Nega “Pivo o‘lkasi”da ichkilik darajasi pasayib ketdi?
Pivo iste’moli bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Chexiyada rekord darajadagi pasayish qayd etildi. Pivo zavodlari xavotirda bo‘lsa-da, mutaxassislar bu o‘zgarishga ijobiy baho bermoqda.
Jahon
08.05.2026, 17:11
Ulashish:

10 million aholiga ega Chexiya Respublikasi o‘n yillar davomida “pivo mamlakati” unvonini saqlab kelgan. Dunyodagi hech bir boshqa davlatda jon boshiga bu qadar ko‘p pivo ichilmaydi. Biroq, iste’molning rekord darajada kamayishi ortidan ushbu tarixiy maqomga putur yetdi.
Chexiyada barlar shunchaki ichimlik ichiladigan joy emas. Ular har bir chex shahrining yuragi bo‘lib, bu yerda odamlar uchrashadi, karta o‘ynaydi, hayot, dunyo va siyosat haqida bahslashadi.
Yaroslav Gashek, Bogumil Grabal va Yaroslav Rudish kabi yozuvchilarning asarlarida aks etgan “bar suhbatlari” Yevropa va jahon adabiyotining ajralmas qismiga aylangan.
Asrlar davomida pivo Chexiya o‘ziga xosligining muhim qismi bo‘lib kelgan.
Hatto kommunizm davridagi eng og‘ir iqtisodiy inqirozlar paytida ham “Pilsner Urquell” brendi dunyoning turli nuqtalariga eksport qilingan.
Mamlakatda pivo bilan bog‘liq har qanday mavzu diqqat markazidan tushmaydi. Ichimlik narxlari, savdosi va eksporti haqidagi yangiliklar katta qiziqish bilan kuzatiladi.
So‘nggi kunlarda Chexiyada bir ma’lumot barchaning e’tiborni tortdi: 2025-yilda mamlakatda pivo iste’moli jon boshiga 121 litrga tushgan, bu tarixdagi eng past ko‘rsatkichdir.
Ushbu ma’lumot hatto Yaqin Sharqdagi urush tufayli yoqilg‘i narxining oshishi haqidagi xabarlarni ham soya ostida qoldirib, mamlakatdagi deyarli barcha OAVlarning asosiy mavzusiga aylandi.
“So‘nggi yillarda chexlar me’yorda iste’mol qilishga ahamiyat berib, sog‘lom turmush tarziga amal qilmoqda”, - dedi Chexiya Pivo zavodlari va solod tayyorlovchilar uyushmasi bosh direktori Tomash Slunetsko.
“Odamlar pivo ichishga chiqqanlarida, miqdordan ko‘ra xilma-xillik va sifatga ko‘proq qiziqmoqda. Buni alkogolsiz pivolarga bo‘lgan talabning o‘sishi ham tasdiqlaydi”, – deya qo‘shimcha qildi u.
Shuningdek, chexlar pivoni endi bar va restoranlardan tashqarida iste’mol qilmoqda. O‘tgan yili mamlakatda sotilgan har to‘rtta pivodan faqat bittasi bevosita umumiy ovqatlanish joylarida ichilgan.
Chexiya Pivo zavodlari va solod tayyorlovchilar uyushmasi hukumatdan quyma pivo uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini kamaytirishni so‘radi. So‘nggi yillarda yarim litr quyma pivoning narxi 40 korunadan 50-60 korunagacha (taxminan 2 dollardan 3 dollargacha) ko‘tarildi.
Bundan tashqari, chex pivosi eksport qilinadigan Germaniya kabi mamlakatlarda ham iste’mol sezilarli darajada kamaygan. Umumiy hisobda, Chexiyada pivo ishlab chiqarish o‘tgan yili 4,3 foizga qisqarib, 1,9 million litrni tashkil etdi.
Milliy o‘zlikning bir qismi

Keksa avlod vakillarining aytishicha, iste’molning kamayishi – chex jamiyati an’analarining inqirozidan darak ekan. Biroq turli mutaxassislar va shifokorlar o‘zgarishni mamnuniyat bilan qarshi oldi.
“Ba’zi chexlar pivoga hamon alkogolli ichimlik emas, balki milliy o‘zlikning bir qismi sifatida qarashadi”, – deb izoh berdi Sog‘liqni saqlash vazirining sobiq o‘rinbosari Tom Filipp DW nashriga.
Filipp 20 yil avval jon boshiga iste’mol deyarli 160 litr bo‘lgani, bugun esa bor-yo‘g‘i 121 litrni tashkil etayotganini ijobiy holat deb baholaydi.
Uning fikricha, xalqi asta-sekin “muhimi ko‘p ichish” shiori ostidagi pivoxo‘rlik odatidan voz kechyapti va kamroq ichish yoki umuman og‘ziga olmaslik normal holat degan qarorga kelyapti. Bu esa salomatlik va xavfsizlik nuqtayi nazaridan yaxshi yangilik.
Yosh avlod, odatda, kattalarga qaraganda kamroq spirtli ichimlik ichsa-da, iste’mol darajasi baribir yuqoriligicha qolmoqda. Ayniqsa, hajmi kamaygani bilan, spirtli ichimliklarni me’yoridan ortiq ichish va buning natijasida kelib chiqadigan xavf-xatarlar hamon mavjud.
“Yoshlar orasida spirtli ichimliklar maslahat va yordam xizmatlarining o‘rnini bosayotgani juda tashvishlidir”, – deydi Chexiya Empirik tadqiqotlar institutining katta tahlilchisi Katerina Duspivova.
Maktablarda alkogol va boshqa giyohvand moddalar bo‘yicha 2024-yilgi Yevropa tadqiqoti ma’lumotlariga ko‘ra, Chexiyadagi 16 yoshli o‘smirlarning 14 foizi muammolarini unutish uchun ichishgan. 11 foizi esa o‘zini mahzun his qilganda alkogoldan taskin izlashini aytgan.
Alkogol kamaydi, biroq yangi xavf-xatarlar mavjud

Chex yoshlari uchun alkogol endi avvalgidek maqbul narsa hisoblanmaydi. Natijada yangi xavflar paydo bo‘lmoqda.
Yosh avlod orasida alkogol o‘rniga, tartibga solinmagan yangi moddalar iste’moli kuchaygan. Shuningdek, ular ijtimoiy tarmoqlar va onlayn o‘yinlarga haddan tashqari mukkasidan ketishgan.
“Salmoqli vaqtini virtual olamda o‘tkazayotgan chex yoshlari real dunyoda davomli muammolarga duch kelmoqda. Bu borada qilishimiz kerak bo‘lgan vazifalar bisyor”, – deya xulosa qildi Duspivova.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Netanyaxu oʻrnini kim egallaydi?
Siyosat
17.10.2026, 10:37
So'nggi yangiliklar

Yamanda qamal sabab kasalliklar tarqalmoqda
Jahon
14.11.2026, 14:21

Jensen Xuang Nvidia’dan ketdi: kompaniyani endi kim boşqaradi?
Jahon
14.11.2026, 13:19

Uç buyuk davlat rahbari Xitoyda uçraşadi
Jahon
14.11.2026, 10:05

AQŞda deportatsiya va hibsga olişlar soni rekordga yetdi
Jahon
13.11.2026, 14:50

Toşkentda avtomobillarni evakuatsiya qiliş tartibi özgardimi?
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:32

Özbekistonda ilk bor sun’iy muzlik — “Ice Stupa” texnologiyasi joriy etildi
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:12

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Netanyaxu oʻrnini kim egallaydi?
Siyosat
17.10.2026, 10:37
