Qashqadaryoda yuzdan ortiq archa kesib ketildi

Qashqadaryo viloyatida joylashgan Dehqonobod davlat oʻrmon xoʻjaligi Duob oʻrmon boʻlimi hududida 104 dona Zarafshon archa daraxti tag qismidan kesib tashlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ulashish:

Qashqadaryoda yuzdan ortiq archa kesib ketildi

Qashqadaryoda yuzdan ortiq archa kesib ketildi

Unda aytilishicha, Duob oʻrmon boʻlimi 4 sarhad hududida fuqaro K.M. tomonidan 3 dona Zarafshon archa daraxtlari tag qismidan oʻsishdan toʻxtash darajasida kesib tashlangan. Fuqaroga nisbatan jarima qoʻllanilib, oʻrmon xoʻjaligiga yetkazilgan 51 million 810 ming soʻm zarar hisoblangan. 

Mazkur holat sabab Duob oʻrmon boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlagan Z.B. hamda 4 sarhad oʻrmon qoʻriqchisi vazifasida ishlagan H.E.ga oʻz lavozim vazifasiga loqaydlik bilan qaraganligi uchun maʼmuriy jarima qoʻllanilgan.  

Shuningdek, shu hududda Zarafshon archa daraxtlarining 38 donasi nomaʼlum shaxslar tomonidan tag qismidan va yon shoxlari kesilgan. Oʻrmon qoʻriqchisi H.E.ga takroriy maʼmuriy jarima qoʻllanilgan. Oʻrmon xoʻjaligiga 94 million 387 ming 500 soʻm zarar yetkazilganligi hisoblanilgan va Fuqarolik ishlari boʻyicha Gʻuzor tumanlararo sudiga daʼvo ariza kiritilgan. 

"Bundan tashqari, Duob oʻrmon boʻlimi 3 sarhad hududida ham nomaʼlum shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda 6 dona Zarafshon archa daraxtlari kesib ketilgan. 

Hudud oʻrmon qoʻriqchisi R.B.ga nisbatan maʼmuriy chora qoʻllanilib, oʻrmon xoʻjaligiga yetkazilgan 41 million 400 ming soʻm zarar yetkazganligi maʼlum boʻlgan va hujjatlar sudga yuborilgan", deyiladi xabarda.

Qolaversa, aynan mazkur hududda fuqaro H.A. tomonidan 8 dona (zarar miqdori 25 million 387 ming 500 soʻm) Zarafshon archasi tag qismidan va yon shoxlari kesilayotgan. Unga ham maʼmuriy jarima qoʻllanilib, hujjatlar Fuqarolik ishlari boʻyicha Gʻuzor tumanlararo sudiga yuborilgan. 

Shu bilan birga, nomaʼlum shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda 49 dona Zarafshon archa daraxti oʻsishdan toʻxtash darajasida kesib ketilgan. Oqibatda oʻrmon xoʻjaligiga 176 million 587 ming 500 soʻm zarar yetkazilgan va zararni undirish uchun hujjatlar Dehqonobod tuman prokuraturasiga oʻtkazilgan.

Jami hisobda Duob oʻrmon boʻlimi hududida jami 104 dona Zarafshon archa daraxti tag qismidan kesilgan va oʻsishdan toʻxtamas darajada shikastlantirilgan.  Holatlar yuzasidan oʻz vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgan maʼsul shaxslarga, huquqbuzarlarga nisbatan chora belgilash masalalari koʻrib chiqilmoqda.

Oʻzbekiston

30.01.2025, 11:47

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Toshkentda kesilgan 145 tup daraxt boʻyicha hokimlik izoh berdi

Taʼkidlanishicha, archalarning koʻpchiligi kasallangan va qurub borayotgan daraxtlarni ehtiyotkorlik bilan koʻchirish rejalashtirilgan, ammo ayrim masʼullar jarayonda talablarga toʻliq amal qilmagan. Guvohlar esa ishlar hokim oʻrinbosari Baxtiyor Rahmonov topshirigʻi bilan amalga oshirilganini aytishmoqda.

Oʻzbekiston

27.10.2025, 10:00

Orolboʻyida hayvonot va qushlar dunyosi koʻpaymoqda

Bogʻ hududida faoliyat yuritayotgan inspektorlar va ilmiy xodimlarning muntazam patrul nazorati, monitoring ishlari va profilaktik chora-tadbirlari yovvoyi hayvonlarning osoyishta yashashini taʼminlamoqda.

Oʻzbekiston

19.07.2025, 11:30

Aydar-Arnasoy koʻllaridan baliq ovlaganlarga 423 mln soʻm jarima qoʻllanildi

Aydar-Arnasoy koʻllaridan baliq ovlaganlarga 423 mln soʻm jarima qoʻllanildi

Aydar-Arnasoy koʻllaridan noqonuniy ravishda baliq ovlaganlarga jami 423 million soʻm jarima qoʻllanildi, ularning tabiatga yetkazilgan zarar esa 28 million 136 ming soʻmni tashkil qilgan. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

19.03.2025, 11:19

Qashqadaryoda 103 tup daraxt kesib tashlandi

Qashqadaryoda 103 tup daraxt kesib tashlandi

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumani "Ayritom" mahallasida 2024 yilning dekabr oyida 30 dan ortiq qoratol daraxtlari noqonuniy kesilganligi haqida xabar eʼlon qilingani edi. Mazkur holatga Bosh prokuratura rasmiy izoh berdi.

Oʻzbekiston

13.03.2025, 11:41

2024 йилда мингдан зиёд қимматбаҳо дарахтлар йўқ қилинди — Экология вазирлиги

2024-yilda mingdan ziyod qimmatbaho daraxtlar yo‘q qilindi — Ekologiya vazirligi

O‘tgan 2024-yil davomida 1098 ta qimmatbaho daraxtlar kesib tashlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

06.03.2025, 10:03

Бухорода 1800 дан ортиқ кўп йиллик дарахт кўчириб ўтқазилмоқда

Buxoroda 1800 dan ortiq ko‘p yillik daraxt ko‘chirib o‘tqazilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Kogon – Buxoro yo‘lida bir necha yillik daraxtlarning qo‘porilishi tasvirlangan videolar tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati rasmiy izoh berdi.

Oʻzbekiston

18.02.2025, 10:22

So‘nggi yangiliklar

Oʻzbekistonlik migrantlar 10 oyda 15,8 milliard dollar pul joʻnatgani maʼlum qilindi

Xususan, xorijda ishlayotgan oʻzbekstanliklarning soni 2016 yildan buyon kamaygan boʻlsa-da, ular tomonidan yuborilgan pul mablagʻlari sezilarli darajada oshib, 2025 yilning oʻn oyi yakuni boʻyicha 15,8 milliard dollarga yetgan. Bu koʻrsatkich 2016 yildagi 3,8 milliard dollardan qariyb toʻrt barobar yuqori.

Oʻzbekiston

19.11.2025, 19:27

Zohran Mamdani: reperdan Nyu-York merigacha

2025 yil Nyu-York siyosiy tarixida oʻchmas iz qoldirdi. Shahar oʻppa-oʻrtaga kelib, oʻziga xos rekordlar bilan yoʻlboshchi almashtirdi: 34 yoshli Zohran Mamdani bu lavozimga saylanib, birdaniga bir nechta tarixiy marrani zabt etdi.

Jahon

19.11.2025, 18:38

Tergov hibsxonalarida ayrim tartib-qoidalar qayta koʻrib chiqiladi

Xususan, tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarga tatbiq etilayotgan ayrim tartib-qoidalarni qayta koʻrib chiqish, ularning kundalik ehtiyojlarini yaxshiroq taʼminlash va insonparvarlik standartlarini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston

19.11.2025, 17:41

Sinoptiklar Rossiyada rekord darajadagi qattiq qish kuzatilishini prognoz qilmoqda

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, bu yilgi qish soʻnggi 250 yil ichidagi eng sovuq mavsum boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Markaziy va Volgaboʻyi hududlarida havo harorati –35°C gacha pasayishi, qor yogʻishi 400 millimetrgacha, shamol esa soniyasiga 22 metr tezlikda etishi kutilmoqda.

Jahon

19.11.2025, 16:26

Angrenda zoʻravonlikka uchragan 15 yoshli qizning ahvoli haqida xabar berildi

2025 yil iyul oyida Angrenda toʻrt nafar yigit tomonidan voyaga yetmagan qizga nisbatan zoʻravonlik sodir etilgan edi. Qiz maxsus maktabda taʼlim olgan va buvisi bilan yashagan. Onasi uning hayotida ishtirok etmagan, otasi esa boʻlmagan. Taʼkidlanishicha, qiz 2024 yil avgust–oktabr oylarida bir necha bor zoʻravonlikka duch kelgan. Gumonlanuvchilardan biri voyaga yetmagan oʻsmir boʻlgan. 

Oʻzbekiston

19.11.2025, 13:27

«AL-FAShIR QASSOBI» DEB ATALGAN ShAXS — ABU LULU KIM?

2025 yil oktabr oyida, 18 oylik qamaldan soʻng, Shimoliy Darfurda joylashgan Al-Fashir shahri «Tezkor harakat kuchlari» deb nomlangan harbiylashtirilgan guruh tomonidan egallandi. Ular shaharga kirishlari bilan zoʻravonlik avj oldi. Internetda tarqalgan videolarda ushbu guruh jangchilari qurolsiz tinch aholini shafqatsizlik bilan qatl etayotgani aks etgan.

Jahon

19.11.2025, 11:52

Endi Rossiya oʻz qoʻshinlarida jang qilgan chet elliklarni topshirmaydi

Rossiya qonunchiligiga kiritilayotgan oʻzgarishlarga koʻra, endilikda rus qoʻshinlarida shartnoma asosida xizmat qilgan yoki qilayotgan, shuningdek, Rossiya qoʻshinlari tarkibida jang harakatlarida qatnashgan chet elliklar ekstraditsiya qilinmaydi. 

Jahon

19.11.2025, 11:40

Toshkent bozorlarida tijoriy videotasvirga olish uchun 5 million soʻmlik toʻlov joriy qilindi

Toshkent shahridagi bozorlar va savdo majmualarda koʻrsatiladigan ayrim xizmatlar uchun yangi tariflar belgilandi. Bu poytaxt hokimi qarorida nazarda tutilgan boʻlib, avtoturargoh toʻlovlari hamda tijoriy suratga olish narxlari yangilandi.

Oʻzbekiston

19.11.2025, 10:29

Trampning Gʻazo boʻyicha rejasi BMT tomonidan maʼqullandi

17 noyabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashi AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan Gʻazo boʻyicha 20 banddan iborat rejaning rezolyutsiyasini maʼqulladi. Rezolyutsiyani 13 davlat, jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya va Somali qoʻllab-quvvatlagan, qarshi ovoz boʻlmagan, Rossiya va Xitoy esa betaraf qolgan.

Jahon

19.11.2025, 09:52

Jahongir Otajonovni aldagan doʻsti 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi

JIB Yakkasaroy tumani sudi qashqadaryolik fuqaro X.H.ni xonanda Jahongir Otajonovga nisbatan koʻp yillik firibgarlik harakatlari uchun 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Oʻzbekiston

18.11.2025, 15:38

Toshkentda dronlar shouci va keng koʻlamli bayram tadbirlari oʻtkaziladi

18 noyabr — Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi qabul qilingan sana munosabati bilan poytaxtda keng koʻlamli bayram tadbirlari tashkil etiladi. Shu munosabat bilan 18 noyabr kuni 15:00–17:00 orasida poytaxtning markaziy koʻchalarida avtotransport harakati vaqtinchalik cheklanadi.

Oʻzbekiston

18.11.2025, 12:51

Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan yangi qaror qabul qilindi

Hukumatning “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 727-son qarori (17.11.2025) qabul qilindi. Qarorga koʻra, 2025 yil 1 dekabrdan loyihalashtirish jarayonlarida zilzilalar kuchini aniq koʻrsatuvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazasidan foydalanish amaliyoti joriy etiladi.

Oʻzbekiston

18.11.2025, 11:20