Muqaddas Ka’ba haqida muhim 10 ta fakt
Ka'baning ichki tuzilishi, Kisvaning yaratilishi va uning asrlar davomida saqlanib kelayotgan an’analari haqidagi 10 ta qiziqarli fakt bilan tanishing.
Madaniy
27.05.2026, 07:48
Ulashish:

Ayni kunlarda dunyoning turli burchaklaridan 1,5 milliondan ortiq musulmon Saudiya Arabistonining Makka shahrida yillik ziyoratni ado etmoqda.
Besh kun davom etadigan marosimlar doirasida ziyoratchilar Ka’bani soat mili harakatiga teskari yo‘nalishda bir necha marta aylanib tavof qiladilar.
Ka’ba qora rangli, Kisva deb ataluvchi mato bilan yopilgan bo‘lib, unga tilla suvi yuritib Qur’on oyatlari bitilgan.
Ushbu maqolada Ka’ba, uning ichki tuzilishi va yopinchig‘i haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 10 jihat aytib o‘tiladi. Ma’lumotlar Al-Jazira nashridan olindi.
1. Ka’ba nima?
Arab tilida “kub” ma’nosini anglatuvchi Ka’ba Islom dinidagi eng muqaddas maskan bo‘lib, Makkadagi Masjid ul-Haramning markazida joylashgan.
Dunyo musulmonlari besh vaqt namoz o‘qiyotganda qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, qibla deb ataluvchi tomonga yuzlanadi.
Ka’baning balandligi 13,1 m (43 fut), uzunligi 12,8 m (42 fut) va eni 11,03 m (36 fut) ni tashkil etadi.

2. Ka’baning tarixi
Musulmonlar e’tiqodiga ko‘ra, Ka’ba ilk bor Ibrohim payg‘ambar va uning o‘g‘li Ismoil payg‘ambar tomonidan Allohning amriga itoat etgan holda ibodatgoh sifatida qurilgan.
Islomning muqaddas kitobi Qur’onda Ka’ba haqida bir necha bor, jumladan, Ibrohim va Ismoil uning poydevorini ko‘targan vaqt ham zikr qilingan.
Islomdan avval Ka’ba turli arab qabilalarining sig‘inadigan joyi bo‘lgan.
622-yili o‘z izdoshlari bilan Madinaga hijrat qilgan Muhammad payg‘ambar milodiy 630-yilda Makkaga qaytib, Ka’bani butlardan tozalagan va uni tavhid (yakkaxudolik) ibodatgohiga aylantirgan.
Makkaga har yili 20 milliondan ortiq kishi Haj va Umra ziyorati uchun keladi.

“Masjidul Harom” masjidi, 1889-yil

Makkaning hukmron oilasiga mansub to‘rt kishi, 1889-yil
3. Ka’ba ichida nima bor?
Ka’baning shimoli-sharqiy tomonida ikki metrdan balandroqda oltin eshik joylashgan. 280 kg sof oltindan yasalgan ushbu eshikning balandligi 3,11 metr (10 fut), eni esa 1,9 metrni (olti fut) tashkil etadi.
Odatda, eshik yiliga ikki marta ichki qismini yuvish marosimi uchun ochiladi.

Ka’baning ichki qismi juda oddiy bo‘lib, u yerda tomni ko‘tarib turuvchi uchta yog‘och ustun va tomga olib chiquvchi zinapoya bor.
Poli va devorlari marmar bilan qoplangan, shiftda Usmoniylar davriga oid qandillar osilgan.
Ka’baning ichki matolari devorlarining bir qismini bezab turadi va tarixan ular zig-zag uslubida to‘qilgan qizil, yashil hamda to‘q ko‘k ranglarda bo‘lgan.


Ka’baning ichki devorlariga tutilgan yashil kisva parchasi. Dohadagi Islom san’ati muzeyi
4. Kisva nima?
Kisva — Ka’bani yopib turadigan qora ipak mato. Bu nom arabchadagi “yopmoq” yoki “o‘rab qo‘ymoq” ma’nosini anglatuvchi k-s-v o‘zagidan kelib chiqqan bo‘lib, dastlab har qanday libos yoki yopinchiqni bildirgan. Vaqt o‘tishi bilan bu atama aynan Ka’ba yopinchig‘iga nisbatan qo‘llanila boshlagan.

Haj paytida Ka’baga yaqinlashishni istagan ziyoratchilar ko‘pligi sababli, kisvani asrash va himoya qilish maqsadida uning pastki etaklari ehtiyotkorlik bilan yuqoriga ko‘tarib qo‘yiladi.
Kisvaning asosiy unsuri Ka’bani yopib turuvchi qora ipak mato bo‘lib, tarixan faqat shu qismning o‘zi Kisva deb atalgan. Uning balandligi 14 metr, o‘zi esa 47 ta alohida mato bo‘lagidan iborat.
Devorlarning taxminan uchdan ikki qismi balandligida kengligi 95 sm va uzunligi 47 m bo‘lgan bezakli kamar – kashta tikilgan hizam o‘tgan.
Ka’ba eshigi tepasida sitara yoki burqa deb nomlanuvchi parda osilgan. Bu Kisvaning eng ko‘p bezak berilgan qismidir.
5. Ka’baning usti nega yopiladi?
Ka’ba uni himoyalash, ulug‘lash va ziynatlash uchun yopib qo‘yiladi.
Ka’bani birinchi bo‘lib kim Kisva bilan yopganligi noma’lum, ammo tarixchilar orasida eng keng tarqalgan qarashga ko‘ra, bu an’ana islomdan avvalgi davrlarga borib taqaladi.
Ko‘pchilikning fikricha, Yaman podshohi Tubba As’ad Komil milodiy 400-yilda Ka’bani Yamandan keltirilgan maxsus mato bilan yopgan birinchi shaxs bo‘lgan.
Boshqa bir nazariyaga ko‘ra, Ka’bani birinchi bo‘lib Ismoil payg‘ambarning o‘zi yopgan, biroq buni tasdiqlovchi aniq dalil mavjud emas.
Agar u Ka’baning ustiga yopinchiq yopgan bo‘lsa ham, ehtimol bu butun inshootni emas, balki uning bir qisminigina qoplagan.
6. Kisva qanday matodan tayyorlanadi?
Bugungi kunda Kisva tabiiy ipakdan tikiladi. Ammo tarix davomida Ka’bani yopish uchun turli xil matolardan foydalanilgan.
Dastlabki Kisvalar odatda zig‘ir, paxta va jun kabi tabiiy tolalardan tayyorlangan. Shuningdek, ayrim tarixiy manbalarda, ayniqsa, islomgacha bo‘lgan davrda charm va hayvon terilaridan foydalanilgani ham qayd etilgan.
Matoning tanlanishi va Kisvaning qayerda ishlab chiqarilishi ko‘pincha tolalarning mavjudligiga hamda har bir davr musulmon hukmdorlarining didi va ta’siriga bog‘liq bo‘lgan.

Arabiston ilk islom xalifaligining markazi bo‘lsa-da, Kisva Misrda tayyorlangan. O‘sha davrda Misrda to‘qimachilik sanoati ancha rivojlangan bo‘lib, uning markazida qirol homiyligidagi davlat ustaxonalari, ya’ni, Kisva to‘qib tayyorlanadigan Domyat va boshqa shaharlarda “Tiroz” korxonalari bor edi.
Keyinchalik Kisva Umaviylar davrida Damashqda, Abbosiylar davrida Bag‘dodda va shuningdek, Yamanda ham tayyorlangan. So‘ngra bu an’ana Ayyubiylar, Mamluklar va Usmonlilar davrida davom etib, Usmonli imperiyasi tugagach, Saudiya Arabistonidagi Saudlar sulolasiga o‘tgan.
7. Kisvaning og‘irligi va narxi qancha?
Bugungi kunda Kisva taxminan 670 kg tabiiy ipakdan tayyorlanib, unga taxminan 120 kg 24 karatli oltin ip va 100–120 kg kumush ip bilan kashta tikiladi.
Makkadagi Kisva fabrikasida zamonaviy texnologiyalar, an’anaviy to‘quv dastgohlari va arab xattotligi usullarini uyg‘unlashtirgan holda 240 dan ortiq kishi ushbu yopqichni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

Kisvani tayyorlash bir necha bosqichdan iborat puxta jarayonni o‘z ichiga oladi.
Italiyadan keltiriladigan ipakning tolasidagi tabiiy mumni ketkazish uchun avval u sovuq suvda maxsus yuvish vositalari va zaytun moyidan tayyorlangan sovun bilan yuviladi. Va ipak o‘zining tabiiy rangini tiklashi uchun taxminan 90 °C haroratdagi issiq suvda bir necha marta yuvilib, shundan so‘ng qora rangga bo‘yaladi.

Taxminlarga ko‘ra, Kisvaning o‘tmishdagi nusxalari ancha sodda bo‘lgan. Ammo bugungi kunda uni tayyorlash xarajati 25 million Saudiya riyolidan (o‘rtacha 6,65 million dollar) oshadi.
8. Kisvaga nima yozilgan?
Kisva turli Qur’on oyatlari va iboralari bilan bezatilgan. Ular orasida shahodat kalimasi, shuningdek, haj va Ka’baning muqaddasligi hamda Allohni zikr qilish bilan bog‘liq oyatlar bor.

9. Kisva doim qora rangda bo‘lganmi?
Kisva matosining ranglari tarix davomida o‘zgarib turgan: unda oq, yashil, sariq va qora ranglardan foydalanilgan.
Suriyada tayyorlangan Kisvalar qizil, yashil, sariq va oq ranglarda edi va bu ranglar islom san’atida juda uzoq tarixga ega.
Abbosiylar davrida qora rang ko‘pincha Kisvaning o‘ziga xos rangi hisoblangan.
Islomdan avval Yamanda tayyorlangan Ka’ba Kisvasi yo‘l-yo‘l matodan tikilgan bo‘lishi mumkin, chunki Yaman to‘qimachilik mahsulotlari ko‘pincha yo‘l-yo‘l bo‘lgan.
Shuningdek, dastlabki Kisvalar qizil va yashil chiziqli bo‘lgan degan taxminlar ham bor.

1976-yil. Saudiya Arabistoni, Makka shahri. Hukumat muassasasida Kisvaga qo‘lda kashta tikayotgan hunarmand
10. Kisva qancha vaqtda bir almashtiriladi?
Kisva yiliga bir marta Ka’baning eski yopinchig‘ini olib, yangisini o‘rnatishga mas’ul bo‘lgan maxsus ishchilar jamoasi tomonidan almashtiriladi.
Eski Kisva yechib olingach, u dastlab ishlab chiqarilgan fabrikaga qaytariladi.
“U yerda Kisva bir necha bosqichda amalga oshiriladigan saqlash va taqsimlash jarayonidan o‘tkaziladi”, — dedi Bosniya va Gersegovinadagi Zenitsa universiteti islomshunoslik professori Esmir Halilovich “Al-Jazira” telekanaliga.

Kisvaning oltin yoki kumush kashtalar, Qur’on oyatlari yoki naqshinkor bezaklari bo‘lgan eng qimmatli qismlari ehtiyotkorlik bilan kesib olinadi.
Bu bo‘laklar ko‘pincha muzeylarga hadya qilinadi yoki Saudiya Arabistonining tegishli idoralari orqali rasman so‘rov yuborgan muassasalarga topshiriladi.
Boshqa qismlari ham kichikroq bo‘laklarga bo‘linib, hukumat amaldorlari, tashkilotlar hamda Saudiya Arabistonida akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy elchixonalar vakillariga tarqatiladi.

Bundan tashqari, almashtirish marosimining o‘zida ishtirok etayotgan kishilarga ham ba’zan kichik bo‘laklar beriladi. Bular odatda katta moddiy qiymatga ega bo‘lmagan oddiy parchalardir.
Xalilovichning aytishicha, aynan shu tarqatish jarayoni tufayli Kisva parchalarining ayrimlari ochiq bozorga chiqadi va ularni vaqti-vaqti bilan onlayn savdoda ham uchratish mumkin.
Isomiddin Jumanazarov tayyorladi
Mavzuga oid yangiliklar

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Ar-Riyod aeroportiga uyushtirilgan hujumlarda 3 nafar Qirollik fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon
09.10.2026, 16:12

Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza quradi
Jahon
08.10.2026, 08:45

G7 davlatlari husiylarni Saudiya Arabistoniga hujumlarni tóxtatişga çaqirdi
Jahon
22.09.2026, 11:06

Husiylar qanday qilib Eronning eng kuchli ittifoqchisiga aylandi?
Jahon
27.08.2026, 11:21
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
