AQSHning harbiy xarajatlari: Global yetakchilik yoki qurollanish poygasidagi ustunlik uchunmi?
Amerika Qo‘shma Shtatlari harbiy sohaga ajratgan xarajatlari bilan butun dunyo davlatlarini hayron qoldirishda davom etmoqda. Uning armiyasi yaqin o‘tmishdan buyon global kuch ramziga aylanib ulgurgan. Davlatning harbiy sohaga yo‘naltirgan byudjetining kattaligi boshqa davlatlarda tez-tez muhokamaga aylanadi. 2023-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH mudofaasi uchun 10 ta yirik davlatning xarajatlaridan ham ko‘proq mablag‘ sarflagan. Xo‘sh, mamlakat bu pullarni qanday harbiy qurollarga sarflanmoqda? Davlatning mazkur xarajati uni xavfsiz qila oladimi? Ushbu savollarga sizda javob bo‘lmasa, quyidagi maqola orqali bilib olishingiz mumkin.
Jahon
11.10.2024, 17:33
Ulashish:

АҚШнинг ҳарбий харажатлари: Глобал етакчилик ёки қуролланиш пойгасидаги устунлик учунми?
Amerika byudjetini nimaga sarflaydi?
AQSH 2023-yilning o‘zida harbiy soha byudjeti uchun jami 853 milliard AQSH dollarini sarflagan. Mazkur pullar Shveysariyaning butun yalpi ichki mahsulotidan ko‘p. Bu raqamlar orqali shuni bilish mumkinki, mamlakat byudjetning deyarli yarmi harbiy sohaga kerak bo‘ladigan texnikalarga ketadi. Bu esa dunyoning eng yirik tashkilotlaridan biri — Pentagon tartibini ta’minlashni o‘z ichiga oladi. Ushbu xarajatlarga harbiy-texnik xizmat ko‘rsatish, transport, yonilg‘i, askarlar uchun tibbiy xizmat, ekologiya va harbiy faoliyat bilan ifloslangan joylar, portlamagan snaryadlar yoki kimyoviy chiqindilarni tozalash kiradi.
Bundan tashqari, Pentagonning muhim mablag‘lari ishchilarini ta’minlashga yo‘naltirilgan. 2023-yilda AQSH amaldagi va zaxiradagi 2,1 milliondan ortiq askarning tibbiy ta’minoti uchun 172 milliard AQSH dollari ajratilgan edi. Bu esa Pentagonning dunyodagi eng yirik ish beruvchilardan biri ekanini hamda xodimlarini ijtimoiy imtiyozlarga to‘liq egaligini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, AQSH xarajatlarining eng katta qismini tadqiqot va ishlanmalar tashkil etadi. O‘tgan yilda mamlakat yangi harbiy texnologiyalarni rivojlantirish uchun 140 milliard AQSH dollarini ajratgan. Bu sarmoyalarni sun’iy intellekt va avtomatik suv osti kemalaridan tortib, lazer qurollarigacha qamrab oladi. Amerika hukumatiga ko‘ra, bunday loyihalar AQSHga jang maydonida texnologik ustunlik beradi. Shuningdek, ushbu texnologiyalarning aksariyati mamlakatning kundalik hayotini bir qismiga aylangan. Amerikaning GPS dronlari harbiy maqsadlar uchun ishlab chiqilgan.
Xususiy korporatsiyalar va mudofaa monopoliyasi
AQSH byudjetning katta qismi mudofaa pudratchi tizimida yotadi. Lockheed Martin, Boeing, Raytheon va boshqa kompaniyalar umumiy mudofaa byudjetining taxminan 54 foizini oladi, bu ko‘rsatkich esa 460 milliard dollardan oshadi. Kichik Korporatsiyalar guruhi nafaqat qurol-yarog‘ yetkazib beradi, balki harbiy shartnomalar bozorini ham nazorat qiladi. O‘tgan o‘n yillik davomida ular raqobatchilarni o‘zlashtirdi va mudofaa sanoati bozorida de-fakto monopolistga aylandi.
AQSH hukumatida raqobat uchun bosimning yo‘qligi, o‘z navbatida, narxlarning oshishiga olib keladi. Misol uchun, bir vaqtlar 25 ming AQSH dollari bo‘lgan "Stinger" raketasi endi deyarli 500 ming AQSH dollariga ko‘tarilgan. Bunday holat mamlakatda ko‘p kuzatiladi. Shu sababli mudofaa qurollarini sotib olish ma’lum bir kompaniya bilan bog‘liqdir. Buning oqibatida Amerika mudofaa sektori o‘z shartlarini belgilaydigan bir nechta yirik korporatsiyalarni nazoratga olgan.
Shu sabablari AQSH kamdan kam hollarda korrupsiyaga uchraydi. Biroq Pentagon sharli podshipniklarni 3357 AQSH dollaridan sotgan. Bu podshipniklar Mudofaa vazirligi omborlarida bor-yo‘g‘i 15 dollar bo‘lgan. Yirik korporatsiyalar AQSH mudofaa byudjeti miqdori qanchaligini ochiqlamasligi har doim odamlar tomonidan muhokamaga sabab bo‘ladi.
AQSHdagi lobbichilikning siyosatga ta’siri
Pentagondan mablag‘ oladigan korporatsiyalar shartnoma olish bilan cheklanib qolmaydi. Ular o‘z daromadlarini saqlab qolish va oshirishga faol intiladi. Mudofaa pudratchilari mudofaa siyosati qarorlariga ta’sir qilish hamda Kongressni lobbi qilish uchun millionlab dollar sarflashadi. Masalan, Lockheed Martin o‘tgan bir necha yil ichida harbiy byudjetlarni muhokama qilish va mudofaa sanoati manfaatlarini himoya qilishda faol ishtirok etayotgan siyosatchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun 27 million AQSH dollaridan ortiq mablag‘ sarflagan.
AQSHning harbiy xarajatlarni oshirish tashabbusini ilgari surayotgan Missisipi shtatidan senator Rojer Uikerning hukumatga ta’siri lobbichilikka yorqin misol bo‘la oladi. U yashaydigan hududda eng katta dengiz floti joylashgan bo‘lib, Uiker saylovchilari uchun ish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlab kelgan. Uikerning harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlashi uning siyosiy katta kuchga egaligiga va qayta saylanishiga yordam beradi. Mudofaa bo‘yicha pudratchilar va siyosatchilar o‘rtasidagi bunday yaqin aloqalar nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy manzarani ham shakllantiradi. Shuningdek, davlat shartnomalarining cheksiz oqimi va yirik korporatsiyalar uchun barqaror foyda olishga sharoit yaratadi.
AQSHdagi ustuvorlik diplomatiyadami yoki harbiy kuchdami?
Qo‘shma Shtatlar umumiy byudjetining taxminan 50 foizini harbiy ehtiyojlarga sarflaydi, shulardan faqat 1-2 foizi diplomatik harakatlarga yo‘naltiriladi. Bu Amerika tashqi siyosatida harbiy qudratning ustuvorligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Biroq, haqiqatan ham tinchlikni faqat harbiy yo‘l bilan ta’minlash mumkinmi? Diplomatiya murakkab, uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, ko‘pincha darhol natija bermaydi. Shunga qaramay, barqaror xalqaro munosabatlarni o‘rnatish va mojarolarning oldini olish uchun muhim vositadir. Hech bir davlat o‘z harbiy qudratini oshirish bilangina tinchlikka erisha olmaydi. Aksincha, Qo‘shma Shtatlar harbiy sohaga qancha ko‘p mablag‘ sarflasa, mudofaa byudjeti shunchalik katta bo‘lib, Xitoy va Rossiya kabi boshqa kuchlarni to‘xtatib turishda majbur bo‘ladi. Bu o‘z navbatida barcha ishtirokchilar qatnashadigan global qurollanish poygasining yangi bosqichini yaratadi.
Mudofaa uchun qilinayotgan xarajatlar AQSHni xavfsiz qiladimi?
Bir tomondan, kuchli armiya haqiqatan ham mojarolarni oldini oladi. Boshqa tomondan, cheksiz byudjet o‘sishi va ortiqcha korporativ ta’sirdagi manfaatlar muvozanatini xavf ostiga qo‘yadi. Qo‘shma Shtatlar nafaqat mintaqaviy, balki xalqaro maydondagi asosiy jarayonlarni nazorat qiluvchi global gegemon davlat. Biroq, ulkan harbiy xarajatlar nafaqat yetakchilikni, hatto dunyoni yangi qurollanish poygasiga tortish xavfi hamdir. Mamlakatning xavfsiz kelajagi armiyaga qancha mablag‘ sarflanishiga hamda yuzaga kelishi kutilayotgan jarayonlarni qanday qilib oldini olish, hamkorlik mexanizmlari ishlab chiqilishiga ham bog‘liq.
Mavzuga oid yangiliklar

AQSh xorijlik talabalarning ish vizasi uchun 100 ming dollar talab qildi
Jahon
08.10.2026, 14:43

Trampning Eron Los-Anjeles va San-Diyegoni egallashi haqidagi gapi tanqidga uchradi
Siyosat
07.10.2026, 15:25

Vashington Moskvaga javob berdi: diplomatlar Kiyevda qoladi
Siyosat
06.10.2026, 18:02

AQSh Britaniyadan bombardimonchi samolyotlarini qaytib oldi
Jahon
05.10.2026, 10:22

Sun’iy intellekt poygasi: Hindiston Deep Tech uchun $25 milliard yo‘naltirmoqchi
Fan-texnologiya
29.09.2026, 16:13

Pezeshkian BMT minbarida: «Eron terrorizm qurboni»
Jahon
24.09.2026, 10:26
Mashhur yangiliklar

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlarga pedagogik faoliyat taqiqlanadi
Ta'lim
12.09.2026, 12:03

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

24-avgust – 4-sentabr chet tili imtihoni natijalari chiqdi
Ta'lim
12.09.2026, 12:26

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02
So'nggi yangiliklar

MrBeast Toshkentga keladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 09:32

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

“Men sakkizta urushni to‘xtatdim” – Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ekanini aytdi
Jahon
08.10.2026, 17:49

AQSh xorijlik talabalarning ish vizasi uchun 100 ming dollar talab qildi
Jahon
08.10.2026, 14:43

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Neft narxi $100 dan oshdi: Yaqin Sharqdagi xavflar kuchaymoqda
Jahon
08.10.2026, 11:35

Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza quradi
Jahon
08.10.2026, 08:45

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Varshavada inson huquqlari bo'yicha yirik xalqaro konferensiya o'tkazilmoqda
Jahon
07.10.2026, 17:42

Trampning Eron Los-Anjeles va San-Diyegoni egallashi haqidagi gapi tanqidga uchradi
Siyosat
07.10.2026, 15:25

Ummon Hormuz bo‘g‘ozida hujumga uchragan tanker ekipajini evakuatsiya qildi
Jahon
07.10.2026, 10:06

Cobalt va Damas’ni bank ishtirokisiz bo‘lib to‘lashga sotish boshlandi
Iqtisodiyot
07.10.2026, 09:15

Vashington Moskvaga javob berdi: diplomatlar Kiyevda qoladi
Siyosat
06.10.2026, 18:02

Rossiya Dnepr ustidagi ko‘prikka zarba berdi: besh kishi yaralandi
Jahon
06.10.2026, 16:14

Ronaldu Portugaliya terma jamoasini tark etyaptimi?
Sport
06.10.2026, 15:41

Pokistonda yirik namoyishchilar yurishi boshlandi
Siyosat
05.10.2026, 16:24

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

AQSh Britaniyadan bombardimonchi samolyotlarini qaytib oldi
Jahon
05.10.2026, 10:22

Isroil zarbasi oqibatida G‘azoda 5 kishi halok bo‘ldi
Jahon
03.10.2026, 11:28

Markaziy Osiyo ichki eksportining 80 foizi O‘zbekiston va Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
Iqtisodiyot
02.10.2026, 16:40
Mashhur yangiliklar

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlarga pedagogik faoliyat taqiqlanadi
Ta'lim
12.09.2026, 12:03

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

24-avgust – 4-sentabr chet tili imtihoni natijalari chiqdi
Ta'lim
12.09.2026, 12:26

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02
