Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida

Sudanda har daqiqada uchta chaqaloq bolalar uchun mos bo‘lmagan sharoitlarda dunyoga kelmoqda. 

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida

2023 йил апрелида Судан армияси ва ҳарбийлашган Тезкор қўллаб-қувватлаш кучлари (РСФ) ўртасидаги уруш бошланганидан буён Суданда 5,6 миллион бола туғилган. 

Бу миллионлаб аҳоли кунига атиги бир маҳал овқат билан кун кечираётган мамлакатда ҳар куни 5000 нафар гўдак туғилаётганини англатади.

“Bu bolalar tiqilinch boshpanalarda, yetarli jihozlanmagan, shikastlangan tibbiyot muassasalarida yoxud oilasi bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurgan paytda dunyoga kelmoqda”, – deydi “Save the Children” tashkilotining Sudandagi vakolatxonasi rahbari Muhammad Abdiladif.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bolalar, hatto mojaro sharoitida ham, g‘amxo‘rlik va himoyaga olinish huquqiga ega.

Sudan's War: The Failure of Mediation and the Struggle for Civilian Rule

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko‘ra, 2023-yil 15-aprelda boshlangan  janglar o‘n minglab odamning umriga zomin bo‘lgan, 12 million kishini o‘z uyini tark etishga majbur qilgan va dunyodagi eng dahshatli gumanitar inqirozni yuzaga keltirgan.

Har ikki tomon ham urush va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanmoqda. 

 

Sog‘liqni saqlash tizimi tanazzul yoqasida

Sudan conflict: Lifesaving healthcare for women and children - CARE

Keng ko‘lamli zo‘ravonliklar va fuqarolik infratuzilmasiga qilingan hujumlar mamlakatning shusiz ham zaif sog‘liqni saqlash tizimini haddan tashqari zo‘riqtirib, millionlab onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning hayotini jiddiy xavf ostiga qo‘ygan.

Tug‘ish paytidagi onalar o‘limi darajasi 12 foizdan oshdi: 2022-yilda har 100 ming tirik tug‘ilgan chaqaloqqa 263 ta o‘lim holati to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2025-yilda ko‘rsatkich 295 taga yetdi.

Sudan: 14 million displaced; hunger and attacks on health continue as war  enters fourth year | UN News

Mojarolardan jabr ko‘rgan hududlardagi tibbiyot muassasalarining 80 foizigacha faoliyatini to‘xtatgan, ishlayotganlari esa ta’minot vositalari, dori-darmon, xodimlar va yoqilg‘i tanqisligiga duch kelmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Sudanda urush boshlanganidan beri tibbiyot muassasalariga 200 ga yaqin hujum uyushtirilganini tasdiqladi. Ularning oqibatida 2000 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

64, including 13 children, killed in attack on Sudan hospital — WHO - TRT  WorldMart oyida Sharqiy Darfurdagi “Ad-Duayn” o‘quv shifoxonasiga dron orqali qilingan hujumda kamida 64 kishi, jumladan, 13 nafar bola va bir necha tibbiyot xodimi vafot etdi, shifoxona esa butunlay yaroqsiz holga keldi.

Sog‘liqni saqlash muassasalariga qilingan hujumlar onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning zaruriy tibbiy yordam olish imkoniyatiga jiddiy va doimiy putur yetkazadi.

“Mojaroda ishtirok etayotgan barcha tomonlar tinch aholi himoyasini ta’minlashi va shoshilinch yordamga muhtoj oilalarga yetib borish uchun yo‘l ochishi shart”, — dedi Abdiladif.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Shikastlangan davlat raqamini onlayn almashtiring

Endilikda avtomobilingizning davlat raqami belgisi (nomer) yaroqsiz holga kelgan yoki shikastlangan bo‘lsa, uni almashtirish uchun navbatlarda turish shart emas. 

Oʻzbekiston

14.04.2026, 17:11

“Diqqatini jamlay olmagan kompaniya”: OpenAI strategiyasi tanqid ostida

OpenAI’ning 852 milliard dollarlik bahosi uning ayrim investorlari tomonidan shubha ostiga olinmoqda, chunki kompaniya Anthropic bilan raqobatni kuchaytirish maqsadida e’tiborini korporativ bozorga qaratmoqda.

Iqtisodiyot

14.04.2026, 15:41

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi

BMTning Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan e’lon qilingan prognozlarga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi urush tufayli 162 mamlakatda o‘n millionlab odamlarni qashshoqlikka yuz tutishi mumkin.

Jahon

13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi

Qirg‘iziston parlamenti qo‘mitalar faoliyatini elektron shaklga o‘tkazish hamda qonun loyihalarini tahlil qilishda sun’iy intellektdan foydalanishga mo‘ljallangan “e-Kenesh” raqamli platformasini joriy qilmoqda. 

Jahon

13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi

Birgina ilmiy ixtiro Yevropani ocharchilikdan qutqardi, shu bilan birga urush maydonida halokat quroliga aylandi. Klara va Gaber hikoyasi ilmning ikki jihatini ochib beradi. Bu — fan va axloq to‘qnashuvi.

Fan-texnologiya

11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda

Lotereyada 100 yevrolik chipta evaziga million dollarlik Pikasso asari taklif etilmoqda. Bu orqali Altsgeymer tadqiqoti uchun mablag‘ yig‘ish maqsad qilingan.

Madaniy

11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti

Mamlakat rasmiylari Rossiya-Ukraina urushini misol keltirib, MDHning asosiy qadriyatlariga, xususan, hududiy yaxlitlikni tan olish va chegaralar daxlsizligiga ortiq amal qilinmayotganini ta’kidlashmoqda. Moldovaning MDHdan chiqishi sobiq sovet davlatlari endilikda yagona markaz atrofida birlashmayotganidan dalolat beradi.

Siyosat

11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz

Ukraina frontda orttirgan tajribasini Yaqin Sharqqa taqdim etmoqda — dronlarga qarshi texnologiyalar bo‘yicha uch davlat bilan muzokaralar ketyapti.

Jahon

10.04.2026, 12:32

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda

Eron mojarosi tranzitni qimmatlashtirib, Markaziy Osiyoda transport tizimlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Mintaqaning bunga munosabati Markaziy Osiyodan tashqari Rossiya, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Turkiya va AQSHga ham ta'sir qiladi.

Jahon

07.04.2026, 15:41

7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni

Butunjahon salomatlik kuni 1950-yildan beri har yili 7-aprelda global salomatlikning dolzarb masalalari haqida xabardorlikni oshirish va odamlarni o‘z sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lishga undash maqsadida nishonlanadi. Tadbirning 2026-yilgi shiori – “Salomatlik yo‘lida birgamiz. Ilm-fanni qo‘llab-quvvatlang!”.

Jahon

07.04.2026, 10:23

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi

Nizomga ko‘ra, oliy ta’lim bakalavriat va magistratura bosqichlari orqali amalga oshiriladi.  Bakalavriat ta’limi kamida 3-yil davom etadi. Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni ta’lim olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanadi.

Ta'lim

06.04.2026, 17:35

Magnus Karlsen: Sindarovning natijasini hech kim kutmagandi

Javohir Sindarov rekord natija bilan yetakchilik qilmoqda va shaxmat olamida tarixiy start ko‘rsatdi. Garri Kasparov va Magnus Karlsen ham uning o‘yinini alohida e’tirof etishdi.

Sport

06.04.2026, 13:50

Afg‘oniston Markaziy Osiyo bilan savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi

2026‑yil 5‑aprel kuni Kobulda “Tolibon” tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy mezbonligida Afg‘oniston – Markaziy Osiyo muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyo davlatlarining yuqori martabali vakillari ishtirok etdi. Bu 2021-yildan beri Kobulda “Tolibon” mezbonligida o‘tkazilgan ilk uchrashuvdir. 

Jahon

06.04.2026, 12:12

iPhone 17 Pro Max yordamida koinotdan olingan Yerning yangi surati. Unda Afrikaning ba’zi qismlari, shahar chiroqlari va terminator chizig‘i bo‘ylab yorqin shu’la aks etgan.

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi

NASAning Artemis II ekipaji fazo bo‘ylab Oy tomon parvoz qilayotib olgan bir qator suratlarni e’lon qildi. 

Fan-texnologiya

06.04.2026, 10:49

Inson neyronlari va kompyuter chipi birlashtirilmoqda

Dunyo bo‘ylab kompaniyalar sun’iy intellekt  modellarini ta’minlash uchun katta-katta ma’lumot markazlarini qurishga intilayotgan bir paytda, ba’zi tadqiqotchilar tirik inson hujayralarini kompyuter tizimlarida qo‘llash imkoniyatini o‘rganmoqda. Avvallari oylar yoki yillar davom etadigan maxsus laboratoriya ishlarini integratsiyalashgan platforma yordamida bir necha soat yoki kun ichida bajarish mumkin. 

Fan-texnologiya

04.04.2026, 15:48

Hormuzdagi vaziyat: 670 ta kema kutib turibdi

So‘nggi 48 soatda Hormuz bo‘g‘ozining g‘arbiy tomonida 670 ta yuk kemasi to‘xtab qoldi. BAA, Gretsiya, Xitoy va boshqa Osiyo davlatlari katta zarar ko‘rmoqda. Bo‘g‘ozdan o‘tishga uringanlar ham mavjud.

Iqtisodiyot

03.04.2026, 17:17

Apple va Samsung: Jahon smartfon bozorining yetakchilari

Apple smartfon ishlab chiqaruvchilar orasida birinchi o‘rinda turibdi. Dunyodagi barcha faol telefonlarning chorak qismini iPhone tashkil etadi. Ya’ni, dunyodagi har to‘rtinchi smartfon egasi iPhone’dan foydalanadi.Samsung esa bozorning sal kam 20 foiziga egalik qilmoqda.

Iqtisodiyot

03.04.2026, 12:37

50 yildan so‘ng insoniyat yana Oyga parvoz qildi

NASA 2026‑yil 1‑aprelda Oyga ekipaj jo‘natdi. Unda ayol va qora tanli astronavt ham bor.

Fan-texnologiya

02.04.2026, 17:01

Amudaryo suvida Afg‘onistonning ulushi bormi?

Joriy yilning 25-26 – mart kunlari “Toshkent suv haftaligi” forumi bo‘lib o‘tdi va unda Tolibon vakili ma’ruza qildi. Dunyoning 19 davlatidan 80 ga yaqin ma’ruzachi va 1200 dan ortiq vakil ishtirok etgan forumda Afg‘onistonning 2028-yilda Qo‘shtepa kanalini qurib bitkazish rejasi ham muhokama qilindi.

Oʻzbekiston

02.04.2026, 11:24

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →