"Tolibon" – Markaziy Osiyo: Rossiya nimani rejalashtirmoqda?
Soʻnggi vaqtlarda Markaziy Osiyo davlatlarining “Tolibon” hukumati bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalari rivojlanib bormoqda. Bunga Qozogʻiston hamda Tojikiston davlati tomonidan "Tolibon"ning terrorchi tashkilot roʻyxatidan chiqarilgani hamda mazkur hukumatning diplomatlaridan ishonch yorliqlarini olganliklari yaqqol misol. Ayni paytda bu qarorni Markaziy Osiyo davlatlarining yaqin hamkori boʻlgan Rossiya ham qoʻllab-quvvatlamoqda. Xoʻsh, mintaqa davlatlari bunday harakatlar bilan 2 yil oldin dunyo hamjamiyatiga bergan vaʼdalarini bajarmayotgan "Tolibon" hukumatini tan olishga qaratilgan harakatini boshladimi? Rossiyaning "Tolibon" bilan yaqin munosabatda boʻlishi Markaziy Osiyo davlatlariga qay darajada taʼsir koʻrsatadi? Shu kabi savollarga PARADIGMA.UZ siyosatshunos Hamza Boltayevdan javob oldi.
Jahon
18.10.2024, 15:15
Ulashish:

"Tolibon" – Markaziy Osiyo: Rossiya nimani rejalashtirmoqda?
Rossiya –"Tolibon" munosabatlari haqida
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya hukumati "Tolibon"ni terrorchi tashkilot sifatida koʻrishiga qaramay, avvaldan u bilan doimiy aloqada boʻlib kelgan. Oldingi hukumat — Afgʻoniston Islom Respublikasi davrida ham Rossiya "Tolibon" bilan aloqalar qilib turgan. "Tolibon" Rossiyadagi konferensiyalarda ishtirok etish uchun kelib turgan hamda ular orasida fikr almashinuvlar, muhokamalar boʻlib turgan.
"2021 yilning avgust oyidagi voqeada — "Tolibon" hokimiyati oʻrnatilganidan keyin Rossiya va uning oʻrtasida munosabatlarning iliqlashishga qaratilgan xatti-harakatlar yanada yuzaga chiqdi. Tataristondagi Qozon forumida ham Rossiya va "Tolibon" oʻrtasida muloqotlar boʻldi. Rossiya oliy doira vakillari tomonidan "Tolibon"ni terroristik tashkilotlar roʻyxatidan chiqarish taklif qilindi. Bularning barchasi Rossiya va "Tolibon" oʻrtasidagi munosabatlarni iliqlashtirishga qaratilgan harakat hisoblanadi", deydi siyosatshunos.
Uning fikriga koʻra, hali bu harakatlar Rossiya "Tolibon"dan Markaziy Osiyoga taʼsir oʻtkazish uchun foydalanish darajasiga yetmagan.
"Voqealar rivoji shu darajada ketadigan boʻlsa, hali yaqin kelajakda Rossiya va “Tolibon” munosabatlari mustahkamlanib ketishi boʻyicha birorta belgi koʻrayotganim yoʻq", dedi Hamza Boltayev.
Xitoy –"Tolibon" munosabatlari xususida
Bundan tashqari, "Tolibon"ning Xitoy bilan munosabatlari ham tarixan yaxshi boʻlib kelgan. Birinchi boʻlib Xitoy "Tolibon" elchisidan rasmiy ishonch yorligʻini qabul qilgan hukumat hisoblanadi. Xitoy va "Tolibon" oʻrtasida diplomatik munosabatlar boʻlmasa-da, savdo-iqtisodiy munosabatlar mavjud.
Siyosatshunosga koʻra, Xitoy Afgʻonistonga nisbatan oʻz siyosatini uchinchi davlat yoki mintaqa qanday deb oʻylashi yoki nom berishi kabi holatlarga qarab shakllantirishdan ancha yiroq. Buning uchun munosabatlarga rasmiy nom berishdan koʻra amaliy qadamlar muhim.
"Bu haqiqiy pragmatizm va amaliy natijaga qaratilgan hamkorlik. Shu kunga qadar Xitoyning rasmiy kompaniyalari hali Afgʻonistonga investitsiyalar kiritmadi.
Amudaryo hududida neftni qayta ishlash, 10 mlrd dollarlik litiy konlari va Qobulni xavfsiz hudud sifatida "pilot" loyihalar boʻyicha takliflar berayotgan boʻlsa, bularning barchasi xususiy tashkilotlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Davlatning rasmiy kompaniyalari yoki tashkilotlari tomonidan berilmayapti. Shundan xulosa chiqarish mumkinki,
Xitoy Afgʻoniston bilan qilayotgan munosabatlarida bir tomondan juda ham ehtiyotkorlik bilan harakaatlanmoqda. Xitoyning bunday ehtiyotkorona harakati Tolibonning Afgʻonistonda xavfsizlik masalalarini toʻlaqonli hal etganiga ishonchi komil emasligi orqali talqin qilish mumkin. Shuning uchun sarmoya kiritish va boshqa masalalarda ikkilanib turibdi”, dedi siyosatshunos.
Markaziy Osiyo – "Tolibon" munosabatlari qay darajada mustahkam?
Boltayevning soʻzlariga koʻra, soʻnggi vaqtlardagi Markaziy Osiyo davlatlarining Afgʻoniston bilan munosabatlaridagi iliqlashuv bu mazkur hukumatni tan olishga harakat qilyapti degani emas.
Uning aytishicha, Markaziy Osiyo va Afgʻoniston munosabatlari iliqlashuv jarayonida. Garchand mintaqa “Tolibon”ni tan olmagan boʻlsa-da, munosabatlarni yaxshilanish yoʻlida ketmoqda. U bu munosabatlarni pragmatizm va amaliy choralarni ustuvor qilib qoʻyuvchi munosabat deb atadi.
"Diplomatik yoki rasmiy munosabatlarning oʻrnatilishi, bunday munosabatlarning iliqlashuvi va yaxshilanishi oqibatida tabiiy jarayon sifatida amalga oshib ketishi mumkin. Agar munosabatlar shu yoʻnalishda iliqlashib, yaxshilanib ketsa kelgusida Oʻzbekiston "Tolibon" hukumatini tan olishi ham ehtimoldan xoli emas. Agar qandaydir kutilmagan fojiaviy holatlar yuz bermasa, masalan, Afgʻonistonda xavfsizlik bilan bogʻliq jarayonlarning oʻta yomonlashib ketishi oqibatida ichki nizolarning yana kuchayib ketishi, Gʻarb va Afgʻoniston munosabatlarining haddan ortiq keskinlashib ketishi sabab "Tolibon" va Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarining uzoqlashuviga olib kelishi mumkin", deya bayon qilmoqda siyosatshunos.
Shuning uchun Markaziy Osiyo "Tolibon" hukumatini tan olish masalasida Gʻarb, Rossiya, Xitoy va boshqa davlatlarning manfaatlarini koʻzlab barcha tomonlarni hisobga olib harakat qiladi. Markaziy Osiyo davlatlari va Afgʻoniston munosabatlari iliqlashuvida Oʻzbekiston ancha faol.
Bosh vazir Abdulla Aripovning Afgʻonistonga borgani katta rasmiy tashrif sifatida baholangan. “Tolibon” bilan munosabatlari yaxshi boʻlgan Eron va Pokiston bilan ham bu darajada rasmiy uchrashuvlar boʻlmagan. Siyosatshunos "Tolibon" ishonchlimi degan savolga "Davlatlar oʻrtasida ishonch abadiy emas", deb javob berdi.
"Ishonch bormi?! Bor, lekin u qay darajada ekanligiga baho bera olmaymiz. Yuqori martabali davlat vakillari boryaptimi, demak ishonch shu darajada. “Tolibon” ishonchlimi yoki ishonchli emasmi degan savolga javob berish juda qiyin", deydi siyosatshunos.
Uning soʻzlariga koʻra, Afgʻoniston tarixida kutilmagan holatlar boʻlgan. Munosabatlar yaxshi boʻlib turgan bir paytda yomonlashib ketgan holatlar ham mavjud. Bunga yorqin misol sifatida Eron va Pokistonni olishimiz mumkin.
"Men pokistonlik tahlilchilar bilan gaplashganimda "Biz hayratdamiz, qanday qilib "Tolibon" Pokistonning Milliy xavfsizligiga taʼsir qiladigan kuchlarni qoʻllab-quvvatlashi mumkin?! Baʼzi ekspertlar ochiq aytishadi, Afgʻoniston hududidan AQSh va Ittifoq kuchlarining olib chiqib ketishiga Eron va Pokistonning yordami "Tolibon"ga nisbatan juda katta. Shunga qaramasdan Eron chegarasida toʻqnashuvlar boʻldi.
Eronga qarshi Afgʻoniston hududidan boshlanuvchi Hilmand daryosidagi suv masalasini Eronga qarshi qurolga aylantirdi. "Tolibon" bilan Eron oʻrtasidagi munosabatlar juda yaxshi boʻlgan. Chunki Amerikaga qarshi kurashishda ikkovining ham manfaatlari bir boʻlgan. Bular oʻrtasidagi harbiy va boshqa hamkorliklar oʻn yilliklarga borib taqaladi.
Shunga qaramay chegarada toʻqnashuvlar yuz beryapti, narkotik moddalar savdosi, odam savdosi va suvdan qurol sifatida foydalanishga harakatlar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarga putur yetkazish holatlari yuz beryapti", degan Hamza Boltayev.
Siyosatshunos "Tolibon"ning ishonchli yoki ishonchli emasligi boʻyicha uzoq muddat uchun javob bera olmasligini aytmoqda. Chunki ular yuqorida koʻrib turganimizdek oʻzgaruvchan.
"Hozirgi hukumat Afgʻonistonni boshqarishda uzoq yillik malakaga ega emasligini inobatga olgan holda aytish mumkinki, "Tolibon"ning kutilmagan va yumshoq qilib aytganda "tushunarsiz" harakatlar sifatida koʻriladigan ishlarni qilib qoʻyish ehtimoli juda yuqori. Bunday holatlar koʻp hollarda davlatchilik borasidagi malakaning yetishmasligidan kelib chiqadi", deya siyosatshunosh oʻz fikrini yakunladi.
Jahon
18.10.2024, 15:15
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Markaziy Osiyoda kuchlar kurashi: qaysi davlatlarda xorijiy harbiy bazalar bor?
Siyosat
04.02.2025, 14:04

Putin Eron prezidenti bilan suhbatlashdi: Tehron Rossiyadan yordam kutmoqda
Jahon
07.03.2026, 11:18

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Rossiyada muzlab qolgan itga yordam bergan kurer ishdan boʻshatildi
Jahon
27.02.2026, 12:34

Zelenskiy: Putin maqsadiga erisholmadi, biz Ukrainani saqlab qoldik
Jahon
25.02.2026, 13:51

Rossiya-Ukraina urushi: yoʻqotishlar, zarar va muzokaralar
Jahon
24.02.2026, 14:06
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
So‘nggi yangiliklar

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi
Jahon
11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi
Jahon
10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi
Oʻzbekiston
10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti
Oʻzbekiston
10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?
Jahon
10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak
Jahon
10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi
Iqtisodiyot
10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda
Oʻzbekiston
09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi
Oʻzbekiston
08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg
Iqtisodiyot
08.03.2026, 07:43
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
