Netanyaxuning BMTdagi nutqi paytida aksariyat delegatsiyalar zalni tark etdi
Ğazodagi genotsid ayblovlarini rad etgan Isroil bosh vaziri minbardan turib yana kimlarni «tiran» deb atadi?
Jahon
25.09.2026, 11:36
Ulashish:

Nyu-Yorkda, BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu minbarga çiqqanida zalda keskin vaziyat yuzaga keldi. Ö‘nlab delegatlar uning nutqi boşlanişi bilan zalni tark etdi, boşqalardan esa olqiş va norozilik ovozlari eşitildi. Natijada zalning katta qismi bö‘şab qoldi. Associated Press ma’lumotiga kö‘ra, Falastinning BMTdagi missiyasi a’zo davlatlar vakillarini Netanyaxu minbarga çiqqanda kollektiv ravişda zalni tark etişga çaqirgan edi.
Netanyaxu esa ketayotgan delegatlarga keskin munosabat bildirdi:
«Agar zalni hali tark etmagan boşqa ma’naviy qö‘rqoqlar bö‘lsa, iltimos, hozir çiqib keting.»
Netanyaxu nutqini davom ettirib, Isroil armiyasi harakatlarini oqladi va minbarga peyjerni olib çiqib, «Hizbulloh»ga qarşi operatsiyani eslatdi.

«Isroil HAMASga zarba berdi, «Hizbulloh»ga zarba berdi. Peyjerlarni eslaysizmi?», dedi u minbardan turib.
Netanyaxu «Hizbulloh» Isroilni mağlub etişni rejalaştirgani, biroq armiyaning harakatlari va ittifoqçilarning yordami tufayli bu amalga oşmaganini bildirdi. 2024-yil 17-sentyabr kunlari Livanning turli hududlarida «Hizbulloh» a’zolarining aloqa vositalari, jumladan, peyjerlar va ratsiyalar portladi. Uşbu operatsiyada 32 kişi halok bö‘ldi, 3 mingdan ortiq kişi yaralandi. Isroil bosh vaziri BMTdagi nutqida Eron, Ğazo va Yaqin Şarqning boşqa hududlaridagi harbiy kampaniyalarni ham himoya qildi.
«Biz ğalaba qozonamiz. Boşqa ilojimiz yö‘q», dedi u.
Şuningdek, Netanyaxu Isroil Ğazoda genotsid sodir etayotgani haqidagi ayblovlarni rad etdi. Uning bayonoti bir neça soat avval Falastin prezidenti Mahmud Abbosning BMTda qilgan murojaatidan keyin yangradi. Abbos Isroil siyosati, xususan, bosib olingan Ğarbiy Sohildagi yahudiy aholi punktlarining noqonuniy kengayişi Falastin xalqining ö‘z vatanidagi hayoti va mavjudligiga tahdid solayotganini aytgandi. U Isroil harbiylari Ğazodagi falastinliklarni «ö‘ldirish, vayron qilish, oçarçilik, kö‘çirib ö‘tkazişga urinişlar, şuningdek, genotsid uruşi»ga duçor qilayotganini ta’kidlagan.

Falastin rahbari AQŞga kirişga vizasi rad etilgani sababli yillik yiğilişda videoaloqa orqali nutq sö‘zlagan. Xalqaro jinoiy sud tomonidan hibsga olişgan orderi berilgan Netanyaxu uni tanqid qilgan davlatlar va yetakçilarga qarşi keskin fikrlar bildirdi.
«Ular Isroilni — mittigina Isroilni — mustamlakaçilikda ayblamoqda. Buni bizga kimlar aytyapti? Ular orasida Britaniya va Fransiya bor. Bu iborani ularning ö‘zi ö‘ylab topgan-ku! Ularning mustamlakalari butun dunyoni qamrab olgan edi», dedi u.
U Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoğonni HAMAS guruhini qö‘llab-quvvatlaşda ayblab, uni «tiran» deb atadi. Bu ayblovga Turkiya prezidentligining kommunikatsiyalar bö‘yiça direktori Burhanettin Duran keskin munosabat bildirdi.
«Isroil bosh vazirining BMT minbaridan foydalanib, Turkiya va Erdoğanga qarşi asossiz ayblovlar qö‘yişi BMTning tinçlik, huquq va muloqot ideallariga mos kelmaydi», dedi u.
Jahon
25.09.2026, 11:36
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

“Falastindagi qochqinlar agentligi inqiroz yoqasida” – Antonio Guterrish
Jahon
01.07.2026, 10:43

Isroil zarbasi oqibatida G‘azoda 5 kishi halok bo‘ldi
Jahon
03.10.2026, 11:28

Isroil harbiy samolyotlari Livan janubiga hujum uyushtirdi
Jahon
07.09.2026, 16:26

Isroil hujumlari tufayli Ğazoda 18 kişini halok böldi
Jahon
03.08.2026, 10:01

“Butun Livan yonishi, minglab livanlik onalar yig‘lashi kerak” — Itamar Ben Gvir
Jahon
19.06.2026, 15:12

Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Jahon
04.06.2026, 12:22
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
