Oʻzbek jamoatchiligi yana yutqazdi. Chorvoqda kurort loyihasi ekspertizadan oʻtdimi?
Oʻzbek jamoatchiligi va ekologlari qarshi chiqqan Chorvoqdagi Eming Agalarovning See Breeze kurort loyihasi quriladigan boʻldi. Hukumat Chorvoqdagi 577 gektar yer maydonini 5 mlrd AQSh dollar evaziga ushbu kurort majmuasini barpo qilish sharti bilan “See Breeze Uzbekistan” MChJ ga 25 yilga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish sharti bilan Vazirlar Mahkamasi 490-sonli qarorini eʼlon qildi.
Iqtisodiyot
04.08.2025, 11:24
Ulashish:

Ushbu qarorga Bosh vazir Abdulla Aripov qoʻl qoʻygan va qaror 2 avgustdan kuchga kirgan.
Unga koʻra, ushbu loyihani amalga oshishini taʼminlash ishchi guruhga 6 ta vazirlik va boshqa tashkilotlar qoʻshilgan.
Loyihaning bosh rejasini tezkor va sifatli ishlab chiqish uchun Britaniyaning “Scott Brownrigg” kompaniyasi jalb etilgan. Bu kompaniya Agarlarovlar uchun begona emasligi uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan maʼlum. Chunki See Breezening koʻplab loyihalari va Emin Agalarovning oʻziga ushbu kompaniya nomidan obuna boʻlingan. Yaʼni ijtimoiy tarmoqlar Britaniyadagi ushbu korxona bu oilaga begona emasligini koʻrsatmoqda.
Toshkent viloyati hokimligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda qarorning ilovasida koʻrsatilgan yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi, ijara va foydalanish huquqini bosqichma-bosqich bekor qilishni, keyinchalik mazkur hududlarni boʻsh yerlar sifatida hisobga olishni taʼminlash topshirildi.
Yer toifasi oʻzgartirilib, hokimlik hisobiga oʻtkaziladi. Keyinchalik yerlar boʻsh turgan yerlar hisobiga olingan qismlar “See Breeze Uzbkistan” MChJga ijara muddatini uzaytirish boʻyicha ustuvor huquqi bilan 25 yilga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga beriladi.
Soʻngra, ijaraga olish huquqini baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangan bozor qiymati – 1,7 trln soʻmga, 0,01 kamaytiruvchi koeffsent qoʻllangan holda yakuniy 17 mlrd soʻm mablagʻdagi miqdorni 5 yil ichida boʻlib toʻlash majburiyatini oladi.
Qarorda esa, bu narxni qaysi tashkilot chiqargani haqida birorta soʻz yoʻq. Yaʼni tashkilot nomi ochiqlanmagan.
Shuningdek, qarorga koʻra, Investitsiya va sanoat vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi hamda “Chorvoq” turistik-rekratsion zonasi direksiyasi asosida ikki kun ichida investitsiya bitimi imzolanishi kerak.
Qarorda aytilishicha, ekologik talablarga qatʼiy rioya etish, jumladan, Chorvoq suv ombori va Chirchiq daryosiga chiqindi va oqova suvlar tashlanishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, oqova suvlarni Chirchiq shahri oqova suvlarni tozalash inshootlariga yoʻnaltirishni nazarda tutadi. Ushbu shartlarning buzilishi loyihani toʻxtatish va yer ijarasini bekor qilish uchun asos boʻladi.
Loyiha doirasida esa, investorga yaʼni Emin Agalarovga quyidagi huquqlar beriladi:
- tarmoq rejalari va manzilli dasturlarni ishlab chiqish;
- istisno tariqasida, loyihani amalga oshirish doirasida 2029 yil 31 dekabrga qadar qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirish;
- hududiy rejalashtirish va qurilish loyihalariga qoʻyiladigan talablarni mustaqil ravishda belgilashi va tasdiqlash;
- kommunal boshqarish, investitsiya faoliyati, marketing, baholash, geologiya-qidiruv, topografik suratga olish, bino va inshootlarning texnik holatini tekshirish xizmatlarini koʻrsatish;
- Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda kurort hududidagi kommunal xizmatlar tariflarini belgilash;
- kurortni qurish jarayonida investorlarga shartnoma asosida xizmat koʻrsatish, sanitariya-gigiyena, muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari koʻrsatish, shuningdek, ularni transport infratuzilmasi va yordamchi inshootlar bilan taʼminlash;
- yer uchastkalarini bosh reja asosida va har bir lot boʻyicha huquq va majburiyatlarni Yer kodeksi talablari doirasida notarial tasdiqlangan holda oʻtkazish (qoʻshimcha ijaraga berish).
Sea Breeze Uzbekistan, shuningdek:
- yetakchi loyiha tashkilotlari bilan birgalikda xalqaro tajriba va ekologik talablardan kelib chiqqan holda bosh reja va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi;
- investorlarni saralash va ular bilan muzokaralar olib borish, shartnomalar tuzish hamda investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
- kurort hududida loyiha-qidiruv, qurilish-montaj ishlarini olib borishda individual texnik shartlarga rioya qilish toʻgʻrisida shartnomalar tuzadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
zamonaviy turar-joy majmualari qurilishiga katta tajribaga ega mahalliy va xorijiy kompaniyalarni jalb etadi, ularga zamonaviy usullar, energiya tejamkor texnologiyalar va qurilish materiallarini qoʻllash boʻyicha majburiy koʻrsatmalar beradi;
Oʻzbekistonda va xorijda keng koʻlamli reklama kampaniyasini tashkil etadi;
- muhandislik va transport tarmoqlarini rivojlantirish uchun infratuzilma toʻlovlarini toʻlaydi.
Toshkent viloyati hokimligi esa, See Breeze Uzbekistan kompaniyasi bilan birgalikda belgilangan yer uchastkalariga nisbatan yerga boʻlgan huquqlarini bekor qilish hamda boʻsh yerlar sifatida hokimlik balansiga oʻtkazishi va keyinroq ushbu kompaniyaga ijaraga berish uchun tayyorlash kerak.


Bunda yer egalari (yaʼni hokimlik), yerdan foydalanuvchilar va yer ijarachilariga yetkazilgan zarar Toshkent viloyati mahalliy byudjetiga “See Breeze Uzbekistan” MChJ tomonidan ajratiladigan 5 mln AQSh dollar qonunda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Qonunga koʻra, barcha ijarachilar yoki yordamchi ijarachilar qurilish hajmiga mutanosib ravishda qurilayotgan maydonning har kvadrat metri uchun 50 dollar miqdorida infratuzilma toʻlovini toʻlashlari shart.
Mablagʻlar “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga obʼektlar ishga tushirilgunga qadar oʻtkazib boriladi.
Mazkur dollarlar evaziga direksiya besh yil davomida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplashi kerak.
Shuningdek, Togʻli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari ijtimoiy soha obʼektlarini, kommunal tarmoqlarni, yoʻllarni loyihalash va qurish, sugʻorish va malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun ishlatilishi mumkin (bosh rejada koʻrsatilgan yerosti avtoturargohlar, texnik binolar va davlat ijtimoiy obʼektlari bundan mustasno).
Ikki hafta ichida Sea Breeze Uzbekistan “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi ishtirokchisi sifatida rasmiy maqomini olishi kutilmoqda (ularga erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchisi sifatida imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilgan).
Loyiha hududida joylashgan hamda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obʼektlari (qishloq va oʻrmon xoʻjaligi hududlari bundan mustasno) Sea Breeze Uzbekistan kompaniyasi tomonidan ularning egalari bilan kelishilgan holda sotib olinadi.
Qoʻshimcha investorlarni jalb qilishga ham ruxsat beriladi.
Ekologiya vazirligiga Bosh prokuratura bilan birgalikda quyidagilar ham topshirildi:
- Chorvoq suv ombori va uning muhofaza zonasi suvlariga maishiy, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlar oqizilishining oldini olish ustidan doimiy va kompleks nazoratni taʼminlash;
- atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, sanitariya va ekologik meʼyorlarga rioya qilish va sogʻlom ekologik muhitni saqlash boʻyicha “qatʼiy choralar” koʻrish;
- barcha binolarni, shu jumladan, yangilarini xatlovdan oʻtkazish, ekologik meʼyorlarni buzgan obʼektlarni bartaraf etish va aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy choralar koʻrish.
Ekologiya vazirligi va Sea Breeze Uzbekistan bir oy muddatda loyiha hududidagi daraxtlarni xatlovdan oʻtkazishi, soʻng ularni qimmatbaho, kam qimmatli va nobud boʻlgan toifalarga ajratishi kerak.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov See Brezze Uzbekistan loyihasi hali vazirlikka taqdim etilmagani agar taqdim etila barcha ekologik holatlar aniqlanishi hamda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilishini aytgan edi.
Koʻrib turganimizdek, loyiha jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilmadi yoki jamoatchilik fikri inobatga olinmadi.
Kecha, 3 avgust kuni Ekologiya vazirligi See Brezze Uzbekistan loyihasi boʻyicha bayonot bilan chiqdi.
Bayonotga koʻra, vazirlik oʻz vakolatlari doirasida loyihaning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik normalariga rioya etilishi, ekologik shartlarga amal qilinishi, atmosferaning ifloslanishi, tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish, fuqarolar hayoti va salomatligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan omillarni aniqlash boʻyicha doimiy nazoratni amalga oshiradi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq PARADIGMA.UZʼning “Mulk va meros” podkastida Chorvoqdagi kurort loyiha va uning xavflari haqida professor Zarifboy Ibodullayev bilan suhbatlashgan edik.
Iqtisodiyot
04.08.2025, 11:24
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27
So'nggi yangiliklar

Rossiyada ishlab chiqarilgan samolyot Hindistonda falokatga uchradi
Jahon
13.06.2026, 13:47

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Ukraina Rossiyaga qarshi urush uchun 20 mlrd dollar so‘ramoqchi
Jahon
13.06.2026, 09:46

Kongo terma jamoasi Ebola karantinidan so‘ng AQShga yetib keldi
Sport
12.06.2026, 14:57

Qozog‘istonda milliy valyuta (Тенге) nomi o‘zgarmoqda
Jahon
12.06.2026, 13:29

Yevropa Ittifoqi migratsiya masalasida Tolibon bilan muzokara o‘tkazmoqchi
Jahon
12.06.2026, 11:37

Jeffri Epshteyn menga shantaj qilgan — Bill Geyts
Jahon
11.06.2026, 16:29

“Biz hukumatlar qarorini bekor qiloladigan qirol emasmiz” – Infantino
Sport
11.06.2026, 14:44

Shri-Lanka davlat tadbirlarida bir martalik plastik idishlardan foydalanishni taqiqladi
Jahon
11.06.2026, 12:11

Shvetsiya va O‘zbekiston migratsiya sohasida bitim imzoladi
Oʻzbekiston
11.06.2026, 10:11

Ozarbayjon muxolifat yetakchisi Ali Karimli “davlat to‘ntarishiga urinish”da ayblanmoqda
Jahon
10.06.2026, 17:42

Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron, avans - bo‘nak: yuridik atama va tushunchalar o‘zgartirilmoqda
Oʻzbekiston
10.06.2026, 15:26

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi
Fan-texnologiya
10.06.2026, 11:35

Yana Pokiston Afg‘onistonga halokatli zarbalar berdi. Qurbonlar bor
Jahon
10.06.2026, 10:07

“Shippaklar mamlakati” – isroillik vazir Italiyani haqorat qildi
Jahon
09.06.2026, 17:36

Shifokorlar sun’iy intellekt yordamida yiliga 132 soat vaqt tejamoqda – tadqiqot
Fan-texnologiya
09.06.2026, 16:34

Latviya osmonida Rossiya droni urib tushirildi
Jahon
09.06.2026, 15:23

“Soliq Mobile” orqali 3,2 mlrd so‘m keshbek talon-toroj qilindi
Oʻzbekiston
09.06.2026, 12:21

Bukmekerlikni reklama qilish qonunchilikka zid – Raqobat qo‘mitasi ogohlantirdi
Oʻzbekiston
09.06.2026, 11:54

“Zudlik bilan to‘xtang“ – Tramp Eron va Isroildan o‘t ochmaslikni so‘ramoqda
Jahon
08.06.2026, 17:33
Mashhur yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27
