Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadigan bolalarning baholari yomonlaşadi – tadqiqot
Ijtimoiy tarmoqlardan erta foydalanişni boşlagan bolalar, ulğaygaç hisob oçgan tengdoşlariga qaraganda maktabda köproq qiynalişadi.
Jahon
06.08.2026, 12:10
Ulashish:

Yangi tadqiqot “Nature Human Behaviour” jurnalida çop etildi. Unda Şimoliy Italiyada yaşovçi 7 yoşdan 16 yoşgaça bölgan 5000 dan ortiq öquvçi iştirok etgan.
Mazkur tadqiqot raqamli media vositalaridan foydalaniş odatlari böyiça sörovnoma ma’lumotlari hamda italyan tili, matematika, ingliz tili fanlaridan 2, 5, 8 va 10-sinflarda töplangan imtihon natijalariga asoslanadi.
Xususan, 8-sinfda (odatda 13–14 yoş) ötkazilgan testlar natijalariga köra, ijtimoiy tarmoqlarga 11 – 12 yoşida a’zo bölgan öquvçilar italyan tili va matematika fanlaridan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni keçroq boşlaganlarga qaraganda pastroq natija körsatgan.
10-sinfda (15-16 yoşda) ötkazilgan sinovlarda ham bu ta’sir ayniqsa, matematika fani böyiça saqlanib qolgan. Bundan taşqari 13 yoşgaça ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan öquvçilar orasida yanada kuçaygan.
Tadqiqotçilarning fikriça, salbiy ta’sir kunning muhim paytlarida smartfonlarga çalğiş bilan boğliqdir.
Ijtimoiy tarmoqlardan erta yoşdan foydalaniş italyan tili va matematika fanlaridan pastroq natijalarga sabab bölsa-da, italiyalik öquvçilar birinçi çet tili sifatida örganadigan ingliz tiliga bu holat taalluqli emas.
Bunday tafovutga ijtimoiy tarmoqlarda inglizça kontentning köpligi sabab bölişi mumkin. Ya’ni foydalanuvçilarda norasmiy örganiş imkoniyati mavjud.
Qanday çoralar kerak?
Ijtimoiy tarmoqlar va bolalar örtasidagi boğliqlikni örganuvçi tadqiqotlar soni ortmoqda. Uşbu tahlil ham internet platformalaridan foydalaniş bolalarning ta’limiy va kognitiv körsatkiçlariga ta’sirini örganayotgan sönggi izlanişlar natijalariga mos.
Tadqiqot mualliflari olingan xulosalarga tayanib, maktablarda raqamli savodxonlik dasturlarini joriy etiş, voyaga yetmaganlar foydalanadigan platformalardagi jalb qiliş mexanizmlarini tartibga soliş va bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini çeklovçi siyosat zarurligini ta’kidlamoqda.
Dolzarb tadqiqot
Uşbu tadqiqot ijtimoiy tarmoqlar böyiça bahslar avjlangan davrda e’lon qilindi.
Avstraliya dunyoda birinçi bölib 16 yoşgaça bölgan bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqladi. Şundan söng bu masala Yevropa davlatlari kun tartibiga çiqdi.
Yoz boşida Fransiya parlamenti 15 yoşgaça bölgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni taqiqlovçi qonun loyihasini ma’qulladi. Şunga öxşaş taşabbuslar Ispaniya va Buyuk Britaniyada ham muhokama markazida.
Iyul oyida Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen bu mavzudagi ekspertlar hisobotini taqdim etdi. Unga köra, mavjud dalillar onlayn platformalardan foydalanişda minimal yoş çegarasini joriy etişni tobora köproq talab qilmoqda.
Biroq hisobot Avstraliyadagi kabi umumiy taqiqni tavsiya qilmaydi. Aksinça, unda “xavfsizlikni dastlabki bosqiçdayoq ta’minlaş” tamoyili ilgari suriladi. Bu yondaşuv raqamli platformalarga ham mas’uliyat yuklaydi.
Italiya taqiq tarafdori emas
Ijtimoiy tarmoqlar atrofidagi bahslar kuçayganiga qaramay, tadqiqot ötkazilgan Italiya bu muhokamalarning markazida emas. Italiya boş vaziri Jorja Meloni hukumati ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlaş taşabbusini ilgari surmasligini bildirdi. Uning fikriça, bunday çeklovni osongina çetlab ötiş mumkin.
Taqiqqa qöşilmayotganlarda yetarliça dalil mavjud. Masalan, yaqinda Avstraliyada ötkazilgan tadqiqot yoşni tekşiriş usullari samarasizligini, taqiq iş bermayotganini körsatgan.
Mavzuga oid yangiliklar

Eng norozi avlod
Madaniy
12.10.2026, 10:05

Avstraliyada ijtimoiy tarmoqlarga qöyilgan taqiq foyda bermayapti
Jahon
31.07.2026, 11:06

X (twitter) Avstraliyaning ijtimoiy tarmoqlar haqidagi qonunini tanqid qildi
Jahon
29.07.2026, 13:01

Fransiya 15 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
22.07.2026, 11:08

Britaniya 16 yoshgacha bo‘lganlarga energetik ichimliklar sotishni taqiqlamoqda
Jahon
17.07.2026, 09:44

Hindlardan nimani o'rganishimiz kerak?
Madaniy
07.07.2026, 15:48
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin
Oʻzbekiston
27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi
Oʻzbekiston
26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
