Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi
Koloniyaga mutaxassis shifokorlar jalb etilib mahkumalar hamda ularning uch yoshgacha boʻlgan farzandlari toʻliq tekshiruvdan oʻtkazildi.
Oʻzbekiston
04.03.2026, 15:05
Ulashish:

2026 yil 3 mart kuni IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman), Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamkorligida 21-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumalar uchun keng qamrovli tibbiy koʻrik tashkil etildi.

Tadbir “Inson qadri – oliy neʼmat” va “Sogʻlom ayol – sogʻlom millat tayanchi” tamoyillari asosida oʻtkazilib, unda inson salomatligi va huquqlarini taʼminlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Tor doiradagi mutaxassislar jalb etildi
Tibbiy koʻrikka Sogʻliqni saqlash vazirligining akusher-ginekolog, onkoginekolog, mammolog, kardiolog, endokrinolog, pediatr, psixiatr kabi 10 nafarga yaqin tor mutaxassis shifokorlar guruhi jalb etildi.
Shuningdek, koʻrik davomida rentgen, UTT va qon tahlillarini oʻtkazish uchun zarur tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan maxsus avtobuslar olib kelindi.
Mutaxassislar ishtirokida mahkuma ayollar hamda ularning uch yoshgacha boʻlgan farzandlari toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan choralar
Bunday tadbirlar mahkuma ayollarning salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va oʻz vaqtida davolash choralarini koʻrish imkonini beradi.
Qayd etilishicha, mamlakatda jazoni ijro etish tizimini insonparvarlik tamoyillari asosida isloh qilish, mahkumlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qonunchilikdagi yangiliklar
Xususan, 2023 yilda Jinoyat va Jinoyat-ijroiya kodekslariga kiritilgan oʻzgartishlar bilan jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish, muddatidan ilgari shartli ozod etish hamda manzil-koloniyalarga oʻtkazish mexanizmlari qayta koʻrib chiqildi. Shuningdek, mahkumlarni foto va videotasvirga olish faqat ularning yozma roziligi asosida amalga oshirilishi belgilanib, shaxsiy daxlsizlik kafolatlari mustahkamlandi.

2024 yilda qabul qilingan qonun bilan mahkumlarning insoniy muomalada boʻlinishi, shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishi hamda Ombudsmanga murojaat qilish huquqi yanada mustahkamlandi. Shu bilan birga, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar uchun jazo oʻtayotgan shaxslarning saylov va referendumlarda ishtirok etish huquqi belgilandi.
2025 yildan eʼtiboran mahkumlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan ragʻbatlantirishga qaratilgan yangi mexanizm joriy etildi. Unga koʻra, tasdiqlangan adabiyotlar roʻyxatidagi kitoblarni mutolaa qilgan mahkumlarning jazo muddati sud qarori asosida qisqartirilishi mumkin. Bu norma mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtishini ragʻbatlantirishga qaratilgan.
Bundan tashqari, jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarga masofaviy videouchrashuvlardan foydalanish huquqi berildi. Bu esa ularning oilaviy aloqalarini saqlab qolish va ijtimoiylashuv jarayonini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Sharoitlar oʻrganildi
Tashrif doirasida koloniyadagi yashash va ovqatlanish sharoitlari, bolalar uyi, psixolog bilan ishlash xonasi hamda kutubxona koʻzdan kechirildi. Mahkumalar bilan yakka tartibda va jamoaviy suhbatlar oʻtkazilib, ularning murojaatlari nazoratga olindi.
Oʻzbekiston
04.03.2026, 15:05
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
So'nggi yangiliklar

Yamandagi husiylar yangi uruş boşlamoqda
Jahon
28.07.2026, 13:45

Qiziga majburlab mol göngi yedirgan ota qölga olindi
Oʻzbekiston
28.07.2026, 12:39

Fransiyada erkak uç ayolga piçoq bilan hujum qildi
Jahon
28.07.2026, 10:48

«Erimning qarzini nega men tölaşim kerak?» – maktub
Madaniy
27.07.2026, 13:52

Fransiya va Ispaniya örmon yonğinlariga qarşi kuraşmoqda
Jahon
27.07.2026, 12:22

Tibbiyot xodimlari farzandlari uçun kontrakt tölovining bir qismi qoplab beriladi
Oʻzbekiston
27.07.2026, 12:16

Qozoğiston prezidenti Ukrainadagi uruşni muzlatişga çaqirdi
Siyosat
27.07.2026, 10:30

Ukrainaning Eron kemasiga hujumi javobsiz qolmaydi – Abbos Aroqçi
Siyosat
27.07.2026, 09:50

Sopollitepadan bronza davriga oid pilla parçasi topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:57

Adolf Gitler tuğilgan şaharda töqqizta ommaviy qabr topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:01

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Suriyaga taşrif buyurdi
Jahon
25.07.2026, 13:18

Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov
Siyosat
25.07.2026, 12:26

Venesuela prezidentlik saylovlariga tayyor emas – Tramp
Siyosat
25.07.2026, 10:59

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?
Ta'lim
24.07.2026, 16:50

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi
Siyosat
24.07.2026, 15:03

Arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidiga bosqinini qoraladi
Jahon
24.07.2026, 13:35

Özbekiston “Yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi – Baxtiyor Saidov
Siyosat
24.07.2026, 11:12

O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kreditni o‘z vaqtida to‘lolmayapti — MB
Iqtisodiyot
23.07.2026, 10:57

Epshteynga "qiz" yetkazib bergan fransuz modeli o'lik holda topildi
Jahon
23.07.2026, 10:01

Endi Toşkentdan Samarqandga 2,5 soatda yetib boriladi – Şavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston
22.07.2026, 16:01
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42

