Qaddofiyning yoʻqolgan boyliklari qayerda? 14 yillik qidiruv va hanuz ochilmagan sirlar
2011 yil oktabrida Liviya rahbari Muammar Qaddofiyning oʻldirilishi bilan siyosiy davr yakunlandi, ammo uning dunyo boʻylab tarqatilgan mol-mulki masalasi hanuz sirligicha qolmoqda. 40 yillik hukmronlik davrida toʻplangan mablagʻlar, oltin, sanʼat asarlari va koʻchmas mulklar oʻrni aniqlanmagani sababli, xalqaro markazlar va maxsus xizmatlarning eʼtibori shu masalaga qaratilgan.
Jahon
26.11.2025, 10:42
Ulashish:

Dunay qirgʻogʻidagi jasad va boylik izi
2012 yil aprelida Venada Dunay daryosidan topilgan jasad sobiq neft vaziri va Liviyaning bosh vaziri boʻlib ishlagan Shukriy Gʻanimga tegishli ekani aniqlandi. U 2011 yilda Qaddofiydan yuz oʻgirib, Yevropaga koʻchgan edi. Gʻanim Liviyaning neft siyosati, shartnomalari va Qaddofiyga tegishli mablagʻlar haqida eng koʻp maʼlumotga ega shaxslardan biri sifatida koʻrilgan. Rasmiy xulosada uning oʻlimi tasodifiy deb baholangan boʻlsa-da, xalqaro tahlilchilar bu hodisani shubhali, deb hisoblaydi.
42 yillik hokimiyat va yashirin aktivlar
1969 yilda podshoh Idrisni agʻdargan Qaddofiy Liviyadagi barcha asosiy tarmoqlarni, ayniqsa neft sanoatini davlat tasarrufiga oʻtkazdi. Mutaxassislar fikricha, u minglab million dollarlik mablagʻlarni xorijdagi hisob raqamlari va nomaʼlum shirkatlar orqali saqlagan. Ushbu mablagʻlarning asosiy qismi ishonchli shaxslar nomiga oʻtkazilgani, hatto eng yaqin hamkorlar ham bu jarayondan xabardor boʻlmagani aytilmoqda.
LARMO – Liviya boyliklarini qidirayotgan maxsus tuzilma
2017 yilda Liviya mulklarini qutqarish va qaytarish idorasi (LARMO) tuzildi. U harbiylar, sobiq razvedka xodimlari, iqtisodchilar va sanʼat asarlari mutaxassislaridan tashkil topgan. Tuzilma dunyoning turli mamlakatlarida izlanishlar olib bormoqda, ammo hozirgacha sezilarli natijaga erishilmadi. Qoʻlga kiritilgan ashyolar orasida faqat ayrim tarixiy eksponatlar bor, katta moliyaviy resurslar esa topilmagan.
“10 foizchilar” va soxta hujjatlar
Qidiruv davomida turli shaxslar oʻzlarida Qaddofiyga tegishli aktivlar haqida maʼlumot borligini aytgan holda LARMOga murojaat qilmoqda. Ular odatda maʼlumot evaziga 10 foiz ulush soʻrashadi. Biroq bu daʼvolarning koʻpchiligi soxta chiqmoqda. Masalan, 2021 yilda ayrim hujjatlar hisobiga 50 ming dollar olib, "bank seyfi" haqida maʼlumot bergan shaxsning aytigʻi keyinchalik yolgʻon ekani aniqlangan.
CIA va boshqa davlatlarning qiziqishi
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA), ayrim Yevropa maxsus xizmatlari, xususiy detektivlar va sanʼat agentliklari ham Liviya aktivlarini kuzatmoqda. Turli daʼvolarga koʻra, Qaddofiy mablagʻlarining bir qismi Benin, Janubiy Afrika yoki Shveysariyada saqlangan boʻlishi mumkin. Ammo bu maʼlumotlarning tasdiqlangani yoʻq.
Nima maʼlum, nima nomaʼlum?
Mutaxassislar fikricha, Qaddofiyning haqiqatan ham juda katta mablagʻlari boʻlgan. Ammo ular omonat qilingan manzillar, hisob raqamlari va ishonchli shaxslar nomi hujjatlashtirilmagani sababli, boyliklarni aniqlash juda qiyin. Qidiruv qachon va qanday natija bilan yakunlanishi hozircha noaniq.
LARMO xodimlaridan biri Redditda shunday degan:
«Qaddofiyning boyligini toparmizmi-yoʻqmi bilmayman, lekin shunday koʻrinayaptiki, oʻn yildan keyin biz pulni emas, balki “10 foizchilar”ni qidiradigan boʻlib qolamiz».
Jahon
26.11.2025, 10:42
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27
So'nggi yangiliklar

AQSh BMTning oziq-ovqat dasturiga 800 million dollar yordam ajratdi
Jahon
17.06.2026, 17:29

O‘zbekistonda Amazon Leo interneti ishga tushadi
Fan-texnologiya
17.06.2026, 16:50

G7 davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlab, Rossiyaga bosimni kuchaytiradi
Jahon
17.06.2026, 12:26

Toshkent ko‘chalaridan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi
Oʻzbekiston
16.06.2026, 15:25

Jahon chempionati yurak xurujiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
Fan-texnologiya
16.06.2026, 14:34

BMT Tolibonni ayollarga nisbatan tazyiqlarni bekor qilishga chaqirdi
Jahon
16.06.2026, 10:55

Buyuk Britaniya 16 yoshdan oshmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
15.06.2026, 15:55

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi
Ta'lim
15.06.2026, 14:23

Eron yadro quroli yaratmaydi, AQSH esa sanksiya qo‘llamaydi...
Jahon
15.06.2026, 12:32

Tramp telefon orqali Putin va Zelenskiy bilan suhbatlashdi
Jahon
15.06.2026, 10:24

Rossiyada ishlab chiqarilgan samolyot Hindistonda falokatga uchradi
Jahon
13.06.2026, 13:47

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Ukraina Rossiyaga qarshi urush uchun 20 mlrd dollar so‘ramoqchi
Jahon
13.06.2026, 09:46

Kongo terma jamoasi Ebola karantinidan so‘ng AQShga yetib keldi
Sport
12.06.2026, 14:57

Qozog‘istonda milliy valyuta (Тенге) nomi o‘zgarmoqda
Jahon
12.06.2026, 13:29

Yevropa Ittifoqi migratsiya masalasida Tolibon bilan muzokara o‘tkazmoqchi
Jahon
12.06.2026, 11:37

Jeffri Epshteyn menga shantaj qilgan — Bill Geyts
Jahon
11.06.2026, 16:29

“Biz hukumatlar qarorini bekor qiloladigan qirol emasmiz” – Infantino
Sport
11.06.2026, 14:44

Shri-Lanka davlat tadbirlarida bir martalik plastik idishlardan foydalanishni taqiqladi
Jahon
11.06.2026, 12:11

Shvetsiya va O‘zbekiston migratsiya sohasida bitim imzoladi
Oʻzbekiston
11.06.2026, 10:11
Mashhur yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27

