updated: 21.03.2026, 04:39

Adliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligini ogohlantirdi

2023 yilda 21 ta, 2024 yilning oʻtgan davrida 16 ta dori vositalari intellektual mulk huquqlariga rioya qilmagan holda davlat roʻyxatiga olinganligi aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining axborot xizmati maʼlum qildi

Ulashish:

Adliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligini ogohlantirdi

Adliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligini ogohlantirdi

Qayd etilishicha, "MAGNE B6", "IMUDON", "SMEKTA", "DUSPATALIN", "ELEVIT" dori vositalarining kontrafakt nusxalari "Magne B6", "Nest Imudon", "Smecta", "Grand Imudon", "MER DUSPATANIM", "ELEMALVIT" koʻrinishida turli farmatsevtika korxonalari nomiga  intellektual mulk huquqlariga rioya qilmagan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Adliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligini ogohlantirdi. Unga koʻra, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni davlat roʻyxatdan oʻtkazilishida qonunchilik hujjatlari talablari buzilishini oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish lozim. Yuqoridagi holatlar takroran sodir etilganda qonunchilikda belgilangan jazo choralari qoʻllanilishi mumkin.

"Qonunchilik hujjatlari talablariga koʻra, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilishida intellektual mulk huquqlariga qatʼiy rioya etilishi kerak", deyiladi Adliya vazirligi xabarida.

Maʼlumot uchun, "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonunga asosan dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi hamda qalbakilashtirilgan va Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi.

Oʻzbekiston

14.10.2024, 09:57

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

So‘nggi yangiliklar

Bitta bilet – bir nechta manzil: “Uzbekistan Airways” qiziqarli shartnoma imzoladi

Air India va  Uzbekistan Airways rasman kod-sher bitimini imzoladi.

Oʻzbekiston

01.04.2026, 16:01

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi

Dunyoda yadroviy qurolga ega davlatlar soni 10 taga yetgan. Dastlab himoya vositasi sifatida yaratilgan ushbu qurol bugun insoniyat uchun eng katta global tahdidlardan biriga aylangan.Ushbu maqolada yadroviy qurolga ega davlatlar, ularning qanday shakllangani va yadrosiz hududlar haqida batafsil ma’lumot beramiz.

Fan-texnologiya

01.04.2026, 10:04

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi

Nestlé kompaniyasining Italiyadagi ishlab chiqarish korxonasidan Polshaga jo‘natilgan KitKat brendiga tegishli 12 tonna, aniqrog‘i, 413 793 dona shokolad batonchasi o‘tgan hafta o‘g‘irlangan.

Jahon

31.03.2026, 15:37

Ukraina va Saudiya: Kiyev harbiy tajribasini Fors ko‘rfaziga eksport qilmoqda

Dronlarga qarshi kurashish borasida jahon yetakchisiga aylanib ulgurgan Ukraina Saudiya Arabistoni bilan mudofaa shartnomasini imzoladi.

Jahon

28.03.2026, 17:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)

O‘nlab yillar mobaynida shaxsini sir tuta olgan “ko‘cha” rassomi kimligi ma’lum. Bu haqda Reuters xabar qildi. Biroq ko‘pchilik, xususan, Euronews bu yangilikka shubha qilmoqda, chunki Banksining shaxsi hanuz rasmiy tasdiqlanmadi.

Madaniy

28.03.2026, 15:48

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17