Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi

Qirg‘iziston parlamenti qo‘mitalar faoliyatini elektron shaklga o‘tkazish hamda qonun loyihalarini tahlil qilishda sun’iy intellektdan foydalanishga mo‘ljallangan “e-Kenesh” raqamli platformasini joriy qilmoqda. 

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi

Matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu platforma qog‘ozbozlikdan voz kechish va deputatlarga avvalroq tarqatilgan planshetlar orqali kun tartibidagi barcha materiallardan foydalanish imkoniyatini yaratish uchun ishlab chiqilgan. 

Dasturiy ta’minot parlament devoni xodimlari bilan hamkorlikda mahalliy mutaxassislar tomonidan yaratilgan.

“e-Kenesh” tizimi davlat xizmatchilari va mutaxassislarga qo‘mita yig‘ilishlarida o‘z ish joyidan yoki xizmat safari paytida masofaviy qatnashish hamda muhokamalarga qo‘shilish imkonini beradi.

Parlamentning qayd etishicha, bu mansabdor shaxslar va mutaxassislarning ishtirokini osonlashtirishi hamda qo‘mita faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilaydi. Shu bilan birga, asosiy ma’ruzachilar deputatlarning savollariga javob berish uchun yig‘ilishlarda oflayn ishtirok etishadi.

Platforma qo‘mita faoliyatini va qonunchilik jarayonini yanada shaffof qilishga qaratilgan. Foydalanuvchilar har bir masalaning tarixini, jumladan, muhokamalar, qabul qilingan qarorlar, qonunchilik tashabbuslarining mualliflari va ovoz berish natijalarini kuzatib borishi mumkin bo‘ladi.

 

Parlamentda sun’iy intellekt

“e-Kenesh”ning yangi funksiyalaridan biri — bu qonun loyihalarini tahlil qila oladigan va ularning qisqacha mazmunini tayyorlaydigan sun’iy intellekt modulidir. Bu deputatlarga hujjatlar bilan tezda tanishishga va taklif etilayotgan qonunchilikning maqsadlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

“Qonun loyihalarini tahlil qilish hamda ularning mazmun-mohiyati va maqsadlarini tushuntirish uchun sun’iy intellekt ham joriy etilmoqda”

 Marlen Mamataliyev, 
Parlament spikeri

 

Spikerning ma’lum qilishicha, kelasi haftadan boshlab parlamentning barcha qo‘mitalari qog‘oz hujjatlardan to‘liq voz kechib, elektron hujjat aylanishiga o‘tishi kutilmoqda. 

Bu o‘zgarish Qirg‘izistonning davlat boshqaruvini raqamlashtirish va qonunchilik faoliyatini optimallashtirishga qaratilgan keng qamrovli sa’y-harakatlarini aks ettiradi.

“Kelgusi haftadan boshlab barcha qo‘mitalar yangi ish tartibiga o‘tadi. Biz parlament faoliyatini to‘liq raqamlashtiramiz hamda qog‘oz va ruchkadan voz kechamiz”, — dedi Marlen Mamataliyev.

Tizim joriy etish davomida takomillashtirib boriladi va yuzaga keladigan har qanday texnik nosozliklar o‘z vaqtida bartaraf etiladi.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Kongo va Ugandada Ebola epidemiyasi tarqaldi

Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandada Ebola epidemiyasi avj oldi. Oqibatda 80 kishi vafot etgani gumon qilinmoqda. Shu sababli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xalqaro miqyosda favqulodda holat e’lon qildi. 

Jahon

18.05.2026, 09:56

Turkiy davlatlar rahbarlari Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qilishdi

XIV asr oxirida Amir Temur farmoyishiga binoan barpo etilgan ushbu maqbara bugungi kunda UNESCOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, Markaziy Osiyodagi oʻrta asr islom meʼmorchiligining eng noyob va muhtasham namunalaridan biri hisoblanadi.

Madaniy

15.05.2026, 16:18

“Eron urushini davom ettirishdan ma’no yo‘q” – Xitoy

Oq uyning ma’lum qilishicha, Tramp va Si Pekindagi muzokaralar chog‘ida Hormuz bo‘g‘ozidagi kema qatnovi yo‘lini ochiq saqlash zarurligi borasida kelishib olgan.

Jahon

15.05.2026, 10:55

Chorvachilikni rivojlantirishda yangi qadam

Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Uning oldiga qoramollar sonini 16,5 milliontaga, qo‘y va echkilar sonini 30 milliontaga, parrandalar sonini 141 milliontaga yetkazish vazifalari qo'yilgan.

Oʻzbekiston

13.05.2026, 17:22

O‘zbekistonga qaytarilgan tarixiy artefaktlar jamoatchilikka taqdim qilindi

Qaytarilgan artefaktlar Kushon davridan Temuriylargacha bo‘lgan davrlarga oid noyob yodgorliklardan iborat.

Madaniy

13.05.2026, 16:32

Andijon voqealari: 21 yil oldingi qonli kun

2005-yil hibsga olingan andijonlik 23 akramiylar a’zosi deya gumon qilingan shaxslarning yaqinlari va hamkasblari boshlagan namoyishlar pirovardida 13-may kungi qonli voqealariga olib keldi.

Oʻzbekiston

13.05.2026, 14:42

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida kuzatilgan qisqarishdan so‘ng aprel yakunida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 1,9 milliard dollarga ko‘payib, jami 70 milliard 891,9 million dollarni tashkil etgan.

Iqtisodiyot

12.05.2026, 15:49

Davomli xantavirus — Infeksiyadan keyingi hayot tashvishlimi?

Ushbu kasallikdan omon qolish to‘liq sog‘ayishni anglatmaydi. Ko‘plab bemorlar xantavirusdan tuzalganidan so‘ng ham COVID kabi uzoq muddatli jismoniy va ruhiy muammolardan aziyat chekmoqda.

Jahon

12.05.2026, 15:09

BAA kompaniyasi O‘zbekistonda 100 ta diagnostika markazi tashkil etadi

BAAning “Unison Capital Investment” kompaniyasi respublika bo‘ylab 100 ta to‘liq siklli diagnostika markazlarini tashkil etish rejalarini taqdim etdi.

Oʻzbekiston

12.05.2026, 11:25

Moliyaviy xizmatlar sohasida 22,4 foizlik o‘sish qayd etildi

2026-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 46,8 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,4 foizga oshgani bilan e’tiborli.

Iqtisodiyot

11.05.2026, 16:08

Hindiston bosh vaziri masofaviy ishlashga qaytishni taklif qildi

Narendra Modi koronavirus pandemiyasi davrida qo'llaniladigan masofaviy ish, virtual uchrashuvlar va videokonferensiyalar amaliyotini qayta joriy etish zarurligini aytdi.

Jahon

11.05.2026, 15:40

O‘zbek qizi malay tili bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi

20 yoshli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Madinabonu Abdullayeva Xalqaro malay tili bo‘yicha Malayziya Bosh vaziri musobaqasi g‘olibi bo‘ldi.

Ta'lim

11.05.2026, 14:01

Qiymati 50 mln dollardan ortiq bo‘lgan loyihalar korrupsiyaga qarshi tekshiruvdan o‘tadi

Adliya vazirligi Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Iqtisodiyot

11.05.2026, 12:55

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi

“Samsung Electronics” kompaniyasi Dua Lipa suratidan televizor sotishda ruxsatsiz foydalangan. Xonanda zararni qoplash uchun 15 million dollar talab qilmoqda.

Jahon

11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi

Fransiyalik professor Florent Montakler filologiya bo‘yicha soxta mukofot joriy etganlikda ayblanmoqda. U shuningdek, soxta “Xalqaro filologiya jamiyati”ni tuzgan va amerikalik tilshunos Noam Chomskiyni ham mukofotlagan.

Jahon

09.05.2026, 16:06

Nega “Pivo o‘lkasi”da ichkilik darajasi pasayib ketdi?

Pivo iste’moli bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Chexiyada rekord darajadagi pasayish qayd etildi. Pivo zavodlari xavotirda bo‘lsa-da, mutaxassislar bu o‘zgarishga ijobiy baho bermoqda.

Jahon

08.05.2026, 17:11

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi

Kolumbiyalik xonanda Shakira payshanba kuni 2026-yilgi Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini ommaga namoyish qildi.

Sport

08.05.2026, 10:48

Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz Markaziy Osiyoni logistika markaziga aylantirishi mumkin

Markaziy Osiyo koridorlari dengiz yo‘llariga nisbatan uzunroq va qimmatroq bo‘lsa-da, barqarorlikni ta’minlay oladi. Yo‘lning arzonligi muhim emas. Muhimi – yo‘lning ishonchliligi.

Jahon

07.05.2026, 13:30

O‘zbekiston va Pokiston sanoat, investitsiya va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Pokiston xalqaro transport aloqalarini rivojlantirish hamda Xunjarob dovoni orqali o‘tuvchi “Pokiston–Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” yo‘lagi bo‘ylab hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi. 

Iqtisodiyot

07.05.2026, 12:06

Eronlik Nobel mukofoti sovrindori Narges Muhammadiy o‘lim yoqasida

Qamoqda saqlanayotgan  tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti  sovrindori Narges Muhammadiy yurak xastaligi tufayli og‘ir ahvolda.

Jahon

06.05.2026, 17:11

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →