Lotin Amerikasiga yo‘l: Rio-de-Janeyroda O‘zbekiston–Braziliya savdo uyi ish boshladi
Rio-de-Janeyro shahri Braziliyaning muhim moliyaviy, turistik, transport va yirik logistika markazi hisoblanadi. Bu esa o‘zbek eksportchilari uchun nafaqat Braziliya, balki Argentina, Chili, Paragvay, Urugvay, Peru, Kolumbiya bozorlariga chiqish imkonini beradi
Iqtisodiyot
19.05.2026, 17:08
Ulashish:

O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi tashabbusi bilan Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida ilk O‘zbekiston–Braziliya savdo uyi tashkil etilib, to‘liq ishga tushirildi.
Mazkur tuzilma mahalliy qonunchilik asosida to‘liq yuridik ro‘yxatdan o‘tkazilib, “Brazilian–Uzbekistan Trade House Ltd.” nomi bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt maqomidagi savdo kompaniyasi sifatida o‘z faoliyatini boshladi.
Yangi kompaniya uchun shartnomaviy munosabatlarga kirishish, eksport-import amaliyotlarini yo‘lga qo‘yish hamda Braziliya bozorida o‘zbek mahsulotlarini sotish imkonini beruvchi zarur huquqiy va tizimli asoslar yaratildi.
Rio-de-Janeyro shahri Braziliyaning muhim moliyaviy, turistik, transport va yirik logistika markazi hisoblanadi.
Bu esa o‘zbek eksportchilari uchun nafaqat Braziliya, balki Merkosur (MERCOSUR) blokiga a’zo Argentina, Chili, Paragvay, Urugvay, Peru, Kolumbiya kabi Lotin Amerikasining boshqa yetakchi davlatlari bozorlariga chiqishda strategik darvoza vazifasini o‘taydi.
Savdo uyi tijoriy operatsiyalar jarayonida logistika, multimodal tashuvlar, omborxona va port infratuzilmasidan samarali foydalanish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etishda tadbirkorlarga yaqindan ko‘mak beradi.
Yaqin kunlarda savdo uyi ta’sischilarining O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, eksportchilar uyushmalari va tarmoq tashkilotlari bilan amaliy savdo operatsiyalarini boshlash bo‘yicha onlayn muzokaralari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Iqtisodiyot
19.05.2026, 17:08
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

Özbekistonda ilk bor sun’iy muzlik — “Ice Stupa” texnologiyasi joriy etildi
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:12

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
