Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Namangan shahri “Bir oy ichida jamoa tomonidan ekilgan eng ko‘p gul” nominatsiyasi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga rasman kiritildi.
Madaniy
25.05.2026, 11:54
Ulashish:

Namanganda boshlangan 65-xalqaro gullar festivali vodiyning asosiy havo darvozasi – Namangan xalqaro aeroporti hududidan gullar avtoparadi bilan boshlandi.
Unda davlatimiz bayrog‘i bilan bezatilgan yengil avtomobillar, yuk mashinalari, kombayn, traktor, hatto avtokrangacha anvoyi gullarga burkangan 300 dan ziyod transport vositalaridan iborat mashinalar karvoni Islom Karimov shoh ko‘chasidan Temir yo‘l vokzali aylanma yo‘li – Amir Temur – Nodim Namangoniy ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, Bobur bog‘i tomon saf bo‘lib yetib keldi.
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ining yonginasidagi katta maydonda bo‘lib o‘tgan rasmiy ochilish marosimida Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Afg‘oniston, Eron, Yaponiya kabi o‘nlab xorijiy davlatlarning diplomatik korpus vakillari, chet el kompaniyalari investorlari, nufuzli mehmonlar, madaniyat va san’at namoyandalari, sayyohlar va keng aholi vakillari ishtirok etdilar.
Yig‘ilganlarni yubiley bayrami bilan qutlagan Namangan viloyat hokimi, senator Shavkat Abdurazzoqov festival doirasida 150 dan ziyod xalqaro, respublika va mahalliy miqyosdagi forumlar, madaniy-ma’rifiy, ommaviy-sport singari tadbirlar o‘tkazilishini ta’kidladi.
O‘tgan 2025-yilda festivalga tayyorgarlik jarayonida viloyat bo‘yicha jami 100 million tup gul ko‘chati ekilgan edi.
Bu yil esa ushbu miqdor 150 million tupga yetkazildi. Birgina Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bir oy davomida jamoa tomonidan 29 million 600 mingdan ziyod gullar ekildi.
Bunday ulkan loyiha natijasida yana bir tarixiy yutuqqa erishilib, Namangan shahri “Bir oy ichida jamoa tomonidan ekilgan eng ko‘p gul” nominatsiyasi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga rasman kiritildi.
Festivalning ochilishida ushbu tarixiy muvaffaqiyatni tasdiqlovchi maxsus sertifikatni “Guinness World Records” tashkiloti vakili Sheyda Subasi xonim Namangan viloyati hokimligi rahbariyatiga tantanavor ruhda topshirdi.
65-xalqaro gullar festivali, eng avvalo, mahallalardan boshlangani bilan avvalgilaridan ajralib turadi. Ya’ni bu yil viloyatdagi mavjud 754 mahallaning barchasi ishtirokchiga aylandi. Ular o‘rtasida "Eng gulzor, eng obod mahalla" ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.
An’ana tusiga kirgan tadbirlar – Chust tumanida “Osh tanlovi”, Pop tumanida “Lavanda sayli” qatoriga endilikda Mingbuloq tumanida “Patir festivali” ham qo‘shilmoqda.
Viloyat turizm boshqarmasidan ma’lum qilinishicha, 65-xalqaro gullar festivaliga ellik kun davomida 1 milliondan ziyod xorijiy, 7 millionga yaqin mahalliy sayyohlarning tashrif buyurishi kutilmoqda.
65-xalqaro gullar festivali joriy yilning 12-iyuliga qadar davom etadi. Bayramda faol qatnashadigan gulchilar va tashkilotlar qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, avtomobillar bilan mukofotlanadi.
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
