoki boshqa bir shaxsga vasiyat qilib qoldirishi mumkin.
Shunday qilib, joriy yilning 1 iyulidan boshlab, ulush kiritish asosidagi qurilishlarda quruvchi va xaridor oʻrtasidagi oldi-berdining shakli va mazmuni oʻzgaradi. Mazkur tartib yil oxirigacha ixtiyoriy boʻladi, 2026 yil 1 yanvardan esa qurilishda mablagʻlarini jalb qilish faqat eskrou hisobvaragʻi orqali amalga oshiriladi. Shu tarzda, yangi qurilayotgan uylarni belgilangan muddatlarda egalariga topshirish va aholi toʻlagan pullarining muzlab qolmasligi toʻliq yangi tizim nazoratiga oʻtadi.
Iqtisodiyot
05.07.2025, 14:20
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkentda eng qimmat va eng arzon kvartiralar qaysi tumanda?
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30
So'nggi yangiliklar

Sopollitepadan bronza davriga oid pilla parçasi topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:57

Adolf Gitler tuğilgan şaharda töqqizta ommaviy qabr topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:01

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Suriyaga taşrif buyurdi
Jahon
25.07.2026, 13:18

Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov
Siyosat
25.07.2026, 12:26

Venesuela prezidentlik saylovlariga tayyor emas – Tramp
Siyosat
25.07.2026, 10:59

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?
Ta'lim
24.07.2026, 16:50

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi
Siyosat
24.07.2026, 15:03

Arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidiga bosqinini qoraladi
Jahon
24.07.2026, 13:35

Özbekiston “Yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi – Baxtiyor Saidov
Siyosat
24.07.2026, 11:12

O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kreditni o‘z vaqtida to‘lolmayapti — MB
Iqtisodiyot
23.07.2026, 10:57

Epshteynga "qiz" yetkazib bergan fransuz modeli o'lik holda topildi
Jahon
23.07.2026, 10:01

Endi Toşkentdan Samarqandga 2,5 soatda yetib boriladi – Şavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston
22.07.2026, 16:01

Ukraina bu yil 700 kvadrat kilometr hududini qaytarib oldi
Siyosat
22.07.2026, 12:36

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi
Jahon
22.07.2026, 11:10

Fransiya 15 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
22.07.2026, 11:08

Xusiylar Saudiya Arabistoniga qarşi dengiz blokadasi e’lon qildi
Jahon
21.07.2026, 16:33

Gayana qirğoqlarida parom ağdarildi: halok bölganlar soni hozirça 27 ta
Jahon
21.07.2026, 13:23

Toshkent metropoliteniga 3 ta yangi poyezd olib kelindi
Oʻzbekiston
21.07.2026, 11:51

FIFA reytingi yangilandi: O‘zbekiston reytingda 10 pog‘ona pastladi
Sport
21.07.2026, 11:14

Afg‘onistonda Eronga ketayotgan 5 muhojir sahroda halok bo‘ldi, 14 nafari bedarak yo‘qoldi
Jahon
20.07.2026, 16:05
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkentda eng qimmat va eng arzon kvartiralar qaysi tumanda?
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30
