Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan çiqmoqda

Duşanbe xalqaro qidiruvdagi prezident – Vladimir Putin taşrifidan söng, XJSdan çiqiş qarorini e’lon qildi. Yevropa Ittifoqi Tojikistonni bu niyatidan qaytişga çaqirmoqda.

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda

Foto: Radio Free Europe

Tojikiston 20 noyabr kuni Xalqaro jinoyat sudi (XJS)dan çiqişini e’lon qildi. Rasmiy xabar Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatga taşrif buyurgan kun arafasida tarqatildi.

Duşanbening XJSdan çiqişi haqidagi bayonot va Putinning taşrifi Tojikistondagi ikkita davlat bayrami – Prezident kuni va Tojikiston Davlat bayroği kuni oraliğiga töğri keldi.

Prezident kuniga bağişlangan bayram 1992 yilda Xöjandda Oliy Kengaş sessiyasi oçilişi va unda Emomali Rahmon Oliy Kengaş rahbari etib saylangani hamda 1994 yilda Rahmon prezident sifatida qasamyod qilgani şarafiga ta’sis etilgan.

Tojikistonda uşbu bayram mustaqil davlatçilikning şakllanişi va fuqarolar uruşidan keyin tinçlikka erişiş yöli bilan boğlanadi.

 

XJS orderi e’tiborsiz qoldirilgan

Xalqaro jinoyat sudi 2023 yil martida Vladimir Putinni “Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qiliş” gumoni bilan hibsga olişga order bergan. Şunga muvofiq, Tojikiston Xalqaro jinoyat sudining Rim statutiga a’zo davlat hisoblangani uçun mazkur orderni bajarişi kerak edi. Biroq Hukumat vakillari orderni takroran e’tiborsiz qoldirişdi.

Bundan taşqari, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini boşlanganidan buyon Tojikiston huquq-tartibot idoralari Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşgan fuqarolarga nisbatan birorta ham hukm çiqarmagan.

 

Tojikiston – XJSdan çiqqan törtinçi davlat

Reuters naşrining yozişiça, AQŞ “sudni tugatiş”ga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlarini boşlaganidan buyon Tojikiston Xalqaro jinoiy suddan rasman çiqişni boşlagan törtinçi davlatga aylandi.

Tojikiston ham iyul oyida AQŞ mamlakatlarni sudni tark etişga çaqirganidan söng, undan çiqişini e’lon qilgan Çad, Venesuela hamda ilgari Nauru deb atalgan Tinç okeanidagi kiçik orol davlati – Naoerolar safiga qöşildi.

Joriy yilning mart oyida sud Tojikistonni 2025 yilda mamlakatga taşrif buyurgan, harbiy jinoyatlar sababli qidiruvga berilgan Vladimir Putinni hibsga olmagani uçun tanqid qilgan edi.

Burkina-Faso, Mali va Niger ötgan yili sudni “neokolonial qatağon” quroli sifatida qoralab, uning tarkibidan çiqişini e’lon qilgan.

 

“Tojikiston bu qaroridan qaytişi kerak”

Yevropa Ittifoqi Tojikistonning Xalqaro jinoyat sudi Rim statutidan rasman çiqiş töğrisidagi qarori yuzasidan e’lon qilgan bayonotida, Duşanbening uşbu harakati afsuslanarli ekanligini bildirdi. Unda aytilişiça, Tojikistonning mazkur sudga a’zoligi uning qoidalarga asoslangan xalqaro tartib, köp tomonlama hamkorlik va xalqaro adolat tamoyillariga sodiqligini ifodalab kelgan. Bular esa Yevropa Ittifoqi va Tojikiston uçun umumiy hisoblangan qadriyatlar bölib, ular özaro munosabatlarning markazida turişi ta’kidlangan.

Şuningdek, Xalqaro jinoyat sudi suveren davlatlarni nişonga olmasligi va ularning suverenitetiga tahdid solmasligi ham aytib ötilgan.

“Yevropa Ittifoqi Tojikistonni uşbu qarorni qayta körib çiqişga hamda çiqiş töğrisidagi qarorini bekor qilişga qat’iy çaqiradi” – deyiladi bayonotda.

Rim statutining 127-moddasiga muvofiq, Statutdan çiqiş davlatni u iştirokçi bölgan davrda uşbu hujjatdan kelib çiqqan majburiyatlardan, jumladan, a’zolikdan çiqiş kuçga kirgan sanaga qadar boşlangan jinoiy tergov va sud jarayonlari doirasida Sud bilan hamkorlik qiliş majburiyatlaridan ozod etmaydi.

Mavzuga oid yangiliklar

Тожикистонда электр устуни қулади

Tojikistonda elektr uzatiş ustuni quladi: Farğona vodiysida elektr ta’minoti çeklandi

Tojikiston hududidan ötuvçi 500 kV kuçlanişli elektr uzatiş tarmoğida avariya sodir böldi. Oqibatda Farğona vodiysining ayrim hududlarida elektr ta’minoti uzildi.

Oʻzbekiston

19.11.2026, 14:53

Yevropa migrantlarni Özbekistonga yuborişi mumkinmi?

Yevropa migrantlarni Afrikaga jönatmoqçi. Keyingi manzil Özbekiston bölişi mumkinmi?

Oʻzbekiston

17.11.2026, 12:11

Kiberhujum

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi

Xakerlar Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid 2 000 dan ortiq hujjatni öğirlagan. Şuningdek, Özbekiston örmon xöjaligiga aloqador tizimga ham kirgan.

Jahon

12.11.2026, 10:18

Çegara mojarosida zarar körgan uy

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi

Tojikiston bilan çegara hududlari almaşinuvi natijasida Qirğiziston tasarrufiga ötgan 213 ta uyning 170 tasi yaşaş uçun yaroqli deb topildi. Ularni 2021–2022-yillardagi qurolli töqnaşuvlarda uyidan ayrilgan fuqarolarga beriş rejalaştirilmoqda.

Jahon

10.11.2026, 15:10

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi

Rossiya budjet taqçilligi 5,8 trillion rublga yetdi. Hukumat bir qator sohalarni qamrab oladigan yangi soliq çoralarini taklif qilmoqda.

Jahon

30.10.2026, 15:04

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi

Tojikistonda fuqarolarga 18 yoşga tölganidan keyingina xorijga işlaş uçun borişga ruxsat beriladi. Yangi talab prezident Imomali Rahmon tomonidan 21 oktyabr kuni imzolangan «Migratsiya töğrisida»gi qonunda belgilangan.

Jahon

28.10.2026, 10:24

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Malayziya roxinja qoçqinlarini Myanmaga qaytaradimi?

Malayziya boş vaziri Anvar Ibrohim 6,5 mingdan ortiq Myanma fuqarosini dekabr oyida mamlakatga qaytariş rejasini e’lon qildi.

Jahon

24.11.2026, 15:58

Jensen Xuang Nvidia rahbari lavozimiga qaytdi: aksiyalar 31 foizdan oşdi

Nvidia direktorlar kengaşi kompaniya asosçisi Jensen Xuangni boş direktor lavozimiga qayta tayinladi. AQŞ prezidenti Donald Trampning uni lavozimga qaytariş haqidagi çaqiriqlaridan keyin qabul qilingan qaror kompaniya aktsiyalari keskin qimmatlaşişiga sabab böldi.

Jahon

24.11.2026, 12:53

Ipoteka subsidiyasiga ariza qabul qilish 25-noyabrda boşlanadi

Özbekistonda ipoteka krediti böyiça subsidiya oliş uçun arizalar 25-noyabr kuni soat 10:00 dan qabul qilinadi. Nomzodlar ijtimoiy mezonlar asosida kamida 30 ball töplaşi va bankning kredit tarixi böyiça talablariga javob berişi kerak.

Oʻzbekiston

24.11.2026, 10:42

Nasiyaning tört ming yillik yöli

Loy taxtaçalardan zamonaviy BNPL tizimigaça: nasiyaning 4 ming yillik tarixi

Bugun bir neça tugmani bosib, tovarni nasiyaga oliş mumkin. Ammo «bugun ol, keyin töla» tamoyili internet-dökonlardan ança oldin paydo bölgan. Uning tarixi qadimgi Mesopotamiyaga borib taqaladi.

Fan-texnologiya

24.11.2026, 09:35

Ўзбекистон пул бирлиги

Yangi alifbo amaldagi banknot va tangalarni almaştirişni talab qilmaydi

Markaziy bank yangi özbek alifbosiga ötiş munosabati bilan amaldagi pullarni almaştiriş şart emasligini ma’lum qildi.

Iqtisodiyot

23.11.2026, 16:08

Ғишкўприк чегара пости

«Ğiştköprik» çegara-bojxona posti 25 noyabr kuni oçiladi

Fuqarolar va transport vositalarining çegaradan ötişi 25 noyabr kuni soat 16:00 dan yölga qöyiladi.

Oʻzbekiston

23.11.2026, 15:04

Саят Илёсов

Özbekistonlik boksçi Sayat Ilyosov Qozoğiston fuqaroligini oldi

Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev boksçiga fuqarolik beriş töğrisidagi farmonni imzolagan.

Sport

23.11.2026, 10:38

Жавоҳир Синдоров жаҳон чемпионатида

Javohir Sindarov jahon çempionligi bahsining ilk partiyasini oq donalarda boşlaydi

Jenevada şaxmat böyiça jahon çempioni unvoni uçun ötkaziladigan Javohir Sindarov va amaldagi çempion Gukeş Dommaraju örtasidagi bahsning qur’a taşlaş marosimi bölib ötdi.

Sport

23.11.2026, 09:35

Italiyaning Milan shahridagi San Siro (Giuseppe Meazza) stadioni yuqoridan olingan tasvir.

San Siro: bir asrlik tarix va Milan futbolining yangi uyi

San Siro o‘rnida nima quriladi? Milan futbolidagi tarixiy o‘zgarish

Sport

20.11.2026, 16:11

Toshkent metropoliteni

Toşkent metrosida tirbandlikni kamaytiriş uçun nima özgaradi?

2026 yil sentyabr–oktyabr oylarida metro xizmatlaridan 61,7 million kişi foydalandi. Yölovçilar köpayişi munosabati bilan vagonlar sonini oşiriş va yangi poyezdlar xarid qiliş rejalaştirilmoqda. 

Oʻzbekiston

20.11.2026, 14:41

Anthropic акциялари 34% ошди

Tramp bilan mojaroga qaramay, Anthropic aktsiyalari 34 foizga oşdi

IPO orqali 81,3 milliard dollar jalb qilgan Claude işlab çiqaruvçisi Anthropic  SpaceX örnatgan birja rekordini yangiladi. 

Iqtisodiyot

20.11.2026, 10:51

Сергелида 1,7 гектарлик сунъий кўл пайдо бўлади

Sergelida 1,7 gektarlik sun’iy köl paydo böladi

Yana qanday özgarişlar kutilmoqda?

Oʻzbekiston

20.11.2026, 10:18

O‘zbekiston va Ummon davlat bayroqlari.

Özbekiston va Ömon örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi

Kelişuvning kuçga kiriş şartlari qanday? 

Oʻzbekiston

19.11.2026, 16:55

Тожикистонда электр устуни қулади

Tojikistonda elektr uzatiş ustuni quladi: Farğona vodiysida elektr ta’minoti çeklandi

Tojikiston hududidan ötuvçi 500 kV kuçlanişli elektr uzatiş tarmoğida avariya sodir böldi. Oqibatda Farğona vodiysining ayrim hududlarida elektr ta’minoti uzildi.

Oʻzbekiston

19.11.2026, 14:53

Roxinjalar genotsidi: Myanma xalqaro sud oldida javob beradi

BMTning Xalqaro sudi 19 noyabr kuni Myanmaga qarşi roxinja musulmonlariga nisbatan genotsid sodir etilgani haqidagi iş böyiça qaror çiqarişi kutilmoqda. BMT tergovçilari harbiylar yuzlab qişloqlarni vayron qilgani, ommaviy qotilliklar sodir etgani va ayollar hamda bolalarga nisbatan muntazam jinsiy zöravonlik işlatganini qayd etgan.

Jahon

19.11.2026, 10:56

Ўзбекистон ва Туркманистон чегараси

Özbekiston va Turkmaniston çegaradan ötişni yengillaştirmoqçi

Tomonlar Toşkent – Aşxobod – Toşkent yönalişida aviaqatnovlarni tiklaş, şuningdek, çegaradoş hududlar aholisi uçun uç sutkagaça vizasiz qatnov tartibini qayta joriy etiş masalalarini körib çiqdi.

Siyosat

19.11.2026, 09:42

Özbekistonlik professor Qozoğistonda 10 yilga qamaldi

Özbekistonlik professor Qozoğistonda nega qamaldi?

Qozoğistonda andijonlik professor Iqboljon Qoraboyev josuslikda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Uning yaqinlari olim aybiga iqror bölmagani va hukm ustidan apellyatsiya bermoqçi ekanini aytişdi. Eng muhim savol: u qaysi davlat foydasiga josuslik qilgan?

Siyosat

18.11.2026, 18:31

Deutsçe Bank: Tramp va Epşteynning Rossiya bilan aloqalari oşkor böldi

Deutsçe Bank’ning 15 milliondan ortiq içki hujjati tarqalib ketişi bankning AQŞ prezidenti Donald Tramp va jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epşteyn bilan moliyaviy aloqalari haqida yangi ma’lumotlarni oşkor qildi. 

Siyosat

18.11.2026, 16:45

Покистонлик Ассиф Мерчант

Trampga suiqasd rejasi: pokistonlik 27,5 yilga qamaldi

AQŞ sudi Donald Tramp va boşqa amerikalik siyosatçilarga nisbatan suiqasd rejasini taşkil etişda ayblangan Assif Merçantni 27,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Jahon

18.11.2026, 14:28

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →