Hindlardan nimani o'rganishimiz kerak?

Hindistonda hindi, bengal, telugu, marati, tamil kabi o'nlab til va shevalar amalda qo'llaniladi. Shunga qaramay, kitob bozorida sotilayotgan eng ommabop nashrlarning aksariyati aynan ingliz tilida chop etilgan. Nega?

Ulashish:

Hindlardan nimani o'rganishimiz kerak?

Kitob — bu nafaqat bilim manbai, balki jamiyatning ichki dunyosini aks ettiruvchi ko‘zgu ham hisoblanadi. Odamlarning qanday kitobni o‘qiyotgani, ular nimaga intilayotgani va o‘zlarini qanday kelajak sari yetaklayotgani haqida ko‘p narsa aytib beradi. Aynan shu nuqtai nazardan qaraganda, Hindiston kitob bozori bugungi kunda qiziqarli tadqiqot maydoniga aylangan. So‘nggi tahlili shuni ko‘rsatadiki, bir milliard uch yuz milliondan ortiq aholiga ega bu ulkan mamlakatning kitob javonlari millatning jamoaviy ruhiy holatini o‘zida mujassam etgan noyob kitoblarga to‘la.

Ingliz tili — nafaqat til, balki maqom ramzi. Hindistonda o'nlab til va shevalar amalda qo‘llaniladi — hindi, bengal, telugu, marati, tamil va boshqa ko‘plab tillar mamlakatning lingvistik xilma-xilligini tashkil etadi. Shunga qaramay, kitob bozorida sotilayotgan eng ommabop nashrlarning aksariyati aynan ingliz tilida chop etilgan. Hindiston uchun ingliz tili — mustamlakachilik davridan qolgan meros bo‘lishiga qaramay — bugungi kunda ijtimoiy pog‘onadan yuqoriga ko‘tarilishning, sifatli ta'limning va xalqaro miqyosda muvaffaqiyat qozonishning bir qismiga aylangan. Shu bois ingliz tilidagi kitoblar sotib olish ko‘pincha shaxsiy investitsiya sifatida ham ko‘riladi — bu shunchaki o‘qish emas, balki ijtimoiy maqomni mustahkamlash usuli hamdir.

Self-help janrining hukmronligi

Hindiston kitob do‘konlarida bestsellerlar ro‘yxatining old qatorlarida badiiy adabiyot emas, balki shaxsiy rivojlanishga bag‘ishlangan kitoblar joy olgan.

 "Atomic Habits" (Jeyms Klir), "The Psychology of Money" (Morgan Xousel) va "How to Win Friends and Influence People" (Deyl Karnegi) kabi asarlar savdo reytinglarining yuqori pog‘onalarini egallagan. Raqobat kuchli bo‘lgan, aholi soni tez suratlarda o‘sib borayotgan va yosh mehnat bozori juda dinamik bo‘lgan jamiyatda odamlar amaliy maslahatlarga, o‘z-o‘zini takomillashtirish formulalariga va moliyaviy savodxonlikka alohida ehtiyoj sezmoqda. Mutolaa va tadbiq ularga tezkor natija va'da qiluvchi, arzon va qulay "murabbiy" vazifasini o‘tamoqda.

So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda mahalliy mualliflarning ham o‘rni sezilarli darajada oshdi. Hind yozuvchilari g‘arb nashrlaridan farqli o‘laroq, mahalliy voqelik va madaniy kontekstga moslashtirilgan shaxiy muvaffaqqiyatga erishish va sog‘lom turmush tarzi mavzularida kitoblar yozmoqda. 

O‘tmishga qaytish: tarix va milliy o‘zlikka intilish

Biroq hind kitobxonlarining qiziqishi faqat rivojlanish retseptlari bilan cheklanmaydi. So‘nggi yillarda Hindiston tarixi, dini, mifologiyasi va geosiyosiy o‘tmishiga bag‘ishlangan asarlarga talab sezilarli darajada oshgan.

Bu holatni tasodifiy trend deb bo‘lmaydi — bu chuqurroq ijtimoiy jarayonning aksidir. Jadal globallashuv va zamonaviylashuv sharoitida ko‘plab hindistonliklar o‘z ildizlariga, milliy o‘ziga xosligiga va qadimiy merosga qayta murojaat qilishga intilmoqda. Qadimgi diniy matnlarning zamonaviy talqinlari, ruhiy-ma'rifiy adabiyot va Hindistonning boy tarixiy o‘tmishini yorituvchi kitoblar aynan shu ehtiyojni qondirmoqda — bu o‘zlikni izlash va zamonaviy dunyoda o‘z o‘rnini anglashga urinishning bir ko‘rinishidir.

Ijtimoiy tarmoqlar — dushman emas, ittifoqchi. Ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlarni kitob o‘qish madaniyatiga tahdid sifatida ko‘rsa-da, Hindiston misolida bu tendensiya aksincha ishlayotganga o‘xshaydi. Mashhur blogerlar, YouTube kontent-mualliflari va ijtimoiy tarmoqning faol yurituvchilari tomonidan yozilgan kitoblar tez ommalashib, millionlab nusxada sotilmoqda.

Instagram va YouTube platformalari endi shunchaki ko‘ngilochar kontent maskani emas, balki kitoblarni targ‘ib qiluvchi, kitobxonlik madaniyatini shakllantiruvchi muhim maydonga aylangan. “Bookstagram” va “BookTok” kabi hodisalar yosh avlod o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqishni jonlantirmoqda, ularni yangi janrlar va mualliflar bilan tanishtirmoqda.

Hindiston kitobxonlari va ularning tanlovi tarix va bugungi kun, mahalliylik va globallashuv, amaliyot va ma’naviyatning barchasi birlashib, millatni yuksaltiruvchi omilga aylanishini ko‘rsatuvchi noyob misoldir. 

Bu bizga nimani o‘rgatadi?

Hindiston misoli shuni ko‘rsatadiki, kitobxonlik — mamlakat taraqqiyoti va jamiyat kayfiyatining eng sezgir ko‘rsatkichlaridan biridir. Bu tajriba O‘zbekiston uchun ham ayni muddao mulohaza yuritish imkonini beradi. So'nggi yillarda o'zbek kitobxonlari orasida ham self-help va shaxsiy rivojlanish kitoblariga qiziqish sezilarli darajada oshdi — bu, birinchi navbatda, yosh avlodning kasbiy yutuqlarga erishish, moliyaviy savodxonlik va o'z ustida ishlashga bo'lgan ehtiyojidan darak beradi. Hindistonliklar kabi, o'zbek kitobxonlari ham ikki yo'nalishda — bir tomondan zamonaviy dunyoga integratsiyalashish va kamolotga erishish sirlarini o'rganish, ikkinchi tomondan esa o'z tarixi, madaniy merosi va milliy o'zligini anglashga intilish yo'nalishida harakatlanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar va bookblogerlikning ommalashishi kitobxonlik madaniyatini yangi, raqamli formatda saqlab qolish va rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi. (Birgina “Binafsha shu’lasi” haqida minglab kontentlar tayyorlanganini mazkur kitobning ommalashib, shov-shuv bo‘lganini bir eslang.) Ba’zan bir biriga qarama-qarshi bo‘lgan narsalarning integratsiyasi taraqqiyotga eltuvchi yo‘lga aylanadi.


Maftuna Baxtiyorova

 

 

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

F1 çempioni Lyuis Hemilton Ğazo çegarasida

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi

Yetti karra Formula-1 çempioni Hemilton «Rafah» çegara punktini oçişga çaqirdi.

Jahon

12.11.2026, 16:42

Толибон эркак шифокорларнинг аёлларни даволашини чекламоқда

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda

Erkak şifokorlarga ayol bemorlarni mahramsiz körikdan ötkaziş taqiqlangan. Çeklovlar tibbiy yordam oliş imkoniyatini yanada qiyinlaştirmoqda.

Jahon

12.11.2026, 15:46

Ğazodagi 70 mingga yaqin çodirni suv bosdi

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti

Ğazo sektoridagi 70 mingga yaqin çodirni suv bosgan, 350 ming atrofidagi aholi toşqinlardan zarar körgan. BMT Isroilni gumanitar yordam yetkaziş uçun barça çegara ötiş punktlarini oçişga çaqirmoqda.

Jahon

12.11.2026, 12:36

Фазлиддинхон Меҳмонов ҳамда блогер Азиз Ғоипназаров

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi

«Demokrat.uz» rahbari va bloger Aziz Ğoipnazarov qanday jinoyatda ayblandi va sud ularga qanday jazo tayinladi? Iş tafsilotlari ma’lum böldi.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 12:27

Янги Тошкент шаҳрининг меъморий макети.

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?

Yangi Toşkentda hokim kimga böysunadi, şaharni kim boşqaradi va davlat idoralari qayerda joylaşadi? Prezident farmoni bilan yangi şaharning boşqaruv tizimi belgilandi.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 11:08

Cохта IMEI код

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari

IMEI kodlarini soxtalaştiriş, noqonuniy import sxemalari va iPhone importi 6,2 barobar oşgan.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 10:51

Блогернинг ижтимоий саҳифасидан

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida öziga mutlaqo begona qizning suratini uning roziligisiz joylaştirib, unga nisbatan asossiz ayblovlar bildirganlikda gumon qilinmoqda.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 10:35

Блогер Феруза Норматованинг ижтимоий тармоқдаги саҳифасида эълон қилинган видеосидан лавҳа.

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida öziga mutlaqo begona qizning suratini uning roziligisiz joylaştirib, unga nisbatan asossiz ayblovlar bildirganlikda gumon qilinmoqda.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 10:35

Kiberhujum

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi

Xakerlar Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid 2 000 dan ortiq hujjatni öğirlagan. Şuningdek, Özbekiston örmon xöjaligiga aloqador tizimga ham kirgan.

Jahon

12.11.2026, 10:18

“Aytmatov” va “Kulpaş” filmlari posteri

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi

Qozoğistonda 1930-yilgi oçarçilik va Stalin qatağonlari aks etgan ikki film namoyişi qoldirildi. Bu holat mamlakatda senzura va ijod erkinligi borasidagi bahslarni kuçaytirmoqda.

Madaniy

11.11.2026, 15:53

Rossiya IIV: migrantlar orasida jinoyatçilik yarim yilda 40 foizga kamaydi

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Rossiyada xorij fuqarolari 20 mingdan ortiq jinoyat sodir etgan. IIV migrantlarga nisbatan çeklovlar jinoyatçilikni kamaytirganini da’vo qilmoqda.

Jahon

11.11.2026, 12:17

GTL

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?

Qariyb 3,42 milliard dollarlik majmua import örnini bosişi kerak edi, ammo işlab çiqariş va import körsatkiçlari loyihaning samaradorligi haqida jiddiy savollarni yuzaga keltirmoqda.

Oʻzbekiston

11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi

Eron inqilobi qöriqçilari korpusining Harbiy-havo va kosmik kuçlari tasarrufidagi yangi raketa majmuasida ballistik va qanotli raketalar joylaştirilgan.

Jahon

11.11.2026, 11:36

Европа Иттифоқи ҳарбийлари Украинада

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi

Qaror Yevropa Ittifoqining Ukrainaga kömaklaşiş böyiça harbiy yordam missiyasi faoliyati yuzasidan ötkazilgan sönggi strategik tahlildan keyin qabul qilindi.

Jahon

11.11.2026, 10:09

Çegara mojarosida zarar körgan uy

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi

Tojikiston bilan çegara hududlari almaşinuvi natijasida Qirğiziston tasarrufiga ötgan 213 ta uyning 170 tasi yaşaş uçun yaroqli deb topildi. Ularni 2021–2022-yillardagi qurolli töqnaşuvlarda uyidan ayrilgan fuqarolarga beriş rejalaştirilmoqda.

Jahon

10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda

Rossiyada millionlab böş iş örinlari mavjud bölsa-da, hukumat xorijliklarning mehnat faoliyatini çeklaşda davom etmoqda. 2027-yildan sakkizta hududda migrantlarga taksiçilik qiliş taqiqlanişi, Sankt-Peterburgda esa çeklovlar boşqa sohalarga ham yoyilişi mumkin.

Siyosat

09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?

Samsung smartfonlar, televizorlar yoki kir yuviş maşinalaridan taşqari osmonöpar binolar ham quradi. Kiyim-keçak sotadi. Bir paytlar harbiy texnika ham işlab çiqargan. 2016-yilda esa “portlaydigan” telefonlar sotgan. Ayrimlar kompaniya rahbarini mamlakat prezidentidan ham qudratliroq deb hisoblaydi.

Fan-texnologiya

09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi

Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar hamda investorlar bilan muloqotida ma’lum qilindi.   

Oʻzbekiston

09.11.2026, 15:16

Лайка Спутник-2 аппаратидаги парвозга тайёрланмоқда. 1957 йил. Фото: Космонавтика музейи

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar

Inson kosmosga uçişidan oldin olimlar hayvonlar iştirokida vaznsizlik va radiatsiya ta’sirini örgandi. Ayrimlari tirik qaytdi, boşqalari esa tajribalar davomida halok böldi.

Madaniy

09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi

Çilonzor tumani IIB xodimlari ALP naşriyotidan 3 nomdagi jami 5 274 dona kitobni olib ketgan. Kitoblar avvalroq tegişli taşkilotda muhokama qilingan, ammo bu haqda noshirga xabar berilmagan.

Madaniy

07.11.2026, 12:05

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →