Alisher Navoiy endi faqat qogʻozda emas — shoir ijodi raqamlashtirilmoqda
Bugun buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Asrlar davomida qoʻlyozma va kitoblarda saqlangan uning boy adabiy merosi bugun nafaqat nashrlar, balki internet platformalari orqali ham keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda.
Madaniy
09.02.2026, 10:32
Ulashish:

Alisher Navoiy mualliflik korpusi ishga tushirildi
Shu paytgacha koʻplab adabiy meroslar, xususan, Alisher Navoiy asarlari elektronlashtirilgan. Yaʼni, mobil ilovalar va veb-saytlarda ular PDF shaklida taqdim etilgan. Ammo bu holatni toʻliq raqamlashtirish deb boʻlmaydi. Chunki bunday formatlar ilmiy izoh, keng qamrovli qidiruv, tahlil va interaktivlik kabi imkoniyatlarga ega emas.
Mazkur boʻshliqni toʻldirish maqsadida Alisher Navoiy mualliflik korpusi — alishernavoicorpus.uz yaratildi va u doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.
Mualliflik korpusi nima?
Mualliflik korpusi — muayyan bir muallif qalamiga mansub matnlar jamlanmasidan iborat elektron baza hisoblanadi.
Mualliflik korpusi bazasida:
- muayyan bir muallifning asarlari jamlanadi;
- matnlar qayta ishlanadi va tahrirlanadi;
- lingvistik teglash amalga oshiriladi (masalan, gʻazalda uchragan tushunarsiz soʻz ustiga bosilganda, uning maʼnosi chiqib keladi).
Mualliflik korpusi keng imkoniyatli qidiruv tizimiga ega boʻlib, muallif ijod qilgan barcha tur va janrdagi asarlarni qamrab oladi hamda muallif va uning ijodiga oid manbalarni qulay va tezkor tarzda olish imkonini beradi.
Umumiy 8 ta rukndan iborat Alisher Navoiy korpusidan mutafakkir ijodi doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borishda, taʼlim jarayonida keng foydalanish mumkin. Ayniqsa, shoir ijodiga qiziquvchilar uchun qulay oʻqish va chuqur anglash imkoniyatini yaratadi.
Navoiyshunoslik.uz elektron platformasi yaratildi
Fanlar akademiyasining maʼlum qilishicha, Alisher Navoiy asarlarida mujassam boʻlgan milliy va umuminsoniy gʻoyalarning jahon tamaddunidagi oʻrnini belgilash, shoirning boy adabiy-ilmiy merosini xalqaro miqyosda chuqur tadqiq etish va keng targʻib qilish maqsadida navoiyshunoslik.uz elektron platformasi ishga tushirilgan.
Platformada Navoiy ijodini oʻrganayotgan xorijiy adabiyotshunos olimlar faoliyati, turli mamlakatlardagi ilmiy-ijodiy markazlar bilan hamkorlik natijalari, shoir asarlarining tadqiqotlari, tarjimalari, badiiy hamda ilmiy ishlari jamlanib, ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi.
navoiyshunoslik.uz — Navoiy merosiga oid matn, tasvir, audio, video va animatsion materiallarni oʻzida jamlagan, yaxlit va zamonaviy ilmiy platforma hisoblanadi.
Madaniy
09.02.2026, 10:32
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasi raqamlashtiriladi
Oʻzbekiston
22.01.2026, 16:11

Favqulodda vaziyatlar sohasi raqamlashtiriladi
Fan-texnologiya
22.10.2025, 12:05
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
So‘nggi yangiliklar

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi
Oʻzbekiston
10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti
Oʻzbekiston
10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?
Jahon
10.03.2026, 13:04

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi
Jahon
10.03.2026, 12:26

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak
Jahon
10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi
Iqtisodiyot
10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda
Oʻzbekiston
09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi
Oʻzbekiston
08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg
Iqtisodiyot
08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin
Madaniy
08.03.2026, 07:37
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
