updated: 22.03.2026, 16:29

Gulnora Karimovaning qancha pullari Oʻzbekistonga qaytarildi, ular qayerga sarflandi?

Gulnora Karimovaning Shveysariyadan 313 mln AQSh dollar puli Oʻzbekiston xalqiga qaytarilgan. Shundan 95 mln AQSh dollar pul Oʻzbekiston xalqiga qaytarish boʻyicha Oʻzbekiston va Shveysariya hukumatlari oʻrtasida tashkil etilgan "Ishonch" jamgʻarmasiga oʻtkazilgan. 95 mln dollardan 87 mln dollar mablagʻ Oʻzbekistonning sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimiga yoʻnaltirilgan. Qolgan mablagʻlar esa Shveysariya hukumati nazoratidagi Shveysariya bank hisoblarida saqlanmoqda. Oʻzbekiston xalqiga qaytarilgan Pullarning hozirgi taqdiri qanday kechmoqda. Mablagʻlar rostdan ham bu ikki sohaga yoʻnaltirilganmi? Mana shu masalalarga ochiqlik kiritish maqsadida Oʻzbekiston xalqiga qaytarilgan Gulnora Karimova pullarini sarflanishi boʻyicha, Olmaliq shahrida matbuot anjumani tashkil etildi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Otabek Fozilkarimov aytishicha,  "Ishonch" jamgʻarmasi hisobiga kelib tushgan 87 million dollar sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimiga teng miqdorda 43,5 million dollardan teng taqsimlangan.

"Sogʻliqni saqlash sohasi boʻyicha, Oʻzbekistondagi barcha 231 ta tugʻuruq muassasalarini 23 turdagi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanishi belgilab oʻtilgan. Ushbu loyiha boʻyicha hozirgi kunda 5 ming 840 dan ortiq tibbiy asbob-uskunalar  Oʻzbekistonga olib kelindi. Buning xaridlari BMT tomonidan amalga oshirildi", dedi u.

Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Bositxanovaning aytishicha, 30 yil mobaynida tugʻuruq komplekslarini jihozlashga jiddiy eʼtibor berilmagan.

"Biz davlatimiz rahbaridan cheksiz minnatdormiz. Bu fond pullarni aynan bolalar reanimatsiyasi, goʻdaklarimizga kurezlash, sepaplar, chaqaloqlar uchun gidrofil apparatlari va homiladorlar uchun sunʼiy nafas olish apparatlarining monitorlari sotib olishga imkoniyat yaratib, shu fond pulini aynan perinatal xizmatga yaʼni chaqaloqlar va homiladorlar xizmatiga yoʻnaltirgan. Juda katta ekspertlar guruhi har bir tugʻruq kompleksini asbob-uskunalar hisob-kitobini katta tahlil qilib, uning natijasida umuman yoʻq yoki kam narsalar sotib olindi",  dedi Sogʻliqni saqlash vazir oʻrinbosari Elmira Bositxonova.

Gulnora Karimovaning AQSh, Buyuk Britaniya, Belgiya, Rossiya va boshqa davlatlarda mablagʻlari borligi aniqlangan. Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Otabek Fozilovning aytishicha, hozirgi vaqtda Belgiyadan ham pullarni qaytarish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda. 

Foto: Paradigma.uz/ Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Otabek Fozilov

Shveysariyaning Oʻzbekistondagi elchisi Konstatin Obolenskiyning aytishicha, 313 million AQSh dollar pul Karimova ishi doirasida muzlatib qoʻyilgan pullarning bir qismi xolos.

"Shunday qilib biz avval tilga olgan 313 million dollar Shveysariyada Gulnora Karimova ishi doirasida muzlatib qoʻyilgan mablagʻlarning bir qismidir.  Bu mablagʻlar uzil-kesil musodara qilingan. Chunki mablagʻlar avval muzlatiladi, soʻngra anʼanaviy huquqiy jarayonlar boshlanadi. Agar mana shu jarayon natijasida mablagʻlar noqonuniy ekanligi aniqlansa, ular musodara qilinadi.  Va keyin qaytarilishi mumkin. Demak, 313 million dollar  mablagʻlar musodara qilingan va qaytarishga tayyor. Qolgan mablagʻlar boʻyicha hozircha bir narsa deyish qiyin. Chunki sud jarayonlar davom etmoqda. Aytishim mumkinki Shveysariya va Oʻzbekiston musodara qilgan barcha mablagʻlar Oʻzbekiston xalqi manfaati uchun qaytarilishi kerak degan tamoyilini qabul qilgan.  Bizning holatda Shveysariya bu mablagʻlarning hech qanday qismini oʻzida saqlab qolmaydi. Faqat jarayon xarajatlarini qoplaydi xolos. Bu esa tabiiy hol. Qaytarish jarayoni musodara qilingan barcha mablagʻlarga taalluqli boʻladi", dedi elchi.

Foto: Paradigma.uz/Shveysariyaning Oʻzbekistondagi elchisi Konstatin Obolenskiy

PARADIGMA.UZ muxbirining perinatal markazdagi shifokorlar, hamshiralar, oddiy aholiga olib kelingan asbob-uskunalar Gulnora Karimovaning pullari evaziga kelayotgani aytilyaptimi yoki prezidentimizning tashabbusi yoki davlat byudjetidan hisobidan deb aytilyaptimi deb bergan savoliga Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Bositxonova oddiy aholi yoki shifokor-hamshiralarga bularni  davlat byudjetida olib kelinyapti deb aytmaymiz deb javob berdi.

Foto: Paradigma.uz/ Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Bositxonova 

" "Ishonch -2030" loyihasida ijrochilari yaʼni tugʻruq kompleksidagi har bir hamshira, doya, shifokorlarimiz bilan ish yigʻilishlari oʻtkazganimizda ham joyida borib gaplashganimizda ham bu mablagʻlar xalqimizga qaytarib olib kelinayotganini shuning uchun ham har birimizning masʼuliyatimiz katta ekanligini aytmoqdamiz. Uzluksiz energiya, uzluksiz kislorod yetkazib berishda masʼuliyat bilan ishlash kerakligini, chunki bu mablagʻlar xalqimizga qaytarib berilayotgan mablagʻlar sotib olingan aniq xizmat qilishi kerak. Ularga bu narsalar naqadar muhim ekanligini tushuntirganimizda har bir sentigacha bolalarimiz va homiladorlarimizga yetib borishi toʻgʻrisida albatta gapiramiz. Bu oʻsha qaytib kelgan pullarimiz deb aytamiz. Byudjetdan olingan pul deb aytmaymiz”,  dedi Elmira Bositxonova.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Oyatillo Rahmataliyev qaytarilgan pullarning 43,5 million dollar qismi taʼlim sohasida ikkiga ajratilganligini maʼlum qildi. U 23,5 million dollar  IT va raqamli yechimlarni kengaytirish orqali taʼlim imkoniyatlarini oshirishga hamda 20 million dollarlik loyiha esa maktablarda iqlim oʻzgarishiga chidamlilik oshirish va sanitariya-gigiyena holati yaxshilash uchun yoʻnaltirilganligini aytdi.

 

Shveysariyadan noqonuniy oʻzlashtirilgan Gulnora Karimovaning oʻzbek xalqiga qaytarilgan pullarini  sarflanishi boʻyicha UNICEF ham faol ishtirok etgan.

“UNICEF bu loyihaning birinchi qismida qatnashishidan judayam xursand. Xabaringiz bor  bu loyiha boʻyicha bizlarda 230 ta prenatal markazlari 23 turdagi turli uskunalar bilan taʼminlanadi. Bu Oʻzbekistonning ona va bola sogʻligʻiga juda katta yordam berishi kutilyapti. Hozirgi vaqtda 11 mingga yaqin shifokorlar va hamshiralarni oʻqitish jarayoni boshlangan. Biz oʻylaymizki kelajakda Oʻzbekistonda ona va bola sogʻligʻini saqlash va ularning hayotini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi”, dedi UNICEF'ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasining rahbari Rehina Mariya Kastijio.

Foto: Paradigma.uz/ UNICEF'ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasining rahbari Rehina Mariya Kastijio.

Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasi boshligʻining onalik va bolalik boʻyicha oʻrinbosari Feruza Toʻrayevaning aytishicha Gulnora Karimovaning Oʻzbekistonga qaytarilgan aktivlari hisobidan ushbu perinatal markazga 23 turdagi tibbiy asbob-anjomlar olib kelingan ha hozirda shifokorlar buni ishlatishni boshlashgan.

Feruza Toʻrayevaga koʻra, asbob-anjomlar olib kelinishidan tashqari shifokorlar bu tibbiy anjomlarni ishlatish boʻyicha ham maxsus trening va oʻquv seminarlaridan qatnashishgan.

Foto: Paradigma.uz/ Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasi boshligʻining onalik va bolalik boʻyicha oʻrinbosari Feruza Toʻrayeva

"Chaqaloqlar boʻlimiga sepap, sunʼiy nafas beruvchi apparatlar, oʻpka sunʼiy ventilyatsiyasi, kardiomonitorlar, vakuum ekstraktorlar, homila yurak urishini kuzatuvchi kardiotokograflar singari koʻplab jihozlar olib kelingan. Bular oldin bizda bor edi, lekin yetishmasdi.  Shuning uchun ham biz qiynalar edik, hozir mana shu aparatlar olib kelingan soʻng chaqaloqlarimizga toʻliq yordam koʻrsata olyapmiz", deydi Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasi boshligʻining onalik va bolalik boʻyicha oʻrinbosari Feruza Toʻrayeva.

 

Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi onalik va bolalik boʻlimi oʻrinbosari Feruza Rahmatullayevaning aytishicha, Karimovaning noqonuniy oʻzlashtirgan pullari pullar oʻz joyini topgan.

Foto: Paradigma.uz/ Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi onalik va bolalik boʻlimi oʻrinbosari Feruza Rahmatullayeva

Maʼlumot uchun, avvalroq PARADIGMA.UZ muxbiri "Ishonch' jamgʻarmasi kotibiyati rahbari Yonas Atrup bilan Gulnora Karimovaning noqonuniy oʻzlashtirgan hamda Oʻzbekiston va Shveysariya hukumati oʻrtasidagi muzokaralar yakuni boʻyicha 131 million dollar oʻzbek xalqiga qaytarilganini maʼlum qilgan edi.

Siz mazkur videoni koʻrish orqali “Karimova va uning oilasi hamda sheriklari boʻyicha xorijdagi pullar va ularni oʻzbek xalqiga qaytarish mumkinmi?”  degan savolga javob olasiz.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi

Çilonzor tumani IIB xodimlari ALP naşriyotidan 3 nomdagi jami 5 274 dona kitobni olib ketgan. Kitoblar avvalroq tegişli taşkilotda muhokama qilingan, ammo bu haqda noshirga xabar berilmagan.

Madaniy

07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi

Qirğiziston Rossiyaga iş va’dasi bilan borib, aldangan va uruşga yuboriliş xavfi ostida qolgan qirğizistonlik yigitni vataniga qaytarişni söramoqda.

Siyosat

06.11.2026, 17:40

Diogo Jota xotirasiga bag‘ishlangan gullar va muxlislar qoldirgan yodgorliklar

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar

Futbol millionlab insonlarni birlaştiradigan, muxlislariga unutilmas lahzalar va hayajonli uçraşuvlarni taqdim etadigan sport turi. Biroq uning tarixida faqat gollar, sovrinlar va ğalabalar bilan emas, balki ayançli fojialar bilan ham yodda qolgan voqealar bor.

Sport

06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi

Qozoğistonda benzin, dizel yoqilğisi va neft mahsulotlarining ayrim turlarini avtomobil transportida olib çiqişga qöyilgan taqiq yana olti oyga uzaytirildi. 

Iqtisodiyot

06.11.2026, 14:48

Серджио Гор портрети

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?

AQŞda oraliq saylovlardan keyin ma’muriyatda kadrlar özgarişi kutilmoqda.

Siyosat

06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?

2026-yilning 3-noyabrida demokrat Gari Piters qayta saylanişga öz nomzodini qöymaganidan söng böşab qolgan örin uçun kuraş keskin tus oldi. Saylov poygasida Demokratik partiya nomzodi Abdul Al-Sayed ğalaba qozondi.

Siyosat

05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi 23 yillik faoliyatiga yakun yasamoqda. Beş karra “Oltin töp” sohibi xayrlaşuv xatida rekordlar va sovrinlardan köra, xalq qalbidan joy oliş muhimroq ekanini ta’kidladi.

Sport

05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi

Donald Tramp jamoasining boş sotsiologi Toni Fabritsio respublikaçilar uçun oraliq saylovlar natijasi salbiy bölgan taqdirda Isroildan siyosiy boşpana söraşini aytdi.

Siyosat

05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi

Miçigan ştatidagi keskin saylovda demokrat Abdul El-Sayed respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. 

Siyosat

04.11.2026, 17:55

Guangzhou Evergrande  футболчисининг мухлислар билан хайрлашуви

Xitoy futbolining qulaşi

Milliardlar nega samara bermadi?

Sport

04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident

Buxoro viloyatida 40 mingga yaqin kişi işsiz, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past.

Oʻzbekiston

04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil

Britaniyalik Karl Buşbi dunyo böylab sayohatini qanday yakunladi?

Madaniy

04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?

Samarqandda ŞHT plyus xavfsizlik böyiça ekspertlar muloqoti ötkaziladi

Oʻzbekiston

04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi

Jahon bankining yangi hisobotiga köra, 2011–2023 yillarda Hindistonda qariyb 500 million kişi kambağallikdan çiqqan. Mamlakatda öta qaşşoqlik darajasi şu davrda 27,1 foizdan 2,6 foizgaça pasaygan.

Jahon

03.11.2026, 17:09

Illyustrativ tasvir

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi

Yangi talab tafsilotlari bilan tanişing.

Iqtisodiyot

03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi

Qariyb töqqiz oylik tanaffusdan söng Vaşington, Moskva va Kiyev muzokaraçilari uruş masalasini muhokama qiliş uçun Abu-Dabida bir stol atrofiga yiğiladi.

Siyosat

03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi

Isroil harbiylari bosib olingan Ğarbiy sohildagi Dura şahrida jurnalist Muntasir Nassorning uyiga reyd ötkazib, uni hibsga oldi. 

Jahon

03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?

Germaniyaning 34 ta şahrida ön minglab yoşlar iştirokida namoyişlar ötkazildi. Frankfurtda ğalayonlar tartibsizlik va talonçiliklarga aylanib ketdi.

Jahon

02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 638 628 ta tirik tuğiliş qayd etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 26 mingtaga kam.

Oʻzbekiston

02.11.2026, 13:03

Illyustrativ tasvir

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi

Uni öğirlab ketişmagan, garovda ham uşlab turişmagan.  Aslida nima bölgan?

Jahon

02.11.2026, 11:04

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →