“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda
Lotereyada 100 yevrolik chipta evaziga million dollarlik Pikasso asari taklif etilmoqda. Bu orqali Altsgeymer tadqiqoti uchun mablag‘ yig‘ish maqsad qilingan.
Madaniy
11.04.2026, 15:11
Ulashish:

Tashkilotchilar dunyoning eng mashhur rassomlaridan birining asarini xususiy kolleksionerga emas, balki oddiy xalqqa sovrin sifatida taqdim etmoqda.
Parijdagi “Christie’s” auksion uyida bo‘lib o‘tadigan qur’a tashlash marosimi ishtirokchilarga Pablo Pikasso asarini atigi bitta chipta narxida qo‘lga kiritish imkoniyatini beradi.
Tashabbus 120 000 tagacha chipta sotishni rejalashtirgan.
Agar barcha chiptalar sotilsa, lotereya 12 million yevrogacha daromad keltirishi mumkin. Bu mablag‘ning 1 million yevrosi rasm egasi bo‘lgan Opera galereyasiga beriladi.
Qolgan qismi esa Alstgeymer tadqiqot jamg‘armasi tomonidan Fransiyaning yetakchi shifoxona fondlaridan biri orqali kasallikka oid tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Bu yilgi mukofot
Joriy yil sovringa Pikassoning 1941-yilda qog‘ozga guash uslubida ishlangan “Ayol boshi” asari qo‘yilmoqda.
Ushbu portret rassom ijodining so‘nggi davriga, ya’ni uning ilk kubizm tajribalaridan o‘nlab yillar keyingi paytlarga oid.
"Pikasso" lotereyasi: avvalgi o‘yinlar
Avvalgi o‘yinlarga ham Pikasso asarlari qo‘yilgan. 2013-yilda o‘tkazilgan birinchi lotereyada pensilvaniyalik oddiy ishchi 1914-yilda chizilgan “Operadagi shlyapali odam” asarini yutib olgan.
2020-yildagi ikkinchi o‘yinda esa 1921-yilda moybo‘yoqda ishlangan “Natyurmort” kartinasi italiyalik hisobchiga nasib etdi.

2020-yildagi ushbu asar milliarder kolleksioner Devid Naxmaddan olingan bo‘lib, o‘sha vaqtda u Pikassoning o‘zi ham asarlarini lotereyaga qo‘yish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardi, deb ta’kidlagan.
“Pikasso juda saxiy inson edi. U asarlarini haydovchisiga, tikuvchisiga ham hadya qilardi. Rassom o‘z yaratiqlari faqat boylar tomonidan emas, balki har xil toifadagi odamlar tomonidan to‘planishini istardi”. – degan Nahmad.
Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, jami 10 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘plagan avvalgi ikki lotereya Livandagi madaniy tashabbuslarni hamda Afrikaning ayrim hududlaridagi suv ta’minoti va gigiyena dasturlarini moliyalashtirgan.
Yutuqli o‘yin 14-aprel, seshanba kuni kechqurun Parijda bo‘lib o‘tadi.
Madaniy
11.04.2026, 15:11
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06
So'nggi yangiliklar

Janubiy Koreya o‘z hududida atom suvosti kemalarini quradi
Jahon
28.05.2026, 16:53

Muqaddas Ka’ba haqida muhim 10 ta fakt
Madaniy
27.05.2026, 07:48

Sel suvlari – yo‘qotilayotgan resurs
Oʻzbekiston
26.05.2026, 11:12

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi
Jahon
26.05.2026, 10:27

Tijorat banklari “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushiradi
Iqtisodiyot
26.05.2026, 10:01

Toshkentda 100 kilometrlik pulli halqa yo‘li qurilishi mumkin
Oʻzbekiston
26.05.2026, 09:23

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”
Oʻzbekiston
25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi
Jahon
25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Madaniy
25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?
Jahon
25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi
Jahon
23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi
Jahon
22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda
Jahon
22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi
Jahon
22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi
Madaniy
22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48
Mashhur yangiliklar

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06
