Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi
Islom moliyasiga muvofiqlashtirish kengashi (IFCB) Iman Invest bilan hamkorlikni to‘xtatib, kompaniyada bir necha million dollarlik kamomad yuzaga kelgani va shariat mezonlariga zid operatsiyalar aniqlanganini bildirdi. Iman Invest rahbariyati esa ayblovlarni rad etib, Mahmud Usmon bilan kelishmovchilik uning oylik to‘lovlarini kamaytirish va kompaniya aksiyalaridan ulush berishni rad etish ortidan boshlanganini da’vo qilmoqda.
Oʻzbekiston
26.10.2026, 11:30
Ulashish:
Islom moliyasiga muvofiqlashtirish kengashi (IFCB) şar’iy kengaşi a’zosi, islom moliyasi böyiça auditor va maslahatçi Mahmud Usmon 25-oktyabr kuni e’lon qilgan videomurojaatida kengaş Iman Invest bilan barça hamkorlikni zudlik bilan töxtatganini ma’lum qildi.
Mahmud Usmonning bildirişiça, 2026-yil iyul oyida kengaşga Iman Invest faoliyatidagi şubhali tranzaksiyalarni körsatuvçi hujjatlar kelib tuşgan. Şundan söng moliyaçi, huquqşunos va şar’iy auditordan iborat taftiş komissiyasi tuzilib, içki moliyaviy, huquqiy va şar’iy tekşiruvlar ötkazilgan.
Moliyaviy tekşiruvning yakuniy natijalari 15-oktyabr kuni berilgan.
«Kompaniya rahbariyati ularga işonib topşirilgan pullarni Islom moliyasi mezonlariga xilof tarzda hamda kompaniya içki hujjatlari va Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga zid ravişda tasarruf etişi holatlari aniqlandi», – dedi Mahmud Usmon.
IFCB bayonotida kompaniya rahbariyati aniqlangan holatlarning köpini tan olib, tuşuntiriş xatlari yozgani aytiladi.
Mahmud Usmonning ta’kidlaşiça, ayrim tranzaksiyalar kengaşga tekşiriş va tasdiqlaş uçun taqdim etilmagan. U kompaniyada bir neça million dollarlik kamomad yuzaga kelganini bildirdi.
«Investorlar agar pullarini qaytarişni istasalar, kompaniya barça savdodagi qaytariş imkoni bor pullarni olib, investorlarga qaytarsa ham, bir neça million dollar pulni qaytarişga ayni paytda qodir bölmaydigan holga kelib qolgan», – dedi şar’iy auditor.
IFCB Iman Invest faoliyatini hozirgi holatida Islom moliyasi mezonlariga muvofiq deb hisoblamasligini bildirdi.
«Aniqlangan qoidabuzarliklar töliq bartaraf etilmagunça, investorlarga yetkazilgan zarar qoplanib, ular bilan şartnoma yangilanmagunça, uşbu kompaniyaga mablağ kiritiş şariat nuqtayi nazaridan tavsiya etilmaydi», – deyiladi IFCB murojaatida.
Şuningdek, kengaş kompaniyadan öz nomi, a’zolari ismlari va suratlaridan foydalanişni töxtatişni talab qilgan.
Iman Investdan izoh
Iman Invest rahbariyati 26-oktyabr kungi murojaatida Mahmud Usmon bildirgan iddaolarni rad etib, har qanday ayblov dalillar bilan asoslanişi kerakligini aytdi.
Rahbariyat Mahmud Usmon bilan ikki yarim yil davomida hamkorlik qilinganini va şu davrda unga 100 ming dollardan ortiq haq tölanganini bildirdi. Kompaniya kelişmovçilik hamkorlik şartlari böyiça yuzaga kelganini da’vo qilmoqda.
«Kelişmovçiligimiz aynan biz şu oylik tölovlarni kamaytirişimizdan boşlandi va undan taşqari bizdan katta uluş söraldi, ya’ni Iman xoldingining aksiyalari söraldi va biz şeriklarimiz bilan maslahatlaşib, rad javobini berdik. Va natijada siz körgan video çiqdi», – deyiladi rahbariyat murojaatida.
Kompaniya rahbariyati, şuningdek, ikki yil oldin audit ötkazilib, faoliyatga ijobiy xulosa berilganini, bu yilgi va ötgan yilgi faoliyat ham tekşirilib, natijalar jamoatçilikka e’lon qilinişini bildirdi.
Yangi şar’iy audit ötkaziladi
Iman Invest Mahmud Usmon bilan hamkorlik tugatilganidan keyin Şayx Muhammad Taqiy Usmoniy bilan boğliq Usmani’s auditorlik kompaniyasi bilan mustaqil şar’iy audit ötkaziş böyiça kelişuvga erişilganini ma’lum qildi.
Şuningdek, bir neçta olimlardan iborat yangi içki Islom moliyasi kengaşini şakllantiriş işlari boşlangan.
«Endi har bir yangi xizmat yoki har bir yangi şartnoma bitta odam tomonidan emas, balki kengaş tomonidan körib çiqiladi va işga solinadi», – deyiladi Iman Invest rahbariyati murojaatida. Yangi kengaş tarkibi tez kunlarda e’lon qilinişi ham aytildi.
Iman Invest rahbariyati investorlar va hamkorlar oldidagi majburiyatlari uçun mas’ul ekanini ta’kidlab, investorlarni tekşirilmagan ma’lumotlarga işonmaslikka çaqirdi. Yuzaga kelgan nizo esa huquqiy yöl bilan hal etilişini bildirdi.
Şuningdek, kompaniya investorlarda savollar bölsa, rasmiy aloqa kanallari orqali boğlanişga yoki ofisga taşrif buyurişga çaqirdi.
Mahmud Usmondan navbatdagi raddiya
Mahmud Usmon Iman Invest rahbariyatining bayonotiga javob qaytarib, kompaniya rahbari uning shaxsiga nisbatan tuhmat qilganini bildirdi. Uning fikricha, bu jamoatchilikni chalg‘itishga urinishdir.
«Qizig‘i, xalq pullarini noto‘g‘ri sarflab yuborganini gapirmay, bizning shaxsimizga tuhmat qilib, jamoatchilikni chalg‘itishga urinibdi», — deb yozdi IFCB kengashi a’zosi.
Mahmud Usmon kompaniya rahbari dalil talab qilgani uchun barcha hujjatlarni birma-bir taqdim etishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, hujjatlar orasida kompaniya direktorlari yozgan tushuntirish xatlari, rahbarning o‘z qilmishlarini tan olgani va imzo qo‘ygani aks etgan taftish komissiyasi qarorlari, noqonuniy tranzaksiyalarni tasdiqlovchi hujjatlar hamda uning roziligi bilan yozib olingan ko‘plab Zoom uchrashuvlari videolari bor.
«Shaffoflik va halollikni talab qiling, bu sizning haqqingiz!» — deya qo‘shimcha qildi Mahmud Usmon.
«Xulosa noprofessional»
Jamoat faoli, iqtisodçi Jamşid Muslimov Iman Invest’ga nisbatan berilgan bahoni noprofessional deb atadi.
«2 yil “hamkorlik qilib” (!) endi xulosasini çaqirib oliş boşqa, taşkilot-mijozining içki holati haqida ayb hukmini çiqariş boşqa. Uzoq vaqt davomida ma’lumotlar berilmay kelgan bölsa, nega şartnoma töxtatilmagan? Nega hamkorlik davom etavergan?», – deb yozgan iqtisodchi.
Muslimovning fikriça, investor mijozlar bundan foyda topmaydi, eng yomoni esa sohani zaiflaştiradi.
Iman Invest 2019–2020-yillarda Toşkentda taşkil etilgan. Hozir u IMAN Holding tarkibida işlaydi. Holding IMANUM investitsiya ilovasi, IMAN Nasiya muddatli tölov xizmati va Adl Invest şöba kompaniyasini öz içiga oladi.
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi
Iqtisodiyot
20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 16:48
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
