Toshkentda xavfli virus tarqaldimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda xavfli virus tarqalayotgani va kasallik koʻproq bolalarga taʼsir qilib, ularda pnevmoniyani keltirib chiqarayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holatga Sogʻliqni saqlash vazirligi munosabat bildirdi.
Oʻzbekiston
27.11.2024, 10:12
Ulashish:

Toshkentda xavfli virus tarqaldimi?
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Nurmat Otabekovaga koʻra, havo-tomchi yoʻli orqali yuqadigan respirator kasalliklar mavsumiy feʼl-atvorga ega. Kuz-qish davrida ularning koʻtarilishi kuzatiladi va bundan xavotirga tushish kerak emas.
"Bir necha hafta oldin yurtimizda havo harorati keskin pasaydi. Shu sababli koʻpchilik xonadonlar issiqlikni moʻʼtadil saqlab turish uchun eshik-derazalar, tirqishlarni zichlab yopadi. Oqibatda xonadonlar va yopiq bino-inshootlarda havo almashinuvi kamayishi hisobiga atmosferada viruslar konsentratsiyasi oshishi kuzatildi.
Odatda oʻtkir respirator kasalliklar bir necha klinik belgilar bilan namoyon boʻladi. Dastlab burun shilliq qavatida qichishish, keyinchalik hid bilish qobiliyati qisman pasayishi, aksirish, burun oqishi kuzatiladi", deydi Otabekov.
Bundan tashqari, u ayrim insonlarning tomogʻida achishish, qurish, ogʻriq, ovoz boʻgʻilishi va quruq yoʻtal paydo boʻlishi mumkinligini aytib, kasallikdan tuzalish bosqichida balgʻam koʻchishi, xastalikning yumshashi, yoʻtal chogʻida ogʻriqlar pasayishi singari holatlar yuz berishini ham taʼkidlagan.
"Bu kabi patologiyalarni keltirib chiqaradigan omillar koʻp. Gripp virusi, paragripp, rinovirus, adenovirus, koronavirus shular jumlasidandir. Yangi viruslar paydo boʻldi, degan xabarlarga kelsak, mana, hozirgacha dunyoda koronavirusning 45 mingga yaqin mutatsiyalari yuzaga keldi va hamon bu jarayon toʻxtagani yoʻq. Biroq oʻtgan davrda ulardan faqat 10-15 tasi kasallik chaqirdi, xolos. Shu maʼnoda, mutatsiyalardan vahima yasash kerak emas, deydi SSV mutaxassisi.
Nurmat Otabekovaga koʻra, hozir kuzatilayotgan oʻtkir respirator virusli infeksiyalar avj olish jarayonini tabiiy holat, deb qabul qilish zarur.
"Bugungi kunda mamlakatimiz hududida tibbiyot uchun notanish va nomaʼlum boʻlgan viruslar aylanib yurishi qayd etilgani yoʻq. Balki aniqlanayotgan kasalliklarning aksariyati mavsumiy respirator xastaliklardir.
Buni oldini olish va epidemiologik vaziyat barqarorligini taʼminlash uchun bemorlar jamoat joylariga chiqishdan, odamlar bilan muloqotdan imkon qadar oʻzlarini cheklashlari, ijtimoiy masofa saqlashlari, ayniqsa bemorlar va ularning parvarishi bilan shugʻullanayotgan shaxslar tibbiy niqobda boʻlishlari tavsiya etiladi", deya xulosa qilgan u.
Oʻzbekiston
27.11.2024, 10:12
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbekistonda I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi boshlanmoqda
Madaniy
06.07.2026, 13:02

Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi yopilgani aytilmoqda
Madaniy
06.07.2026, 11:19

Toshkent ko‘chalaridan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi
Oʻzbekiston
16.06.2026, 15:25

Yangi “Toshkent – Samarqand” avtomobil yo‘li 282 kilometrni tashkil etadi
Oʻzbekiston
01.06.2026, 17:47

Toshkentda 100 kilometrlik pulli halqa yo‘li qurilishi mumkin
Oʻzbekiston
26.05.2026, 09:23

Toshkent shahridagi koʻchalarda harakat vaqtincha cheklandi
Oʻzbekiston
12.07.2025, 12:06
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
So'nggi yangiliklar

Qozoğiston prezidenti Ukrainadagi uruşni muzlatişga çaqirdi
Siyosat
27.07.2026, 10:30

Ukrainaning Eron kemasiga hujumi javobsiz qolmaydi – Abbos Aroqçi
Siyosat
27.07.2026, 09:50

Sopollitepadan bronza davriga oid pilla parçasi topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:57

Adolf Gitler tuğilgan şaharda töqqizta ommaviy qabr topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:01

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Suriyaga taşrif buyurdi
Jahon
25.07.2026, 13:18

Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov
Siyosat
25.07.2026, 12:26

Venesuela prezidentlik saylovlariga tayyor emas – Tramp
Siyosat
25.07.2026, 10:59

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?
Ta'lim
24.07.2026, 16:50

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi
Siyosat
24.07.2026, 15:03

Arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidiga bosqinini qoraladi
Jahon
24.07.2026, 13:35

Özbekiston “Yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi – Baxtiyor Saidov
Siyosat
24.07.2026, 11:12

O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kreditni o‘z vaqtida to‘lolmayapti — MB
Iqtisodiyot
23.07.2026, 10:57

Epshteynga "qiz" yetkazib bergan fransuz modeli o'lik holda topildi
Jahon
23.07.2026, 10:01

Endi Toşkentdan Samarqandga 2,5 soatda yetib boriladi – Şavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston
22.07.2026, 16:01

Ukraina bu yil 700 kvadrat kilometr hududini qaytarib oldi
Siyosat
22.07.2026, 12:36

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi
Jahon
22.07.2026, 11:10

Fransiya 15 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
22.07.2026, 11:08

Xusiylar Saudiya Arabistoniga qarşi dengiz blokadasi e’lon qildi
Jahon
21.07.2026, 16:33

Gayana qirğoqlarida parom ağdarildi: halok bölganlar soni hozirça 27 ta
Jahon
21.07.2026, 13:23

Toshkent metropoliteniga 3 ta yangi poyezd olib kelindi
Oʻzbekiston
21.07.2026, 11:51
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
