Hokim oʻrinbosaridan tortib tadbirkorgacha: 38 kishidan iborat jinoiy guruh qoʻlga olindi
Soliq, bojxona, bank xodimlari va hokim oʻrinbosari hamda tadbirkorlardan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati maʼlum qildi.
Oʻzbekiston
05.03.2025, 11:13
Ulashish:

Hokim oʻrinbosaridan tortib tadbirkorgacha: 38 kishidan iborat jinoiy guruh qoʻlga olindi
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan. Shu tadbir davomida 17 nafar soliq idoralari xodimlari, 1 nafar bojxona organi xodimi, 1 nafar bank xodimi, 1 nafar tuman hokimining birinchi oʻrinbosari va 18 nafar tadbirkorlik subʼektlarining mansabdor shaxslaridan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etilgan.
Aniqlanishicha, ushbu guruh tomonidan 2020-2023 yillar davomida 8 ta soxta korxona tashkil qilinib, xorijga soxta eksport qilingan mebel mahsulotlari uchun qaytarilishi belgilangan 15 foiz qoʻshilgan qiymat soligʻining (QQS) salbiy farq summasini asossiz qaytarib olish orqali jami 24 mlrd 580 mln soʻm byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilingan.
Jinoiy guruh faoliyatini soliq idoralarining sobiq xodimi muvofiqlashtirib borgan va aynan mazkur shaxs norasmiy rahbarlik qilgan korxonalar Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa-da, ularning yuridik manzillari asossiz ravishda tez-tez oʻzgartirilib, ularga rasmiy rahbar sifatida ishga aloqador boʻlmagan shaxslarning nomlari kiritilgan.
Shuningdek, korxonalarning faoliyat turi sifatida mebel ishlab chiqarish bilan shugʻullanish belgilangan boʻlsa-da, aslida ular hech qanday ishlab chiqarishni amalga oshirmagan.
"Bundan tashqari, hisobot hujjatlarida goʻyoki ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar Qirgʻiziston Respublikasiga eksport qilinganligi aks ettirilgan. Lekin, tekshiruvlar jarayonida eksport operatsiyalari amalga oshirilmaganligi, korxonalarning muhrlari uyushgan guruh tomonidan soxtalashtirilganligi, eksport shartnomalari shakllantirilganligi hamda davlat byudjetidan yuqorida koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi pul mablagʻlari noqonuniy qaytarib olinganligi aniqlangan. Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 167-, 179-, 184-, 209- va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi", deyiladi DXX tomonidan berilgan xabarda.
Tergov davomida 6 mlrd soʻm davlat hisobiga undirildi. Shuningdek, yetkazilgan zararni qoplash uchun 6 mlrd rd. soʻmlik mol-mulk, jumladan 1 ta koʻp qavatli xususiy tibbiy klinika binosi, 1 ta avtomobillar yuvish shahobchasi, 2 ta xonadon, 6 ta avtomashina hamda telefon va kompyuter jihozlari xatlandi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudi tomonidan 38 nafar sudlanuvchilarning 14 nafariga 5 yil 6 oydan 7 yil 6 oy muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shuningdek, 18 nafar shaxsga nisbatan turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, ularga Jinoyat Kodeksining 72-moddasini qoʻllagan holda 2 yil muddat ichida yetkazilgan moddiy zararni qoplash majburiyati bilan 3 yil sinov muddati tayinlandi. Sudlanuvchilarning 6 nafariga nisbatan 2 yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Oʻzbekiston
05.03.2025, 11:13
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Qadimiy oltin tangalarni pullamoqchi boʻlganlar ushlandi
Oʻzbekiston
15.10.2024, 18:19

Xorazmda 2,9 mlrd soʻmlik dorini uyida saqlayotgan fuqaro ushlandi
Oʻzbekiston
17.09.2024, 13:43

60 kilogrammdan ziyod giyohvandlik moddasining savdosiga chek qoʻyildi
Oʻzbekiston
09.08.2024, 10:23

DXX tomonidan bir guruh firibgarlar ushlandi
Oʻzbekiston
06.08.2024, 10:28
Mashhur yangiliklar

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06
So'nggi yangiliklar

Janubiy Koreya o‘z hududida atom suvosti kemalarini quradi
Jahon
28.05.2026, 16:53

Muqaddas Ka’ba haqida muhim 10 ta fakt
Madaniy
27.05.2026, 07:48

Sel suvlari – yo‘qotilayotgan resurs
Oʻzbekiston
26.05.2026, 11:12

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi
Jahon
26.05.2026, 10:27

Tijorat banklari “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushiradi
Iqtisodiyot
26.05.2026, 10:01

Toshkentda 100 kilometrlik pulli halqa yo‘li qurilishi mumkin
Oʻzbekiston
26.05.2026, 09:23

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”
Oʻzbekiston
25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi
Jahon
25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Madaniy
25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?
Jahon
25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi
Jahon
23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi
Jahon
22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda
Jahon
22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi
Jahon
22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi
Madaniy
22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48
Mashhur yangiliklar

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06
