Prezident Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 oktabr kuni Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, bu yerdagi ekspozitsiyalar orqali xalqimizning boy tarixiy va maʼnaviy merosini keng namoyish etishga qaratilgan ishlar bilan tanishdi.
Oʻzbekiston
20.10.2025, 21:29
Ulashish:

Mazkur ulkan va noyob loyiha davlat rahbarining 2017 yil 23 iyundagi qaroriga asosan boshlangan. Koʻp oʻtmay, 2018 yilgi Ramazon hayiti kuni uning poydevoriga tamal toshi qoʻyilgan edi. Oʻtgan davrda bu yerda katta hajmdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Markaz qadimiy meʼmoriy anʼanalarimiz va milliy bezaklar uygʻunligida barpo etildi. Inshootning toʻrt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, oʻrtada esa 65 metrli milliy uslubdagi gumbaz qad rostlagan.
Inshootning markaziy qismida Qurʼoni karim zali joylashgan. Bu yerda musulmon olamining noyob maʼnaviy durdonasi sanalgan qadimiy Usmon mushafi namoyish etiladi. Shuningdek, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, temuriylar va boshqa sulolalar davriga oid muqaddas kitob nusxalari, ularning eski oʻzbek tilidagi tarjimalari, shu bilan birga, jahondagi eng nodir qoʻlyozma Qurʼonlardan namunalar ham joy oladi.
Bundan tashqari, davlat rahbarining tashabbusi bilan chet ellarda saqlanayotgan tariximiz va ulugʻ allomalarimiz merosi bilan bogʻliq qimmatli manbalar va ashyolar Oʻzbekistonga qaytarildi.
Markaz tarkibida 460 oʻrinli anjumanlar zali ham qurib bitkazilgan boʻlib, xalqaro miqyosdagi uchrashuv va ilmiy anjumanlarni oʻtkazish uchun barcha zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan.
Majmuada “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinchi Renessans”, “Ikkinchi Renessans”, “Oʻzbekiston XX asrda” hamda “Yangi Oʻzbekiston – yangi Renessans” boʻlimlari tashkil etilgan. Bu yerda buyuk allomalarimiz faoliyati haqida maʼlumotlar, shuningdek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Bahouddin Naqshband va boshqa ulamolar merosi ham keng yoritilgan.
Shuningdek, tariximizda ilmu maʼrifat va maʼnaviyat homiysi boʻlgan Bibixonim, Nodirabegim, Uvaysiy hamda Anbar Otin kabi moʻʼtabar zotlar faoliyati ham alohida ekspozitsiya sifatida namoyish etilgan.
Davlat rahbari doimo markazning ilmiy-maʼrifiy yoʻnalishini samarali tashkil etish, uning mazmun-mohiyatini boyitib borish zarurligini alohida taʼkidlaydi. Bu borada Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy nomidagi ilmiy markazlar bilan hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida axborot berildi.
Tashrif chogʻida prezident zallarda amalga oshirilayotgan pardozlash va jihozlash ishlarini koʻzdan kechirdi, boʻlimlar va koʻrgazmalarning mazmun-mohiyati, qoʻllanilayotgan interfaol texnologiyalar bilan yaqindan tanishdi.
Davlat rahbari eksponatlarni mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilarga har tomonlama qiziqarli hamda tushunarli qilib taqdim etish muhimligini taʼkidladi. Shu maqsadda markazda faoliyat yuritadigan mutaxassis va gidlarning sonini koʻpaytirish, ularni maxsus dasturlar asosida tayyorlash zarurligiga eʼtibor qaratildi.
Markaz faoliyatini mazmunan yanada boyitish, ekspozitsiyalar orqali xalqimiz maʼnaviy va ilmiy merosini toʻliq namoyon etish boʻyicha qator tavsiyalar berildi.
Oʻzbekiston
20.10.2025, 21:29
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida pardozlash va jihozlash ishlarini koʻzdan kechirdi
Oʻzbekiston
29.08.2025, 15:24

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 10:18

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni
Oʻzbekiston
04.03.2026, 06:16

Ramazon saxovati: arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etiladi
Madaniy
13.02.2026, 17:31

Endi tank, samolyot va askarlar soniga tayanib gʻalabaga erishib boʻlmaydi — Prezident
Oʻzbekiston
13.01.2026, 17:15
Mashhur yangiliklar

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
