FIFA rahbari Infantino jahon chempionati chiptalari narxini himoya qildi
Muxlislarning tanqidlari kuchayib borayotgan bir paytda Infantinoning aytishicha, juda baland narxlar Jahon chempionatini tomosha qilishga bo‘lgan talabni aks ettiradi.
Sport
06.05.2026, 16:09
Ulashish:

FIFA prezidenti Janni Infantino Jahon chempionati chiptalari narxini himoya qilib, AQShdagi chiptalarni nominal qiymatidan minglab dollar qimmatroqqa qayta sotishga ruxsat beruvchi qonunlardan foydalanishga majbur ekanligini ta’kidladi.
FIFA Jahon chempionati chiptalari narxi yuzasidan keskin tanqidlarga uchradi. Jumladan, “Football Supporters Europe” (FSE) nomli futbol ishqibozlari tashkiloti narx siyosatini “tovlamachilik” va “katta xiyonat” deb atadi.
O‘tgan hafta FIFAning Jahon chempionati chiptalarini qayta sotishga mo‘ljallangan “FIFA Marketplace” veb-saytida 19-iyul kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan final o‘yiniga narxi 2 million dollardan oshadigan to‘rtta chipta sotuvga qo‘yilgani e’lon qilindi.
“Agar ayrimlar final chiptalarini qayta sotish bozoriga 2 million dollardan qo‘ygan bo‘lsa, birinchidan, bu chiptalarning asl narxi 2 million dollar degani emas”, — dedi Infantino.
“Ikkinchidan, bu chiptalarni kimdir sotib olishini ham anglatmaydi. Bordi-yu kimdir finalga 2 million dollarga chipta sotib olsa, u ajoyib taassurotlar olishiga ishonch hosil qilish uchun shaxsan o‘zim unga hot-dog va kola olib kelaman”.
Bu yozgi chiptalar narxlari 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati narxlari bilan solishtirildi.
2022-yilgi finalning eng qimmat chiptasi nominal qiymatda taxminan 1600 dollar turgan bo‘lsa, 2026-yilgi finalning eng qimmat chiptasi dastlabki narxda qariyb 11 000 dollarni tashkil etadi.
Infantino chiptalarning nominal qiymati keskin oshirilganini asosli deb qat’iy ta’kidladi.
U AQSH dunyodagi ko‘ngilochar soha eng rivojlangan bozorga egaligi, shu sababli, bozor narxlarini qo‘llash lozimligini ta’kidladi.
“AQShda chiptalarni qayta sotishga ham ruxsat berilgan. Demak, agar chiptalarni juda arzon sotsangiz, ular ancha yuqori narxda qayta sotiladi” – so‘zini davom ettirdi Infantino. – “Aslida, ayrimlar chiptalarimiz narxini baland deyayotgan bo‘lsa-da, ular qayta sotish bozorida bundan-da qimmatroq, bizning narximizdan ikki baravar yuqori bahoda sotilmoqda”.
Infantinoning bildirishicha, FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati uchun 500 milliondan ortiq chipta so‘rovi olgan, biroq 2018 va 2022-yilgi chempionatlar uchun jami 50 milliondan kam so‘rov kelib tushgan.
FIFA rahbari guruh bosqichi chiptalarining 25 foizi 300 dollardan arzonroq narxda ekanligini qo‘shimcha qildi.
“AQShda 300 dollardan kamiga nafaqat yuqori darajadagi professional o‘yinni, balki hatto kollej o‘yinini ham tomosha qila olmaysiz”, — dedi Infantino. “Bu esa Jahon chempionati”.
Guruh bosqichining aksariyat o‘yinlari uchun joylar, garchi juda qimmat narxlarda bo‘lsa-da, hali ham mavjud.
Chiptalar hozircha FIFAning rasmiy veb-saytida, “last-minute sales” bo‘limida sotilmoqda.
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Netanyaxu oʻrnini kim egallaydi?
Siyosat
17.10.2026, 10:37
So'nggi yangiliklar

Yamanda qamal sabab kasalliklar tarqalmoqda
Jahon
14.11.2026, 14:21

Jensen Xuang Nvidia’dan ketdi: kompaniyani endi kim boşqaradi?
Jahon
14.11.2026, 13:19

Uç buyuk davlat rahbari Xitoyda uçraşadi
Jahon
14.11.2026, 10:05

AQŞda deportatsiya va hibsga olişlar soni rekordga yetdi
Jahon
13.11.2026, 14:50

Toşkentda avtomobillarni evakuatsiya qiliş tartibi özgardimi?
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:32

Özbekistonda ilk bor sun’iy muzlik — “Ice Stupa” texnologiyasi joriy etildi
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:12

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Netanyaxu oʻrnini kim egallaydi?
Siyosat
17.10.2026, 10:37
