Afg‘oniston Markaziy Osiyo bilan savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi

2026‑yil 5‑aprel kuni Kobulda “Tolibon” tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy mezbonligida Afg‘oniston – Markaziy Osiyo muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyo davlatlarining yuqori martabali vakillari ishtirok etdi.

 

Bu 2021-yildan beri Kobulda “Tolibon” mezbonligida o‘tkazilgan ilk uchrashuvdir. 

Jahon

06.04.2026, 12:12

Ulashish:

Afg‘oniston Markaziy Osiyo bilan savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi

Uchrashuv Kobul va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadigan muhim qadam sifatida baholanmoqda.

“Afg‘oniston yaqin uch-to‘rt yil ichida Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan”, – dedi tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy.

 

Afghanistan – Central Asia Consultative Dialogue – Ministry of Foreign  Affairs of Afghanistan

Muttaqiyning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonning shimolidagi Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasi 2025-yilda qariyb 2,7 milliard dollarni tashkil etgan, bu o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli o‘sishdir.

U Kobulda Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari ishtirokida o‘tgan “konstruktiv muloqot” uchrashuvida Afg‘onistonning qo‘shni davlatlar bilan yangi savdo maqsadini ma’lum qildi.

Uchrashuvda siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik, savdo-sotiq hamda tranzit yo‘laklarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Afg‘oniston Markaziy Osiyoni Janubiy va G‘arbiy Osiyo bilan bog‘lash uchun o‘zining geoiqtisodiy mavqeyidan foydalanishga intilmoqda.

Asosiy loyihalar orasida Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot shahri bilan Turkmaniston o‘rtasidagi yirik loyiha – TAPI (Turkmaniston–Afg‘oniston–Pokiston–Hindiston) gaz quvuri ham bor bo‘lib, uning Afg‘oniston hududidagi qismining hozirgacha 25 kilometrga yaqini qurib bitkazilgan.

Tolibon hukumati o‘z bank sektoriga nisbatan joriy etilgan va investorlarni ehtiyotkor bo‘lishga undayotgan xalqaro sanksiyalarga qaramay, dunyo bilan savdo qilishga harakat qilmoqda.

Rossiya 2021-yilda hokimiyatga qaytgan Tolibon hukumatini rasman tan olgan yagona davlat bo‘lib qolmoqda, biroq Turkiya, Xitoy, Hindiston va BAA kabi mamlakatlarning ham Afg‘onistonda elchixonalari bor.

Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan Markaziy Osiyo o‘zining tarixiy muhim savdo yo‘li sifatidagi o‘rnini tiklamoqchi. Rossiya orqali o‘tuvchi shimoliy yo‘nalish sanksiyalar tufayli to‘siqlarga uchrayotgani bois, Afg‘oniston orqali janubga, dengizga chiqish katta ahamiyatga ega.

Arab news nashrining yozishicha, Afg‘oniston bir necha oydan beri sharqiy qo‘shnisi Pokiston bilan ziddiyatda, bu esa jiddiy gumanitar inqiroz yoqasiga olib kelishi mumkin. Shu tufayli muqobil hamkorlik yo‘llarini qidirmoqda.

Afg‘oniston Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikiston bilan 2329 kilometrlik chegaraga ega. 

Muttaqiy “ISHID” guruhining tahdidi, giyohvand moddalar savdosi va noqonuniy migratsiya kabi ayrim masalalar umumiy tashvishlar sirasiga kirishini tan olib, “umumiy chegaralarimiz bo‘ylab xavfsizlikka oid muammolar endi yo‘q” ekanini ta’kidladi.

Muallif: Isomiddin Jumanazarov

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?

Kredit olish ilinjida firma ochish yoki ERI kalitini vositachiga ishonib topshirish yillar davom etadigan moliyaviy va huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Vositachi pulni olib ketadi, javobgarlik esa sizning zimmangizda qoladi.

Iqtisodiyot

24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi

 Namanganda 35 tonna asal bir joyga jamlandi. “Afsonalar vodiysi” bogʻida V Xalqaro asal festivali oçildi. 

Oʻzbekiston

24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?

Saudiya Arabistoni o‘n yildan ortiq vaqtdan beri Yamandagi husiylarga qarshi kurashib keladi, biroq amerikancha qurollar va katta harbiy byudjet g‘alabani ta’minlay olmadi. Yaqinda tuzilgan Makka bitimi urush taqdirini o‘zgartira oladimi? 

Siyosat

24.10.2026, 11:06

Rasm SIda yaratilgan

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?

Nasiya savdosi Özbekistonda tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Biroq mahsulotni oyma-oy tölaş har doim ham arzon yoki foydali tanlov degani emas. 

Iqtisodiyot

24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi

Yevropaning 10 davlatida suratga olingan filmlar Toşkent va Urgançda tomoşabinlarga taqdim etiladi. Festival dasturida animatsiyadan tortib, psixologik dramalargaça bölgan turli janrdagi kartinalar bor.

Madaniy

23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp

AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Yevropadan yuz ögirişi mumkinligini yana bir bor ta’kidladi. Biroq uşbu qaror amalda qanday qadamlarni anglatişini aniq tuşuntirmadi.

Siyosat

23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor

Ukraina, Rossiya va AQSh vakillari muzokara guruhlari darajasida uçraşişi mumkin. Uçraşuv sanasi hozirça aniq emas. Ukraina öt oçişni töxtatiş, energetika sohasidagi sulh va gumanitar taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyor.

Siyosat

22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış

Qozoğistonda harbiy islohot doirasida muddatli harbiy xizmatni ikki bosqiçda taşkil etiş va uçuvisiz tizimlar qöşinlarini şakllantiriş rejalaştirilmoqda. Endi harbiy xizmatçilar xavfsizligini ta’minlaş va ularning huquqlarini himoya qiliş çoralari kuçaytiriladi.

Jahon

22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi

Fransiyadagi voqealar musulmonlar va immigratsiyaga qarshi siyosiy ritorikani yana kun tartibiga olib chiqdi. Tramp Makronni chegaralarni yopishga chaqirgan bo‘lsa, Netanyahu Fransiyani keskin tanqid qildi.

Jahon

21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?

Samarqanddagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 12 milliard dollarlik kelishuvlar tuzildi. Ammo bu kelishuvlarning qanchasi amalda bajarilishi hozircha noma’lum.

Iqtisodiyot

21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi.

Ta'lim

21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?

Qozog‘istonda rossiyalik reper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi. Jambil viloyati politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, ijrochi mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan.

Madaniy

21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi

Abyei mintaqasidagi bozor yaqinida yoqilg'i omboriga dron zarbasi berilib, yong'in kelib chiqqan. BMT hujumlarni qoraladi.

Jahon

21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi

Nima sababdan ular Novosibirsk viloyatidan chiqarib yuborildi?

Oʻzbekiston

21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Jahon

20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi

Voqea qachon, qayerda va qanday sodir bo'lgan?

Oʻzbekiston

20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi

Marko Rubio boshchiligidagi AQSh delegatsiyasining Samarqandga tashrifi doirasida Amerika va O‘zbekiston biznes vakillari 12 milliard dollarlik 54 ta hamkorlik kelishuvini tuzdi. 

Iqtisodiyot

20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi

O‘zbekistonning doimiy aholisi 2026-yil 1-oktabr holatiga 39,5 million kishidan oshdi. Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida, eng kami esa Sirdaryo viloyatida istiqomat qilmoqda.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda

Ko'prik ishga tushganidan so'ng, yo'l uchun sarflanadigan vaqt 30 daqiqagacha qisqarishi mumkin.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi

18–22-oktyabr kunlari Samarqandga kirish yo‘llarida hamda shaharning ayrim markaziy ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bunga C5+1 uchrashuvi va bolalar farovonligiga bag‘ishlangan xalqaro sammit sabab bo‘ladi.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 09:41

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →