Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

“Ular iqtisodiyotimizni yuksaltiradi” — Ispaniya immigratsiya siyosatini yumshatmoqda

Butun G‘arb migrantlarga eshigini yopayotgan bir paytda Ispaniya yarim million muhojirga qonuniy maqom bermoqchi.

Ulashish:

“Ular iqtisodiyotimizni yuksaltiradi” — Ispaniya immigratsiya siyosatini yumshatmoqda

Ispaniya hukumati taxminan 500 ming nafar hujjatsiz muhojirga huquqiy maqom olish uchun ariza topshirish imkonini beruvchi amnistiya dasturini tasdiqladi.

Bosh vazir Pedro Sanches ma’muriyati tomonidan seshanba kuni qabul qilingan ushbu chora 16-apreldan boshlab ariza topshirish jarayoniga yo‘l ochadi.

Bu farmon, immigratsiyaga qarshi kayfiyatlar kuchayib borayotgan Yevropa va dunyoning boshqa ko‘plab mamlakatlari orasida Ispaniyani ajratib turadi.

Unga ko‘ra, ma’lum shartlarga javob beradigan shaxslar bir yillik yashash va ishlash uchun ruxsatnoma so‘rashlari mumkin bo‘ladi.

Migratsiya vaziri Elma Saizning aytishicha, migrantlar payshanba kunidan onlayn, 20-apreldan boshlab esa shaxsan murojaat qila oladilar. Arizalarni qabul qilish 30-iyunda yakunlanadi.

Ariza topshiruvchilar Ispaniyaga 1-yanvargacha kelgan bo‘lishlari kerak. Shuningdek, mamlakatda kamida besh oy davomida yashaganini hamda sudlanmaganligini isbotlashlari lozim.

Bir yildan so‘ng ushbu vaqtinchalik chora qo‘llanilgan shaxslar boshqa turdagi ishlash yoki yashash ruxsatnomalariga ariza topshirish huquqini qo‘lga kiritadilar.

Ispaniyaning keksayib borayotgan jamiyati oldida turgan muammolarni bartaraf etishda immigratsiyadan foydalanishga intilayotgan Sanches bu qadamni “adolat va zaruriyat harakati” deya baholadi.

Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, Ispaniyada erkin yashay olmayotgan 500 000 odam bu huquqni qo‘lga kiritishi mumkin. Tahlilchilar esa bu raqam ancha yuqori bo‘lishi ehtimolini aytishmoqda.

Seshanba kuni immigratsiya xodimlarining manfaatlarini himoya qiluvchi kasaba uyushmasi hukumat ushbu vazifaga tayyor emasligini ta’kidlab, ko‘proq resurslar ajratishni talab qildi.

 

Taraqqiyotning sekinlashishi

Sanches bu qadamni “zarurat” deb hisoblab, “agar yangi odamlar ishlamasa va o‘z hissasini qo‘shmasa... rivojlanish sekinlashadi”, deya ogohlantirdi.

“Aynan migrantlarning ishchanligi tufayli Ispaniya iqtisodiyoti hozirda Yevropada eng tez o‘sayotgan iqtisodiyotdir”, — deya ta’kidladi Sanches

 

Spain's Sanchez visits West Africa aiming to stem migration surge | Reuters

So‘nggi yillarda Ispaniya aholisi keskin o‘sib, qariyb 50 million kishiga yetdi va uning 10 millionga yaqini, ya’ni har besh kishidan biri mamlakat tashqarisida tug‘ilgan.

Ularning aksariyati qashshoqlik, zo‘ravonlik yoki siyosiy beqarorlikdan qochib kelgan kolumbiyaliklar, venesuelaliklar va marokashliklardir.

Muallif: Isomiddin Jumanazarov

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Janubiy Koreya o‘z hududida atom suvosti kemalarini quradi

Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning kuchayayotgan harbiy tahdidlariga qarshi turish uchun atom suvosti kemalarini qo‘lga kiritishga intilmoqda.

Jahon

28.05.2026, 16:53

Muqaddas Ka’ba haqida muhim 10 ta fakt

Ka'baning ichki tuzilishi, Kisvaning yaratilishi va uning asrlar davomida saqlanib kelayotgan an’analari haqidagi 10 ta qiziqarli fakt bilan tanishing.

Madaniy

27.05.2026, 07:48

Sel suvlari – yo‘qotilayotgan resurs

O‘zbekistonda sel xavfi mavjud 60 ta yirik soy orqali yiliga 690 million kub metr suv samarasiz oqib ketmoqda.

Oʻzbekiston

26.05.2026, 11:12

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi

Moskvaning ta’kidlashicha, agar Armaniston undan yuz o‘girib, Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashsa, arzon gazdan mahrum bo‘ladi.

Jahon

26.05.2026, 10:27

Tijorat banklari “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushiradi

Shuningdek, endi tadbirkorlar kredit olish uchun barcha bank takliflarini yagona platformada ko‘ra olishi mumkin. Garovsiz mikrokredit limitini esa 200 million so‘mgacha oshirilish taklif etildi.

Iqtisodiyot

26.05.2026, 10:01

Toshkentda 100 kilometrlik pulli halqa yo‘li qurilishi mumkin

Toshkent shahar hokimligi va “China Railway Construction Corporation” kompaniyasi rahbariyati Toshkent shahrida qo‘shimcha pulli avtomobil yo‘llari qurish loyihalarini muhokama qilishdi.

Oʻzbekiston

26.05.2026, 09:23

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati ayrim toifadagi talabalar va abituriyentlar uchun 10-iyunga qadar uzaytirildi 

Ta'lim

25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”

Joriy yilning 26-may — 1-iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi.

Oʻzbekiston

25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi

Dushanba kuni Pokistonda furgon to‘xtab turgan avtobusga urilishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi tan jarohati oldi. Yo‘lovchilarning aksariyati Hayit arafasida uylariga qaytayotgan edi.

Jahon

25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Namangan shahri “Bir oy ichida jamoa tomonidan ekilgan eng ko‘p gul” nominatsiyasi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga rasman kiritildi.

Madaniy

25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?

Eron AQSh prezidenti Donald Trampning ikki mamlakat o‘rtasidagi muqarrar kelishuv haqidagi so‘nggi so‘zlariga javoban tarixdagi janglarni misol qilib keltirdi.

Jahon

25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi

Loyihaning umumiy qiymati 6,3 million AQSH dollarini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish doirasida stansiyaga ilk bor tijoriy yuk poyezdi yetib keldi.

Jahon

23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi

Juma kuni kechqurun Sinyuan okrugidagi “Lyushenyu” ko‘mir konida gaz portlashi sodir bo‘ldi. 

Jahon

23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar

Milliy kitobxonlik harakatiga start berildi. Dasturning umumiy yillik mukofot fondi 240 ming dollarni tashkil etadi. 

Ta'lim

22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi

“Sen yahudiylarni o‘ldiraman!” deb baqirgani uchun hibsga olingan, ozodlikka chiqqanidan bir soat o‘tib esa yahudiy maktablarini portlatish bilan tahdid qilgan erkak juma kuni London sudida antisemitizmga asoslangan jinoyatlarini tan olgach, qamoqqa olindi.

Jahon

22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda

Hozirga qadar kasallikning tarqalishi natijasida gumon qilingan 670 ta holatdan 160 tasi o‘lim bilan yakunlandi.

Jahon

22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, Sudandagi uch yillik urush davomida 8 000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. 

Jahon

22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi

O‘zbek rassomi va rejissyori Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ilk ko‘rgazmasi Smitson institutida namoyish etilmoqda. Unda videoinstallyatsiyalar, fotosuratlar va muzeyning tarixiy kolleksiyalaridan tanlangan noyob eksponatlar o‘rin olgan.

Madaniy

22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy

Oyatulloh Ali Xomanaiyning yangi buyrug‘i Donald Tramp hafsalasini pir qilishi va AQSh-Isroilning Eronga qarshi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarini boshi berk ko‘chaga olib kirishi mumkin.

Jahon

21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini xavfsizlikka rioya qilgan holda soya-salqin va ochiq maydonlarda tashkil etish talab etiladi. O‘quvchilar tomonidan avtotransport vositalarini boshqarish kabi holatlar man etilgan.

Ta'lim

21.05.2026, 15:48

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →