Ali Xominaiy halok boʻldi: Eronda motam, rasmiy Tehron qasos haqida ogohlantirdi
Eronning oliy rahbari, 86 yoshli oyatulloh Ali Xominaiy 28 fevral kuni Tehrondagi qarorgohiga berilgan zarbalar oqibatida vafot etdi.
Jahon
01.03.2026, 08:32
Ulashish:

Bu haqda Eron davlat ommaviy axborot vositalari rasman xabar qildi. Mamlakatda 40 kunlik motam va bir haftalik taʼtil eʼlon qilindi.
Rasmiy bayonotlarda Xominaiy zamonaviy fanlarni puxta bilgan, keng diniy bilimga ega, jasoratli va qatʼiyatli rahbar sifatida taʼriflandi. Uning vafoti “islom olami va shia tarixida yangi sahifa ochuvchi voqea” sifatida qayd etildi. Eron hukumati bu hodisani “ogʻir jinoyat” deb atab, u hech qachon javobsiz qolmasligini bildirdi.
Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi ham alohida bayonot bilan chiqib, Xominaiyning oʻlimi mamlakatni yanada qatʼiyatli qilishini taʼkidladi. Bayonotda AQSh va Isroilning harakatlari “ochiqdan-ochiq tajovuz” sifatida baholanib, qotillar va tashkilotchilar qattiq jazolanishi aytildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp shanba kuni qoʻshma zarbalar vaqtida Xominaiy halok boʻlganini eʼlon qildi. Isroillik rasmiylar ham uning jasadi topilganini bildirgan. AQSh Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) Eronga qarshi zarbalar davom etayotganini maʼlum qildi va bu harakatlarni “tez va qatʼiy choralar” deb atadi.
Sunʼiy yoʻldosh tasvirlarida Tehrondagi oliy rahbar qarorgohida jiddiy vayronagarchilik yuz bergani koʻringan. Eron nashrlari Xominaiy hujum paytida oʻz ish joyida boʻlganini qayd etdi.
Ali Xominaiy 1979 yilgi Islom inqilobidan keyin hokimiyatga kelgan oyatulloh Ruhulloh Humayniyning vorisi edi va 36 yil davomida mamlakatni boshqarib kelgan. Uning oʻlimi Eron Islom Respublikasi uchun ulkan siyosiy sinov sifatida baholanmoqda.
Reuters xabariga koʻra, AQSh razvedkasi hujumlardan oldin turli ssenariylarni baholagan. Ularda ehtimoliy variantlardan biri sifatida Inqilob muhofizlari korpusiga mansub qatʼiy pozitsiyadagi shaxslar hokimiyatni qoʻlga olishi mumkinligi qayd etilgan.
Soʻnggi yillarda Eron ichki va tashqi bosimlar ostida edi. Mamlakat ichida iqtisodiy qiyinchiliklar va narx-navo oshishiga qarshi ommaviy namoyishlar kuzatildi. Tashqi siyosatda esa Isroil va AQSh bilan keskinlik kuchaygan, Livanda “Hizbulloh”ning zaiflashishi va Suriyada Bashar Asad hokimiyatining agʻdarilishi Eronning mintaqaviy taʼsiriga taʼsir koʻrsatgan edi.
Xominaiy ballistik raketa dasturidan voz kechish boʻyicha muzokaralarni rad etgan va bu dasturni mamlakat xavfsizligi uchun asosiy tiyib turuvchi omil deb hisoblagan. Kuzatuvchilar fikricha, aynan shu murosasiz pozitsiya ham vaziyatning keskinlashuviga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
Ayni paytda Eronda siyosiy jarayonlar qanday rivojlanishi, oliy rahbar oʻrnini kim egallashi va mintaqadagi vaziyat qay tomonga burilishi xalqaro hamjamiyat diqqat markazida qolmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar

“Butun Livan yonishi, minglab livanlik onalar yig‘lashi kerak” — Itamar Ben Gvir
Jahon
19.06.2026, 15:12

Eronda namoyishchilar Isroil ramzlari tushirilgan «Baal» haykalini yoqib yubordi
Jahon
12.02.2026, 12:34

Gʻazo sektori markazida Isroil havo hujumi oqibatida ikki shifokor halok boʻldi
Jahon
13.05.2024, 10:05

Livandan Isroilga 35 ta raketa uchirildi
Jahon
11.03.2024, 09:47

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi
Jahon
22.07.2026, 11:10

Ayrim Isroil amaldorlari urushni cho‘zmoqchi — AQSH vitse-prezidenti
Siyosat
16.07.2026, 15:54
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
So'nggi yangiliklar

«Erimning qarzini nega men tölaşim kerak?» – maktub
Madaniy
27.07.2026, 13:52

Fransiya va Ispaniya örmon yonğinlariga qarşi kuraşmoqda
Jahon
27.07.2026, 12:22

Tibbiyot xodimlari farzandlari uçun kontrakt tölovining bir qismi qoplab beriladi
Oʻzbekiston
27.07.2026, 12:16

Qozoğiston prezidenti Ukrainadagi uruşni muzlatişga çaqirdi
Siyosat
27.07.2026, 10:30

Ukrainaning Eron kemasiga hujumi javobsiz qolmaydi – Abbos Aroqçi
Siyosat
27.07.2026, 09:50

Sopollitepadan bronza davriga oid pilla parçasi topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:57

Adolf Gitler tuğilgan şaharda töqqizta ommaviy qabr topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:01

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Suriyaga taşrif buyurdi
Jahon
25.07.2026, 13:18

Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov
Siyosat
25.07.2026, 12:26

Venesuela prezidentlik saylovlariga tayyor emas – Tramp
Siyosat
25.07.2026, 10:59

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?
Ta'lim
24.07.2026, 16:50

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi
Siyosat
24.07.2026, 15:03

Arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidiga bosqinini qoraladi
Jahon
24.07.2026, 13:35

Özbekiston “Yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi – Baxtiyor Saidov
Siyosat
24.07.2026, 11:12

O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kreditni o‘z vaqtida to‘lolmayapti — MB
Iqtisodiyot
23.07.2026, 10:57

Epshteynga "qiz" yetkazib bergan fransuz modeli o'lik holda topildi
Jahon
23.07.2026, 10:01

Endi Toşkentdan Samarqandga 2,5 soatda yetib boriladi – Şavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston
22.07.2026, 16:01

Ukraina bu yil 700 kvadrat kilometr hududini qaytarib oldi
Siyosat
22.07.2026, 12:36

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi
Jahon
22.07.2026, 11:10

Fransiya 15 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
22.07.2026, 11:08
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
