updated: 22.03.2026, 19:25

Elektromobil batareyalari iqlim oʻzgarishiga tayyormi?

Global isish elektromobillar batareyalarining tezroq eskirishiga olib kelishi mumkin. Bu esa elektromobil sotib olishni rejalashtirayotgan koʻplab odamlarda shubha uygʻotmoqda.

Ulashish:

Elektromobil batareyalari iqlim oʻzgarishiga tayyormi?

Soʻnggi yillarda ekologik muammolar va atmosfera ifloslanishi ortishi sababli jahonda elektromobillarga qiziqish tez oʻsmoqda. Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi (ACEA) maʼlumotlariga koʻra, 2025 yil dekabr oyida Yevropa Ittifoqida ilk bor toʻliq elektrda harakatlanuvchi avtomobillar savdosi faqat benzinda yuradigan mashinalar savdosidan oshib ketdi.

Yevropa Ittifoqi 2035 yilgacha avtomobillar chiqindilariga qoʻyilgan cheklovlarni maʼlum darajada yumshatgan boʻlsa-da, oʻtgan yili gibrid elektromobillar ham koʻproq roʻyxatga olingan. Bu esa bozordagi sezilarli oʻzgarishlardan dalolat beradi. 2025 yil oxiriga kelib benzinli avtomobillarni roʻyxatdan oʻtkazish 18,7 foizga kamaygani va bu pasayish barcha yirik bozorlarda kuzatilgani qayd etilmoqda.

Biroq elektromobillarga oʻtishda odamlarni ikkilantirib qoʻyayotgan asosiy omillardan biri — ularning ekstremal ob-havo sharoitlariga chidamliligi hisoblanadi.

 

Iqlim isishining batareyalarga taʼsiri

Maʼlumotlarga koʻra, 2025 yil dunyoda kuzatilgan eng issiq uchinchi yil boʻlgan. Oʻrtacha global harorat sanoatdan oldingi davrga nisbatan taxminan 1,5°C ga yuqorilagan.

“Kopernik” ob-havoni kuzatish xizmatiga koʻra, bu holat atmosferada issiqxona gazlari toʻplanishi va okean suvlarining isishi bilan bogʻliq. Ushbu omillar esa asosan inson faoliyati natijasi hisoblanadi.

“What Car?” nashrining 2024 yilda oʻtkazgan tadqiqotiga koʻra, havo harorati 32–44°C atrofida boʻlganda elektromobillar ishlab chiqaruvchi tomonidan koʻrsatilgan yurish masofasining taxminan 44 foizigacha qismini yoʻqotishi mumkin.

Sport elektromobillari ishlab chiqaruvchi Polestar kompaniyasi taʼkidlashicha, yuqori harorat akkumulyator ichidagi kimyoviy reaksiyalarga taʼsir qilib, batareyaning tezroq eskirishiga sabab boʻladi. Sovuq harorat reaksiyalarni sekinlashtirgani kabi, yuqori harorat esa aksincha, ularni tezlashtiradi va batareyaning ishlash muddatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

 

Yangi batareya texnologiyalari muammoni yengillashtirishi mumkin

Biroq Michigan universiteti olimlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot elektromobil batareya texnologiyasidagi soʻnggi yutuqlar iqlim oʻzgarishi taʼsirini maʼlum darajada kamaytirishini koʻrsatdi.

Tadqiqotchilar 2010–2018 yillarda ishlab chiqarilgan elektromobil akkumulyatorlarini 2019–2023 yillarda tayyorlangan yangi batareyalar bilan solishtirib tahlil qildi.

Natijalarga koʻra, agar sayyora harorati oʻrtacha 2°C ga oshsa, 2010–2018 yillarda ishlab chiqarilgan batareyalarga ega elektromobillarning xizmat muddati 30 foizgacha qisqarishi mumkin.

Biroq yangi avlod batareyalari uchun oʻrtacha xizmat muddati atigi 3 foizga qisqaradi, eng yuqori pasayish esa taxminan 10 foizni tashkil etishi mumkin.

 

Elektromobillarga ishonch barcha hududlarda bir xil emas

Tadqiqotning yetakchi muallifi Haochi Vu taʼkidlashicha, texnologiyalar rivoji tufayli isteʼmolchilar kelajakdagi issiq iqlim sharoitida ham elektromobil batareyalariga koʻproq ishonch bildirishi mumkin.

Biroq tadqiqotda ayrim cheklovlar ham mavjud. Olimlar tahlil uchun faqat ikki model — Tesla Model 3 va Volkswagen ID.3 elektromobillaridan foydalangan.

Mualliflardan biri Maykl Kreygning aytishicha, Yevropa va AQSh kabi hududlarda batareya texnologiyasi yaxshi oʻrganilgan. Biroq Hindiston yoki Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika mamlakatlaridagi avtoparklar butunlay boshqacha boʻlishi mumkin.

Bu hududlar iqlim oʻzgarishidan koʻproq zarar koʻrishi mumkin. Shu sababli global isish kelajakda transport sohasidagi tengsizliklarni yanada kuchaytirishi ehtimoli bor.

Muallif: Isomiddin Jumanazarov

Mavzuga oid yangiliklar

Chirchiq va Qoradaryo baliqlaridan mikroplastik topildi

2025-yil boshida “Nature Medicine” ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, odamning miyasida taxminan 7 gramgacha — ya’ni bir martalik plastik qoshiq og‘irligicha mikro- va nanoplastik zarrachalari to‘planib qolgan. 

Madaniy

06.07.2026, 14:45

1-avgustdan kamyob hayvonlarni ovlash taqiqlanadi

Ov qilish taqiqlangan hayvon turlari uchun endi hech qanday ov kvotasi ajratilmaydi.

Oʻzbekiston

01.07.2026, 15:36

Qoraqalpog‘istonda 672 ta yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi

Qushlar Qozog‘istonda maxsus parvarish qilinib, zarur tayyorgarlikdan so‘ng Orolbo‘yi hududidagi tabiiy yashash muhitiga qaytarildi. 

Oʻzbekiston

01.07.2026, 12:21

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi

O‘zbekistonlik talaba qiz global plastik muammosiga innovatsion yechim topgani xabar qilinmoqda

Fan-texnologiya

10.06.2026, 11:35

Finlandiya yadroviy chiqindilarni 100 ming yil saqlovchi ombor qurmoqda

Finlyandiyada 433 metr chuqurlikda joylashgan va dunyodagi ilk radioaktiv ishlatilgan yadro yoqilg‘ilarini saqlash ombori tez orada faoliyat boshlaydi. 

Jahon

03.06.2026, 10:06

Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha maxsus komissiya tuzildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 noyabr kuni «Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmonni imzoladi. Farmonga muvofiq, poytaxtda ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan shoshilinch chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha maxsus komissiya tuzildi.

Oʻzbekiston

25.11.2025, 09:33

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

AQSH sudi O‘zbekiston fuqarolariga immigratsion vizalar taqiqini bekor qildi

Nyu-York federal sudi AQSH Davlat departamentining 75 davlat fuqarolariga immigratsion vizalar berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorini noqonuniy deb topdi. Qaror O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolariga ham daxl qiladi.

Siyosat

24.08.2026, 09:36

Rossiyaning Ukrainaga oxirgi hujumlari oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, 130 kishi jarohatlandi

“Bunday hujumlar terrorchilik harakatlaridan boshqa narsa emas. Biz albatta javob qaytaramiz”, — dedi Zelenskiy.

Jahon

22.08.2026, 10:47

Rossiya tinchlik bo‘yicha yangi takliflarni eshitishga tayyor — rossiyalik rasmiy

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha yangi takliflarni tinglashga ochiq, biroq har qanday taklif “mavjud voqelikni” aks ettirishi lozim.

Siyosat

21.08.2026, 14:32

Ukraina “Masha va ayiq” multserialiga sanksiya joriy etdi

Ukraina “Masha va ayiq” animatsion serialini yaratish va tarqatishga aloqador bo‘lgan besh nafar rossiyalik va to‘rtta tashkilotga nisbatan sanksiyalar joriy etdi.

Jahon

21.08.2026, 10:40

Trampning iqtisodiy izolyatsiyasi AQSHga “navbatdagi mag‘lubiyatni” olib keladi – Abbos Aroqchi

Eron tashqi ishlar vaziri Donald Trampning Tehronga qarshi yangi kampaniyasini AQSHga nisbatan nafratni kuchaytiradigan “muvaffaqiyatsiz siyosat” deb atadi.

Siyosat

20.08.2026, 16:33

AQSH mintaqa resurslarini talon-toroj qilishni ko‘zlagan — Eron spikeri

Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qolibof Qo‘shma Shtatlarning Fors ko‘rfazidagi ishtiroki faqatgina mintaqa resurslarini talon-toroj qilish istagidan kelib chiqishini ta’kidlab, bundan ogohlantirdi.

Siyosat

20.08.2026, 14:50

Rossiya ballistik raketalari hujumi oqibatida Kiyevda kamida 5 kishi o‘ldi

Turar joy binolaridan birida odamlar qamalib qolgan, omborlar va bolalar shifoxonasiga ham zarar yetgan. Ikki slavyan davlati o‘rtasidagi yangi tinchlik muzokaralaridan esa darak yo‘q.

Jahon

20.08.2026, 09:51

Xitoy sun’iy intellekt sohasida raqamli suverenitetni hurmat qilishga chaqirdi

Vashington o‘nlab davlatlarga Xitoy va AQSH o‘rtasidagi sun’iy intellekt poygasida bir tomonni tanlashni aytishga hozirlanmoqda.

Jahon

19.08.2026, 14:34

Toshkent shahri uchun “Noqonuniy qurilish” maxsus Telegram-boti ishga tushdi

Ushbu (@noqonuniy_qurilish_bot) Telegram-bot orqali poytaxtdagi noqonuniy qurilishlar haqida tezkor ma’lumot berish imkoniyati paydo bo‘lmoqda.

Oʻzbekiston

19.08.2026, 12:03

BAA Erondan ikkita raketa uchirilganini ma’lum qildi

Raketalar dengiz transporti harakatini nishonga olgan. Ikkala raketa ham dengizga qulab tushgan.

Jahon

19.08.2026, 10:02

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi

Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi.

Oʻzbekiston

18.08.2026, 14:53

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon qamoqdan shifoxonaga ko‘chirilmoqda

Pokiston Oliy sudi qamoqdagi sobiq bosh vazir Imron Xonni tibbiy ko‘rik uchun shifoxonaga o‘tkazish haqida buyruq berdi. Aytishlaricha, u o‘ng ko‘zining ko‘rish qobiliyatini deyarli yo‘qotgan.

Jahon

18.08.2026, 14:20

Vaziyat: Eron yangi hujumlarga shay, AQSh sulhni uzaytirmoqchi emas

Eron va AQSh o‘rtasidagi anglashuv memorandumi samarasiz yakunlandi. Tehron Hormuz bo‘g‘ozida harbiy pozitsiyani egallamoqda, Vashington esa muzokaralarni uzaytirishni istamayapti. 

Siyosat

18.08.2026, 11:50

“G‘azo bizniki”: Isroil vaziri har kecha G‘azoda 30–40 nafar falastinlikni o‘ldirishga chaqirdi

Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir falastinliklarni G‘azodan butunlay ko‘chirib, Isroilni ushbu hududda yangi aholi punktlari qurishga chaqirdi. “U yerda yashashga noloyiq odamlar bor. Ular hatto odam ham emas”, – dedi  vazir.

Jahon

17.08.2026, 10:31

Tramp benzin qimmatlashishidan ogohlantirdi, Eron esa murosasiz pozitsiyada

Eron AQShni mag‘lubiyatni tan olishga chaqirdi. Tramp esa Tehronni “o‘ta yovuz” deb atab, amerikaliklarni yoqilg‘i narxi ko‘tarilishiga tayyor turishga undadi.

Siyosat

15.08.2026, 12:13

O'zbekistonga qayerdan köproq pul yuborilyapti?

2026-yilning birinçi yarim yilligida horijdan O'zbekistonga kelib tuşgan pul ötkazmalari 9,3 milliard dollarga yetdi.

Iqtisodiyot

14.08.2026, 16:32

Rossiya Ukraina temiryo‘l va port inshootlariga, Ukraina esa Rossiya neft markazi va omboriga hujum qildi

Moskvadagi barcha aeroportlarda parvozlar vaqtincha cheklangan. Mintaqaviy xatar ortgani uchun Latviya va Finlandiya ham xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.

Jahon

14.08.2026, 16:02

O‘zbekistonga elektromobil importi hajmi 2,6 baravarga ko‘paydi

Mahsulot yetkazib berishning asosiy hajmi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi — 37 ming 560 ta elektromobil.

Iqtisodiyot

14.08.2026, 14:14

Qamchi prezident bo‘lardi, men nafaqaga chiqardim — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti Japarov 2027-yilda hokimiyatni Tashiyevga topshirishni rejalashtirganini, biroq keyin fikridan qaytganini aytdi.

Siyosat

14.08.2026, 11:49

Putin Yaponiya da’vo qiladigan orolga tashrif buyurdi. Tokio bundan norozi

Ikkinchi jahon urushida Moskva tomonidan egallab olingan Kuril orollariga Tokio haliyam da’vo qiladi. 

Siyosat

13.08.2026, 17:04

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →