Yamandagi husiylar yangi uruş boşlamoqda

Yamanda husiylarga qarşi kuçlar şakllanişi mumkin. Çunki uruşning qayta avj olişidan darak beruvçi alomatlar mavjud.

Jahon

28.07.2026, 13:45

Ulashish:

Yamandagi husiylar yangi uruş boşlamoqda

Yamanda tört yildan buyon nisbatan tinçlik hukm surayotgan bölsa-da, oxirgi voqealar mamlakatda keng kölamli uruş yana boşlanişi mumkinligini körsatmoqda. Sönggi kunlarda husiylar nazoratidagi hududlarda harbiy safarbarlik kuçayib, amaliy harbiy hujumlarga ötildi.

Ötgan hafta husiylar Qizil dengizda Saudiyaga tegişli ikkita kemaga raketa va dronlar bilan zarba berganini ma’lum qildi. Ularning ta’kidlaşiça, kemalar Saudiya portlariga qöyilgan blokadani buzgan. 

Şu bilan bir vaqtda Yamanning Dali viloyatida husiylar va Yaman hukumatiga sodiq kuçlar örtasida töqnaşuvlar yuz berdi. Oqibatda har ikki tomondan 30 nafardan ortiq kişi halok böldi.

Bu voqealar xusiylarning faqat bayonotlar va safarbarlik bilan çeklanmay, yana harbiy harakatlar boşlaganini anglatadi. 

Sönggi ön yil davomida ular hukumat, Saudiya boşçiligidagi koalitsiya, AQŞ, Buyuk Britaniya va Isroil zarbalariga qaramay, mamlakatning aholi eng ziç yaşaydigan şimoli-ğarbiy hududlari, jumladan poytaxt Sano ustidan nazoratni saqlab qoldi.

Husiylar hali ham kuçli harbiy salohiyat, raketa va dron imkoniyatlariga ega bölsa-da, sönggi tört yil içida uruşning strategik şaroiti sezilarli darajada özgargan.

2014-yil sentyabrida xusiylar kuçsiz qarşilik va boşboşdoqlikdan foydalanib Yaman poytaxti Sanoni egallagan, keyinçalik mamlakatning boşqa hududlarini ham qölga kiritgan edi. 

Natijada hukumat zaiflaşdi, öşa paytdagi prezident Abd-Rabbu Mansur Hodiy va köplab amaldorlar Saudiya Arabistoniga qoçib ketdi.

2015-yil mart oyida Saudiya Arabistoni boşçiligidagi arab koalitsiyasi Yaman hukumatini qöllab-quvvatlaş uçun uruşga qöşildi. Biroq 2022-yil aprelidagi sulhgaça davom etgan janglar xusiylardan hududiy ustunlikni tortib ololmadi. 

Bunga koalitsiya içidagi, xususan, Saudiya Arabistoni va Birlaşgan arab amirliklari örtasidagi kelişmovçiliklar, şuningdek hukumat lageridagi içki nizolar sabab böldi.

Oxirgi bir yil içida esa vaziyat özgara boşladi. Yaman hukumati Birlaşgan arab amirliklaridan mamlakatni tark etişni talab qildi, Saudiya esa janubdagi Birlaşgan arab amirliklari moliyalaştirgan Janubiy Ötiş Kengaşiga qarşi hukumat kuçlarini qöllab-quvvatladi. Natijada hukumatga xayrixoh kuçlar ança uyuşgan holda harakat qila boşladi.

Vaşingtondagi Yaman tadqiqotlari markazi eksperti Marvon Ali Nömon ham hukumat tarafidagi harbiy kuçlarning birlaşuvi va Qizil dengiz xavfsizligi böyiça xalqaro xavotir kuçaygani xusiylar uçun yangi muammolar tuğdirayotganini aytdi. Uning fikriça, bu omillar ehtimoliy yangi uruşda hukumat qöşinlariga hududlarni qaytarib oliş imkoniyatini berişi mumkin.

Xusiylar avval ham, xususan 2023 – 2025-yillarda Qizil dengizdagi AQŞ va Isroil bilan boğliq kemalarga hujumlar uyuştirgan. Ular buni Ğazodagi uruş fonida falastinliklarni qöllab-quvvatlaş ramzi sifatida talqin qilgan. 

Bunga javoban Isroil, AQŞ va Buyuk Britaniya Yamandagi xusiylar obyektlariga yuzlab havo zarbalari bergan. 2025-yil may oyida esa AQŞ bilan kelişuv natijasida xusiylar dengizdagi hujumlarini töxtatgan edi.

Endi esa vaziyat yana keskinlaşmoqda. Sano strategik tadqiqotlar markazi eksperti Yazid al-Jaddaviyning aytişiça, agar xusiylar Saudiyaga aloqador tijorat kemalariga muntazam hujumlarni davom ettirsa, mintaqada dengiz yöllarini himoya qiliş uçun yangi harbiy ittifoqlar şakllanişi mumkin. Bu esa Yaman hukumati armiyasiga köproq xalqaro yordam berilişiga sabab böladi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp ham Qizil dengizda Saudiyaning ikkita neft tankeriga uyuştirilgan hujumdan söng Eron va xusiylarni “katta harbiy jazo” kutayotganini ma’lum qildi. U bunday hujumlar takrorlansa, Vaşington javobgarlikni bevosita Tehronga yuklaşini bildirdi.

Aslida xusiylar uzoq davom etadigan uruşdan köra Saudiya Arabistoni va boşqa mintaqa davlatlari kelişuvga erişişni afzal köradi, degan hisob-kitobga tayanayotgan bölişi mumkin.

Umuman olganda, ekspertlar Yamandagi kuçlar muvozanati hali tubdan özgarmaganini ta’kidlamoqda. Xusiylar hanuz yagona qömondonlik tizimi, 200 mingdan ortiq jangçi, zamonaviy raketa va dronlar hamda katta jangovar tajribaga ega.

Hukumat kuçlari avvalgidan ança kuçliroq pozitsiyada bölsa-da, bu ustunlikni strategik burilişga aylantiriş uçun ular siyosiy birlikni saqlaşi, harbiy harakatlarni muvofiqlaştirişi va mintaqaviy ittifoqçilarning doimiy qöllab-quvvatlaşiga erişişi zarur.

Mavzuga oid yangiliklar

Husiylar qanday qilib Eronning eng kuchli ittifoqchisiga aylandi?

Yamandagi to'rt yillik nisbiy tinçlik yana buzilmoqda. Eron qo'llab-quvvatlaydigan husiylar hukumat kuçlari va Saudiya Arabistoniga qarşi raketa hamda dron hujumlarini kuçaytirgan.

Jahon

27.08.2026, 11:21

Xusiylar Saudiya Arabistoniga qarşi dengiz blokadasi e’lon qildi

Global energiya ta’minoti inqiroz yoqasida. Hormuz böğozi ortidan endi Bob al-Mandab yölagi ham tahdid ostida qoldi.

Jahon

21.07.2026, 16:33

Pezeshkian BMT minbarida: «Eron terrorizm qurboni»

Eron prezidenti Masud Pezeshkian BMT minbarida yadroviy dastur, Hormuz bo‘g‘ozi va AQSh bilan muzokaralar haqida gapirdi.

Jahon

24.09.2026, 10:26

Tramp: Eron bilan kelishuv saylovdan keyin tuziladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan tinchlik kelishuviga 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Kongress saylovlaridan keyin erishilishi mumkinligini bildirdi.

Jahon

23.09.2026, 10:20

G7 davlatlari husiylarni Saudiya Arabistoniga hujumlarni tóxtatişga çaqirdi

G7 davlatlari taşqi işlar vazirlari Yamandagi husiylarni Saudiya Arabistoniga qarşi hujumlarni va fuqarolik kemalariga tahdidlarni zudlik bilan tóxtatişga çaqirdi. Ular Erondan ham husiylarga qurol va yordam beriş ni tóxtatişni talab qildi.

Jahon

22.09.2026, 11:06

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonining fuqarolik yadro energetikasi dasturini rivojlantirishga yo‘l ochuvchi muhim kelishuvni rasman ma’qulladi. 30 yilga mo‘ljallangan bitim qiymati o‘nlab milliard dollarga baholanmoqda. 

Jahon

22.07.2026, 11:10

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Qozogʻistonda dengizda oqib ketgan soʻnggi askarlar jasadi topildi

Kaspiy dengizida 24-sentyabr kuni yuz bergan fojia vaqtida bedarak yo'qolgan yana ikki qozog'istonlik harbiyning jasadi topildi.

Jahon

26.09.2026, 13:30

Toshkentda Yevropa Ittifoqining 30-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan ikkita tadbiriga jurnalistlar taklif etilmoqda

Yevropa Ittifoqi Toshkentda ikkita xalqaro tadbir o‘tkazadi: Transkaspiy transport yo‘lagi konferensiyasi va Yevropa tillari kuni

Oʻzbekiston

26.09.2026, 10:08

Netanyaxuning BMTdagi nutqi paytida aksariyat delegatsiyalar zalni tark etdi

Ğazodagi genotsid ayblovlarini rad etgan Isroil bosh vaziri minbardan turib yana kimlarni «tiran» deb atadi?

Jahon

25.09.2026, 11:36

«Usmonov va Fridmandan sanksiyalarni olib tashlash şarmandalik»: Ukraina rasmiylari munosabati

Ukraina va Yevropaning ayrim rasmiylari rossiyalik milliarderlarga qarşi cheklovlar bekor qilinganini qoraladi. Aksariyat davlat Usmonovga milliy sanksiya qö‘llamoqçi.

Oʻzbekiston

25.09.2026, 08:48

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi

Harbiy sud Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqardi: rahbar 10 yil 6 oyga, jurnalist esa 4 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. Yopiq sud majlisi tafsilotlari.

Oʻzbekiston

25.09.2026, 08:38

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi

Şifokorlar tomonidan zarur tibbiy muolajalar körsatilganiga qaramay, ayolning hayotini saqlab qolişning imkoni bölmagan.

Oʻzbekiston

24.09.2026, 16:53

Alişer Usmonov sanksiyalar röyxatidan çiqarildi

Yevropa Ittifoqi Alişer Usmonov va Mixail Fridmanni sanksiyalar röyxatidan çiqardi. Qolgan 3 mingga yaqin şaxs va taşkilotga nisbatan çeklovlar esa olti oy örniga uç yilga uzaytirildi.

Siyosat

24.09.2026, 14:07

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?

Prezidentning 2025-yil mart oyidagi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga özgartiriş kiritildi. 

Ta'lim

24.09.2026, 12:16

Hindiston maktablar atrofida fastfud savdosini cheklamoqchi

Hindiston maktablardan 50 metr radiusda tarkibida yog‘, tuz va shakar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlar savdosi va reklamasini cheklashni rejalashtirmoqda.

Jahon

24.09.2026, 11:32

“Bizga har bir davlatning ovozi eşitiladigan BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva

AQŞning Nyu-York şahrida BMT Boş Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Özbekiston nomidan oliy minbardan nutq sözladi.

Oʻzbekiston

24.09.2026, 11:29

Pezeshkian BMT minbarida: «Eron terrorizm qurboni»

Eron prezidenti Masud Pezeshkian BMT minbarida yadroviy dastur, Hormuz bo‘g‘ozi va AQSh bilan muzokaralar haqida gapirdi.

Jahon

24.09.2026, 10:26

Elektron ruxsatnomasiz maşinani jarima maydonçasidan çiqariş taqiqlanadi

Toşkentda uşlangan transportni jarima maydonçasidan çiqariş faqat elektron ruxsatnoma asosida amalga oşiriladi.

Oʻzbekiston

23.09.2026, 17:32

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

 Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bxatiya bilan uchrashib, O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalasini muhokama qildi.

Oʻzbekiston

23.09.2026, 12:23

Shaxmatchilarga beriladigan mukofotlar oshiriladi

Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalarida yuqori natija qayd etgan O‘zbekiston shaxmatchilari va ularning murabbiylariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdori oshiriladi.

Iqtisodiyot

23.09.2026, 11:52

AQSh Eron aviakompaniyalarini butun dunyoda cheklay oladimi?

AQSh Eron aviakompaniyalariga qarshi sanksiyalarni kuchaytirmoqda. Bu choralar xalqaro parvozlar va yo‘lovchilarga qanday ta’sir qiladi?

Jahon

23.09.2026, 11:33

Tramp: Eron bilan kelishuv saylovdan keyin tuziladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan tinchlik kelishuviga 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Kongress saylovlaridan keyin erishilishi mumkinligini bildirdi.

Jahon

23.09.2026, 10:20

AQShning F-16 qiruvchi samolyoti Germaniyadagi aviabazada halokatga uchradi

AQSHning F-16 qiruvchi samolyoti Germaniya g‘arbidagi Spangdahlem aviabazasi yaqinida halokatga uchradi. Uchuvchi xavfsiz katapulta qilgan.

Jahon

23.09.2026, 09:55

Toşkent 343-óringa kótarildi: Global Cities Index 2026 natijalari e'lon qilindi

Reytingdagi eng muhim jihat — Toşkent inson kapitali bóyiça dunyoda 108-órinni egalladi.

Jahon

22.09.2026, 16:38

Rossiya Ukrainaga zarbalari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Rossiya tunda Ukrainaning sanoat markaziga zarba berib, to‘rt kishining hayotiga zomin bo‘lgan, shimoldagi hujum esa minglab odamlarni elektr ta’minotisiz qoldirgan.

Jahon

22.09.2026, 14:38

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?

Imtihonga röyxatdan ötish muddati tugamagan bölsa ham, ayrim hududlarda ajratilgan örinlar tez tölib qolishi mumkin. Buning sababi yangi tartibda örinlar soniga ham çeklov belgilangan.

Ta'lim

22.09.2026, 11:40

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →