Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.
Jahon
14.03.2026, 09:45
Ulashish:

Dastlab internetda korrupsiya, tengsizlik va hukumatning ijtimoiy tarmoqlarni cheklashga urinishlariga qarshi boshlangan norozilik tez orada Katmandu va boshqa shaharlarda ommaviy namoyishlarga aylandi.
Z-avlodi boshchiligidagi yosh namoyishchilar Maytigxar, Ratna Park va Nyu-Baneshvarda toʻplanib, Discord va boshqa platformalar orqali safarbarlik uyushtirgan. Ular “Mamlakat kelajagini biz hal qilamiz”, deya bayonot berishgan.
Avvalgi siyosiy partiyalar tomonidan tashkil etilgan noroziliklardan farqli ravishda, bu harakat bank xodimlaridan tortib taksi haydovchilari, talabalar va dehqonlar farzandlarigacha boʻlgan turli ijtimoiy qatlamlarni birlashtirgan. Bu lidersiz yoshlar harakati sifatida namoyon boʻlgan.
“Bu harakat shundan dalolat beradiki, endilikda har qanday mansabdor shaxs noqonuniy ish qilishdan oldin ikki karra oʻylab koʻradi”, — degan Z-avlodi vakili Bikas Yadav.
“Yangi”lar gʻalabasi
2026 yil 5 mart kuni hukumat agʻdarilganidan keyin oʻtkazilgan ilk saylov boʻlib oʻtdi. Yoshlar boshchiligidagi qoʻzgʻolondan keyingi bu saylovda 35 yoshli sobiq reper, hozirda siyosatchi boʻlgan Balendra Shoh katta gʻalabaga erishmoqda.
Uning Nepal markaziy “Rastriya Svatantra” partiyasi (RSP) saylovda koʻpchilik ovozni qoʻlga kiritdi. Rasmiy natijalar va tendensiyalarga koʻra, partiya yirik ustunlik bilan ilgarilamoqda.
Payshanba kuni boʻlib oʻtgan saylovlarda parlament quyi palatasi — Vakolatchilar palatasining 275 nafar yangi aʼzosi saylandi. Ularning 165 nafari toʻgʻridan-toʻgʻri saylov orqali, 110 nafari esa proporsional vakillik tizimi asosida tanlangan.
Shohning partiyasi 153 ta toʻgʻridan-toʻgʻri saylov okrugidan kamida 117 tasida gʻalaba qozongan va Nepal Saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra yana sakkizta okrugda peshqadamlik qilmoqda.
“Balen” taxallusi bilan tanilgan reper Shoh janubi-sharqiy okrugda sobiq bosh vazir Xadga Prasad Sharma Olini magʻlub etdi. Oʻtgan yilgi norozilik namoyishlarida agʻdarilgan marksistlar boshchiligidagi hukumat rahbari boʻlgan Oli raqibidan deyarli toʻrt barobar kam ovoz olgan.
Shohning 74 yoshli Oli ustidan qozongan gʻalabasi va Katmandu merligidan bosh vazirlikka daʼvogar darajasiga koʻtarilishi Nepal siyosiy tarixidagi eng kutilmagan natijalardan biri boʻldi.
Saylovoldi kampaniyasida Shoh asosan kambagʻal nepalliklarning sogʻliqni saqlash va taʼlim masalalarini ilgari surdi. Uning kampaniyasi anʼanaviy siyosiy partiyalarga qarshi kuchaygan jamoatchilik noroziligi fonida olib borildi.
Qoʻshni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Nepalda saylovlar tinch va muvaffaqiyatli oʻtganini mamlakatning “demokratik yoʻlidagi iftixorli lahza” deb atadi.
“Nepallik opa-singillarim va aka-ukalarim oʻz demokratik huquqlaridan shunchalik faol foydalanayotganini koʻrish quvonarli”, — deb yozdi Modi X ijtimoiy tarmogʻida.
Tizimni oʻzgartiruvchi “isyonkor ruh”
Balendra Shoh qurilish muhandisi sifatida tahsil olgan. Keyinchalik u Nepaldagi eng mashhur reperlardan biriga aylangan. U korrupsiya va tengsizlikka qarshi ijtimoiy mazmundagi qoʻshiqlar ijro etgan.
Bu qoʻshiqlar 2025 yil sentabridagi Z-avlodi norozilik namoyishlarining ramziga aylandi.
2022 yilda Shohning Katmandu shahri meri etib saylanishi ham siyosiy tizim uchun katta zarba sifatida baholangan edi. U asos solgan partiya ham oʻsha yili tashkil etilgan boʻlib, tizimga qarshi gʻoyalar asosida shakllangan.
Partiyaning saylovoldi kampaniyasi yuqori darajada tashkil etilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda 660 dan ortiq faol ishtirokchi ish olib borgan. Shuningdek, Nepal diasporasi, ayniqsa AQShdagi homiylar tomonidan katta moliyaviy yordam koʻrsatilgan.
“Xalq eski, porahoʻr siyosatchilardan charchadi”, — dedi partiya aʼzosi Birendra Kumar Mehta.
Sentabr oyida hukumatning ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlashga urinishi sabab boshlangan norozilik namoyishlari tez orada korrupsiya va iqtisodiy tanazzulga qarshi ommaviy harakatga aylandi. Bu tartibsizliklar oqibatida kamida 77 kishi halok boʻlgan.
Balendra Shoh norozilik namoyishlarining ramziy yetakchisiga aylandi. Uning “Men Nepal tabassumini koʻrmoqchiman, men nepalliklar baxtini koʻrmoqchiman” degan soʻzlar bilan boshlanadigan “Nepal Haseko” (“Nepal tabassumi”) qoʻshigʻi namoyishlar davrida keng tarqalgan.
Reperning siyosatdagi gʻalabasi mamlakatda avlodlar oʻrtasidagi tafovut kuchayib borayotganini ham koʻrsatmoqda.
Nepalning qariyb 30 millionlik aholisining 40 foizdan ortigʻini 35 yoshgacha boʻlganlar tashkil etadi. Biroq mamlakatdagi asosiy siyosiy rahbariyat hanuz 70 yoshdan oshgan siyosatchilardan iborat.
Nepallik jurnalist Pranaya Rana “Al-Jazira” nashriga bergan intervyusida Shoh timsolida “koʻplab yosh nepalliklar izlayotgan tizimni oʻzgartiruvchi isyonkor ruh mujassam” ekanini taʼkidladi.
Muallif: Isomiddin JUMANAZAROV
Mashhur yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06

O‘zbekistonga qaytarilgan tarixiy artefaktlar jamoatchilikka taqdim qilindi
Madaniy
13.05.2026, 16:32

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48
So'nggi yangiliklar

Yangi “Toshkent – Samarqand” avtomobil yo‘li 282 kilometrni tashkil etadi
Oʻzbekiston
01.06.2026, 17:47

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Har yili 100 ta she’riy konsert davlat hisobidan moliyalashtiriladi
Madaniy
01.06.2026, 15:14

Mas’ud Pezeshkiyon iste’foga chiqmoqchi(mi?)
Jahon
01.06.2026, 14:20

Fransiya harbiylari Rossiya neft tankerini to‘xtatdi
Jahon
01.06.2026, 11:25

Myanmada portlash: 55 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi
Jahon
01.06.2026, 10:55

Janubiy Koreya o‘z hududida atom suvosti kemalarini quradi
Jahon
28.05.2026, 16:53

Muqaddas Ka’ba haqida muhim 10 ta fakt
Madaniy
27.05.2026, 07:48

Sel suvlari – yo‘qotilayotgan resurs
Oʻzbekiston
26.05.2026, 11:12

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi
Jahon
26.05.2026, 10:27

Tijorat banklari “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushiradi
Iqtisodiyot
26.05.2026, 10:01

Toshkentda 100 kilometrlik pulli halqa yo‘li qurilishi mumkin
Oʻzbekiston
26.05.2026, 09:23

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”
Oʻzbekiston
25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi
Jahon
25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Madaniy
25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?
Jahon
25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi
Jahon
23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35
Mashhur yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06

O‘zbekistonga qaytarilgan tarixiy artefaktlar jamoatchilikka taqdim qilindi
Madaniy
13.05.2026, 16:32

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48
