updated: 23.05.2026, 11:30

Amudaryo 65% gacha qisqaradi: Markaziy Osiyoda suv tanqisligi keskin oshmoqda

2026-yil yoziga Markaziy Osiyo o‘tgan yillarga nisbatan ancha kam suv zaxiralari bilan kirib kelmoqda. Joriy yil mintaqa uchun suv tanqisligi borasida qanchalik hal qiluvchi davrga aylanadi? Ushbu maqola shu haqda.

Jahon

21.04.2026, 16:58

Ulashish:

Amudaryo 65% gacha qisqaradi: Markaziy Osiyoda suv tanqisligi keskin oshmoqda

Prognozlarga ko‘ra, 2026-yilning yozi suv tanqisligi borasida Markaziy Osiyo uchun o‘ta muhim davr bo‘lib, Mintaqa vegetatsiya mavsumiga o‘zining asosiy daryo havzalari – Amudaryo va Sirdaryoda o‘tgan yillarga nisbatan ancha kam suv bilan qadam qo‘ymoqda.

 

Qozog‘iston

Qozog‘istonning janubiy viloyatlari – Qizilo‘rda, Turkiston va Jambil – allaqachon suv tanqisligi bosqichiga kirgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, sug‘orish uchun suv taqchilligi 1 milliard kub metrga yetishi mumkin.

Sirdaryo havzasidagi suv oqimi me’yordan 3,2 milliard kub metrga kamayishi kutilyapti. Vegetatsiya davriga qadar esa umumiy suv hajmi taxminan bor-yo‘g‘i 1–2 milliard kub metrni tashkil etadi, bu esa ehtiyojdan ancha pastdir. 

Mintaqadagi asosiy suv saqlash inshooti bo‘lgan Shardara suv ombori hozirda o‘zining loyihaviy imkoniyatining sal kam yarmigagina to‘lgan.

 

O‘zbekiston

Aholi zichligi va yirik qishloq xo‘jaligi sektori tufayli O‘zbekiston yanada murakkab vaziyatga duch kelmoqda.

Prognozlarga ko‘ra, joriy yilda Amudaryo oqimi me’yordan 65 foizigacha kamayadi.

Toshkent kanallarni rekonstruksiya qilishga sarmoyalarni tezlashtirmoqda, chunki yetkazish paytidagi suv yo‘qotishlari 40 foizgacha bo‘ladi.

Bunday sharoitda daryo yuqori va quyi oqimidagi davlatlar o‘rtasida ziddiyatlar yanada keskinlashishi mumkin.

 

Qirg‘iziston

Qirg‘iziston energetika xavfsizligi va quyi oqimdagi qo‘shnilari oldidagi majburiyatlari o‘rtasida qiyin tanlovga duch kelmoqda.

To‘qtag‘ul suv omborida suv to‘planish darajasining pastligi gidroenergiya ishlab chiqarishni cheklab, qishda energiya taqchilligiga va yozda — aynan Qozog‘iston va O‘zbekistonga sug‘orish uchun suv zarur bo‘lgan paytda — suv chiqarish hajmining kamayishiga sabab bo‘lmoqda.

 

Tojikiston

Tojikiston ham Amudaryo havzasida jiddiy qiyinchilikka duch kelmoqda. Suv omboridagi suv sathi avvalgi me’yorlardan bir necha metr past bo‘lgani sababli, Norak gidroelektr stansiyasi qat’iy tejamkorlik tamoyillari asosida ishlamoqda.

Dushanbe uchun Rog‘un loyihasini amalga oshirish ustuvor vazifaga aylanyapti, bu esa quyi oqimdagi davlatlarda haqli xavotir uyg‘otadi.

 

Turkmaniston

Turkmaniston 2026-yilda keskin suv tanqisligi bilan to‘qnash keladi. Axal va Mari viloyatlarida yaylovlarning degradatsiyasi va sug‘orishning cheklanganligi chorva mollari sonini va g‘alla hosildorligini kamaytiradi.

 

Qo‘shtepa kanali – beqarorlashtiruvchi omil

Afg'onistondagi Qo'shtepa kanali qurilishi USAID tomonidan  moliyalashtirilgan – OAV

2026-yilning yoziga kelib, Qo‘shtepa kanalining Amudaryo havzasiga ta’siri yaqqol sezila boshlaydi. Betartib suv olinishi quyi oqimni 15–25 foizga kamaytirishi mumkin.

Afg‘onistonning suv taqsimoti bo‘yicha mintaqaviy kelishuvlarda ishtirok etmasligi amaldagi mexanizmlar bilan hal etib bo‘lmaydigan huquqiy bo‘shliqni yuzaga keltirmoqda.

Natijada Markaziy Osiyo asosan reaktiv bo‘lgan hamda sovet davri normalariga asoslangan an’anaviy suv boshqaruv tizimlari endi samara bermaydigan davrga yaqinlashmoqda.

Shu bois yagona suv-energetika strategiyasini yaratish hayotiy zaruratdir.

 

Orol inqirozi

Orol dengizi - dunyodagi eng sho'r ko'llardan biri

2025-yilda Orolbo‘yi mintaqasiga 975 million kub metr suv kelishi prognoz qilingan bo‘lsa-da, Qorateren gidropostida o‘lchangan haqiqiy suv oqimi atigi 589 million kub metrni tashkil etdi, bu kutilganidan 386 million kub metrga kamdir.

Qisman tiklanishga erishayotgani tez-tez e’tirof etiladigan Shimoliy (Kichik) Orol dengizi jiddiy sinovga uchrayapti. Ko‘korol to‘g‘oniga qaramay, yoz chillasida Sirdaryodan kelayotgan suv oqimining 50 m³/s dan ham pasayib ketishi kuchli bug‘lanish o‘rnini qoplay olmayapti.

Ayrim mutaxassislar fikricha, avgust oyiga borib suv sathi 50-70 sm ga pasayadi. Bu esa qirg‘oq chizig‘ining chekinishi va sho‘rlanishning kuchayishiga olib kelib, Sarishig‘anoq qo‘ltig‘idagi baliqchilik xo‘jaligiga xavf tug‘diradi.

2026-yilning yozi noodatiy issiqlikda kechadi, bu esa qurigan dengiz tubidan tuz bo‘ronlari ko‘tarilish ehtimolini oshiradi.

Zaharli tuzlar va pestitsid qoldiqlarini yuzlab kilometrga yoyishga qodir 10-12 ta yirik chang-to‘zon hodisasi yuz berishi xavfi mavjud. Bu nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki Xorazm va hatto Tyan-Shan tog‘ etaklariga ham ta’sir etadi.

 

Orolbo‘yi – sog‘liq uchun xavfli mintaqa

The Disappearing Aral Sea | British Sea Fishing

Orolbo‘yi mintaqasida ko‘z va nafas yo‘llari kasalliklari, shuningdek, kamqonlik va saraton kabi xastaliklar ko‘payib bormoqda.

asrning 60-yillaridan beri yurak ishemik kasalligi 18 barobar, pnevmoniya 19 barobar, surunkali bronxit esa 30 barobar ortgan.

Ichimlik suvi sifatining yomonligi Qoraqalpog‘istonning qishloq hududlarida buyrak-tosh kasalligining 4,2 barobar ko‘payishiga olib keldi.

Tadqiqotchilarning fikricha, bolalardagi respirator kasalliklarning 46,4 foizi va kattalardagi xastaliklarning 38,9 foizi chang bo‘ronlari natijasida havoning sulfatlar bilan ifloslanishiga bog‘liqdir.

Orol dengizining qurigan tubini o‘rmonzorga aylantirish oqibatlarni yumshatishga qaratilgan asosiy chora bo‘lib, 2026-yil o‘rtalariga borib Qozog‘iston va O‘zbekistonda ekilgan saksovul va boshqa sho‘rga chidamli o‘simliklar 1,7–2 million gektar maydonni egallashi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Qozog‘iston Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi dengiz tubida yillik quvvati 1,5 million tup ko‘chatga teng bo‘lgan o‘rmon xo‘jaligi pitomnigini barpo etmoqda.

Bu “yashil qalqonlar” qum va tuz ko‘chishining oldini olishga yordam beradi, biroq ularning omon qolishi yerosti suvlari sathiga bog‘liq, bu sath esa pasayib bormoqda. 

 

Suv diplomatiyasi

Central Asia needs regional and international cooperation to bolster water  security - Atlantic Council

2025–2026-yillar pragmatik mintaqaviy hamkorlikka o‘tish bilan ham ahamiyatli. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston suv-energetika almashinuvi to‘g‘risida kelishuvlar imzoladi. Unga ko‘ra, vegetatsiya davrida suv oqizish hajmini oshirish evaziga elektr energiyasi yetkazib beriladi.

Parallel ravishda avtomatlashtirilgan monitoring tizimlarini joriy etish bo‘yicha sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Qozog‘iston va O‘zbekiston shaffoflikni oshirish hamda suv taqsimoti yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni kamaytirish maqsadida Sirdaryo bo‘ylab raqamli hisoblash shoxobchalarini o‘rnatishni boshladi.

Navbatdagi muhim tadbir — 22–24-aprel kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Mintaqaviy ekologik sammit (RES).

Uning kun tartibiga Orol dengizi havzasi bo‘yicha qo‘shma dasturlar, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasini isloh qilish, transchegaraviy suv resurslarini barqaror boshqarish va suv hisobini yuritishning raqamli tizimlarini joriy etish kabi masalalar kiritilgan.

Bundan tashqari, Qosim-Jomart Toqayevning BMT doirasida Xalqaro suv tashkilotini tuzish bo‘yicha taklifida ham ijobiy siljishlar kutilmoqda.

Xalqaro mojarolar va geosiyosat bo‘yicha mutaxassis Timur Serikulining fikricha, 2026-yil yozi Markaziy Osiyo uchun burilish nuqtasiga aylanishi mumkin. Qurg‘oqchilik sikllarining infratuzilma va institutsional kamchiliklar bilan bir paytda kesishishi suvni mintaqaning asosiy xavf omiliga aylantirmoqda.

Asosiy ustuvor yo‘nalishlar sirasiga quyidagilar kiradi:

-      shaffof taqsimot mexanizmlari;

-      raqamli monitoring;

-      infratuzilmani modernizatsiya qilish;

-      uzoq muddatli ekologik va suv-energetika strategiyalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish.

Agarda bunday choralar ko‘rilmasa, suv nafaqat tanqis bo‘lib qolishi, balki mintaqada keng ko‘lamli beqarorlik manbasiga ham aylanishi mumkin.

Mualllif: Isomiddin Jumanazarov

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?

OPEC+ mamlakatlari oktyabr oyida neft qazib olişni kuniga 2,04 million barrelga oşirdi. Bu körsatkiç Eronga qarşi AQŞ va Isroil uruşi boşlanişidan oldingi darajaga yaqinlaşdi. 

Iqtisodiyot

13.11.2026, 09:04

F1 çempioni Lyuis Hemilton Ğazo çegarasida

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi

Yetti karra Formula-1 çempioni Hemilton «Rafah» çegara punktini oçişga çaqirdi.

Jahon

12.11.2026, 16:42

Толибон эркак шифокорларнинг аёлларни даволашини чекламоқда

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda

Erkak şifokorlarga ayol bemorlarni mahramsiz körikdan ötkaziş taqiqlangan. Çeklovlar tibbiy yordam oliş imkoniyatini yanada qiyinlaştirmoqda.

Jahon

12.11.2026, 15:46

Ğazodagi 70 mingga yaqin çodirni suv bosdi

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti

Ğazo sektoridagi 70 mingga yaqin çodirni suv bosgan, 350 ming atrofidagi aholi toşqinlardan zarar körgan. BMT Isroilni gumanitar yordam yetkaziş uçun barça çegara ötiş punktlarini oçişga çaqirmoqda.

Jahon

12.11.2026, 12:36

Фазлиддинхон Меҳмонов ҳамда блогер Азиз Ғоипназаров

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi

«Demokrat.uz» rahbari va bloger Aziz Ğoipnazarov qanday jinoyatda ayblandi va sud ularga qanday jazo tayinladi? Iş tafsilotlari ma’lum böldi.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 12:27

Янги Тошкент шаҳрининг меъморий макети.

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?

Yangi Toşkentda hokim kimga böysunadi, şaharni kim boşqaradi va davlat idoralari qayerda joylaşadi? Prezident farmoni bilan yangi şaharning boşqaruv tizimi belgilandi.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 11:08

Cохта IMEI код

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari

IMEI kodlarini soxtalaştiriş, noqonuniy import sxemalari va iPhone importi 6,2 barobar oşgan.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 10:51

Блогернинг ижтимоий саҳифасидан

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida öziga mutlaqo begona qizning suratini uning roziligisiz joylaştirib, unga nisbatan asossiz ayblovlar bildirganlikda gumon qilinmoqda.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 10:35

Блогер Феруза Норматованинг ижтимоий тармоқдаги саҳифасида эълон қилинган видеосидан лавҳа.

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida öziga mutlaqo begona qizning suratini uning roziligisiz joylaştirib, unga nisbatan asossiz ayblovlar bildirganlikda gumon qilinmoqda.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 10:35

Kiberhujum

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi

Xakerlar Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid 2 000 dan ortiq hujjatni öğirlagan. Şuningdek, Özbekiston örmon xöjaligiga aloqador tizimga ham kirgan.

Jahon

12.11.2026, 10:18

“Aytmatov” va “Kulpaş” filmlari posteri

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi

Qozoğistonda 1930-yilgi oçarçilik va Stalin qatağonlari aks etgan ikki film namoyişi qoldirildi. Bu holat mamlakatda senzura va ijod erkinligi borasidagi bahslarni kuçaytirmoqda.

Madaniy

11.11.2026, 15:53

Rossiya IIV: migrantlar orasida jinoyatçilik yarim yilda 40 foizga kamaydi

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Rossiyada xorij fuqarolari 20 mingdan ortiq jinoyat sodir etgan. IIV migrantlarga nisbatan çeklovlar jinoyatçilikni kamaytirganini da’vo qilmoqda.

Jahon

11.11.2026, 12:17

GTL

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?

Qariyb 3,42 milliard dollarlik majmua import örnini bosişi kerak edi, ammo işlab çiqariş va import körsatkiçlari loyihaning samaradorligi haqida jiddiy savollarni yuzaga keltirmoqda.

Oʻzbekiston

11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi

Eron inqilobi qöriqçilari korpusining Harbiy-havo va kosmik kuçlari tasarrufidagi yangi raketa majmuasida ballistik va qanotli raketalar joylaştirilgan.

Jahon

11.11.2026, 11:36

Европа Иттифоқи ҳарбийлари Украинада

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi

Qaror Yevropa Ittifoqining Ukrainaga kömaklaşiş böyiça harbiy yordam missiyasi faoliyati yuzasidan ötkazilgan sönggi strategik tahlildan keyin qabul qilindi.

Jahon

11.11.2026, 10:09

Çegara mojarosida zarar körgan uy

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi

Tojikiston bilan çegara hududlari almaşinuvi natijasida Qirğiziston tasarrufiga ötgan 213 ta uyning 170 tasi yaşaş uçun yaroqli deb topildi. Ularni 2021–2022-yillardagi qurolli töqnaşuvlarda uyidan ayrilgan fuqarolarga beriş rejalaştirilmoqda.

Jahon

10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi

 Bu haqda studiya direktorlar kengaşi raisi Yuliana Slaşçyova 9 noyabr kuni Toşkentda ötkazilgan III Özbekiston – Rossiya mediaforumida ma’lum qildi.  

Madaniy

10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi

12 noyabr kuni Özbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari örtasida bölib ötadigan örtoqlik uçraşuviga hakamlar tayinlandi.

Sport

10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda

Rossiyada millionlab böş iş örinlari mavjud bölsa-da, hukumat xorijliklarning mehnat faoliyatini çeklaşda davom etmoqda. 2027-yildan sakkizta hududda migrantlarga taksiçilik qiliş taqiqlanişi, Sankt-Peterburgda esa çeklovlar boşqa sohalarga ham yoyilişi mumkin.

Siyosat

09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?

Samsung smartfonlar, televizorlar yoki kir yuviş maşinalaridan taşqari osmonöpar binolar ham quradi. Kiyim-keçak sotadi. Bir paytlar harbiy texnika ham işlab çiqargan. 2016-yilda esa “portlaydigan” telefonlar sotgan. Ayrimlar kompaniya rahbarini mamlakat prezidentidan ham qudratliroq deb hisoblaydi.

Fan-texnologiya

09.11.2026, 16:19

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →