Milliy futbol markazi – professional futbolchi va mutaxassislar tayyorlanadigan majmua

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilgan Milliy futbol markazini borib koʻrdi.

Sport

19.08.2025, 11:25

Ulashish:

Davlat rahbari ikki yil oldin bu yerga tashrif buyurib, mavjud stadionga tutash hududda zamonaviy majmua bunyod etish zarurligini aytgan edi. Koʻp oʻtmay, 2023 yil 3 noyabrda “Futbol-taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” prezident qarori imzolandi.

Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilgan mazkur markaz bunda juda muhim boʻgʻin. Bu yerda bir vaqtning oʻzida 6 ta terma jamoamizning oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish imkoniyati bor. Buning uchun stadionlar, oʻquv binolari, sport zallari, mehmonxona barpo etilgan. Plyaj futboli maydoni, futzal maneji, basseyn va reabilitatsiya boʻlimi qoʻshimcha qulayliklar yaratgan.

Majmuada professional futbolchi va mutaxassislarni tayyorlash uchun toʻrtta tuzilma tashkil etildi. Bular – Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi, Respublika futbol akademiyasi, Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazidir.

Prezident ularda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Futbol tibbiyoti va reabilitatsiyasi boʻlimiga xorijiy uskunalar olib kelingan, eng ilgʻor uslublar oʻzlashtirilgan. Bu futbolchilarga qisqa vaqt ichida jismonan tiklanish imkoniyatini beradi.

Futbol akademiyasida yosh isteʼdodlar saralanib, tarbiyalanadi. Buni xalqaro darajada tashkil etish uchun markazga Argentina, Vengriya va Xorvatiya kabi davlatlardan mutaxassislar jalb qilingan. Ular malakali murabbiy, hakam, tahlilchi, seleksioner va futbol menejerlarini tayyorlashda ishtirok etmoqda. Majmuada “VAR markazi” ham tashkil etilgan.

Davlat rahbari shu yerda sport faxriylari va yosh futbolchilar bilan suhbatlashdi. Oʻzbekistonda futbol eng ommaviy sport ekani, uni rivojlantirish izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.

Keyingi yillarda futbol tizimi tubdan yaxshilandi. Bolalar futboli, toʻgaraklardan tortib akademiyalar, jamoalar, chempionatgacha eʼtibor kuchaydi. Natijalar birin-ketin boʻy koʻrsatmoqda. Ularning eng muhimi – Vatanimiz tarixida birinchi marta milliy terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqqani boʻldi.

Yana bir shonli yutuq aprelda Caudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan Osiyo kubogida qoʻlga kiritildi. 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoamiz unda birinchi oʻrinni egallab, jahon chempionatiga yoʻllanma olgan edi.

Prezident ushbu qahramon futbolchilarimiz bilan uchrashib, ularga mehr-eʼtiborini izhor qildi.

– Biz hamma sohada dunyoda munosib oʻrin egallashga intilayapmiz. Sportchilarimiz buni tezroq yetkaza oladi. Sizlar irodali gʻalabangiz bilan, xalqimiz mehnat qilsa, harakat qilsa, hamma narsaga qodir ekanini yana bir bor isbotladingiz. Butun dunyo sizning timsolingizda azmu shijoatli, gʻururi baland, hech qachon intilishdan qaytmaydigan yangi Oʻzbekiston avlodini koʻrdi. Endi futbolni hozirgidan ham 2-3 karra koʻproq qoʻllab-quvvatlaymiz. Sizdek yoshlar xalqimizning ishonchi, prezidentning quvonchisizlar, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Sportchilar bu sharoitlar uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirib, xalqimiz ishonchini oqlashga vaʼda berishdi.

Sport

19.08.2025, 11:25

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Moʻgʻulistondan Oʻzbekistonga qoʻy olib kelinishi boshlandi

Yetkazib berish shartnomasi shu yilning iyun oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Moʻgʻuliston prezidenti Uxnaagiin Xurelsuxning uchrashuvi davomida imzolangan edi. 

Iqtisodiyot

19.08.2025, 15:32

Samarqandda koreyalik shifokorlar ishtirokida tibbiy aksiya oʻtkazildi

Samarqandda Janubiy Koreyaning “Seonam” tibbiy koʻngillilar guruhi ishtirokida keng koʻlamli tibbiy aksiya oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

19.08.2025, 14:28

Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga yondosh qurilgan zamonaviy mehmonxonalar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev joylardagi bunyodkorlik bilan tanishuvi chogʻida Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga yondosh qurilgan zamonaviy mehmonxonalar majmuasini ham koʻzdan kechirdi.

Siyosat

19.08.2025, 13:24

Davlat byudjetiga 34,2 milliard soʻm zarar yetkazilishining oldi olindi

Bojxona qoʻmitasining tezkor tuzilmalari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash borasida olib borilgan tezkor tadbir natijasida davlat byudjetiga 34,2 milliard soʻm zarar yetkazilishining oldi olindi.

Oʻzbekiston

19.08.2025, 12:28

Oʻzbekiston yana rekordlar kitobiga kirdi

Oʻzbekiston yana rekordlar kitobiga kirdi

Oʻzbekiston yoshlari ilk bor muhandislik va robototexnika yoʻnalishi boʻyicha Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.

Oʻzbekiston

19.08.2025, 11:58

Buxoroning tarixiy qismida yongʻin kelib chiqdi

Buxoroning tarixiy qismida yongʻin kelib chiqdi

Bugun, 19 avgust kuni Buxoro shahar markazidagi Minorai Kalon yonidagi 2 qavatli oshxonaning 2-qavatida yongʻin sodir boʻldi.

Oʻzbekiston

19.08.2025, 10:56

Shohimardonga vertolyot qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Ayni choqda vertolyotni Fargʻonaga olib kelish, Shohimardon va Yordon qishloqlarida vertolyot qoʻnadigan maydonchalar tashkil etish ishlari bilan shugʻullanilmoqda.

Iqtisodiyot

19.08.2025, 10:29

Rossiyada noqonuniy fuqarolikni olgan muhojirlar fuqarolikdan mahrum etilishi mumkin

Rossiyada noqonuniy fuqarolikni olgan muhojirlar fuqarolikdan mahrum etilishi mumkin

Rossiyadagi faollar soxta nikoh fuqarolikni olgan muhojirlardan bekor qilishni soʻramoqda. Davlat Dumasi deputati Ivanov Rossiya fuqaroligini olgan migrantlarning soxta nikohlarini bekor qilishga chaqirdi.

Jahon

18.08.2025, 18:09

Namanganda noqonuniy “hujra”lar tashkil qilgan shaxslar ushlandi

Namanganda noqonuniy “hujra”lar tashkil qilgan shaxslar ushlandi

Namangan viloyatida noqonuniy “hujra”lar tashkil qilib, diniy taʼlim berib moddiy daromad topayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat Xavfsizlik xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston

18.08.2025, 17:15

Rossiya Ukrainaga taslim boʻlishni taklif qilmoqda — Makron

Rossiya Ukrainaga taslim boʻlishni taklif qilmoqda — Makron

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning aytishicha, Rossiyaning Ukraina uchun tinchlik tashabbuslari "taslim boʻlish"dan iborat. Bu haqda u "Xohlovchilar koalitsiyasi"ning videokonferensiyasi davomida maʼlum qildi.

Jahon

18.08.2025, 17:08

Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida 243 million AQSh dollarlik toʻrtta energiya loyihasi boʻyicha shartnoma imolandi

Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida 243 million AQSh dollarlik toʻrtta energiya loyihasi boʻyicha shartnoma imolandi

2025 yil 17 avgust kuni Afgʻoniston Bosh vazirning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari mulla Abdul Gʻani Baradar Oxund ishtirokida Afgʻoniston Breshna Sherkat (DABC) va Oʻzbekiston oʻrtasida toʻrtta elektr energiyasi loyihasi boʻyicha shartnomalar imzolandi. Hujjatni imzolash marosimida Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov ham ishtirok etdi.

Siyosat

18.08.2025, 16:00