Andijon voqealari: 21 yil oldingi qonli kun
2005-yil hibsga olingan andijonlik 23 akramiylar a’zosi deya gumon qilingan shaxslarning yaqinlari va hamkasblari boshlagan namoyishlar pirovardida 13-may kungi qonli voqealariga olib keldi.
Oʻzbekiston
13.05.2026, 14:42
Ulashish:

2005 yilning aprel-may oylarida jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudida “Akromiylar” guruhiga a’zo deb ayb qo‘yilgan 23 nafar shaxs bo‘yicha sud jarayoni bo‘layotgandi.
2005-yilning 13-mayga o‘tar kechasi O‘zbekiston tarixiga “Andijon voqealari” nomi bilan kirgan eng qonli hodisalardan biri boshlandi.
O‘zbekiston televideniyesi tomonidan e’lon qilingan maxsus ko‘rsatuvga ko‘ra, terrorchilar dastlab 12 may soat 23:45 da Andijon shahridagi soqchi-patrul xizmatiga hujum qilishadi.
Soqchilik qilayotgan 4 nafar militsiya xodimini o‘ldirib, qurol-yarog‘ omborini buzishadi va o‘nlab avtomatlar, to‘pponcha, granata va boshqa qurollarni qo‘lga kiritishadi.
Oradan bir soat o‘tgach, qurollarini ko‘paytirib, saflarini kengaytirib olgan jinoyatchilar to‘dasi Respublika Mudofaa vazirligiga qarashli 34-harbiy qism hududida paydo bo‘ladi.
Bu yerda ham jinoyatchilar tomonidan 4-5 soqchi o‘ldirilib, ko‘plab qurol-yarog‘lar o‘g‘irlanadi.
Shundan so‘ng jinoiy to‘da tezkorlik bilan ZIL-130 va bir qator yengil avtomobillarda Andijon shahri yaqinida joylashgan qamoqxona tomon yo‘l oladilar.
Qamoqxona eshigini ZIL mashinasi yordamida buzib, ichkariga kirishadi. 600 ga yaqin mahbuslarni, shu jumladan, 23 nafar “Akromiylar” hamda shu turmada saqlanayotgan o‘ta xavfli retsidivistlarni chiqarib yuborishdi, deyiladi ko'rsatuvda.
Vaziyatdan xabar topgan Islom Karimov 13 may kuni soat 7:30 da Andijonga yetib kelib, zudlik bilan shtab tashkil etadi.
O‘sha paytdagi ichki ishlar vaziri Zokirjon Almatov Kun.uz’ga bergan intervyusida Andijon voqealarini shunday xotirlagan:
“Meni Andijon voqealarida aybdor deb ko‘p gapirishadi. Ha, men o‘shanda shtab boshlig‘i bo‘lganman, qarorni men qabul qilganman, ammo kim o‘shanda Andijonga qurol ko‘tarib keldi?
Kim chegaradan qurol bilan o‘tdi? Kim Ichki ishlar vazirligiga qarashli PPSga qurolli hujum qildi, kim harbiy qismga hujum qilib, qurol-yarog‘ oldi?
Kim tergov hibsxonasiga hujum qilib, 500 dan ortiq ashaddiy jinoyatchilarni chiqarib yubordi? Kim hokimiyat binosini egallab, unga o‘t qo‘ydi?
Kim yuzga yaqin sud-huquq tizimidagi xodimlarni tutqunda ushlab, ba’zilarini qatl etdi? Hukumat nima, qarab turishi kerakmidi?
Biz ularga chiqib ketinglar, dedik. Adashmasam, militsiya va prokuratura xodimlaridan 34 nafari halok bo‘lgandi. Tez yordam xodimlari otib tashlangan”, degan sobiq vazir.
Isyonchilar birin-ketin mahalliy ma’muriy idoralar, xususan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Milliy xavfsizlik xizmatining viloyat boshqarmasi va viloyat hokimligi binosiga hujum qilishadi. Bu uch obyektdan faqatgina viloyat hokimligi binosi ishg‘ol qilinadi.
Rasmiylar isyonchilar bilan muzokara olib borishga harakat qilingani, biroq muzokaralardan hech qanday natija bo‘lmaganini aytishadi.
Tushdan so‘ng esa qurollangan isyonchilar va harbiylar o‘rtasida otishma yuzaga keladi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon voqealari davomida 73 ta avtomobilga, 20 ta binoga o‘t qo‘yilgan.
“Terrorchilik harakatlari oqibatida jami 187 kishi halok bo‘lgan, ulardan 60 nafari tinch aholi bo‘lib, ularning ikkitasi voyaga yetmagan bola va bittasi ayoldir.
Terrorchilar tomonidan 31 nafar huquqni muhofaza qilish organlari xodimi va harbiy xizmatchi o‘ldirilgan. Jinoyatchilar 70 kishini garovga olib, ulardan 15 nafarini vahshiyona o‘ldirgan”, - deyiladi idoraning 2005 yil sentyabridagi hisobotida.
Yana 287 kishi (ularning 91 nafari tinch aholi, 49 nafari organ xodimlari) yaralangan. Qurbonlar soniga doir rasmiy raqamlar xalqaro jamoatchilik tomonidan ko‘p marta shubha ostiga olingan. Bu shubhalar va tanqidlar O‘zbekiston rasmiylari tomonidan rad etilgan.
“Andijonda 500 ta, 1000 ga yaqin odam halok bo‘ldi degan gaplar – noto‘g‘ri”, – degan Andijon voqealari vaqtida O‘zbekiston rahbariyati tomonidan tuzilgan shtabga boshchilik qilgan va qurollangan shaxslar bilan muzokaralar olib borgan IIVning o‘sha vaqtdagi rahbari Zokirjon Almatov.
Akrom Yo‘ldoshev kim?
2004 yil iyunidan boshlab O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan hibsga olingan andijonlik 23 nafar Akromiylar a’zosi deya gumon qilingan shaxslarning yaqinlari, hamkasblari boshlagan namoyishlar pirovardida 13-may voqealariga olib keldi.
Akrom Yo‘ldoshev 1963-yil 25-iyunda Andijon shahrida tug‘ilgan.
U “Akromiylar”ni tuzishdan oldin matematika o‘qituvchisi bo‘lishi bilan bir qatorda Andijondagi mebel firmasida ishlagan.
O‘zbekiston militsiyasi Yo‘ldoshevni 1998-yil aprel oyida giyohvand moddalarni saqlaganlikda ayblab hibsga oldi.
Sud uni 30 oylik qamoq jazosiga hukm qiladi, biroq 1998-yilning dekabrida amnistiya tufayli ozod etiladi.
Ko‘p o‘tmay 1999-yil fevraldagi 16 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan Toshkent portlashlariga aloqadorlikda ayblanib hibsga olingan Yo‘ldoshev Akromiylar rahbarlik qilgani uchun 17 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi.
2005-yildagi qurolli qo‘zg‘olonning talablaridan biri Akramni ozod etish edi.
2005-yil oxiridagi suddagi chiqishi Yo‘ldoshevning jamoatchilikka so‘nggi ko‘rinishi bo‘ldi. Uning taqdiri 2016-yilgacha sir bo‘lib qolgan.
2016-yil yanvar oyida Akram Yo‘ldoshevni 2010—2011-yillarda qamoqda sil kasalligidan vafot etganini ma’lum qilindi.
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

Özbekistonda ilk bor sun’iy muzlik — “Ice Stupa” texnologiyasi joriy etildi
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:12

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
