Alişer Usmonov sanksiyalar röyxatidan çiqarildi
Yevropa Ittifoqi Alişer Usmonov va Mixail Fridmanni sanksiyalar röyxatidan çiqardi. Qolgan 3 mingga yaqin şaxs va taşkilotga nisbatan çeklovlar esa olti oy örniga uç yilga uzaytirildi.
Siyosat
24.09.2026, 14:07
Ulashish:

Qaror qanday qabul qilindi
YeI elçilari kelişuvga 22-sentyabr kuni erişdi, qaror şu kuni yozma tartibda rasman tasdiqlandi. Sanksiyalarni uzaytiriş muddati dastlab 15-sentyabrda tugaşi kerak edi, keyin 22-sentyabr yarim tunigaça çözilgan.
Sanksiyalarni uzaytiriş uçun barça davlatlarning roziligi talab qilinadi. Latviya jarayonda oxirgi qarşilik qilgan davlat böldi, lekin yakunda ovoz berişdan betaraf qoldi va bu kelişuv ötişiga yöl oçdi. Latviya boş vaziri Andris Kulbergs Riga öz sanksiyalarini kiritişga harakat qilişini ma'lum qildi. Uning aytişiça, Fransiya Latviya bilan fransuz yadro vositasida tiyib turiş taşabbusiga qöşiliş böyiça muzokara boşlaşga rozi bölgan.
Fransiya va Lyuksemburg talabi
Usmonovni röyxatdan çiqariş talabi bilan şu oyning boşida Fransiya çiqib, boşqa YeI davlatlarini hayratga soldi. Parij buni «milliy xavfsizlik» bilan izohladi. Rossiyalik milliarderga qöyilgan çeklovlar fonida Fransiya va Ozarbayjon örtasida kelişmovçiliklar yuzaga kelgan edi.
Şundan söng Lyuksemburg Fridman uçun ham xuddi şunday yondaşuvni talab qildi. Fridman aktivlari muzlatilgani sababli mamlakat hukumatiga qarşi 16 milliard dollarlik da'vo qözğatgan. Ikki biznesmen röyxatdan çiqarilişi evaziga blok qolgan şaxslarga nisbatan sanksiyalarni bir yöla uç yilga uzaytirişga rozi böldi.
Ozarbayjon omili
Reuters suhbatlaşgan uç yevropalik diplomatning aytişiça, Ozarbayjonda kamida ikki fransuz fuqarosi hibsda saqlanmoqda. Parij xususiy suhbatlarda Boku Usmonov orqali unga «şantaj» qilayotganini bildirgan. Boku bu da'voni rad etgan.
Courthouse News xabariga köra, keyingi kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev josuslik uçun 10 yil qamoq jazosiga hukm qilingan fransuz fuqarosi Martin Rayanni afv etdi. Meduza esa qaror sud emas, siyosiy tarzda qabul qilinganini ta'kidlaydi: Lyuksemburg Fridman manfaatini, Fransiya Usmonov manfaatini himoya qilgan.
Kiyev va Yevropadagi e'tirozlar
Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga X tarmoğidagi postida qarorni uyatli va asossiz deb baholadi, Moskva buni bayram qilayotganini aytdi. U YeI davlatlarini ikki biznesmenga nisbatan milliy çeklovlar kiritişga çaqirdi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa qarorni «suitsidal» deb atadi.
Mojaro Vengriyada hukumat almaşganidan söng Rossiyaga nisbatan yagona pozitsiyani namoyiş etişni istagan Yevropa rahbarlarini taşvişga soldi. Sanksiyalar va Ukrainaga qöllab-quvvatlaş masalasida sobiq Vengriya rahbari Viktor Orban tez-tez tösiq bölib kelgan. Kelişuvga erişiş uçun Yevropadagi va BMT Boş Assambleyasi yonidagi yuqori darajadagi uçraşuvlar talab qilingan.
Sanksiyalar nimani nazarda tutgan
YeI ikki biznesmenga nisbatan sanksiyalarni 2022-yilda, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan söng kiritgan. Ular blok hududida operatsiyalar va safarlarga taqiqni hamda YeIdagi aktivlarni muzlatişni nazarda tutgan.
Usmonov Rossiya va Özbekiston fuqaroligiga ega. U USM Holdings investitsiya guruhiga va «Megafon» aloqa kompaniyasiga asos solgan. Fridman esa Alfa Group investitsiya konglomeratining asosçisi. YeI ikkala biznesmenni ham Putinga yaqin deb ta'riflagan edi.
Mavzuga oid yangiliklar

«Usmonov va Fridmandan sanksiyalarni olib tashlash şarmandalik»: Ukraina rasmiylari munosabati
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:48

Rossiyaning Ukrainaga oxirgi hujumlari oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, 130 kishi jarohatlandi
Jahon
22.08.2026, 10:47

Latviya Belarus bilan çegarasi yopdi
Jahon
01.08.2026, 11:36

Yevropa Ittifoqi va Ukraina dron ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Jahon
15.07.2026, 16:51

Ukraina Yevropa Ittifoqi bilan 6-klaster bo‘yicha muzokara boshladi
Siyosat
14.07.2026, 14:43

Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun eshik ochilmoqda
Jahon
04.06.2026, 11:25
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58
So'nggi yangiliklar

Yangi alifbo amaldagi banknot va tangalarni almaştirişni talab qilmaydi
Iqtisodiyot
23.11.2026, 16:08

«Ğiştköprik» çegara-bojxona posti 25 noyabr kuni oçiladi
Oʻzbekiston
23.11.2026, 15:04

Özbekistonlik boksçi Sayat Ilyosov Qozoğiston fuqaroligini oldi
Sport
23.11.2026, 10:38

Javohir Sindarov jahon çempionligi bahsining ilk partiyasini oq donalarda boşlaydi
Sport
23.11.2026, 09:35

San Siro: bir asrlik tarix va Milan futbolining yangi uyi
Sport
20.11.2026, 16:11

Toşkent metrosida tirbandlikni kamaytiriş uçun nima özgaradi?
Oʻzbekiston
20.11.2026, 14:41

Tramp bilan mojaroga qaramay, Anthropic aktsiyalari 34 foizga oşdi
Iqtisodiyot
20.11.2026, 10:51

Sergelida 1,7 gektarlik sun’iy köl paydo böladi
Oʻzbekiston
20.11.2026, 10:18

Özbekiston va Ömon örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 16:55

Tojikistonda elektr uzatiş ustuni quladi: Farğona vodiysida elektr ta’minoti çeklandi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 14:53

Roxinjalar genotsidi: Myanma xalqaro sud oldida javob beradi
Jahon
19.11.2026, 10:56

Özbekiston va Turkmaniston çegaradan ötişni yengillaştirmoqçi
Siyosat
19.11.2026, 09:42

Özbekistonlik professor Qozoğistonda nega qamaldi?
Siyosat
18.11.2026, 18:31

Deutsçe Bank: Tramp va Epşteynning Rossiya bilan aloqalari oşkor böldi
Siyosat
18.11.2026, 16:45

Trampga suiqasd rejasi: pokistonlik 27,5 yilga qamaldi
Jahon
18.11.2026, 14:28

Özbekistondan Kanadaga boriş osonlaşadimi?
Siyosat
18.11.2026, 11:47

Eron Vaşingtonda kimyoviy qurol işlatadimi?
Jahon
18.11.2026, 10:39

Namanganda telefon ustaxonasidan 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan yigit uşlandi
Oʻzbekiston
18.11.2026, 10:10

Toşkentda hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölayotgani xabar qilindi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 17:26

Ebola virusidan 6 minga yaqin kişi vafot etdi
Jahon
17.11.2026, 15:33
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58
