Buxoroda voyaga yetmagan bola otasini 15 sutkaga qamatdi

Buxoro viloyatida yashovchi 16 yoshli bola spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgan otasining ustidan shikoyat qilib, Bolalar ombudsmaniga murojaat qildi. Bu haqda tashkilotning axborot xizmati maʼlum qildi. 

Ulashish:

Buxoroda voyaga yetmagan bola otasini 15 sutkaga qamatdi

Buxoroda voyaga yetmagan bola otasini 15 sutkaga qamatdi

Ombudsman xabariga koʻra, murojaat yoʻllagan voyaga yetmagan bola Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida yashovchi, 2008 yilda tugʻilgan A.Oʻ. (oʻgʻil) boʻlib, u oilasida faqat onasi doimiy ishda ishlashi, otasi rasmiy ish bilan band emasligi, vaqti-vaqti bilan mavsumiy ishlab, topgan puliga har kuni spirtli ichimlik ichishini aytgan. 

Shuningdek, u murojaatda otasi yarim kechasi uyga kelib janjal qilishini, oila aʼzolarini haqoratli soʻzlar bilan soʻkishi va urishini bildirgan. 

Bolaga koʻra, otasi onasini oʻldirish bilan qoʻrqitib, akasini esa uydan haydab yuborgan. A.Oʻ. onasi maishiy zoʻravonlik tufayli himoya orderi olganligini, lekin otasi himoya orderi talablariga rioya qilmayotganligini bildirib, oʻzini, onasi va akasini otasining ruhiy va jismoniy zoʻravonligidan himoya qilishni soʻragan. 

"Bolalar ombudsmanining Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasiga yuborgan soʻrovi asosida voyaga yetmagan A.Oʻ.ning oilasi, yashash sharoiti va bugungi kundagi ahvoli oʻrganildi. Tekshiruv davomida murojaatdagi vajlar oʻz tasdigʻini topib, joriy yilning 14 avgust kuni A.Oʻ. ning onasi Gʻ.D. ga otasi Gʻ.N. tomonidan zoʻravonlik va tazyiq oʻtkazilishini oldini olish maqsadida berilgan himoya orderining talablariga rioya etish nazoratga olindi", deyiladi xabarda. 

Maʼlum boʻlishicha, Gʻ.N. tuman sudi tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismi boʻyicha aybdor deb topilib, unga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan. 

Shu bilan birga, A.Oʻ.ning otasi spirtli ichimlikka ruju qoʻyganligi yuzasidan sud qaroriga asosan majburiy davolanishga joylashtirish boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Oʻzbekiston

23.08.2024, 12:36

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Buxoroda ayol qizining yuz-qoʻliga qizigan kapgirni bosdi

Buxoroda ayol qizining yuz-qoʻliga qizigan kapgirni bosdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida istiqomat qiluvchi ayol toʻqqiz yoshli qizining qoʻllari va yuz qismiga qizigan oshxona temir kapgirini bosib, farzandiga tan jarohati yetkazgani tasvirlangan video tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi. 

Oʻzbekiston

04.11.2024, 11:38

Buxoroda yovvoyi hayvon goʻshtidan taom tayyorlanayotgani aytilmoqda

Buxoroda yovvoyi hayvon goʻshtidan taom tayyorlanayotgani aytilmoqda

Buxoro viloyatidagi oshxonalarning birida yovvoyi hayvon goʻshtidan taom tayyorlanayotgani aniqlandi. Bu haqda "Ekologuz" Telegram-kanalida maʼlum qilindi. 

Oʻzbekiston

30.10.2024, 12:01

Buxoroda tabiatga qariyb 30 mln soʻmlik zarar yetkazildi

Buxoroda tabiatga qariyb 30 mln soʻmlik zarar yetkazildi

Joriy yilning soʻnggi ikki oyida, yaʼni sentabr va oktabr oylarida Buxoro viloyatining choʻl hududida jami 25 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

19.10.2024, 10:24

Buxoroda 53 yoshli erkak ikki tanishini pichoqladi

Buxoroda 53 yoshli erkak ikki tanishini pichoqladi

Kecha, 13 oktabr kuni Buxoro viloyatida 53 yoshli shaxs ikki nafar tanishini pichoqladi. Bu haqda Bosh Prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov PARADIGMA.UZ'ga maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

14.10.2024, 10:13

Buxoroda oʻquvchilarning oʻlimiga sabab boʻlgan haydovchi 9 yilga qamaldi

Buxoroda oʻquvchilarning oʻlimiga sabab boʻlgan haydovchi 9 yilga qamaldi

Buxoro viloyati Kogon tumanida ichida oʻquvchilar boʻlgan avtobus yuk mashinasi bilan toʻqnashishi oqibatida 2 nafar oʻquvchi vafot etgandi. Mazkur holat yuzasidan avtobus haydovchisiga sud hukmi oʻqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

09.10.2024, 15:34

Buxoroda qotil ona ikkinchi farzandini ham oʻldirdi

Buxoroda qotil ona ikkinchi farzandini ham oʻldirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida ayol uch yoshli farzandini urib oʻldirgani tasvirlangan video tarqaldi. Bu haqda "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturida maʼlum qilindi.

Oʻzbekiston

08.10.2024, 15:42

So‘nggi yangiliklar

"Afrosiyob" poyezdining yoʻliga beton toʻsiq qoʻyildi

"Afrosiyob" poyezdining yoʻliga beton toʻsiq qoʻyildi

Joriy yilning 14 yanvar kuni Toshkent – Buxoro yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan "Afrosiyob" tezyurar poyezdining yoʻli beton shpal bilan toʻsib qoʻyildi. Bu haqda "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ axborot xizmati maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

18.01.2025, 11:07

Turkiyada zaharlanish ortidan 14 nafar oʻzbekistonlik vafot etdi

Turkiyada zaharlanish ortidan 14 nafar oʻzbekistonlik vafot etdi

Turkiyada qalbaki spirtli ichimlik isteʼmoli oqibatida vafot etgan oʻzbekistonlik fuqarolarning soni 14 nafarga yetdi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi axborot xizmati maʼlum qildi. 

Jahon

17.01.2025, 15:57

Bugun oʻzbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Bugun oʻzbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Bugun, 16 yanvar kuni Oʻzbekiston boʻyicha havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarining baʼzi joylarida biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-11 daraja iliq, shimolda 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq boʻladi. Bu haqda "Oʻzgidromet" axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

16.01.2025, 09:35

Qashqadaryodagi hibsxonalarda sharoitlar qoniqarsiz ekanligi maʼlum boʻldi

Qashqadaryodagi hibsxonalarda sharoitlar qoniqarsiz ekanligi maʼlum boʻldi

Qashqadaryo viloyati Qarshi va Koson tumanlari Ichki ishlar boʻlimlarining vaqtincha saqlash hibsxonalarida shaxslarni saqlash sharoitlari belgilangan meʼyoriy talablarga javob bermasligi aniqlandi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) axborot xizmati maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

15.01.2025, 17:17

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

Bugun, 15 yanvar kuni impichmentga uchragan Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat eʼlon qilgani uchun hibsga olindi. Bu haqda "Yonhap" agentligi xabar qildi. 

Jahon

15.01.2025, 13:18

Turkiyada 6 nafar oʻzbekistonlik zaharlanib halok boʻldi

Turkiyada 6 nafar oʻzbekistonlik zaharlanib halok boʻldi

Turkiyada qalbaki spirtli ichimlik isteʼmoli oqibatida 6 nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi axborot xizmati maʼlum qildi. 

Jahon

15.01.2025, 09:51

Bloger "Jasjan" besh sutkaga qamaldi

Bloger "Jasjan" besh sutkaga qamaldi

Instagram'da "Jasjan" taxallusi bilan faoliyat yurituvchi bloger Jasur Shodiyev besh sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

15.01.2025, 09:37

Bugun Oʻzbekistonning ayrim hududlarida qor yogʻadi

Bugun Oʻzbekistonning ayrim hududlarida qor yogʻadi

Bugun, 15 yanvar kuni Oʻzbekiston boʻyicha havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13 daraja, shimolda 1-6 daraja iliq boʻladi. Bu haqda "Oʻzgidromet" axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

15.01.2025, 09:23

Тошкентда ноқонуний қурилиш: "Ниёзбек Йўли" машмашаси

Toshkentda noqonuniy qurilish: "Niyozbek Yo‘li" mashmashasi

Shimoliy Irlandiyada joylashgan Olster universitetining Jamoat boshqaruvi markazi tomonidan olti oy davomida Oʻzbekistonda fuqarolardan yer va mulklarni majburan tortib olishga doir surishtiruv tadqiqoti amalga oshirildi. Mazkur tadqiqotdan asosiy xulosalar "Land Home Justice" ("Yer Uy Adolat") birlashmasi tomonidan eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston

14.01.2025, 16:15

Revmatizm bolalarning hayotiga qanday taʼsir qiladi?

Revmatizm bolalarning hayotiga qanday taʼsir qiladi?

Qish mavsumi qator mavsumiy kasalliklar avj oladigan davr boʻlib, shulardan biri — revmatizm. Bu xastalikka koʻproq maktab yoshidagi bolalar chalinadi va u kattalarga nisbatan ogʻir kechadi. Xoʻsh, revmatizm qanday paydo boʻladi, uni keltirib chiqaruvchi omillar qaysilar? Kasallikning asosiy belgilari, asoratlari nimalardan iborat? Sogʻliqni saqlash vazirligining bolalar bosh kardiologi Bunyod Akbarxonov ushbu savollarga javob berdi.

Fan-texnologiya

14.01.2025, 10:27

Bugun havo harorati 15 darajagacha koʻtariladi

Bugun havo harorati 15 darajagacha koʻtariladi

Bugun, 14 yanvar kuni Oʻzbekiston boʻyicha havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13 daraja iliq, baʼzi joylarda 15 darajagacha iliq boʻladi. Bu haqda "Oʻzgidromet" axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

14.01.2025, 09:32

Samarqandda oltin qazib olmoqchi boʻlgan ikki fuqaro halok boʻldi

Samarqandda oltin qazib olmoqchi boʻlgan ikki fuqaro halok boʻldi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida kondan noqonuniy ravishda oltin qazib olmoqchi boʻlgan besh nafar fuqarodan ikki nafari halok boʻldi. Bu haqda PARADIGMA.UZ'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

13.01.2025, 11:34