Chirchiq va Qoradaryo baliqlaridan mikroplastik topildi

2025-yil boshida “Nature Medicine” ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, odamning miyasida taxminan 7 gramgacha — ya’ni bir martalik plastik qoshiq og‘irligicha mikro- va nanoplastik zarrachalari to‘planib qolgan. 

Ulashish:

Chirchiq va Qoradaryo baliqlaridan mikroplastik topildi

Bu ko‘rsatkich 2016-yilgi namunalarga nisbatan 50 foizga ko‘p — ya'ni muammo yashirincha, lekin tez sur’atda kuchaymoqda. Plastik zarrachalari tanamizga osmondan tushib qolgani yo‘q. Mikroplastik biz iste’mol qilayotgan suv va oziq-ovqat, jumladan, baliqdan ham tanamizga joylashishi mumkin. 

O‘zbekiston va xorijiy olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot esa buni Chirchiq va Qoradaryo misolida aniq ko‘rsatib berdi.

Chirchiq va Qoradaryodagi baliqlaerning 60,7 foizida mikroplastik bor 

O‘zbekiston daryolaridagi baliqlar organizmida mikroplastik zarrachalari keng tarqalgani aniqlandi. Olimlar o‘rgangan baliqlarning yarmidan ko‘pida plastik tolalar mavjud bo‘lib, yirik baliqlarda ularning miqdori yanada ko‘proq chiqqan.

Tomsk davlat universiteti O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti va Andijon davlat universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Sirdaryoning irmoqlari hisoblangan Chirchiq va Qoradaryosida yashaydigan baliqlarning 60,7 foizi organizmidan mikroplastik zarrachalari topilgan.

Har bir baliq organizmida o‘rtacha 2,61 ta plastik zarrachasi va qariyb 11,5 mikrogramm plastik aniqlangan. Baliqlardan topilgan plastiklarning katta qismi juda ingichka mikrotolalardan iborat bo‘lib, Qoradaryoda aniqlangan zarrachalarning 89,7 foizi, Chirchiqda esa 93 foizi aynan shunday tolalar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, mikroplastik baliqlarga jiddiy zarar yetkazadi. Qattiq tolalar hazm qilish tizimining shilliq qavatini shikastlaydi. 

Bundan tashqari, plastik tarkibidagi zaharli qo‘shimchalar va monomerlar baliqlarning endokrin hamda immun tizimi faoliyatini buzishi mumkin.

Mazkur zararli mexanizm inson organizmi uchun ham xuddi shunday xavf tug‘diradi. Tanasida mikroplastik mavjud bo'lgan baliq iste’mol qilinganda xuddi shu zarrachalar inson tanasiga ham ko‘chib o‘tadi. 

Tanamizdagi “chaqirilmagan mehmon”

Bu muammo faqat daryo baliqlari bilan cheklanmaydi — mikroplastik allaqachon inson organizmining o‘ziga ham kirib ulgurgan:

- Xalqaro tadqiqotchilarning baholashicha, o‘rtacha bir inson haftasiga taxminan 5 gramm (bir bank kartasi og‘irligicha) mikroplastikni ovqat, suv va havo orqali yutishi mumkin, garchi boshqa, ancha ehtiyotkor metodologiya bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar bu ko‘rsatkichni ancha kichikroq — haftasiga bir necha mikrogramm darajasida baholaydi. 

- Mikroplastik qon, jigar, buyrak, yo‘ldosh (platsenta) va hatto onaning sut bezlarida ham topilgan — bu muammoning qanchalik keng tarqalganini ko‘rsatadi.

Muammo faqat “daryodagi baliq”da emas, balki kundan kunga ifloslanib, zararlanib borayotgan atrof-muhit va butun oziq-ovqat zanjirida.

Xalqaro tajriba

Dunyoning ko‘plab mamlakatlari mikroplastik muammosiga turli bosqichlarda yondashmoqda:

Yevropa Ittifoqi — 2021-yildan boshlab bir martalik plastik buyumlar (naychalar, plastik idishlar, vatka tayoqchalari)ni taqiqladi, shuningdek, kosmetika mahsulotlaridagi qasddan qo‘shiladigan mikroplastikni (masalan, yuvish vositalaridagi “mikrobidlar”) bosqichma-bosqich chiqarib tashlash dasturini joriy etdi.

Fransiya — 2025-yildan boshlab yangi kir yuvish mashinalarida mikrotolalarni ushlab qoluvchi filtrlarni majburiy o‘rnatishni talab qiladigan qonun qabul qildi, chunki sintetik kiyimlarni yuvish — suvga mikroplastik tushishining asosiy manbalaridan biri.

Janubiy Koreya va Tayvan — kosmetika va gigiena vositalarida plastik mikrobidlardan foydalanishni to‘liq taqiqlagan mamlakatlar qatoriga kiradi.

Indoneziya va Hindiston — daryo va dengizlarga plastik oqizilishining oldini olish uchun “Plastiksiz daryolar” kabi milliy dasturlarni ishga tushirdi, bunda mahalliy hokimiyatlar, NNTlar va ilmiy muassasalar hamkorlikda ishlamoqda.

Buyuk Britaniya va Niderlandiya — to‘qimachilik sanoatida “viskoza” va boshqa yarim sintetik tolalar ishlab chiqarishda chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan standartlarni joriy qilmoqda, chunki aynan bunday tolalar suv havzalaridagi plastik ifloslanishining katta qismini tashkil etadi (yuqoridagi tadqiqotda ham viskoza tolalari asosiy manbalardan biri sifatida ko‘rsatilgan).

Ilmiy monitoring tizimlari — ko‘plab mamlakatlarda (AQSh, Germaniya, Xitoy) daryo va ko‘llarda doimiy ravishda mikroplastik darajasini o‘lchab turuvchi milliy monitoring tarmoqlari yaratilgan, bu muammoning ko‘lamini vaqtida aniqlash va chora ko‘rishga yordam beradi.

Davlat va tegishli idoralar nima qilishi kerak?

- Suv havzalarida mikroplastik darajasini muntazam o‘lchab boruvchi milliy monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish;

- Sintetik to‘qimachilik va yuvish vositalari ishlab chiqaruvchilariga nisbatan mikroplastik chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha standartlar joriy etish;

- Chiqindi suvni tozalash inshootlarida mikroplastikni ushlab qoluvchi qo‘shimcha filtrlash bosqichlarini joriy qilish;

- Bir martalik plastik buyumlardan foydalanishni bosqichma-bosqich cheklash. 

Ammo bu choralarning barchasi davlat va yirik tashkilotlar zimmasida deb o‘ylash xato — natija ko‘p jihatdan bizning kundalik odatlarimizga ham bog‘liq. 

“Qo‘limdan nima ham kelardi?” deyishga shoshilmang

Muammo katta ko‘rinsa-da, har birimiz o‘z hissamizni qo‘sha olamiz:

1. Bir martalik plastikdan voz keching — plastik stakan, naycha, polietilen paket o‘rniga qayta ishlatiladigan idishlardan foydalaning. 

2. Plastik idishlarda issiq ovqat yoki ichimlik saqlamang — issiqlik plastikdan zarrachalar ajralishini tezlashtiradi.

 3. Plastik yelim idish (baklashka)dagi suv o‘rniga filtrlangan suvni iste'mol qiling. Aynan plastik idishlardagi suv mikroplastikning eng katta manbalaridan biri hisoblanadi. 

4. Chiqindilarni saralab, qayta ishlashga yoki maxsus belgilangan punktlarga topshiring. Daryo va ariqlarga plastik chiqindi tashlamang — ularning suvlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv havzalariga qo‘shiladi. 

5. Kosmetika tarkibini tekshiring — tarkibida “polyethylene” yoki “polypropylene” ko‘rsatilgan yuvish vositalari va skrablaridan qoching. 

6. Jamoat tashabbuslarida qatnashing — daryo va kanal bo‘ylarini tozalash aksiyalariga qo‘shiling, ekologik NNTlarni qo‘llab-quvvatlang. 

7. Xabardorlikni oshiring — oila a'zolari va atrofdagilarga bu muammo haqida gapiring — chunki muammoning yechimi ko‘pchilikning xatti-harakatiga bog‘liq.

Chirchiq va Qoradaryodagi tadqiqot natijalari — bu uzoqdagi mavhum muammo emas, balki bugungi kunda biz iste'mol qiladigan suv va oziq-ovqat bilan bog‘liq real xavf. Davlat darajasidagi choralar bilan bir qatorda, har bir kishining kundalik odatlaridagi kichik o‘zgarishlar ham umumiy natijaga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Maftuna Baxtiyorova

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?

2026-yilning 3-noyabrida demokrat Gari Piters qayta saylanişga öz nomzodini qöymaganidan söng böşab qolgan örin uçun kuraş keskin tus oldi. Saylov poygasida Demokratik partiya nomzodi Abdul Al-Sayed ğalaba qozondi.

Siyosat

05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi 23 yillik faoliyatiga yakun yasamoqda. Beş karra “Oltin töp” sohibi xayrlaşuv xatida rekordlar va sovrinlardan köra, xalq qalbidan joy oliş muhimroq ekanini ta’kidladi.

Sport

05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi

Donald Tramp jamoasining boş sotsiologi Toni Fabritsio respublikaçilar uçun oraliq saylovlar natijasi salbiy bölgan taqdirda Isroildan siyosiy boşpana söraşini aytdi.

Siyosat

05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi

Miçigan ştatidagi keskin saylovda demokrat Abdul El-Sayed respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. 

Siyosat

04.11.2026, 17:55

Guangzhou Evergrande  футболчисининг мухлислар билан хайрлашуви

Xitoy futbolining qulaşi

Milliardlar nega samara bermadi?

Sport

04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident

Buxoro viloyatida 40 mingga yaqin kişi işsiz, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past.

Oʻzbekiston

04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil

Britaniyalik Karl Buşbi dunyo böylab sayohatini qanday yakunladi?

Madaniy

04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?

Samarqandda ŞHT plyus xavfsizlik böyiça ekspertlar muloqoti ötkaziladi

Oʻzbekiston

04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi

Jahon bankining yangi hisobotiga köra, 2011–2023 yillarda Hindistonda qariyb 500 million kişi kambağallikdan çiqqan. Mamlakatda öta qaşşoqlik darajasi şu davrda 27,1 foizdan 2,6 foizgaça pasaygan.

Jahon

03.11.2026, 17:09

Illyustrativ tasvir

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi

Yangi talab tafsilotlari bilan tanişing.

Iqtisodiyot

03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi

Qariyb töqqiz oylik tanaffusdan söng Vaşington, Moskva va Kiyev muzokaraçilari uruş masalasini muhokama qiliş uçun Abu-Dabida bir stol atrofiga yiğiladi.

Siyosat

03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi

Isroil harbiylari bosib olingan Ğarbiy sohildagi Dura şahrida jurnalist Muntasir Nassorning uyiga reyd ötkazib, uni hibsga oldi. 

Jahon

03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?

Germaniyaning 34 ta şahrida ön minglab yoşlar iştirokida namoyişlar ötkazildi. Frankfurtda ğalayonlar tartibsizlik va talonçiliklarga aylanib ketdi.

Jahon

02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 638 628 ta tirik tuğiliş qayd etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 26 mingtaga kam.

Oʻzbekiston

02.11.2026, 13:03

Illyustrativ tasvir

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi

Uni öğirlab ketişmagan, garovda ham uşlab turişmagan.  Aslida nima bölgan?

Jahon

02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi

Ayrim hududlarda suv narxi oşdi, kelasi yildan esa tariflarni belgilaş tartibi ham özgaradi.

Iqtisodiyot

31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi

Xitoylik 24 yoşli yigit töyiga mehmon topiş uçun noodatiy yöl tutdi. Uning ijtimoiy tarmoqdagi murojaati qisqa vaqt içida kutilmagan natija berdi.

Jahon

31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?

2026 yil 1 noyabrdan Özbekistonda gaz ta’minoti, bojxona rasmiylaştiruvi, mobil reklama, tadbirkorlar uçun kommunal tölovlar hamda pensiya tayinlaş tartibiga oid bir qator özgarişlar joriy etiladi.

Oʻzbekiston

31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi

Rossiya budjet taqçilligi 5,8 trillion rublga yetdi. Hukumat bir qator sohalarni qamrab oladigan yangi soliq çoralarini taklif qilmoqda.

Jahon

30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi

Yordam pulini qanday oliş mumkin?

Oʻzbekiston

30.10.2026, 12:15

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →