O‘zbekistonda so‘z erkinligi cheklanmoqda – Human Rights Watch
Human Rights Watch Sirojiddin Odilovning tovlamachilik va firibgarlik bo‘yicha shubhali ayblovlar bilan qamalishi O‘zbekistonda adolatli sudlov mezonlari yuzasidan jiddiy savollar tug‘dirayotganini ta’kidladi.
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
Ulashish:

Human Rights Watch (HRW) bloger Sirojiddin Odilovning tovlamachilik va firibgarlik bo‘yicha shubhali ayblovlar bilan sudlanishi O‘zbekistonda adolatli sudlov mezonlari, shuningdek, hukumatning so‘z erkinligini ta’minlashga sodiqligi borasida jiddiy savollar tug‘dirayotganini bildirdi.
Odilov 5-oktyabr kuni to‘rt yilga qamaldi. Sud qayd etgan ma’lumotga ko‘ra, ayblanuvchi D. Shamsiyevdan 12 million so‘m tovlamachilik yo‘li bilan undirgan. Shuningdek, G. Jumaniyozovadan 30 million so‘m va R. Xudoynazarovadan 33 million so‘m firibgarlik yo‘li bilan olgan. Sud undan jami 75 million so‘m miqdorida zarar undirishni belgilagan.
Odilov 918 ming obunachiga ega “Sirojiddin Media” YouTube kanalini yuritgan.
Sud Odilov ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati bilan bog‘liq holda jinoiy javobgarlikka tortilmaganini qayd etdi. Biroq HRW Odilovning 2026-yil mart oyida, huquqni muhofaza qilish organlaridagi mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatini yoritganidan atigi bir necha oy o‘tib hibsga olinishiga e’tibor qaratgan.
Tashkilot bu holat bloger tanqidiy materiallari sabab nishonga olingan bo‘lishi mumkin, qabilidagi xavotirlar keltirib chiqarganini ta’kidlagan.
Ishdagi protsessual buzilishlar
HRW ma’lumotiga ko‘ra, inson huquqlari Ezgulik jamiyati Odilov ishida bir qator protsessual buzilishlarni qayd etgan. Jumladan, tergovga qadar qamoqqa olish jarayonida Odilovga o‘z advokatini tanlashga ruxsat berilmagan. Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uning xonadoni va avtomobilini tegishli orderlarsiz tintuv qilgan.
“Ezgulik” rahbari, sud jarayonini kuzatgan Abdurahmon Tashanov Human Rights Watch tashkilotiga Odilov ustidan shikoyat qilgan shaxslarning birontasi da’volarini tasdiqlovchi dalillar taqdim etmaganini bildirgan.
Tashanovning so‘zlariga qaraganda, firibgarlik va tovlamachilik bilan bog‘liq deb ko‘rsatilgan voqealar sodir bo‘lganidan keyin uch yildan ortiq vaqt o‘tibgina shikoyatchilar murojaat qilgan.
Odilov yoritgan Qosimova ishi
“Sirojiddin Media” 2025-yilda Farg‘onadagi maktab direktori Gulira’no Qosimovaning huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini javobgarlikka tortish borasidagi harakatlarini yoritgan.
Qosimova huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan kaltaklangani va boshqa bir mansabdor shaxsga qarshi soxta ish uyushtirish doirasida kameraga yalang‘och yechintirilganini da’vo qilgan.
2025-yil noyabr oyi oxirida Qosimova sudda yutib chiqdi. Furqat tumani IIBning sobiq boshlig‘i va sobiq birinchi o‘rinbosari aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
“O‘zbekistonda so‘z erkinligi cheklanmoqda”
HRWning ta’kidlashicha, Odilovning sudlanishi O‘zbekistonda so‘z erkinligiga nisbatan cheklovlar kuchayib borayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.
“Rasmiylar blogerlar va boshqa shaxslarni shubhali tovlamachilik ayblovlari hamda “internetda prezidentni haqorat qilish” kabi zo‘ravonlikka oid bo‘lmagan xatti-harakatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortishni to‘xtatishi lozim” – deyilgan xabarda.
HRW Sirojiddin Odilov adolatli sudlov huquqiga ega ekanini ta’kidlab, uning apellyatsiya jarayoni haqqoniy va xolis o‘tkazilishi, qonun-qoidalarga rioya qilinishi hamda hukmning protsessual jihatlari va dalillar bazasi qayta ko‘rib chiqilishi kerakligini aytib o‘tdi.
Mavzuga oid yangiliklar

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38

Alkogolli ichimliklarni reklama qilgan blogerga chora ko‘rildi
Oʻzbekiston
20.07.2026, 13:38

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Oʻzbekiston
23.09.2026, 12:23

Andijonda ilk bor "Yashil uyim" ekologik festivali ötkaziladi
Oʻzbekiston
17.09.2026, 16:39

19 nafar qidiruvdagi o‘zbekistonlik Janubiy Koreyada yashirinib yuribdi — politsiya
Oʻzbekiston
09.09.2026, 09:25
Mashhur yangiliklar

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlarga pedagogik faoliyat taqiqlanadi
Ta'lim
12.09.2026, 12:03

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

24-avgust – 4-sentabr chet tili imtihoni natijalari chiqdi
Ta'lim
12.09.2026, 12:26

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

19 nafar qidiruvdagi o‘zbekistonlik Janubiy Koreyada yashirinib yuribdi — politsiya
Oʻzbekiston
09.09.2026, 09:25
So'nggi yangiliklar

“Men sakkizta urushni to‘xtatdim” – Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ekanini aytdi
Jahon
08.10.2026, 17:49

AQSh xorijlik talabalarning ish vizasi uchun 100 ming dollar talab qildi
Jahon
08.10.2026, 14:43

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Neft narxi $100 dan oshdi: Yaqin Sharqdagi xavflar kuchaymoqda
Jahon
08.10.2026, 11:35

Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza quradi
Jahon
08.10.2026, 08:45

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Varshavada inson huquqlari bo'yicha yirik xalqaro konferensiya o'tkazilmoqda
Jahon
07.10.2026, 17:42

Trampning Eron Los-Anjeles va San-Diyegoni egallashi haqidagi gapi tanqidga uchradi
Siyosat
07.10.2026, 15:25

Ummon Hormuz bo‘g‘ozida hujumga uchragan tanker ekipajini evakuatsiya qildi
Jahon
07.10.2026, 10:06

Cobalt va Damas’ni bank ishtirokisiz bo‘lib to‘lashga sotish boshlandi
Iqtisodiyot
07.10.2026, 09:15

Vashington Moskvaga javob berdi: diplomatlar Kiyevda qoladi
Siyosat
06.10.2026, 18:02

Rossiya Dnepr ustidagi ko‘prikka zarba berdi: besh kishi yaralandi
Jahon
06.10.2026, 16:14

Ronaldu Portugaliya terma jamoasini tark etyaptimi?
Sport
06.10.2026, 15:41

Pokistonda yirik namoyishchilar yurishi boshlandi
Siyosat
05.10.2026, 16:24

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

AQSh Britaniyadan bombardimonchi samolyotlarini qaytib oldi
Jahon
05.10.2026, 10:22

Isroil zarbasi oqibatida G‘azoda 5 kishi halok bo‘ldi
Jahon
03.10.2026, 11:28

Markaziy Osiyo ichki eksportining 80 foizi O‘zbekiston va Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
Iqtisodiyot
02.10.2026, 16:40

Neftni qayta ishlash zavodlariga berilgan zarbalar oqibatida Rossiya YaIMining 1 foizini yo‘qotdi – Putin
Iqtisodiyot
02.10.2026, 12:46
Mashhur yangiliklar

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlarga pedagogik faoliyat taqiqlanadi
Ta'lim
12.09.2026, 12:03

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

24-avgust – 4-sentabr chet tili imtihoni natijalari chiqdi
Ta'lim
12.09.2026, 12:26

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

19 nafar qidiruvdagi o‘zbekistonlik Janubiy Koreyada yashirinib yuribdi — politsiya
Oʻzbekiston
09.09.2026, 09:25
