Oliy maʼlumotga ega boʻlmagan soxta psixologlar javobgarlikka tortiladigan boʻldi

Endilikda psixologik sertifikatga ega boʻlmagan soha vakillariga maʼmuriy javobgarlik belgilanadi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmati ogohlantirdi.

Ulashish:

Oliy maʼlumotga ega boʻlmagan soxta psixologlar javobgarlikka tortiladigan boʻldi

Oliy maʼlumotga ega boʻlmagan soxta psixologlar javobgarlikka tortiladigan boʻldi

Qayd etilishicha, SSVning "Aholiga psixologik yordam koʻrsatish" toʻgʻrisidagi qonun loyihasi senatorlar tomonidan maʼqullangan. Unga koʻra, aholiga psixologik yordam koʻrsatishda faqat shu soha mutaxassislari haqli boʻlishi kerak.

"Bugun soxta psixologlar koʻpayib ketdi. Ular asosan ijtimoiy tarmoqlar turli jozibador eʼlonlar orqali mijozlar topishga harakat qilmoqda. Biroq oʻz xizmatlarini taklif etayotganlarning hammasi ham professional va malakali mutaxassislar emas", degan qonun muhokamasida Oliy Majlis Senati aʼzosi Xurshid Fozilov.

Shuningdek, Fozilov professional psixologlar faoliyatini takomillashtirish va ularni qoʻllab-quvvatlash kerakligiga toʻxtalib, yuqoridagi qonun ayni shu maqsadda ishlab chiqilganini bildirgan. 

Bundan tashqari, qonunda psixologik yordam koʻrsatuvchi subʼektlar sifatida davlat organlarida, boshqa tashkilotlarda ishlovchi psixologlar yoki ushbu sohada xususiy tartibda faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat yuritishi mumkinligi belgilangan. 

Qonunga koʻra, psixologik yordam koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga psixologiya yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar ega boʻlishi belgilanmoqda. Agar yuqoridagi keltirilgan talabga javob bermaydigan shaxs psixologik yordam koʻrsatsa, unga nisbatan javobgarlik choralari belgilanishi taʼkidlangan.

Oʻzbekiston

23.09.2024, 14:46

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Fargʻonalik ikki yoshli qizaloq qornidan 135 ta magnit sharcha topildi

Fargʻona viloyatida ikki yoshli qizaloq 135 ta magnit sharcha yutib yubordi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

11.01.2025, 10:12

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?

Sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak?

Oʻzbekistonga qish mavsumi kirib kelishi bilan havo harorati sezilarli darajada pasaydi. Bunday sharoitda tetik va sogʻlom yurish uchun ovqatlanish ratsioniga alohida eʼtibor qaratish lozim. Xoʻsh, sovuq kunlarda qanday ovqatlanish kerak? Mazkur savolga Tibbiyot fanlari doktori Ilhom Otajonov Sogʻliqni saqlash vazirligiga bergan intervyusida javob berdi. 

Fan-texnologiya

17.12.2024, 10:53

Uy sharoitida tayyorlangan konservalarni isteʼmol qilsa boʻladimi?

Uy sharoitida tayyorlangan konservalarni isteʼmol qilsa boʻladimi?

Qish fasli kirib kelishi bilan uy sharoitida tayyorlangan qoʻlbola konserva mahsulotlarini isteʼmol qilish boshlanadi. Bunday mahsulotlarning sifat nazorati maxsus tekshiruvlardan oʻtmagani bois, ularning isteʼmolga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini bilish mushkul. Agar odam konserva mahsulotidan zaharlansa, unda qanday belgilar paydo boʻladi, kasallanishning oldini olish uchun nimalar qilish kerak? Mazkur savollarga Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati tomonidan tashkillashtirilgan intervyuda javob berildi. 

Fan-texnologiya

02.12.2024, 09:58

Tuz odam salomatligiga qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?

Tuz odam salomatligiga qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?

Sogʻlom ovqatlanishga rioya qilishni boshlagan har bir oila tuz isteʼmol qilish kerakmi yoki yoʻqmi, deya oʻylaydi. Hatto insonlar orasida mutlaqo tuz isteʼmol qilmaydiganlar ham uchrab turadi. Xoʻsh, oʻzi tuz isteʼmol qilish qanchalik sogʻliqqa zarar yetkazadi? Uning insonlarga foydasi bormi? Shu kabi savollarga Sogʻliqni saqlash vazirligi batafsil javob berdi. 

Fan-texnologiya

25.11.2024, 10:23

Bolalarni nafas yoʻllari kasalliklaridan qanday himoya qilish mumkin?

Bolalarni nafas yoʻllari kasalliklaridan qanday himoya qilish mumkin?

Kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan kattalardan tortib, yosh bolalargacha tez-tez burun bitishi, aksi urish holatlari kuzatiladi. Bolalarda mazkur holatlar boshlanishi bilan ularning ota-onalari oʻzlari bilgan usulda farzandlarini davolashga harakat qiladi. Ammo bunday oʻzbilarmonlikning oxiri boshqa bir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Mazkur kasalliklarni bartaraf etish boʻyicha tibbiyot fanlari doktori, professor Furqat Shamsiyev oʻzining tavsiyalarini berib oʻtdi.

Fan-texnologiya

25.10.2024, 10:13

Adliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligini ogohlantirdi

Adliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligini ogohlantirdi

2023 yilda 21 ta, 2024 yilning oʻtgan davrida 16 ta dori vositalari intellektual mulk huquqlariga rioya qilmagan holda davlat roʻyxatiga olinganligi aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining axborot xizmati maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

14.10.2024, 09:57

So‘nggi yangiliklar

"Afrosiyob" poyezdining yoʻliga beton toʻsiq qoʻyildi

"Afrosiyob" poyezdining yoʻliga beton toʻsiq qoʻyildi

Joriy yilning 14 yanvar kuni Toshkent – Buxoro yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan "Afrosiyob" tezyurar poyezdining yoʻli beton shpal bilan toʻsib qoʻyildi. Bu haqda "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ axborot xizmati maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

18.01.2025, 11:07

Turkiyada zaharlanish ortidan 14 nafar oʻzbekistonlik vafot etdi

Turkiyada zaharlanish ortidan 14 nafar oʻzbekistonlik vafot etdi

Turkiyada qalbaki spirtli ichimlik isteʼmoli oqibatida vafot etgan oʻzbekistonlik fuqarolarning soni 14 nafarga yetdi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi axborot xizmati maʼlum qildi. 

Jahon

17.01.2025, 15:57

Bugun oʻzbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Bugun oʻzbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Bugun, 16 yanvar kuni Oʻzbekiston boʻyicha havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarining baʼzi joylarida biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-11 daraja iliq, shimolda 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq boʻladi. Bu haqda "Oʻzgidromet" axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

16.01.2025, 09:35

Qashqadaryodagi hibsxonalarda sharoitlar qoniqarsiz ekanligi maʼlum boʻldi

Qashqadaryodagi hibsxonalarda sharoitlar qoniqarsiz ekanligi maʼlum boʻldi

Qashqadaryo viloyati Qarshi va Koson tumanlari Ichki ishlar boʻlimlarining vaqtincha saqlash hibsxonalarida shaxslarni saqlash sharoitlari belgilangan meʼyoriy talablarga javob bermasligi aniqlandi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) axborot xizmati maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

15.01.2025, 17:17

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

Bugun, 15 yanvar kuni impichmentga uchragan Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat eʼlon qilgani uchun hibsga olindi. Bu haqda "Yonhap" agentligi xabar qildi. 

Jahon

15.01.2025, 13:18

Turkiyada 6 nafar oʻzbekistonlik zaharlanib halok boʻldi

Turkiyada 6 nafar oʻzbekistonlik zaharlanib halok boʻldi

Turkiyada qalbaki spirtli ichimlik isteʼmoli oqibatida 6 nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi axborot xizmati maʼlum qildi. 

Jahon

15.01.2025, 09:51

Bloger "Jasjan" besh sutkaga qamaldi

Bloger "Jasjan" besh sutkaga qamaldi

Instagram'da "Jasjan" taxallusi bilan faoliyat yurituvchi bloger Jasur Shodiyev besh sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

15.01.2025, 09:37

Bugun Oʻzbekistonning ayrim hududlarida qor yogʻadi

Bugun Oʻzbekistonning ayrim hududlarida qor yogʻadi

Bugun, 15 yanvar kuni Oʻzbekiston boʻyicha havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13 daraja, shimolda 1-6 daraja iliq boʻladi. Bu haqda "Oʻzgidromet" axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

15.01.2025, 09:23

Тошкентда ноқонуний қурилиш: "Ниёзбек Йўли" машмашаси

Toshkentda noqonuniy qurilish: "Niyozbek Yo‘li" mashmashasi

Shimoliy Irlandiyada joylashgan Olster universitetining Jamoat boshqaruvi markazi tomonidan olti oy davomida Oʻzbekistonda fuqarolardan yer va mulklarni majburan tortib olishga doir surishtiruv tadqiqoti amalga oshirildi. Mazkur tadqiqotdan asosiy xulosalar "Land Home Justice" ("Yer Uy Adolat") birlashmasi tomonidan eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston

14.01.2025, 16:15

Revmatizm bolalarning hayotiga qanday taʼsir qiladi?

Revmatizm bolalarning hayotiga qanday taʼsir qiladi?

Qish mavsumi qator mavsumiy kasalliklar avj oladigan davr boʻlib, shulardan biri — revmatizm. Bu xastalikka koʻproq maktab yoshidagi bolalar chalinadi va u kattalarga nisbatan ogʻir kechadi. Xoʻsh, revmatizm qanday paydo boʻladi, uni keltirib chiqaruvchi omillar qaysilar? Kasallikning asosiy belgilari, asoratlari nimalardan iborat? Sogʻliqni saqlash vazirligining bolalar bosh kardiologi Bunyod Akbarxonov ushbu savollarga javob berdi.

Fan-texnologiya

14.01.2025, 10:27

Bugun havo harorati 15 darajagacha koʻtariladi

Bugun havo harorati 15 darajagacha koʻtariladi

Bugun, 14 yanvar kuni Oʻzbekiston boʻyicha havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13 daraja iliq, baʼzi joylarda 15 darajagacha iliq boʻladi. Bu haqda "Oʻzgidromet" axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

14.01.2025, 09:32

Samarqandda oltin qazib olmoqchi boʻlgan ikki fuqaro halok boʻldi

Samarqandda oltin qazib olmoqchi boʻlgan ikki fuqaro halok boʻldi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida kondan noqonuniy ravishda oltin qazib olmoqchi boʻlgan besh nafar fuqarodan ikki nafari halok boʻldi. Bu haqda PARADIGMA.UZ'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

13.01.2025, 11:34