Islom sivilizatsiyasi markazida ishlar jadal davom etmoqda
2025 yil 19 avgust kuni soat 11:11 da Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazi binolaridan birining tom qismida izolyatsiya qoplamalarini yotqizish jarayonida texnologik qoidalar buzilishi oqibatida yongʻin sodir boʻldi.
Oʻzbekiston
21.08.2025, 13:12
Ulashish:

Hodisa natijasida binoning 19 kvadrat metr tom qismi zararlangani, eng muhimi, binoda fuqarolar jabr koʻrmagani hamda ichki qismi mutlaqo shikastlanmagani haqida xabar berilgandi.
Ammo shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu voqea yuzasidan turli fikr va munosabatlar bildirilmoqda. Xususan, yongʻin sodir boʻlgan paytda majmuada markaz xodimlari faoliyat olib borayotgani, noyob artefaktlar zararlangani haqida xabarlar ham tarqalmoqda.
Shu munosabat bilan Islom sivilizatsiyasi markazi axborot xizmati quyidagilarni maʼlum qildi:
“Hozirgi paytda majmuada qurilish ishlari yakunlanmagani bois, Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari hali binoga koʻchib oʻtishmagan.
Mazkur binoda hech qanday tarixiy eksponatlar, jumladan, Kaʼba yopinchigʻi joylashtirilmagan.
Markazning muzey ekspozitsiyasi uchun olib kelingan barcha noyob artefaktlar alohida nazorat ostida xavfsiz joyda, boshqa binoda saqlanmoqda.
Yangi majmua hozircha qabul qilinmagan va rasmiy ravishda foydalanishga topshirilmagan. Shu sababli, majmua binosida Markaz xodimlari ish olib borayotgani yoʻq.
Maʼlum qilamizki, qurilish ishlari quyidagi tashkilotlar masʼulligida amalga oshirilmoqda: loyihachi – “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ, bosh pudratchi – “Trest-12” AJ, buyurtmachi – Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, moliyalashtiruvchi – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obʼektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash direksiyasi, bundan tashqari xorijning yetakchi bir nechta kompaniyalari va dizaynerlar faoliyat olib borishmoqda.
Islom sivilizatsiyasi markazi fuqarolarimizning milliy meros va muqaddas qadriyatlarga boʻlgan eʼtibor va tashvishini yuksak qadrlaydi. Hozirda qurilish jarayonlari tegishli tashkilotlar tomonidan toʻliq nazoratga olingan, ishlar rejaga muvofiq davom ettirilmoqda va yakuniga yetkazilishi arafasida.
Shu oʻrinda barcha yurtdoshlarimizdan rasmiy manbalar orqali berilayotgan axborotlarga ishonishlarini, turli asossiz xabarlarga eʼtibor bermasliklarini soʻrab qolamiz”.
Oʻzbekiston
21.08.2025, 13:12
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26
So'nggi yangiliklar

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”
Oʻzbekiston
25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi
Jahon
25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Madaniy
25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?
Jahon
25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi
Jahon
23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi
Jahon
22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda
Jahon
22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi
Jahon
22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi
Madaniy
22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi
Madaniy
21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti
Jahon
21.05.2026, 14:01

“Insofsiz tekshiruvchilar reyestri” – tadbirkorlar uchun yangi himoya tizimi
Oʻzbekiston
21.05.2026, 11:17

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27

Postsovet ko‘lankasidan qutulayotgan Markaziy Osiyo madaniyati
Madaniy
20.05.2026, 17:13

Kam uyqu ham, ko‘p uyqu ham qarishni tezlashtiradi
Madaniy
20.05.2026, 12:33
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26
