Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Tojikiston bilan çegara hududlari almaşinuvi natijasida Qirğiziston tasarrufiga ötgan 213 ta uyning 170 tasi yaşaş uçun yaroqli deb topildi. Ularni 2021–2022-yillardagi qurolli töqnaşuvlarda uyidan ayrilgan fuqarolarga beriş rejalaştirilmoqda.
Jahon
10.11.2026, 15:10
Ulashish:

Foto: Human Rights Watch
Qirğizistonning Botken viloyatida Tojikiston bilan hududlar almaşinuvi natijasida respublikaga ötgan 170 ta uyni taqsimlaşga tayyorgarlik körilmoqda.
Qirğiziston tomoniga jami 213 ta uy ötgan bölib, ulardan 170 tasi yaşaş uçun yaroqli deb topilgan. Ularni taqsimlaş bilan prezidentning Botken viloyatidagi muxtor vakilining birinçi örinbosari Baqtibek Töqsonboyev rahbarligidagi viloyat işçi guruhi şuğullanmoqda.
Birinçi navbatda, 2021–2022-yillardagi qurolli töqnaşuvlar oqibatida bitta yer uçastkasidagi ikkita uyi yaşaş uçun yaroqsiz holga kelgan fuqarolarning murojaatlari körib çiqilmoqda. Tojikistondan olingan uşbu köçmas mulkni ularga ikkinçi turar joy sifatida ajratiş rejalaştirilgan.
Işçi guruh Qirğiziston prezidentining 2022-yil 17-sentyabrdagi Botken va Öş viloyatlaridagi jabr körgan hududlarni tiklaş töğrisidagi farmoniga muvofiq tuzilgan davlat komissiyasi qarori asosida taşkil etilgan.
Toksonbayev köçmas mulkni qonunçilikka rioya qilgan holda, xolis taqsimlaşni topşirgan. Uylarni yangi egalariga yaqin kunlarda topşiriş rejalaştirilmoqda.
Avvalroq Qirğiziston hukumati çegara özgarganidan söng köçmas mulki Tojikistonda qolib ketgan fuqarolar uçun 257 ta yangi uy qurilişi haqida xabar bergan edi. Turar joylar Botken viloyatining Jani-Döstuk va Maqsat qişloqlarida, şuningdek, Razzoqov şahrida joylaşgan.
2025-yil 13-mart kuni Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon davlat çegarasi töğrisidagi şartnomani imzolagan. Şu tariqa çegarani delimitatsiya qiliş böyiça köp yillik muzokaralar yakunlangan.
Kelişuvlarda çegaradagi ayrim hududlarni özaro almaşiş ham közda tutilgan. Öşa kuni ikki davlat örtasidagi ikkita çegara-ötkaziş punkti ham qayta faoliyatini boşlagan.
Ziddiyat tarixi
Qirğiziston va Tojikiston örtasidagi çegara mojarolari Sovet Ittifoqi parçalanib ketganidan keyin ikki davlat çegarasining ayrim qismlari aniq belgilanmagani, şuningdek, yer va suv resurslaridan foydalaniş böyiça kelişmovçiliklar tufayli yuzaga kelgan.
Eng yirik töqnaşuvlardan biri 2021-yil 28-aprelda Botken viloyatidagi Golovnoy suv taqsimlaş inşooti yaqinida boşlandi. Dastlab suv resurslari va çegara hududidagi kuzatuv kameralari örnatilişi yuzasidan boşlangan kelişmovçilik tez orada ikki davlat harbiylari örtasidagi qurolli töqnaşuvga aylandi.
Tomonlar 29-aprel kuni öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişgan bölsa-da, töqnaşuvlar 1-maygaça davom etgan. Oqibatda 50 dan ortiq kişi halok bölib, 200 dan ziyod odam jarohatlangan, çegaradagi uylar va boşqa binolarga zarar yetgan.
Navbatdagi qurolli mojaro 2022-yil 14–17-sentyabr kunlari yuz bergan. Töqnaşuvlar Botken viloyatining bir neçta çegara hududlariga yoyilib, tomonlar minomyotlar va boşqa oğir qurollardan foydalangan. Har ikki davlat bir-birini aybladi.
BMT ma’lumotlariga köra, uşbu töqnaşuvlar oqibatida jami 269 kişi qurbon bölgan yoki jarohatlangan. 140 mingdan ortiq aholi öz uylarini tark etgan, 600 dan ziyod uy va önlab ijtimoiy obyektlar vayron bölgan.
2025-yil 13-martda imzolangan çegara bitimi uzoq yillik nizoni diplomatik yöl bilan hal qiliş sari taşlangan muhim qadam böldi. Bitimga köra, ikki davlat bir neçta çegara hududlarini özaro ayirboşladi. Natijada, Tojikistonga ötkazilgan hududlarda uy-joyidan ayrilgan Qirğiziston fuqarolari uçun yangi uylar qurilmoqda, Qirğizistonga ötkazilgan hududlardagi uylar esa tegişli aholi örtasida taqsimlanmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda
Oʻzbekiston
21.09.2026, 09:42

Özbekistonga yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar çet ellik öqiş uçun kelgan
Ta'lim
10.08.2026, 11:47

Isroilda tojikistonlik erkak josuslikda ayblanib qo‘lga olindi
Jahon
03.07.2026, 11:13

Pokiston Afg‘onistonda havo zarbalari uyushtirdi
Jahon
29.06.2026, 10:14
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
So'nggi yangiliklar

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
