Oʻzbekistonda 4 yilda xorijdagi harbiy harakatlarda qatnashish boʻyicha 338 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Soʻngra Jinoya kodeksining 154-moddasi (Yollanish) boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari yildan yilga koʻpayib borayotgani aytiladi. Xususan, maʼlumotlarga koʻra, 2022 yilda 19 marta, 2023 yilda 68 marta, 2024 yilda 112 marta va 2025 yilda 139 marta ushbu modda boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bu haqda «Uzoqdan izlangan "baxt"» hujjatli filmida maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston
18.11.2025, 11:14
Ulashish:

Oʻzbekistonda 2022 yildan beri xorijdagi harbiy harakatlarda qatnashish boʻyicha 338 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bu haqda «Uzoqdan izlangan "baxt"» hujjatli filmida maʼlum qilindi.
Koʻrsatuvda qayd etilishicha, bugungi kunda 1,8 milliondan ortiq fuqarolarimiz xorijiy mamlakatlarda samarali faoliyat olib bormoqda. Shunga qaramay, Oʻzbekiston huquq-tartibot organlari tomonidan har yili xalqaro diniy-ekstremistik tashkilotlar, shuningdek, chet el harbiy tuzilmalari safida yollanma askar sifatida ishtirok etayotgan yuzlab fuqarolar aniqlanmoqda.
Mualliflar nima uchun bizning (Oʻzbekistonning) fuqarolar chet ellardagi qandaydir harakatlarda ishtirok etmoqda, degan savolni oʻrtaga tashladi. Bu kabi savollar aslida oʻsha harakatlarda qatnashayotgan shaxslarni oʻylantirishi kerak emasmi, degan yana bir savol beriladi.
Tahlillarda ularning aksariyati aldov yoʻllari bilan harbiy harakatlarda ishtirok etishga majburlangan boʻlsa, ayrimlari esa jinoiy tuzilmalarga qoʻshilib qolganligi tufayli nizoli hududlarga joʻnatilgani taʼkidlanadi.
Afsuski, kamchilik boʻlsa-da, ayrim shaxslar moddiy manfaatdorlik evaziga oʻzga davlatlarda harbiy yollanishi kuzatilmoqda”, – deyiladi koʻrsatuvda.
Qayd etilishicha, bu kabi harbiy harakatlarda yaralangan, halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan oʻzbekistonliklar soni tobora ortib bormoqda. Koʻrsatuv davomida yosh farzandi qarshiliklariga qaramasdan chet elga ketgan, bir necha qovun pishigʻi davomida dom-daraksiz ketib, soʻngra uning temir tobutda kelgan sovuq jasadini koʻrish nasib etmagan Nasiba onaning iztiroblari keltiriladi.
Soʻngra Jinoya kodeksining 154-moddasi (Yollanish) boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari yildan yilga koʻpayib borayotgani aytiladi. Xususan, maʼlumotlarga koʻra, 2022 yilda 19 marta, 2023 yilda 68 marta, 2024 yilda 112 marta va 2025 yilda 139 marta ushbu modda boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Shuningdek, koʻrsatuvda chet eldagi harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etib qaytgan va buning uchun tegishli jazolarini oʻtayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining intervyulari ham keltiriladi.
Maʼlumot uchun, tegishli moddaning 1-qismi bilan aybdor deb topilgan shaxslar besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Moddaning 2-qismi (Yollanma shaxsni yollash, oʻqitish, moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy taʼminot berish, xuddi shuningdek undan harbiy toʻqnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish) bilan aybdor deb topilganlar esa yetti yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Paradigma “Oy borib omon qaytmayotgan oʻgʻlonlar” sarlavhali maqolani eʼlon qilgan, unda joriy yilda Ukrainadagi urushda Rossiya tomonidan jangga kirib halok boʻlgan 500 ga yaqin oʻzbekistonlik boʻyicha birorta ham rasmiy munosabat bildirilmagani tanqid ostiga olingan edi.
Oʻzbekiston
18.11.2025, 11:14
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
So'nggi yangiliklar

«Erimning qarzini nega men tölaşim kerak?» – maktub
Madaniy
27.07.2026, 13:52

Fransiya va Ispaniya örmon yonğinlariga qarşi kuraşmoqda
Jahon
27.07.2026, 12:22

Tibbiyot xodimlari farzandlari uçun kontrakt tölovining bir qismi qoplab beriladi
Oʻzbekiston
27.07.2026, 12:16

Qozoğiston prezidenti Ukrainadagi uruşni muzlatişga çaqirdi
Siyosat
27.07.2026, 10:30

Ukrainaning Eron kemasiga hujumi javobsiz qolmaydi – Abbos Aroqçi
Siyosat
27.07.2026, 09:50

Sopollitepadan bronza davriga oid pilla parçasi topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:57

Adolf Gitler tuğilgan şaharda töqqizta ommaviy qabr topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:01

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Suriyaga taşrif buyurdi
Jahon
25.07.2026, 13:18

Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov
Siyosat
25.07.2026, 12:26

Venesuela prezidentlik saylovlariga tayyor emas – Tramp
Siyosat
25.07.2026, 10:59

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?
Ta'lim
24.07.2026, 16:50

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi
Siyosat
24.07.2026, 15:03

Arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidiga bosqinini qoraladi
Jahon
24.07.2026, 13:35

Özbekiston “Yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi – Baxtiyor Saidov
Siyosat
24.07.2026, 11:12

O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kreditni o‘z vaqtida to‘lolmayapti — MB
Iqtisodiyot
23.07.2026, 10:57

Epshteynga "qiz" yetkazib bergan fransuz modeli o'lik holda topildi
Jahon
23.07.2026, 10:01

Endi Toşkentdan Samarqandga 2,5 soatda yetib boriladi – Şavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston
22.07.2026, 16:01

Ukraina bu yil 700 kvadrat kilometr hududini qaytarib oldi
Siyosat
22.07.2026, 12:36

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi
Jahon
22.07.2026, 11:10

Fransiya 15 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
22.07.2026, 11:08
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
