Eronlik Nobel mukofoti sovrindori Narges Muhammadiy o‘lim yoqasida
Qamoqda saqlanayotgan tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Narges Muhammadiy yurak xastaligi tufayli og‘ir ahvolda.
Jahon
06.05.2026, 17:11
Ulashish:

5-may kuni Eronda qamoqda saqlanayotgan Narges Muhammadiyni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi uning “hayot va o‘lim o‘rtasida” ekanini ma’lum qildi.
Muhammadiyning sog‘lig‘i yomonlashganidan yaqinlari jiddiy xavotirda.
Hozirda 50 yoshdan oshgan Muhammadiy Eronda ayollar huquqlari va o‘lim jazosini bekor qilish yo‘lidagi kurashi uchun hibsda saqlanayotgan paytida 2023-yilgi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.
Oila a’zolarining aytishicha, mart oyi oxirida yurak xuruji gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgan faolning ahvoli 1-may kuni keskin og‘irlashgach, Eron shimoli-g‘arbidagi shifoxonaga olib ketilgan.
“Biz faqat Nargesning ozodligi uchungina emas, balki uning yuragi urib turishi uchun ham kurashyapmiz”, – dedi uning Parijdagi advokati Shirin Ardakoniy o‘z tarafdorlari uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
So‘nggi yigirma yilning aksar qismini faolligi tufayli qamoqda o‘tkazgan Muhammadiy oxirgi marta dekabr oyida bir advokatning dafn marosimida Islom Respublikasini qoralagani uchun hibsga olingan edi.
"Muhammadiyning sog‘lig‘i tobora darajada yomonlashib bormoqda. Biz Nargesning hayoti uchun hech qachon bunchalik xavotir olmaganmiz, u har on bizni tark etishi mumkin," — dedi Ardakoniy.
Muhammadiy qamoqda 20 kilogramm vazn yo‘qotgan, nutqi og‘irlashgan va hozirgi ahvoli so‘nggi hibsidan oldingi holatiga nisbatan “tanib bo‘lmas” darajada o‘zgargan.
Uning tarafdorlari Muhammadiyning shaxsiy shifokorlar guruhi nazoratida davolanishi uchun Tehronga o‘tkazilishini istaydi, biroq, aftidan, uni Zanjondan ko‘chirishmaydiganga o‘xshayapti.
Muhammadiyning o‘smir yoshidagi egizak farzandlari va turmush o‘rtog‘i Parijda yashaydi. Advokat Ardakoniy Fransiya Tashqi ishlar vazirligi va prezident Emmanuel Makronni uning ishi yuzasidan qat’iyroq pozitsiyani egallashga chaqirdi.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Jahon
06.05.2026, 17:11
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

BMT Tolibonni ayollarga nisbatan tazyiqlarni bekor qilishga chaqirdi
Jahon
16.06.2026, 10:55
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Netanyaxu oʻrnini kim egallaydi?
Siyosat
17.10.2026, 10:37
So'nggi yangiliklar

Yamanda qamal sabab kasalliklar tarqalmoqda
Jahon
14.11.2026, 14:21

Jensen Xuang Nvidia’dan ketdi: kompaniyani endi kim boşqaradi?
Jahon
14.11.2026, 13:19

Uç buyuk davlat rahbari Xitoyda uçraşadi
Jahon
14.11.2026, 10:05

AQŞda deportatsiya va hibsga olişlar soni rekordga yetdi
Jahon
13.11.2026, 14:50

Toşkentda avtomobillarni evakuatsiya qiliş tartibi özgardimi?
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:32

Özbekistonda ilk bor sun’iy muzlik — “Ice Stupa” texnologiyasi joriy etildi
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:12

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Netanyaxu oʻrnini kim egallaydi?
Siyosat
17.10.2026, 10:37
