Boliviyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari avj oldi
Yo‘llar to‘sib qo‘yilgani sababli poytaxt La-Pasda oziq-ovqat, yoqilg‘i va dori-darmon tanqisligi yuzaga kelgan. Minglab odamlar prezident Rodrigo Pasning iste’fosini talab qilmoqda.
Jahon
20.05.2026, 10:37
Ulashish:

Dushanba kuni fermerlar, konchilar, o‘qituvchilar, davlat sektori xodimlari va mahalliy aholi vakillari ish haqini oshirish, iqtisodiy beqarorlik hamda davlat korxonalarini xususiylashtirishga qarshi bir necha hafta davom etgan safarbarlikdan so‘ng ma'muriy markaz La-Pasga to‘plandi.
Boliviya so‘nggi 40 yildagi eng og‘ir iqtisodiy inqirozga yuz tutmoqda: aprel oyida yillik inflyatsiya 14 foizga yetib, aholining xarid qobiliyatini pasaytirdi va turmush darajasining qimmatlashuvi sababli norozilikni kuchaytirdi.
“Uning iste’foga chiqishini istaymiz, chunki u layoqatsiz. Boliviya notinchlik davrini boshdan kechirmoqda”, – deydi namoyishlarga qo‘shilish uchun Boliviyaning g‘arbiy qismidan 90 km masofani bosib o‘tgan 60 yoshli fermer Ivan Alarkon.

Hukumatning asosiy binolari joylashgan markaziy maydonga o‘tishga uringan namoyishchilarga xavfsizlik kuchlari qarshilik ko‘rsatgach, La-Pas markazi bir necha soat davomida ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz tutuni bilan qoplanib turdi.
Bunga javoban namoyishchilar tosh va mayda portlovchi vositalarni uloqtirgan. Rasmiylar jarohatlanganlar soni haqida rasmiy ma’lumot bermadi.

Mahalliy “Unitel” telekanali mamlakat bo‘ylab yuzdan ortiq kishi hibsga olingani haqida xabar berdi.
Yigirma yillik sotsialistik boshqaruvdan so‘ng, qudratga kelgan Pas Boliviya valyuta zaxiralarini tugatgan uzoq yillik yoqilg‘i subsidiyalarini bekor qilishga intildi.

Prezidentlik vaziri Xose Luis Lupo EL DEBER nashriga bergan intervyusida aytishicha, hukumat shu hafta mojaro hal bo‘lishiga ishonadi.
“Boliviya o‘zgarmoqda. O‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsatganlar va antidemokratik unsurlarni joriy qilishga uringanlar mag‘lubiyatga uchrab, yakunda xalq irodasi g‘alaba qozonadi”, – dedi Prezidentning eng ishonchli vaziri.
Norozilik nimadan boshlandi?
Namoyishlarning birinchi to‘lqinini mamlakatdagi dehqonlar, fermerlar va tub joy aholi vakillari boshlab berdi.
1-may kuni Boliviya Ishchilar Markazi El-Alto shahrida kasaba uyushmalari ishtirokida yalpi majlis o‘tkazildi.
Unda:
- oylik maoshlarini oshirish;
- benzin narxi beqarorligi tufayli ko‘rilgan zararlarni qoplash;
- 1720-sonli qonunni bekor qilish bosh talablar etib belgilandi.

Prezident Rodrigo Pas hukumati tomonidan taklif etilgan 1720-sonli qonun qishloq xo‘jaligi yerlarini kreditlar evaziga garovga qo‘yiladigan moliyaviy aktivga aylantirishni ko‘zda tutar edi.
Boliviyada kichik va o‘rta fermerlarning yerlari qonunan “musodara qilinmaslik” daxlsizligiga ega edi. Yangi qonun esa banklarga qarzni to‘lay olmagan dehqonlarning yerini tortib olish huquqini berardi.
Dehqonlar buni yerlarni yirik agrobizneslar foydasiga tortib olish rejasi deb baholadi.

Yer resurslari vaziri o‘rinbosari Ormando Vaka Diyes Ximenesning fikricha, namoyishchilar politsiya bilan to‘qnashuvlarga kirishish va Prezident Rodrigo Pasning iste’fosini talab qilish maqsadida 1720-sonli qonundan bahona sifatida foydalangan.
“Ular ushbu qonunni o‘zlariga “bayroq” qilib olib, qishloq jamoalari hamda tub aholi o‘rtasida go‘yoki bu hujjat ularning huquqlariga zarar yetkazishi haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otdi va sarosima keltirib chiqardi”, – deya bayonot berdi Vaka Diyes.
Bosimlardan o‘n kun o‘tib, Prezident Rodrigo Pasning 1720-sonli hujjat bekor qilinganligi haqidagi rasmiy qarori e’lon qilindi.

Biroq, 1-maydan e’tiboran boshlangan norozilik namoyishlari, marshlar va yo‘llarni to‘sish harakatlari baribir to‘xtamadi.
Aksincha, mamlakatning strategik nuqtalarida namoyishlar yanada radikallashib, endilikda ular Prezidentning iste’fosini talab qilmoqda.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Jahon
20.05.2026, 10:37
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

Özbekistonda ilk bor sun’iy muzlik — “Ice Stupa” texnologiyasi joriy etildi
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:12

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
