47 nafar fuqaroni chuv tushurgan firibgar ushlandi

Samarqand va Navoiyda fuqarolarni chet elga ishlashga joʻnatmoqchi boʻlgan firibgarlar qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti maʼlum qildi

Ulashish:

47 nafar fuqaroni chuv tushurgan firibgar ushlandi

47 nafar fuqaroni chuv tushurgan firibgar ushlandi

Unda qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament Samarqand viloyati Oqdaryo tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazgan. Fuqaro V.I. fuqarolar E.X. va B.B.ning ishonchiga kirib, ularni Angliya davlatiga ishga yuborishni vaʼda bergan. Buning evaziga 4500 AQSh dollarini olib, shundan 1,2 mln soʻm va 700 AQSh dollarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro V.I. 47 nafar fuqaroni ishonchiga kirib, chet davlatlarga ishga yuborishi evaziga jami 37 160 AQSh dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazgan tezkor tadbirda fuqaro R.D. fuqaro A.F.ning ishonchiga kirib, uni Koreya davlatiga yashash va ishlash uchun joʻnatishi hamda viza hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq odamlarning “Amerika orzusi”ni amalga oshirmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlangandi.

Oʻzbekiston

29.07.2024, 14:32

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Yurist ogohlantiradi: koʻpchilik uy xaridida aynan shartnomada “tuzoq”lar borligini payqamaydi

Yangi qurilayotgan uydan kvartira xarid qilishni reja qilayotgan fuqarolarga yuristlar jiddiy ogohlantiruv bilan murojaat qilmoqda. Sababi — ayrim qurilish kompaniyalari tuzadigan shartnomalarda barcha huquq va rыchaglar kompaniya foydasiga yoziladi, xaridor esa deyarli himoyasiz qoladi.

Oʻzbekiston

12.12.2025, 11:39

Jahongir Otajonovni aldagan doʻsti 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi

JIB Yakkasaroy tumani sudi qashqadaryolik fuqaro X.H.ni xonanda Jahongir Otajonovga nisbatan koʻp yillik firibgarlik harakatlari uchun 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Oʻzbekiston

18.11.2025, 15:38

Oʻzbekistonda soxta raqamlar orqali qilinayotgan qoʻngʻiroqlar avtomatik bloklanadi

Oʻzbekistonda aloqa operatorlari soxta raqamlar orqali amalga oshirilayotgan telefon qoʻngʻiroqlarini avtomatik ravishda toʻsib qoʻyadigan “anti-spoofing” tizimini joriy etdi. Bu haqda Beeline va Mobiuz operatorlari maʼlum qildi.

Fan-texnologiya

22.10.2025, 16:44

Qoraqalpogʻiston va Qashqadaryoda ishga joylashtirib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston

10.09.2025, 16:48

Toshkentda “apk” viruslari orqali fuqarolarning pullarini oʻgʻirlagan jinoiy guruh qoʻlga olindi

Maxsus reyd chogʻida aniqlanishicha, guruh aʼzolari Android qurilmalari uchun “apk” virusli dasturlar ishlab chiqib, ularni fuqarolarga yuborgan.

Oʻzbekiston

04.09.2025, 15:22

Keksalarni firibgarlardan himoya qilish zarur

Firibgarlikning eng keng tarqalgan usullaridan biri bank xodimi nomidan qoʻngʻiroq qilishdir.

Oʻzbekiston

29.08.2025, 14:36

So‘nggi yangiliklar

AQShda Bayden davrida qabul qilingan oʻnlab qonunlar bekor qilindi

AQSh Kongressidagi respublikachilar 2025 yil davomida mamlakatning sobiq prezidenti — Jo Bayden maʼmuriyati davrida qabul qilingan rekord miqdordagi qonun va qarorlarni bekor qildi.

Jahon

28.12.2025, 10:23

Ukraina: Belarus Rossiya dronlariga havo hujumidan mudofaani chetlab oʻtishda yordam bermoqda

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Belarus hududi orqali Rossiya dronlarining Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini chetlab oʻtishiga koʻmak berilayotganini maʼlum qildi.

Jahon

27.12.2025, 16:39

Yangi qurilishdan uy xarid qilish: toʻgʻri qaror qanday qabul qilinadi?

Amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, uy xarid qilish faqat kvadrat metr yoki narx tanlash bilan cheklanmaydi. Bu — moliyaviy, huquqiy va strategik jihatdan chuqur oʻylab qabul qilinishi kerak boʻlgan qaror.

Oʻzbekiston

27.12.2025, 11:45

Voyaga yetmagan qiz bilan turmush qurganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Xotin-qizlar va bolalarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Oʻzbekiston

27.12.2025, 08:35

Anora Sodiqovaga nisbatan haqorat ishi: bloger Mirsaid Haydarov 25 mln soʻm maʼnaviy zarar toʻladi

Jurnalist Anora Sodiqovani haqorat qilgan bloger Mirsaid Haydarov sud qaroriga muvofiq belgilangan maʼnaviy zarar va sud xarajatlarini toʻliq toʻladi.

Oʻzbekiston

26.12.2025, 19:28

Toshkentda tunda bepul parking joriy etiladi: kimlar foydalana oladi?

2026 yil 1 fevraldan boshlab Toshkent shahrida rezidentlar uchun yangi avtoturargoh (parkovka) tartibi kuchga kiradi.

Iqtisodiyot

26.12.2025, 14:38

«Ekostiker» tizimi: 2026 yildan jarimalar qoʻllanilmaydi

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va ayrim OAVlarda 2026 yildan boshlab «ekologik hudud»ga kiruvchi qizil va sariq toifadagi avtomobillar jarimaga tortiladi, degan mazmundagi notoʻgʻri xabarlar tarqaldi.

Oʻzbekiston

26.12.2025, 10:13

Akmal Shukurov ishi: apellyatsiyada qaror chiqargan sudyalar lavozimidan chetlatildi

Akmal Shukurovni ozodlikka chiqarib yuborgan Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudyalari hamda sud raisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Oʻzbekiston

26.12.2025, 09:31

Xodimlarga Yangi yil mukofoti berilishi shartmi?

 Ushbu masalaga Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi mamlakat qonunchiligiga tayanib izoh berdi.

Oʻzbekiston

25.12.2025, 13:57

Rossiyaning haftalik harbiy xarajatlari 62 ta hududning yillik byudjetidan oshdi

Rossiya hukumati Ukrainaga qarshi urush uchun har hafta mamlakat hududlarining aksariyati yil davomida sarflaydigan mablagʻdan koʻproq pul ajratmoqda.

Jahon

25.12.2025, 12:06

"Kelishuv buzildi". “Oʻtkan kunlar” tarjimoni nimadan norozi?

Amerikalik tarjimon Mark Ris (Mark Reese) Abdulla Qodiriyning "Oʻtkan kunlar" asari inglizcha tarjimasi atrofida kelib chiqqan bahslarga munosabat bildirdi. 

Madaniy

25.12.2025, 10:55

Italiya Apple’ga 98,6 million yevro jarima soldi

Italiyaning raqobatni himoya qilish organi — Antitrust-AGCM AQShning Apple kompaniyasiga mobil ilovalar bozorida ustun mavqeini suiisteʼmol qilgani uchun 98,6 million yevro miqdorida jarima soldi.

Jahon

25.12.2025, 08:01