updated: 22.03.2026, 16:33

Vashington va Qobul: munosabatlarda yangi bosqich boshlanmoqdami?

­­Amerikalik diplomatlarning yaqinda Kobulga qilgan tashrifi Qo‘shma Shtatlar va Tolibon harakati o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish yo‘lidagi ilk ehtiyotkor qadamlar bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Vashington va Qobul: munosabatlarda yangi bosqich boshlanmoqdami?

2025-yil 21-mart kuni AQShning Afg‘oniston bo‘yicha sobiq maxsus vakili Zalmay Halilzod boshchiligidagi amerikalik delegatsiya Kobulga keldi. Delegatsiya Tolibonning tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaki bilan uchrashuv o‘tkazib, ikki tomonlama munosabatlar, hibsga olinganlar masalasi va AQShdagi afg‘onlar uchun konsullik xizmatlari haqida muzokara olib bordi. Muzokatalar natijasida Tolibon ikki yildan ortiq qamoqda bo‘lgan AQSh fuqarosi Jorj Glezmanni ozod qildi.

Tashrifdan so‘ng darhol bir nechta voqealar yuz berdi, ular tashqi tomondan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagandek ko‘rinsa-da, AQShning Afg‘onistondagi siyosatini qayta ko‘rib chiqish boshlanganidan darak beradi.

Birinchi va eng ramziy voqea – AQShning Afg‘oniston ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi va Haqqoniy tarmog‘i yetakchilaridan biri Sirajuddin Haqqoniyni qo‘lga olishga olib keladigan ma’lumot uchun belgilangan 10 million dollarlik mukofotni bekor qilish qarori bo‘ldi. Garchi AQSh tomoni bu qarorni rasmiy ravishda tasdiqlamagan bo‘lsa-da, bu mukofot haqidagi ma’lumotning rasmiy manbalardan olib tashlangani Tolibon tomonidan AQShning muloqotga tayyorligiga ishora sifatida qabul qilinishi mumkin. Ayniqsa, bu holat amerikalik fuqaroni ozod qilishdan so‘ng sodir bo‘lgani e’tiborga molikdir.

Ikkinchi muhim voqea – 2021-yilda AQSh qo‘shinlari chiqib ketganidan keyin Kobuldagi sobiq AQSh elchixonasi devorlariga yozilgan antiamerikacha shiorlarning olib tashlanishi bo‘ldi. Tolibon bu ishni rejaviy ta’mirlash deya izohladi, ammo bu ishning amerikalik diplomatlar tashrifi bilan bir paytda sodir bo‘lishi tasodif deb bo‘lmaydi. Bu, aksincha, Tolibonning munosabatlarni yaxshilashga tayyorligini ko‘rsatish niyatidan dalolat beradi.

Uchinchi voqea – Islomiy Davlat jangarilari tomonidan Taxor viloyatida bir xitoylik fuqaroni o‘ldirilishi, Afg‘onistondagi ichki beqarorlik va tashqi tahdidlarga nisbatan zaiflikni bilvosita ko‘rsatadi. Bu hodisa mamlakatdagi murakkab vaziyatni yoritib beradi va Xitoyning Afg‘onistonni global “Bir kamar — bir yo‘l” tashabbusiga qo‘shish rejalari taqdiriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Xitoy foydasiga Afg‘onistonni boy berish tahdidi – ayniqsa, AQSh bu mamlakatga yigirma yillik davrda katta miqdorda moliyaviy va inson resurslarini sarflagani fonida – Vashingtonni ehtiyotkorlik bilan yana faol harakatlarga undamoqda. Afg‘oniston yer osti boyliklari, xususan, taxminan 1,4 million tonnani tashkil qiluvchi kamyob yer metallarining 3 trillion dollargacha baholangan zaxiralari bilan jahon kuchlari uchun hanuz jozibali bo‘lib qolmoqda. AQSh esa, Afg‘onistonda harbiy kampaniya va barqarorlashtirishga 2 trillion dollardan ortiq mablag‘ sarflagan holda, bu resurslarning butunlay Pekin nazoratiga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘yishni istamaydi.

Bundan tashqari, AQSh Afg‘onistonga ta’sir o‘tkazish uchun hali ham muhim vositalarga ega. Eng muhim vosita – AQSh moliyaviy muassasalarida saqlanayotgan va qiymati qariyb 7 milliard dollarga teng muzlatilgan Afg‘oniston aktivlaridir. Ushbu mablag‘larning muzlatilishini bekor qilish Afg‘onistonning iqtisodiy ahvolini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin bo‘lib, Tolёibon bilan muzokaralarda muhim savdolashuv kartasi sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari, AQSh xalqaro tashkilotlar orqali va insonparvarlik yordami ko‘rinishida ham Tolibonga bosim o‘tkazish vositalariga ega bo‘lib qolmoqda. Bu esa hozirgi afg‘on hokimiyati uchun nihoyatda muhimdir.

Shu bilan birga, AQSh diplomatiyasi Tolibon bilan yaqinlashuv imkoniyatlarini ehtiyotkorlik bilan o‘rganmoqda. AQShning bu boradagi qarori Tolibonning inson huquqlari va xavfsizlik kabi asosiy masalalarda murosaga borish va hamkorlik qilishga tayyorligiga bog‘liq bo‘ladi.

Yana bir muhim omil – bu Tolibonning giyohvand modda ishlab chiqarishga qarshi kurashi hisoblanadi. Ko‘knori yetishtirishni taqiqlovchi choralar so‘nggi yillarda ekin maydonlarining keskin qisqarishiga olib keldi. Garchi 2024-yilda bu ko‘rsatkich 12,8 ming gektarga ko‘tarilgan bo‘lsa-da (2022-yildagi 232 ming gektarga nisbatan), bu baribir sezilarli yutuqdir. AQSh bu kurashni Tolibon bilan bosqichma-bosqich yaqinlashish uchun asos sifatida ko‘rsatishi mumkin.

Shunday qilib, AQShning hozirgi strategiyasi ehtimol Afg‘onistonga ehtiyotkorlik bilan qaytishni o‘z ichiga oladi. Maqsad – mamlakatning to‘liq Xitoy nazoratiga o‘tib ketishining oldini olish. Bu hali faqat ilk qadamlardir. Xitoy bilan faol raqobat haqida gapirishga erta, biroq yangi diplomatik o‘yin boshlanishi uchun zamin allaqachon yaratilgan.

Jaloliddin Ibragimov,
Xalqaro ilg‘or tadqiqotlar instituti

 

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

AQŞ-Eron mojarosi tarixi

AQŞ-Eron mojarosi tarixi: ittifoqçilikdan uruşgaça

Bir paytlar Eron AQŞning Yaqin Şarqdagi Isroildan keyingi eng yaqin ittiqfoqçisi edi. Bugun esa eng katta duşmani…  Bu uruş qaçon ildiz otdi? 

Siyosat

28.11.2026, 19:16

Nega xorijliklar Özbekistonda öqişni tanlamoqda?

2026 yilning yanvar–oktyabr oylarida Özbekistonga ta’lim oliş maqsadida 57,6 ming nafar xorijiy fuqaro kelgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,7 barobar köp. Kelganlarning asosiy qismini Turkmaniston va Hindiston fuqarolari taşkil etgan.

Ta'lim

28.11.2026, 13:14

1 dekabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?

2026 yil 1 dekabrdan Özbekistonda bir qator yangi tartib va mexanizmlar amalga kiritiladi. Mahkuma ayollarning bolalari uçun maxsus markaz va tölovga doir muhim özgarişlar işga tuşadi. 

Oʻzbekiston

28.11.2026, 12:45

Hurmuz böğozidagi hujumlar va Saudiya neft zavodlariga zarbalar neft narxini oşirdi

Yaqin Şarqda tankerlar va energetika infratuzilmasiga qarşi hujumlar jahon bozorida neft ta’minoti uzilişi xavotirini kuçaytirdi. 27 noyabr kuni Brent nefti barreli 96,61 dollarga yetdi.

Iqtisodiyot

28.11.2026, 11:46

Jamol Qoşiqçi qotilligi

Jamol Qoşiqçi qotilligi: Saudiya konsulligidagi sirli ölim

2018 yil, Istanbul. Saudiya Arabistoni konsulligiga taşrif buyurgan jurnalist bino­ga kirdi-yu, qaytib çiqmadi.Bu odam Jamol Qoşiqçi: Muhammad bin Salmon hukumatini oçiq tanqid qilgan jurnalist.Keyinçalik ma’lum bölişiça, u konsullikda öldirilgan. Bölaklab taşlangan jasadi esa hanuzgaça topilmadi.

Madaniy

27.11.2026, 17:03

Gʻazo

Amnesty International: Isroil Ğazodagi ayollarning farzand körişiga ham zarar yetkazdi

Hisobotda Isroilning harbiy amaliyotlari va Ğazo blokadasi homilador ayollar hamda yangi tuğilgan çaqaloqlar uçun tibbiy yordamni keskin çeklagani aytilgan. Taşkilot ma’lumotlariga köra, hududdagi şifoxonalarning 90 foizdan ortiği vayron bölgan.

Jahon

27.11.2026, 16:59

AQŞ demokratlari Tramp siyosatiga qarşi: Eron bilan uruşni töxtatmoqçi

Demokratik partiya vakillari Donald Tramp ma’muriyatining Eronga qarşi harbiy harakatlarini töxtatişga çaqirmoqda. Biroq partiyaning özi ham avvalgi prezidentlar davrida Tehronga nisbatan sanktsiyalar va iqtisodiy bosim siyosatini qöllab-quvvatlagan.

Jahon

27.11.2026, 16:06

Özbekistonda 12 yillik ta’limga ötiladimi?

Qonunçilik palatasi olti yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlovni majburiy umumiy örta ta’limning dastlabki bosqiçi sifatida belgilaşni nazarda tutuvçi hujjatni uç öqişda qabul qildi.

Ta'lim

27.11.2026, 14:03

Россияда хорижлик меҳнат муҳожирлари учун патент.

Moskvada xorijlik mehnat muhojirlari uçun patent narxi oşiriladi

Moskva şahar dumasi deputatlari şaharning soliq qonunçiligiga özgartirişlar kiritişni ma’qulladi. 

Jahon

27.11.2026, 11:10

Özbekistonning ekologik loyihasi 94 mamlakat orasida birinçi böldi

Maktab öquvçilari taşabbusi bilan boşlangan Sustainable Future Society loyihasi Yevropa ta’lim jamğarmasining Green Skills Award 2026 xalqaro tanlovida ğolib deb topildi.

Oʻzbekiston

26.11.2026, 18:09

Özbek tili korpusi SI kompaniyalariga taqdim etildi

Endi sun’iy intellekt özbek tilida ravonroq sözlaşa oladi

Özbekiston 20 milliard tokenli milliy til korpusini OpenAI, Anthropic, Meta va Alibaba kompaniyalariga bepul taqdim etdi.

Fan-texnologiya

26.11.2026, 16:20

Ёмғирли об-ҳаво

Özbekistonda 28 noyabrdan 5 dekabrgaça ob-havo qanday böladi?

Ayrim hududlarda harorat 5 daraja sovuqqaça pasayadi. 3–5 dekabr kunlari mamlakatning bir qator joylarida yomğir yoğişi mumkin.

Oʻzbekiston

26.11.2026, 15:37

Qöştepa kanali tayyor: Afğoniston suvni qaçon oladi?

Afğoniston tomoni Amudaryo suvini kanalga yaqin vaqtda yönaltirişini aytmoqda. Özbekiston Suv xöjaligi vaziri esa suv oliş 2030 yilgaça boşlanmasligini bildirgan.

Siyosat

26.11.2026, 14:58

Gulnora Karimova işi: Özbekistonga qaytarilayotgan 252,5 mln dollar nimalarga sarflanadi?

Özbekiston va Şveytsariya örtasida 252,5 million dollarlik aktivlarni qaytariş böyiça kelişuv tasdiqlandi. Mablağlar «Işonç – 2030» trast jamğarmasi orqali soğliqni saqlaş va ta’lim sohalariga yönaltiriladi.

Iqtisodiyot

26.11.2026, 12:10

Ёнилғи ташувчи мошина ёнди: 31 киши ҳалок бўлди

Misrda yonilği taşuvçi maşina yondi: 31 kişi halok böldi

Qohira yaqinida sodir bölgan yonğin oqibatida yana 21 kişi jarohatlandi. Hodisa joyida 27 ta avtomobil yongan.

Jahon

26.11.2026, 11:19

Таэквандочилар

Taekvondoçilarimiz Olimpiada oçkolari uçun kuraşadi

Musobaqa 28–29 noyabr kunlari Ostona şahrida ötkaziladi. Unda olti nafar özbekistonlik sportçi medallar va 2028 yilgi Olimpiada uçun reyting oçkolari uçun kuraşadi.

Oʻzbekiston

26.11.2026, 09:57

Özbekistonliklar qaysi davlatlarga vizasiz bora oladi?

Özbekiston fuqarolari 31 ta davlatga vizasiz borişi mumkin. Yana bir qator mamlakatlarda çegarada viza oliş yoki elektron viza rasmiylaştiriş imkoniyati mavjud.

Siyosat

26.11.2026, 08:40

Semipalatinsk poligoni

Semipalatinsk: SSSR 40 yil davomida ötkazgan yadro sinovlari

AQŞ bilan yadroviy kuç borasida bellaşgan SSSR Qozoğiston daştlarida yuzlab portlaşlar amalga oşirdi. Semipalatinsk poligonida ötkazilgan 456 ta sinov milliondan ortiq insonni radiatsiya ta’siriga duçor qilgan.

Fan-texnologiya

25.11.2026, 17:17

Toşkentda adolatli sudlov masalalari muhokama qilindi

Adolatli sudlov huquqi amalda qanday ta’minlanmoqda?

Toşkentda odil sudlovdan foydalaniş huquqiga bağişlangan xalqaro konferentsiya ötkazilmoqda.

Oʻzbekiston

25.11.2026, 16:56

Özbekistonda Koksaki virusi bilan boğliq vaziyat qanday?

Sanepidqömita mamlakatda enterovirusli infektsiyalar, jumladan Koksaki virusi bilan boğliq epidemiologik vaziyat barqaror va nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.

Oʻzbekiston

25.11.2026, 16:32

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →