Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz Markaziy Osiyoni logistika markaziga aylantirishi mumkin
Markaziy Osiyo koridorlari dengiz yo‘llariga nisbatan uzunroq va qimmatroq bo‘lsa-da, barqarorlikni ta’minlay oladi. Yo‘lning arzonligi muhim emas. Muhimi – yo‘lning ishonchliligi.
Jahon
07.05.2026, 13:30
Ulashish:

“The Guardian” gazetasida yaqinda chop etilgan maqolada aytilishicha, AQSH, Isroil va Eron ishtirokidagi mojaro hamda Hormuz atrofidagi beqarorlik sababli an’anaviy gumanitar ta’minot yo‘nalishlari ishdan chiqmoqda. Afg‘oniston uchun bu endi nazariy xavotir emas, balki amaliy voqelikka aylangan.
Butunjahon oziq-ovqat dasturi (WFP) ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonga oziq-ovqat yetkazib berish xarajatlari uch baravar oshgan. Ilgari dengiz orqali Hormuzdan o‘tib, Pokiston portlariga keladigan yuklar endi bir necha mamlakat orqali quruqlikdan o‘tishga majbur, bu esa yetkazib berishni bir necha haftaga kechiktirmoqda. Oqibatda zaif qatlamlar, ayniqsa, bolalar jabr ko‘ryapti.
Barqarorlik va oldindan prognoz qilish imkoniyatlari izdan chiqdi. Yuklar manziliga yetib bormayapti, yo‘nalishlar tinimsiz o‘zgarmoqda, yoqilg‘i narxining ko‘tarilishi esa yordam agentliklarining operatsion xarajatlarini oshirib yubormoqda.
Afg‘oniston uchun buning oqibatlari juda og‘ir. Mamlakat bir necha yildan buyon davom etayotgan oziq-ovqat inqirozini boshdan kechirmoqda, millionlab aholi tashqi yordamga qaram. Hatto bir yoki ikki haftalik kechikishlar ham to‘yib ovqatlanmaslik va o‘lim ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir qiladi.
BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda 3,7 millionga yaqin afg‘onistonlik bola ozib ketishdan aziyat chekmoqda. Ularning deyarli bir millioni o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan o‘ta og‘ir holatda.
UNICEF prognozlariga ko‘ra, birgina 2026-yilning o‘zida 6 oylikdan 59 oylikkacha bo‘lgan 1,304 million nafar bola, jumladan, og‘ir ahvoldagi va boshqa yuqori xavf guruhlariga mansub bolalar yetarlicha to‘yib ovqatlanmaslik tufayli davolanishga muhtoj bo‘ladi. Yana 1,2 million homilador va emizikli ayollar ham yetarlicha to‘yib ovqatlanmaslikdan qiynalmoqda.
Bunday sharoitda yordam yetkazib berishdagi qisqa uzilishlar ham inson hayoti uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavfga aylanadi.
Ushbu vaziyatni murakkablashtirayotgan asosiy omillar:
Birinchidan, Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi beqarorlik dengiz yo‘llarini ham qimmat, ham xavfli qilib qo‘ydi.
Ikkinchidan, asosiy quruqlik yo‘nalishi – Pokiston koridori ishonchsiz bo‘lib qoldi. Kobul va Islomobod o‘rtasidagi siyosiy hamda xavfsizlikka oid munosabatlar o‘zgaruvchan.
Uchinchidan, Eron oziq-ovqat eksportiga cheklovlar joriy qildi va o‘zi ham mojaro zonasiga aylandi.
Markaziy Osiyoning ahamiyati
“The Times of Central Asia” nashri e’lon qilgan maqolaga ko‘ra, yuqoridagi uch jihat sababli WFP Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish uchun o‘z logistika tarmog‘ini qayta barpo etmoqda.
Yechimlardan biri “Lojuvard yo‘li”dan, ya’ni Kaspiy dengizi orqali o‘tuvchi Turkiya-Gruziya-Ozarbayjon-Turkmaniston-Afg‘oniston yo‘nalishidan foydalanishni kuchaytirishdir.
Ushbu yo‘nalish uzunroq va qimmatroq bo‘lsa-da, barqarorlikni ta’minlaydi va izdan chiqqan dengiz yo‘llariga muqobil variantni taqdim etadi.
Yo‘lning arzonligi muhim emas. Muhimi – yo‘lning ishonchliligi.
Yaqin-yaqingacha Markaziy Osiyo orqali o‘tuvchi quruqlik yo‘llari tezlik va narx jihatidan dengiz tashuvlari bilan raqobatlasha olmaydigan ikkinchi darajali bir imkoniyat sifatida ko‘rilardi.
Endilikda bu munosabat o‘zgarib, Markaziy Osiyo orqali o‘tadigan quruqlik yo‘laklari muqobil yo‘nalish emas, balki zaruriyat sifatida namoyon bo‘la boshladi.
Mintaqada gumanitar tranzitni uchun zarur bo‘lgan infratuzilmaning katta qismi mavjud:
- Qozog‘iston va Turkmanistondagi Kaspiy dengizi portlari multimodal transport aloqalarini ta’minlaydi;
- temiryo‘l tarmoqlari O‘zbekiston va Turkmaniston orqali Markaziy Osiyoni Afg‘oniston bilan bog‘laydi;
- Termiz shahri uzoq vaqtdan beri Afg‘oniston shimoli uchun asosiy logistika markazi bo‘lib xizmat qilib kelgan.
Muhimi, Markaziy Osiyo davlatlari Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi mojaroga bevosita aloqador emas, bu esa ularni xalqaro tashkilotlar uchun yanada qulay hamkorlarga aylantiradi.
Infratuzilma allaqachon mavjud; uni noldan qurish emas, balki moslashtirish va kengaytirish talab etiladi.
Mintaqada mamlakatlarning o‘ziga xos rollari allaqachon shakllana boshladi:
- Qozog‘iston Kaspiy dengizi va Xitoy bilan bog‘langan temiryo‘l koridorlari orqali shimoliy kirish nuqtasi vazifasini o‘tashi mumkin;
- O‘zbekiston Afg‘onistonga gumanitar yordam yetkaziladigan asosiy quruqlikdagi habga aylanishi ehtimoli bor;
- Turkmaniston esa Afg‘onistonning g‘arbiy hududlariga olib boruvchi eng qisqa yo‘nalishni taqdim etadi.
Mintaqaviy logistika muammolari
Bunday salohiyatga qaramay, jiddiy to‘siqlar hamon saqlanib qolmoqda.
Temir yo‘l tariflari va port yig‘imlarining yuqoriligi transport yo‘laklarini haddan tashqari qimmatlashtirib yuborishi mumkin. Bojxona tartib-taomillari esa kechikishlar va noaniqliklarni yanada oshirmoqda.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari logistika strategiyalarini hanuzgacha mustaqil ishlab chiqishga moyil bo‘lib, mintaqaviy muvofiqlashtirish ishlari cheklangan.
Eng jiddiy muammo — gumanitar logistika uchun mo‘ljallangan barqaror mintaqaviy mexanizmning mavjud emasligi.
Mavzuga oid yangiliklar

Yordamlar qisqargani sabab Afğonistonda bolalar ölimi köpaymoqda — BMT
Jahon
05.08.2026, 14:08

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

Xusiylar Saudiya Arabistoniga qarşi dengiz blokadasi e’lon qildi
Jahon
21.07.2026, 16:33

Yevropa Ittifoqi G‘azo uchun 1 milliard dollarlik yordam dasturini ishga tushirdi
Jahon
13.07.2026, 18:03

AQSh butun Eronni yo‘q qilishga tayyor – Tramp
Jahon
11.07.2026, 11:14

Eron va AQSH bir-biriga zarba berdi
Jahon
08.07.2026, 10:21
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Netanyaxu oʻrnini kim egallaydi?
Siyosat
17.10.2026, 10:37
So'nggi yangiliklar

Yamanda qamal sabab kasalliklar tarqalmoqda
Jahon
14.11.2026, 14:21

Jensen Xuang Nvidia’dan ketdi: kompaniyani endi kim boşqaradi?
Jahon
14.11.2026, 13:19

Uç buyuk davlat rahbari Xitoyda uçraşadi
Jahon
14.11.2026, 10:05

AQŞda deportatsiya va hibsga olişlar soni rekordga yetdi
Jahon
13.11.2026, 14:50

Toşkentda avtomobillarni evakuatsiya qiliş tartibi özgardimi?
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:32

Özbekistonda ilk bor sun’iy muzlik — “Ice Stupa” texnologiyasi joriy etildi
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:12

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Netanyaxu oʻrnini kim egallaydi?
Siyosat
17.10.2026, 10:37
