MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti
Mamlakat rasmiylari Rossiya-Ukraina urushini misol keltirib, MDHning asosiy qadriyatlariga, xususan, hududiy yaxlitlikni tan olish va chegaralar daxlsizligiga ortiq amal qilinmayotganini ta’kidlashmoqda. Moldovaning MDHdan chiqishi sobiq sovet davlatlari endilikda yagona markaz atrofida birlashmayotganidan dalolat beradi.
Siyosat
11.04.2026, 12:37
Ulashish:

Moldova parlamenti 2-aprel kuni mamlakatning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidan (MDH) chiqishini ma’qulladi, bu qarorni 60 nafar deputat yoqlagan.
Shundan so‘ng Prezident Maya Sandu denonsatsiya to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Farmonlar 8-aprel kuni e’lon qilinib, kuchga kirdi. Tashqi ishlar vazirligiga bu haqda MDHni xabardor qilish vazifasi topshirildi.

Agar Moldova Hamdo‘stlik tarkibidan chiqsa, uning sakkizta a’zosi qoladi: Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston.
Moldovaning denonsatsiyasi barcha 15 respublikani emas, balki 11 ta sobiq sovet davlati tomonidan tuzilgan tashkilotni nazarda tutadi.
MDH SSSR parchalanganidan so‘ng sobiq respublikalar o‘rtasidagi hamkorlikni saqlab qolish uchun tashkil etilgan.
Moldovaning chiqishi MDHni siyosiy jihatdan yanada zaiflashtiradi, biroq qolgan a’zo davlatlar o‘z o‘rnida qolsa, blok faoliyatini davom ettiraveradi.
Mamlakat 1991-yilda imzolangan MDHni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni, unga aloqador bayonnomani hamda 1993-yilgi MDH ustavini denonsatsiya qilishni ma’qullagan.
Moldova rasmiylarining ta’kidlashicha, MDHning asosiy qadriyatlari va tamoyillariga, xususan, hududiy yaxlitlikni tan olish va chegaralar daxlsizligiga endilikda amal qilinmayapti.
Ular Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi, Gruziyaga nisbatan tajovuzkor harakatlari va Kreml qo‘shinlarining Moldova hududida noqonuniy joylashganini dalil qilib keltirmoqda.
Shuningdek, bu qadam Moldovaning Yevropa bilan munosabatlariga mos keladi. Yevropa Ittifoqi esa uning asosiy iqtisodiy hamkori bo‘lib qolmoqda.
Hamdo‘stlik bilan iqtisodiy aloqalar sezilarli darajada pasaygan: 2025-yilda Moldova eksportining 5,9 foizi MDH davlatlariga, 67,5 foizi esa Yevropa Ittifoqiga to‘g‘ri keldi.
Shu bois Moldovaning MDHni tark etishi boshqa a’zolar uchun kutilmagan hodisa bo‘lmasligi mumkin.
Joriy yilning 19-yanvar kuni Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Mixay Popshoy Moldovaning a’zoligini ta’minlovchi uchta asosiy MDH kelishuvini denonsatsiya qilish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi.
Ularga MDH Nizomi, MDHni ta’sis etish to‘g‘risidagi bitim va ushbu bitimga ilova kiradi.
Bu Moldovaning yuridik jihatdan MDH a’zosi emasligini anglatadi, de-fakto ishtirok esa allaqachon to‘xtatilgan edi.
2020-yilgi prezidentlik saylovlaridan so‘ng mamlakat o‘zining sovet o‘tmishidan qolgan aloqalarini uzish yo‘liga o‘tdi.
O‘shanda prezident Mayya Sandu Yevropa Ittifoqiga integratsiyalashuv yo‘lini e’lon qildi va MDH sammitlarida ishtirok etishdan bosh tortdi.
So‘nggi yillarda hukumat MDH bilan bog‘liq kelishuvlardan voz kechmoqda. Xususan, 2024-yil yanvargacha mamlakat MDH doirasida 283 ta kelishuvni imzolagan bo‘lib, ulardan 71 tasi allaqachon bekor qilingan, yana 60 ga yaqini esa bekor qilinish jarayonida.
2025-yil 12-dekabrda Moldova parlamenti MDH fuqarolari uchun vizasiz sayohat qilish to‘g‘risidagi 1992-yilgi Bishkek kelishuvini denonsatsiya qilishni ma’qulladi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston va yana bir qator davlatlar uchun vizasiz rejim ikki tomonlama shartnomalar asosida saqlanib qoladi. Rasmiylarning bayonot berishicha, Bishkek kelishuvining bekor qilinishi faqat Moldova bilan shunday ikki tomonlama bitimlarga ega bo‘lmagan Tojikiston va Qirg‘izistonga ta’sir qiladi.
Ta’kidlash joizki, Ukraina Rossiya va Belarus qatorida MDHning ta’sischi a’zolaridan biri bo‘lgan.
1991-yil 7-8-dekabr kunlari Sovet Belorussiyasi hududidagi Belovejskaya pushchasining Viskuli qarorgohida Boris Yelsin, Leonid Kravchuk va Stanislav Shushkevich SSSR parchalanganini va MDH tuzilganini rasmiylashtiruvchi bitimni imzolagan.
13-dekabr kuni esa Ashxobodda Markaziy Osiyoning besh davlati – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbarlari MDHga teng huquqli ishtirok etish va barcha a’zolarni ta’sischi sifatida tan olish asosida qo‘shilishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

1991-yil 21-dekabr kuni Olmaotada sobiq Sovet Ittifoqining 11 respublikasi rahbarlari MDHning maqsad va prinsiplarini belgilab beruvchi Olmaota deklaratsiyasini imzoladi.
Postsovet integratsiyasi SSSR parchalanishi bilanoq boshlangan bo‘lsa-da, u bir nechta yo‘nalishda rivojlandi.
MDH bilan bir qatorda Nursulton Nazarboyev Yevrosiyo iqtisodiy integratsiyasini rivojlantirishni ilgari surdi va bu harakat Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga aylandi. Avvaliga Rossiya, Qozog‘iston va Belarus tomonidan tuzilgan blokka keyinchalik Armaniston va Qirg‘iziston ham qo‘shildi.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Mavzuga oid yangiliklar

Rossiyada saylovlardan keyin yangi safarbarlik bo‘lishidan xavotir kuchaymoqda
Jahon
19.09.2026, 10:02

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Jahon
15.09.2026, 11:42

AQSH muzokarachilari ketishi bilan Rossiya Kiyevga hujum boshladi
Jahon
08.09.2026, 10:07

Rossiya tinchlik bo‘yicha yangi takliflarni eshitishga tayyor — rossiyalik rasmiy
Siyosat
21.08.2026, 14:32

Rossiya Ukraina temiryo‘l va port inshootlariga, Ukraina esa Rossiya neft markazi va omboriga hujum qildi
Jahon
14.08.2026, 16:02

Rossiyaning Ukrainaga zarbalari oqibatida 17 kişini halok böldi
Jahon
06.08.2026, 10:07
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38
So'nggi yangiliklar

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Özbekistonda gaz ballonlari noqonuniy sotilmoqda
Oʻzbekiston
23.10.2026, 09:20

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi
Iqtisodiyot
20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda
Oʻzbekiston
19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 09:41

4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?
Iqtisodiyot
17.10.2026, 15:32

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?
Siyosat
17.10.2026, 12:12
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38
