updated: 22.03.2026, 16:07

Rossiya neftidan voz kechayotgan Turkiya endi Qozogʻistonga yuzlandi

Turkiyaning yirik neft qayta ishlash korxonalari xalqaro sanksiyalar fonida Rossiya neftini sotib olishni qisqartirib, uning oʻrniga Qozogʻiston va Erondan neft xaridini koʻpaytirmoqda. Bu haqda Reuters manbalarga tayanib xabar berdi.

Jahon

03.11.2025, 16:23

Ulashish:

Rossiya neftidan voz kechayotgan Turkiya endi Qozogʻistonga yuzlandi

Maʼlumotlarga koʻra, AQSh, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning Rossiya neft sektoriga qarshi joriy etgan sanksiyalari Turkiyaning import siyosatini oʻzgartirgan. Shunga qaramay, Turkiya hozircha Rossiya neftini import qiluvchi yirik davlatlar — Xitoy va Hindiston bilan bir qatorda qolmoqda.

Turkiyaning eng yirik neft qayta ishlash korxonalaridan biri — Ozarbayjonning SOCAR davlat kompaniyasiga tegishli STAR zavodi yaqinda Qozogʻiston, Iroq va boshqa davlatlardan toʻrtta partiya neft sotib olgan.

Reuters maʼlumotlariga koʻra, yetkazib berish hajmi kunlik 77 mingdan 129 ming barrelgacha baholanmoqda. Ilgari STAR asosan Rossiya neftidan foydalangan boʻlib, 2024 yilning sentabr–oktabr oylarida bu koʻrsatkich kunlik 210 ming barrelni tashkil etgan.

Manbalarning taʼkidlashicha, toʻrtinchi partiya — Qozogʻistonda qazib olinadigan KEBCO turi nefti boʻlib, u Rossiyaning Urals markasiga sifat jihatdan yaqin. 2025 yilda STAR zavodi Qozogʻiston neftini faqat bitta partiyada import qilgan, 2024 yilda esa umuman xarid qilmagan.

Turkiyaning yana bir yirik neft qayta ishlash kompaniyasi — Tupras ham Urals neftiga oʻxshash turdagi neft xaridini koʻpaytirmoqda. Reuters maʼlumotlariga koʻra, hozircha yetkazib berish Iroq, Braziliya va Angoladan amalga oshirilayotgan, ammo kelgusida Qozogʻiston ham Tupras uchun asosiy xomashyo manbaiga aylanishi mumkin.

Ayni paytda Rossiya nefti Turkiyaning umumiy import hajmining 47 foizini tashkil etmoqda. Yanvar–oktabr oylarida mamlakat kunlik 669 ming barrel xom neft import qilgan boʻlib, shundan 317 ming barreli Rossiyadan keltirilgan.

Shu bilan birga, Turkiya hozirda Qozogʻiston neftini import qiluvchi eng yirik oʻnta davlatdan biri hisoblanadi. Turkiya Qozogʻistonda eksport qilinayotgan umumiy neft hajmining 3 foizini sotib oladi. 2024 yilda Turkiya 2 million tonna xom neft import qilgan boʻlsa, 2025 yilda bu koʻrsatkichning yanada oshishi kutilmoqda.

Mavzuga oid yangiliklar

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Zaxarova: "Gʻarb Qozogʻiston va Rossiyani ajratib qoʻymoqchi"

Zaxarova: "Gʻarb Qozogʻiston va Rossiyani ajratib qoʻymoqchi"

Gʻarb Rossiya Qozogʻiston xalqlarini bir-biridan uzoqlashtirishni xohlaydi. Biroq bu urinish ikki davlatni bogʻlab turgan mustahkam tarixiy muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Mariya Zaxarova Rossiya-Qozogʻiston media forumida nutqida aytdi.

Jahon

29.09.2025, 16:00

Markaziy Osiyoda kuchlar kurashi: qaysi davlatlarda xorijiy harbiy bazalar bor?

Markaziy Osiyoda kuchlar kurashi: qaysi davlatlarda xorijiy harbiy bazalar bor?

Dunyoda qudratli harbiy kuchga ega davlatlar oʻz taʼsir doirasini kuchaytirish va soʻzini oʻtkazish uchun maʼlum hududlarda harbiy bazalar ochadi. Masalan, Amerika Qoʻshma Shtatlarining 80 ta davlatda, Rossiyaning 14 ta, Turkiyaning 11 ta, Eron va Saudiya Arabistonining uchta mamlakatda oʻz harbiy bazalari mavjud. Markaziy Osiyo hududida ham bir nechta xorijiy harbiy bazalar joylashgan. Xoʻsh, ular qaysi davlatlarga tegishli va mintaqada bu borada kimning taʼsiri kuchli? Bugun shu haqda gaplashamiz.

Siyosat

04.02.2025, 14:04

Hormuzdagi vaziyat: 670 ta kema kutib turibdi

So‘nggi 48 soatda Hormuz bo‘g‘ozining g‘arbiy tomonida 670 ta yuk kemasi to‘xtab qoldi. BAA, Gretsiya, Xitoy va boshqa Osiyo davlatlari katta zarar ko‘rmoqda. Bo‘g‘ozdan o‘tishga uringanlar ham mavjud.

Iqtisodiyot

03.04.2026, 17:17

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Hormuzdagi vaziyat: 670 ta kema kutib turibdi

So‘nggi 48 soatda Hormuz bo‘g‘ozining g‘arbiy tomonida 670 ta yuk kemasi to‘xtab qoldi. BAA, Gretsiya, Xitoy va boshqa Osiyo davlatlari katta zarar ko‘rmoqda. Bo‘g‘ozdan o‘tishga uringanlar ham mavjud.

Iqtisodiyot

03.04.2026, 17:17

Apple va Samsung: Jahon smartfon bozorining yetakchilari

Apple smartfon ishlab chiqaruvchilar orasida birinchi o‘rinda turibdi. Dunyodagi barcha faol telefonlarning chorak qismini iPhone tashkil etadi. Ya’ni, dunyodagi har to‘rtinchi smartfon egasi iPhone’dan foydalanadi.Samsung esa bozorning sal kam 20 foiziga egalik qilmoqda.

Iqtisodiyot

03.04.2026, 12:37

50 yildan so‘ng insoniyat yana Oyga parvoz qildi

NASA 2026‑yil 1‑aprelda Oyga ekipaj jo‘natdi. Unda ayol va qora tanli astronavt ham bor.

Fan-texnologiya

02.04.2026, 17:01

Amudaryo suvida Afg‘onistonning ulushi bormi?

Joriy yilning 25-26 – mart kunlari “Toshkent suv haftaligi” forumi bo‘lib o‘tdi va unda Tolibon vakili ma’ruza qildi. Dunyoning 19 davlatidan 80 ga yaqin ma’ruzachi va 1200 dan ortiq vakil ishtirok etgan forumda Afg‘onistonning 2028-yilda Qo‘shtepa kanalini qurib bitkazish rejasi ham muhokama qilindi.

Oʻzbekiston

02.04.2026, 11:24

Bitta bilet – bir nechta manzil: “Uzbekistan Airways” qiziqarli shartnoma imzoladi

Air India va  Uzbekistan Airways rasman kod-sher bitimini imzoladi.

Oʻzbekiston

01.04.2026, 16:01

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi

Dunyoda yadroviy qurolga ega davlatlar soni 10 taga yetgan. Dastlab himoya vositasi sifatida yaratilgan ushbu qurol bugun insoniyat uchun eng katta global tahdidlardan biriga aylangan.Ushbu maqolada yadroviy qurolga ega davlatlar, ularning qanday shakllangani va yadrosiz hududlar haqida batafsil ma’lumot beramiz.

Fan-texnologiya

01.04.2026, 10:04

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi

Nestlé kompaniyasining Italiyadagi ishlab chiqarish korxonasidan Polshaga jo‘natilgan KitKat brendiga tegishli 12 tonna, aniqrog‘i, 413 793 dona shokolad batonchasi o‘tgan hafta o‘g‘irlangan.

Jahon

31.03.2026, 15:37

Ukraina va Saudiya: Kiyev harbiy tajribasini Fors ko‘rfaziga eksport qilmoqda

Dronlarga qarshi kurashish borasida jahon yetakchisiga aylanib ulgurgan Ukraina Saudiya Arabistoni bilan mudofaa shartnomasini imzoladi.

Jahon

28.03.2026, 17:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)

O‘nlab yillar mobaynida shaxsini sir tuta olgan “ko‘cha” rassomi kimligi ma’lum. Bu haqda Reuters xabar qildi. Biroq ko‘pchilik, xususan, Euronews bu yangilikka shubha qilmoqda, chunki Banksining shaxsi hanuz rasmiy tasdiqlanmadi.

Madaniy

28.03.2026, 15:48

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →